piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda erishilayotgan yutuqlar haqida "Najot — bilimda" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
#Xorazm_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#amaliyot

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari Surxondaryo viloyatidagi bank va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashdi.

Hamkorlik memorandumiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashni nazarda tutadi.

Suratlarda: o‘quvchilar "O‘zmilliy bank" AJ Qumqo‘rg‘on bank xizmatlari markazi va "Termiz National Carpets" MCHJga qarashli "SUF CARPETS" gilam ishlab chiqarish fabrikasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#jarayon
#qizlar_olimpiadasi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtdi.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishdi.

🗺Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Robototexnika” asoslarini o‘rgatishga yo‘naltiriladi.

Robototexnika fani o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminar-treningi tashkil etildi.

Seminar joriy yilning 8-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ta’limdagi yangicha yondashuvlar

#5feb #uzbekiston24

🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#menejerlik_oʻquv_kursi
#taʼlim_islohoti

USTOZ VA SHOGIRD MENEJERLIK OʻQUV KURSI HAQIDA


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari direktorligiga nomzodlarni o‘qitish maqsadida menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilganligidan xabaringiz bor.

O‘quv kurslarini tashkil etishdan maqsad nima;

mashg‘ulototlarga kimlar jalb etiladi;

o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar qayerga murojaat qiladi;

menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan nomzodlar qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

👏 An’anaga muvofiq Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videolavhadan yuqoridagi savollarga to‘liq javob topasiz.

❗️Menejerlik o‘quv kursi — zamonaviy direktorlar maktabi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

📣 Iqtidorli va serg‘ayrat maktab o‘quvchilari diqqatiga!

❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.

✅ Oromgohda sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹startap loyiha yaratirish bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
🔹darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
🔹tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 9-fevralga qadar davom etadi.

❗️Mazkur loyihada faqat 8-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

#qishki_maktab #winter_school

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xorijiy_hamkorlik

🇺🇿🇹🇷Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Turkiyadan Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) direktori Elvan Kuzucu Hidir tashrif buyurdi.

💻 Tashrif chogʻida mehmonlarga kampus-tur tashkil qilindi. Maktab boʻylab sayohat paytida oʻquvchilarimizning "Mobil", "WEB", Robototexnika hamda maktab prezidenti, Infinity team va Eco Union jamoalarining loyiha taqdimoti namoyish qilindi. Shundan soʻng maktab faollar zalida 8-9-10-sinf oʻquvchilari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

🧑‍💻 Muloqot davomida Technofest festivali milliy texnologiya(aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiya)larni targʻib qilish va rivojlantirish hamda odamlarning bu sohadagi xabardorligini oshirishga qaratilgan yagona festival ekanligi haqida maʼlumot berdi.

🚀Ushbu “Teknofest-2024” festivalida boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari, kollej/akademik litsey oʻquvchilari, bakalavr va magistratura talabalari hamda bitiruvchilar 40 dan ortiq yoʻnalish boʻyicha turli musobaqalarda qatnashish mumkinligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchisi uchun quyidagi manfaatli jihatlarini ham aytib o’tdi:
🔲 ishtirokchilarning loyihalarini moddiy jihatdan dastaklash uchun jami 1 mln 825 ming dollar ajratiladi;
🔲tanlovda sovrindor jamoalarga 995 ming dollar mukofot puli taqsimlab beriladi;
🔲final bosqichi Turkiyada boʻlib oʻtadi, qatnashish uchun transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi, deb oʻquvchilarimizni “Teknofest-2024” festivaliga taklif qilishdi.

🔥 Muloqot soʻngida maktab oʻquvchilarimiz oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yuqori_natijalar
#ixtisoslashtirilgan_maktab

2024-yil Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Fargʻona viloyati hududidagi maktablar uchun "Yuqori natijalar va sertifikatlar yili" deb e’lon qilingan.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilarining qoʻlga kiritgan yuqori natijalarini taqdim etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Sariosiyo

Agentlik tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tuman hokimi A.Donayev hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Zokirov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng, maktabning sport majmuasida yoshlar oʻrtasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi kubogining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida tumandagi harbiy qism hamda "Vatanparvar" tashkiloti masʼullari tomonidan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

📣 “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi!


⚡️ Universitet prezidenti Wolfgang A.Herrmann 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli boshlanganini e'lon qildi!

Universitet prezidenti sifatida sizni ishontirib aytamanki, biz dunyo miqyosidagi universitet quryapmiz va siz xorijda yuqori reytinglarda turuvchi universitetlarda olishingiz mumkin bo‘lgan bilimni o‘z ona yurtingizda olishingizni ta’minlay olamiz, - Wolfgang A.Herrmann.


☑️ O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

👉 Ariza topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma: https://youtu.be/DawnouY_dtM

⁉️Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ajoyib yangilik!

🌍 2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

☄️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang❗️
Hoziroq ro'yxatdan o'ting❗️

🌍 Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

🌍 Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

👉Batafsil maʼlumot bu yerda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#press_tur

📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

🎙Sizlarni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura bosqichi ta’lim dasturi ochilganligi va yangi oʻquv binosiga koʻchganligi munosabati bilan tashkil etilayotgan press-turga taklif qilamiz.

📆 Sana: 26-yanvar
Soat: 10:30
📍 Manzil: Movarounnahr ko'chasi, 1-uy.
Moʻljal: Hamid Olimjon metro bekati yaqinida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Jizzax shahridagi Prezident maktabida maktabning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Olimjon Oʻktamov, Samandar Xolmoʻminov, Behruzjon Meliboyev ishtirokida viloyatdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bitiruvchilari uchun jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
#Jizzax_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalariga yangi qabulning birinchi darslari boshlandi. Bolalar 3 ta — dizayn, media va teatr san’ati yo‘nalishlariga bu safar 256 ta ariza yo‘lladi.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval bolalar, tanlangan yo‘nalishdan kelib chiqib, ijodiy imtihondan o‘tdilar. Unda tajribali pedagoglar nomzodlarning kreativ fikrlash va o‘z-o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini baholadi. Kelgusida "Zamin Creative" studiyalarida o‘qish bolalarga jamoada ishlashga o‘rganish, tanlangan sohada o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi hamda bo‘lajak professional faoliyatiga boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiysohalar #raqamlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Yig‘ilishda mutasaddilarga “maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish topshirildi.

➖Yoshlar o‘rtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, ularning zararli ta’siridan himoyalash va ijobiy tomonidan foydalanish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarga sodda tilda qo‘llanmalar yaratish muhimligi qayd etildi.

🔹 Maktabga moslashish va kitobni sevishga o‘rgatish, yaxshi xulqli bo‘lish, atrofidagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish va bilim olishga kuchli ishtiyoqni shakllantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qo‘yishda farzandlarga qanday yo‘l-yo‘riq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda materiallar tayyorlanadi.

“Yuqorida aytilgan tashabbuslar amaliyotda yo‘lga qo‘yilsa, ota-onada mas’uliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, ta’lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘ladi”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan Chonnam taʼlim departamenti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.


Unda Chonnam taʼlim departamenti xalqaro taʼlim boshqarmasi rahbari Heo Kwang Yang, koʻp millatlilar taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yang Jin, xalqaro aloqalar boʻlimi rahbari Lee Cheong Min, yordamchi direktor Cheong In Chae, Koreya respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi direktori oʻrinbosari Lee Eungyu hamda Agentlik rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida maktablar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻquvchi va oʻqituvchilar almashinuvi dasturini amalga oshirish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, qolaversa, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish masalasi koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Andijon_yoshlar_forumi
#Prezident_maktabi

Bugun Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari bilan tanishib, omad tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarining yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini eʼlon qiladi.

Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2024 yilga mo‘ljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

#26jan #uzbekiston24

⏩ 00:55 – Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilayotgani haqida.

⏩ 03:14 Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

🗺“Yangi Oʻzbekiston” universitetida oʻtkazilgan press-turdan fotoreportaj.

#press_tur #journalists #blogers

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 Diqqat, pedagoglar uchun muhim eslatma!

❗️2024-yil yanvar-iyun oylarida maktabgacha va umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan attestatsiyasi sinovlari muddatlari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

🖥 Vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga oid barcha ma’lumotlar, xususan ularning muddatlari va joylari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

👉 Eslatma: shuningdek, attestatsiyaga doir barcha zarur ma’lumotlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

✔️ Bosh hisobchi;
✔️ Media toʻgaragi rahbari;
✔️ EHM laboranti.

Bosh hisobchi lavozimi uchun talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹UzASBO dasturni mukammal bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik.

📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📨 prmnad@piima.uz
📞 +998932006616

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel