piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Yangi_yilingiz_bilan

Xorijlik professorlardan o‘zbek tilidagi tabriklar


“Yangi O‘zbekiston" universitetida Germaniya, Xitoy, Koreya, Eron, Misr, Turkiya, Portugaliya va Pokistondan kelgan xorijlik professor-o‘qituvchilar barcha yurtdoshlarimizga o‘zbek tilida yangi yil tilaklari bildirishdi.

#new_year #tabriklar #professors

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Munosib_tuhfa
#Yangi_maktab

QORAQALPOGʻISTONDA YANGI IXTISOSLASHGAN MAKTAB-INTERNATI OCHILDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari B.Utemuratov, tuman hokimi J.Ermashev, tuman sektor boshliqlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, bu yil qabul jarayonlarida Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻqishini davom ettirish uchun 3000 dan oshiq oʻquvchilar hujjat topshirgan boʻlib, shundan 247 nafari imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Mazkur maktab-internatning ayni bayram arafasida ochilishi maktab jamoasi uchun Yangi yilga munosib tuhfa boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xavfsiz_yangiyil

⚠️ Pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh bo‘ling!

↪️ Batafsil infografikada.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🔵 Unutmang!!!

❌ Pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida shoir tavalludining 87 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati hamda Margʻilon shahar hokimliklari hamkorligida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, oʻqituvchi va oʻquvchilar, yozuvchi va shoirlar, adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijod maktabi va Fargʻona viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida oʻtkazilgan “To quyosh sochgayki nur..." mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari Erkin Vohidovning oʻgʻli Xurshid Vohidov tomonidan topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Yangi_yil_shukuhi

🎄Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida Yangi yil bayrami boʻlib oʻtdi.

❄️ Maktablarimizda tashkil etilgan bayram jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Chig‘atoy gurungi" jurnali taqdimoti

#27dec #uzbekiston24

🗺 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oynai hayoti – til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir”.

Bugun “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ochilishida nutq so‘zlar ekanman, tilimizga bevosita aloqador bo‘lgan milliy alifbomizni isloh qilishdek juda dolzarb masalaga to‘xtaldim.

Misol uchun, bir qarashda oddiy tuyulgan imlo belgisi butun boshli Davlat va Millatning nomi xato yozilishiga sabab bo‘lmoqda. Biz bunday masalalarda hadeb bahslashavermay, tezroq qaror qabul qilishimiz muhim. Chunki, gap bizning Millatimiz, g‘ururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti.

To‘g‘ri, alifbo islohoti yangi bahslar, tortishuvlar, ko‘zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin yana bir bor ta’kidlayman, gap Vatan va Millat nomini to‘g‘ri yozish haqida ketar ekan, bunday bahs va tortishuvlarni bas qilishimiz, alifbodagi ayrim o‘zgarishlarni joriy etishimiz va shu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qo‘yishimiz zarur, deb hisoblayman!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 TA’LIM DELEGATSIYASI A’ZOLARI KOREYA RESPUBLIKASIGA JO‘NAB KETDI

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim tizimida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib, bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim sohasi rivojida olib borayotgan hamkorlik aloqalari o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim markazi o‘rtasida shu yilning oktabr oyida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sohasidagi hamkorlik va pedagog kadrlar malakasini oshirish, maktablarning moddiy ta’minoti, koreys tilida fan olimpiadalarini o‘tkazish, shuningdek, Koreyaning Chxunchonnam viloyati Ta’lim departamenti bilan hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatlari muhokama qilingan edi.

Ikki tomonlama kelishuvlarga asosan bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xodimlaridan iborat ta’lim delegatsiyasi Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Delegatsiya a’zolari mazkur amaliy tashrif davomida Koreyada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rahbarlari uchun tashkil etiladigan amaliy seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari hamda ta’lim jarayonlaridagi eng so‘ngi zamonaviy metodikalar bilan tanishishlari va bir qancha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.

Bir hafta davom etadigan mazkur amaliy tashrif bilan bog‘liq jarayonlarni Agentligimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritib boramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | 10 dekabr — Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
#10dec #uzbekiston24

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI BOʻLIB OʻTDI

🗺 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash olimpiadasining hududiy bosqichi yakuniga yetdi.

📆 Maʼlumot uchun, olimpiadaning Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

📶 Hududlardan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📝Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

🎼 Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi garnizoni tomonidan orkestr sadolarida madhiyamiz ijrosida Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulugʻ shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida, ijod maktabi oʻquvchilarining madhiya haqidagi sheʼrlari tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#diqqat
#feyk_xabar
#eslatma

📶 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

🗣Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabriknoma

Hurmatli ustozlar, tizim xodimlari!


Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas sana – davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Shuni faxr bilan aytish lozimki, jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan har bir inson, har bir fuqaro uchun bu qutlug‘ sana o‘zgacha intiqlik, cheksiz g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan unutilmas kundir.

Bosh Qomusimiz bizga farzandlarimizni bilimli va barkamol avlod qilib tarbiyalash, ularni shu yurt koriga yaraydigan mustaqil shaxs qilib kamolga yetkazish borasidagi kasbiy faoliyatimizda mustahkam huquqiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, joriy yilning 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan davlatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi jamiyatimiz rivoji va ta’lim tizimidagi islohotlarni jadal suratlarda amalga oshirishda katta ko‘makchi ekanligi bizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabrik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan muborakbod etadi!


Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xavfsiz_yangiyil

Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?

↪️ Batafsil infografikada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#mehr_muruvvat
#Yangi_yil_shukuhi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Sirdaryo viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari xodimlari va o‘quvchilari ishtirokida "Do‘stim uchun sovg‘a" aksiyasi o‘tkazildi.

Unda ayni paytda uyda taʼlim olayotgan, shifoxonalarda davolanayotgan, nogironligi bor 110 nafar o‘quvchilar holidan xabar olindi. Ularga Qorbobo va qorqiz kabi ertak qahramonlari ishtirokida bayram sovg‘alari ulashildi. Ushbu tadbir bolajonlar qalbida o‘zgacha quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan esda qolarli bo‘ldi.

Bunday saxovat tadbirlari yosh avlodni o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik, muruvvat va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashning yorqin ifodasidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#28_dekabr_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📝"Oʻzbegim" qasidasi.
✍️ Erkin Vohidov, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xushxabar

⚡️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Vatan madhi yangrar dilimda” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovi eʼlon qilgan edi.

⚡️Ushbu tanlovda Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

📝 Maʼlumot uchun, Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari jamoasi 2022-yilda "mening madhiyam" tanlovida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

🎬 Maktab o‘quvchilari jamoasi tomonidan tayyorlangan videolavhani eʼtiboringizga havola qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

📶 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.

🗺Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Namangan hamda Fargʻona viloyatidan videolavhalar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🗺20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

📝Ularni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼullari, maktab direktorlari, ota-onalari va yaqinlari kutib olishdi.

🗣Maʼlumot uchun, 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ushbu olimpiadada oʻquvchilarimiz 3 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

🗺Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo‘lga kiritdi!

📆 Shu yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o‘tkazildi, unda o‘quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy oldi!

📝Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈Javohir Mamadaliyev – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Daler Raximov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisiKUMUSH medal;
🥈Murodbek Yuldashev – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥉Nursulton Ashiraliyev – Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi BRONZA medal;
🥉Azizbek Erkinov – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – BRONZA medal.

📈19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo‘lga kiritilgan edi.

💫 Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayramga_munosib_tuhfa

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Chust tumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab ishga tushdi. Ushbu bino qurilishiga investitsiya dasturi asosida 7 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. 576 o‘ringa mo‘ljallangan, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bu muassasa barcha qulayliklarga ega.

Maktabning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat va tuman rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayramga_munosib_tuhfa

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun oldidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino qurilishiga 7 mlrd. 800 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Mazkur maktab 408 o‘quvchi o‘rniga ega.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil gapirdi.

Marosimda ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim-tarbiya muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy jihozlar hamda qurilmalar o‘quvchilarning kuchli bilim va tafakkurga ega farzandlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel