#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI
✅ Mavzu: "Yangi O‘zbekiston" universitetiga qabul jarayonlari, arizalar qabuli, talablar va imtihonlar.
⏺Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
▶️ JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#CEFR
✅Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 6-sinf oʻquvchilarining 24 nafaridan 21 nafari CEFR imtihonidan B1, B2 hamda C1 darajalarini qo‘lga kiritishdi.
⚡️Yoshlarimizning endigina 6-sinf boʻlishlariga qaramay bunday yuqori marralarni zabt etishayotgani yurtimizda taʼlimga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin misolidir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_kengashi
#taʼlim_islohoti
✅ Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etilmoqda.
➖Umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tizimning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat;
➖Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati qanday;
➖Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga nimalar kiradi;
➖ Kengash kimga hisob beradi-yu, qanday vakolatlarni amalga oshiradi?
👏 Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videorolikda siz mavzuga doir ko‘plab savollarga javob topasiz.
❗️“Direktorlar kengashi” — zamonaviy boshqaruv, mustaqil liderlar jamoasi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_loyiha
#namunali_maktab_direktorlari
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab direktorlari bilan intervyular tashkil qilinmoqda.
Direktorlarimiz maktablarimizda yaratilgan sharoitlar, erishilgan natijalar, kelajakdagi rejalar singari bir qancha mavzularda o‘zlarining fikrlarini bildirishmoqda.
Tanishing: Birinchi suhbatdoshimiz Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Abror Nazirov.
Batafsil videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz
♾ DIQQAT E'LON!
🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
➖nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).
✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
➖liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.
📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.
📞 Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
"Zamin Education" loyihasi doirasida inklyuziv IT oromgohi bo‘lib o‘tdi. Uning bosh maqsadi yoshlarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
An’anaviy bo‘lib qolgan robototexnika, mexatronika, dasturlash, raqamli dizayn yo‘nalishlariga bu yilda yangi — 3D-modellashtirish o‘quv dasturi qo‘shildi. Bunda 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan Isroil Maqsumov va 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan Shahribonu Haytmurodova yaxshi natijalar ko‘rsatdi.
IT oromgoh davomida ekspert-o‘qituvchilar jadal mashg‘ulotlar o‘tkazib, bolalarga yangi ko‘nikmalarni egallash va o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda rivojlanishga yordam berdilar. IT oromgoh ishtirokchilar soni bo‘yicha haqiqiy rekord o‘rnatdi: unda 6 000 nafardan ziyod odam qatnashdi. Bolalar kelajakda kasb tanlashda qo‘l keladigan tajribaga, muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar
Qashqadaryo viloyatida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar uchun seminar tashkil etildi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan seminarda yangi baholash tizimi joriy etilgan 33 ta tajriba-sinov maktablarining direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, "Aniq", "Tabiiy", "Filologiya (ingliz tili)", "Ijtimoiy" fanlari metod birlashma rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga mas’ullar tomonidan:
- Baholash jarayonini tashkil etish;
- Oʻqituvchi tomonidan ishlarni mezonlar asosida tekshirish;
- Oʻqituvchi tomonidan natijalarni tahlil qilish;
- Metod birlashmada taʼlim jarayonidagi boʻshliqlarni aniqlab, metodologiya boʻyicha tajriba almashish;
- Oʻquvchilar bilan xatolar ustida ishlash kabi metodik tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, viloyatdagi yangi baholash tizimi joriy etilgan 33 ta tajriba-sinov maktablarining 2-choraklik summativ baholash natijalari tahlil etildi.
Ma’lumot uchun: 2023-2024 o‘quv yilida viloyatda 102 ta umumta’lim maktabida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekistonlik o’quvchilar
20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga jo'nab ketdi.
Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan. Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.
Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdirlash
#Robo_coding
“Robo-Coding” olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
🗣5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova hamda Jahongir Jo‘rayev 1-o‘rin;
🥈Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Islom Zinhaydarov hamda Malika Xoʻjamurodova 2-o‘rin;
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev hamda Iskandar Sodiqjonov 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
🗣9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Rahmatullayev hamda Nozimjon Abdurahimov 1-o‘rin;
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksulton Bazarbayev hamda Manzilbek Karliboyev 2-o‘rin;
🥉Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov hamda Abdulahad Nabiyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
⚡️Olimpiada g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
📶 Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun fan olimpiadasining Respublika bosqichi
#5jan #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Erkin Vohidov tavalludining 87 yilligi
#5jan #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Robo_Coding
📆 O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi o‘quvchilar o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.
🧑💻Olimpiada dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida tashkil qilinib, hududlar kesimida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 56 nafar o‘quvchi ushbu bosqichda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
💻 Olimpiadada dasturlash bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘quvchilarning natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishib borishingiz mumkin:
🔹Natija: 5–8-sinf
🔹Natija: 9–11-sinf
📝 Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichi 2023-yilning 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
⚡️Olimpiadada ishtirok etayotgan har bir o'quvchiga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
Yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” boʻlib oʻtmoqda.
Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda boʻlishdi.
Harbiy qism maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan reja asosida bir qancha tadbirlar tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning maʼnan yetuk boʻlib ulgʻayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
YANGI DAVR | JIZZAXLIK 9 NAFAR O‘QUVCHI “EL-YURT UMIDI" JAMG‘ARMASI STIPENDIATI BO‘LDI.
#23jan #Yoshlar_tv
🗺Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#maktab_bosqichi
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
📚Olimpiada jarayonlari fizika, kimyo, biologiya fanlaridan 3 bosqichda (test, yozma ish va laboratoriya ishi), matematika, science fanlaridan 2 bosqichda (test, yozma ish) hamda informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1 bosqichda (dasturlash) 5-11-sinflar kesimida tashkil etilgan.
✅Maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.
🗺Olimpiada jarayonlaridan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
✔️ Biologiya fani o‘qituvchisi;
✔️ Fizika fani o‘qituvchisi;
✔️ Psixolog.
Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.
Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: prmqdd@piima.uz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ixtisoslashtirilgan maktablar: xalqaro hamkorlik
#22jan #uzbekiston24
🗺Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
“YANGI O‘ZBEKISTON” – YANGI ORZULAR RO‘YOBI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun "Yangi O‘zbekiston" universitetiga ekskursiya va kampus-tur tashkil etildi.
O‘quvchilarga avval universitet faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Shundan so‘ng universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Bunda o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlar xonalari ko‘rib chiqildi.
O‘quvchilar muassasaning shart-sharoitlari, o‘quv jarayonlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
SAUDIYA ARABISTONING AR-RIYOD SHAHRIDA XALQARO KIMYO OLIMPIADASI BOSHQARUV QO‘MITASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Unda Boshqaruv Qo‘mitasining a’zolari 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kelgusi yillarda Birlashgan Arab Amirligi va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz mezbonlik qiladigan ushbu olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari Boshqaruv Qo‘mitasi a’zolari tomonidan yuqori baholandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi
#6jan #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar
✅Matematika va kimyo fanlaridan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
🧮 Matematika fanidan olimpiada natijalari:
🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-o‘rin;
🥈Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Komil Sodiqov 2-o‘rin;
🥉Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-o‘rinni egalladi.
🔬 Kimyo fanidan olimpiada natijalari:
🥇Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Norqulov 1-o‘rin;
🥈Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o‘rin;
🥉Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
⚡️Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdirlash
📶 "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Robo_Coding
📶 Agentligimiz tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon
📶 "Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.
✅ Har ikkala olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari 6-yanvar kuni boʻladigan taqdirlash marosimida diplom, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
📆 O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA “LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA
✅Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.
📝Ma’lumot o‘rnida, kun davomida olimpiada ishtirokchilari 5 ta savoldan iborat yozma ish hamda metodik qism va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishadi.
🗺 Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichi 2023-yilning 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
⚡️Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari
⚡️ OʻQUVCHILARIMIZ “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI STIPENDIATI
✅Ijod maktablarining olti nafar oʻquvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 2-ochiq stipendiyasi tanlovida "Jamgʻarma stipendiati" deb eʻtirof etildi.
📝 Ular bilan tanishing:
➖ Sayyora Tileuniyazova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
➖ Gulqumar Jaqsilikova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
➖ Marjona Norqulova – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
➖ Abrorjon Arslonov – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
➖ Dilshoda Akromjonova – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
➖ Akbarxoʻja Toʻraxoʻjayev – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi.
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IT_oromgohi_2024
Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan anʼanaviy Raqamli Avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berildi!
Mazkur oromgoh shu yilning 5–9-yanvar kunlari offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.
Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!
Onlayn yoʻnalishlar:
🔹.Net;
🔹Web Dizayn;
🔹AI (Tools);
🔹Front-end;
🔹No coding;
🔹Python.
Offlayn yoʻnalishlar:
🔸Raqamli dizayn;
🔸3D dizayn;
🔸Kibersport (Dota 2);
🔸Robototexnika;
🔸Website (no coding).
Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (onlayn va offlayn) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi!
📝Roʻyxatdan oʻtish: Online.raqamliavlod.uz
PS: Shoshiling, offlayn yoʻnalish uchun joylar chegaralangan!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabrik
Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor.
“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi.
Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman.
Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi.
Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin!
Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori