piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

"Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman" — ota
#kun_uz

Bog‘dod tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan.

To‘ng‘ich o‘g‘li ta’lim dargohini tamomlab, Turkiya texnika universiteti talabasiga aylandi. Jonkuyar ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qilishadi. Ota o‘zgalarning uyida ishlab topgan pulini o‘g‘illarining bilim olishiga sarflaydi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi.

Ular ishlashi, o‘qishi va kasb-hunar o‘rganishida to‘siqsiz muhit yaratish choralari ko‘riladi.

Bunda, nogironlikni kasallikka qarab emas, balki shaxsning mustaqil harakati, o‘zini o‘zi eplashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga qarab belgilash tizimiga o‘tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi

Ma’lumot oʻrnida: SAT - Amerika  Qoʻshma Shtatlaridagi oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun standartlashtirilgan test imtihoni hisoblanadi.

SAT imtihoni 2 qismdan iborat: matematika va matn tahlili. Ularda olish mumkin boʻlgan eng yuqori natija 1600 ball. 1400 dan yuqori ball 90 foizdan ziyod natija bilan imtihondan oʻtdi degani.

1500 dan yuqori ballni  esa imtihonning 100 dan faqat 1-2 foiz ishtirokchisigina qoʻlga kiritishi mumkin.

Bugungi kunda Toshkent, Nurafshon, Nukus, Jizzax, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Guliston, Termiz, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda Namangan shahridagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihon markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eko_school

Eko-school loyihasi doirasidagi seminar-treninglar
davom etmiqda

Ayni damda Respublikamiz boʻylab "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta ta'lim muassasalari uchun seminar-treninglar shaklidagi oʻquv eko-oromgohlarga start berilgan.

Mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatidan "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 6 ta maktab uchun Buxoro shahridagi Prezident maktabida seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yoshlarning ilmiy ishlanmalari
#18feb #uzbekiston24

🗺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab- internati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tashrifdan_soʻng

Shu yilning 15-fevral kuni Prezidentimiz Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurgan edi.

O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida maktabning 9-sinf o‘quvchisi Madina Jahongirovaning kelajakda kimyogar bo‘lish orzusi borligini eshitgan Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun doim tayyor ekanligini va o‘quvchimizga imtiyoz asosida davlat grantidan kvota ajratilishini ta’kidladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor B.Usmonov Madinaxonni ushbu e’tirof bilan qutlab, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qabul qilinganlik haqidagi sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktab-internati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

MUNOSABAT

Marjona UMAROVA, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
#Andijon_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida xorijlik o‘qituvchilar Navoiy va Bobur hayoti va ijodi bilan
yaqindan tanishtirildi.

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan “Navoiy va bolakay” nomli
spektakl sahnalashtirildi.

⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi  targ‘ibotiga qaratilgan
estafeta tashkil etildi.

⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Men o‘qigan kitob" tanlovining
g‘oliblari aniqlandi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari favqulodda holatlarda bilish lozim bo‘lgan ko‘nikmalar haqida
tushunchalarga ega bo‘ldi.

⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi O‘gabek Kuchkarov Xavier universitetining 115.000 AQSh dollarlik 
granti sohibiga aylandi.

⏺Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari o‘rtasida
"Oltin mikrofon" tanlovi o‘tkazildi.

⏺Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Sevinch Zakirova Wingate universitetining 140.000 AQSh dollari miqdoridagi
grantini qoʻlga kiritdi.

⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oqʻuvchilari
"Jasorat bog'i"da bo'ldi.

⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Biz giyohvandlikka qarshimiz”
sport musobaqalari oʻtkazildi.

⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Hayo xaloskordir" mavzusida oʻquvchi qizlar uchun
davra suhbati tashkil etildi.

⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari
Mug‘tepa yodgorligiga sayohat qildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan
tanishdi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari “Jaloliddin Manguberdi”
spektaklini tomosha qildi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Fanlar akademiyasi
Yadro fizikasi institutiga ekskursiya qildi.

⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari
"Tamaddun" jurnalida chop etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#100_foizlik_grant
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Samarqand shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sevara Kazimova Duke Kunshan Universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.

📊 Ma’lumot uchun Sevara Kazimova
IELTS imtihonida-8
SAT imtihonida-1520
natijalarini qayd etgan.

💫Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Andijondagi maktab va sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchi va sportchilar bilan uchrashdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi, 2023-2024-oʻquv yili maktab oʻquvchilari Prezidenti Sayfullo Saidov dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan Princeton Universitetiga 350 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.

Shuningdek, oʻquvchimiz University of Warwick, University of Sheffield, University of St. Andrews universitetlaridan ham qabul xatlarini qlga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Sayfullo Saidov
SAT 1520 ball
IELTS 8,5 ball
JLPT (Yapon tili sertifikati) N1 daraja
"Zakovat O'quvchilar Ligasi" 2022-2023 oʻquv yili mavsumi mutlaq gʻolibi - "Et Cetera" jamoasi a’zosidir.

💫Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eko_oromgoh

Respublikamizda eko-oromgoh loyihasi doirasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, yurtimizda "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo 117 ta taʼlim muassasalari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi ikkinchi treninglar Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaga aʼzo 7 ta maktab uchun Xiva shahridagi Prezident maktabida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, 2024-yilda loyiha o‘tkaziladigan maktab hududlari ham ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Mening tasavvurimdagi ekologik toza shahar “ mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilindi.

⏺ Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari IELTS imtihonidan yuqori natijalarni qo‘ga kiritdi.

⏺ Samarqand shahridagi Prezident maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi oshirildi.

⏺ Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Sir David Attenborough" uslubida qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.

⏺ Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda "Tabiatga doʻstona munosabat" shiori ostida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

⏺ Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-8-sinflar oʻrtasida "Robofest-2024" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

⏺ Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilariga "Vatan tayanchi" otryadi ko‘krak nishonlari topshirildi.

⏺ Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Bo‘zqir arsloni - Jaloliddin” nomli spektakl namoyish etildi.

⏺ Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⏺ Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS, SAT, Common App kabi xalqaro dasturlar bo’yicha ma’lumot olishdi.

⏺ G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Kitobxonlik" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

⏺ Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Buyuk ajdodlarimiz yodi mangu barhayot” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

⏺ Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oliy Majlisi Senati, Ichki ishlar vazirligi va tuman hokimligi mas'ullari bo‘lib, ta’lim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

⏺ Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.

⏺ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ekologiya mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

⏺ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Farangiz Abdusalomovaning ijodiy ishlari xorij matbuotida chop etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor o‘rinbosarlari lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlarga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 21-fevral – 2-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📝 Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 21-fevraldan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi
#19feb #uzbekiston24

🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ota-onalar va oʻquv jamoasi muloqoti tashkil etildi.

Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Adliya bo‘limi oʻrtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan 10-sinf oʻquvchilari hududdagi Davlat xizmatlari markazi
faoliyati bilan tanishdi.

Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov Malayziyaning XIAMEN universiteti
grantini qolga kiritdi.

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish" oyligi doirasida
davra suhbati oʻtkazildi.

Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻgʻil bolalar oʻrtasida
"Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

O‘zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ustozlari bilan  "Agrobank" АTBning hududiy
filialiga sayohat qildi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari Mudofaa ishlar bo'limida bo ʻlib, harbiy ta'lim muassasalari haqida
ma'lumotga ega bo ʻldi.

Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-sinflar oʻrtasida
"Otalar yig'ilishi" oʻtkazildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf oʻquvchisi, Binar raqamlarni eslab qolish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni  Mohinabonu Umarbekova ishtirokida "Mnemonika. konsentratsiyani jamlash" mavzusida
trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Navnihol" ijodiy to‘garagi tomonidan "Iste'dodlar yolqini" nomli ijodiy
sahnalashtirilgan tadbir tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida shoir To‘ra Sulaymonning 90 yillik yubileyi munosabati bilan
bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida
"Quvnoq hafta" tadbirlari tashkil etilmoqda.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Yangi O‘zbekiston” universiteti proffessorlari ishtirokida
seminar bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tdi

17-18-fevral
kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan

Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#FVV_ogohlantiradi

⚠️ Binolarning tomlaridan qor massalari, muz va sumalaklar tushishidan ehtiyot bo‘ling

📶 Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar

❗️Qorlar erishi va tomlardan qor massalari, muz va sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

📝Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#100foizdan_100foiz
#shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tur‘gun Jonzoqov Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatini 100 foizlik natija bilan qo‘lga kiritdi.

T.Jonzoqov o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida chuqur bilim berib kelayotgan ilg‘or pedagoglardan. 23 yillik tajribaga ega o‘qituvchi "Xalq taʼlimi aʼlochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Kimyo fanidan "Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi.

Bugungi kunda T.Jonzoqov Yangi avlod darsliklarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Jizzax viloyat metodika markazining ekspert guruhi aʼzosi sifatida "Kimyo" darsligini takomillashtirishda o‘zining amaliy takliflari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Uning ko‘plab o‘quvchilari fan olimpiadasi va "Bilimlar bellashuvi" tanlovlarida yuqori natija ko‘rsatgan. "Eritmalar" mavzusida masalalar yechish metodikasi respublika miqyosida ommalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#100_foizlik_grant
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Shoyimqulova xorijdagi nufuzli oliygohlarning jami 948 ming AQSH dollarlik grantlarini qo'lga kiritdi.

📝Bular:

Kent State University — 48 000$;
Roanoke College — 84 000$;
Western New England University - Presidential scholarship — 128 000$;
Pace University — 80 000$;
University at Albany (SUNY) — 62 000$;
Colorado State University — 40 000$;
Iowa State University;
The University of Arizona — 92 000$;
Hofstra University;
The University of Alabama;
California Lutheran University — 140 000$;
UMass Boston — 16 000$;
Franklin University in Switzerland — 90 000 ChF;
Allegheny College — 168 000$.

⚡️E'tiborlisi, R.Shoyimqulovaga "Allegheny College"dan (AQSH) 100 foizlik grant ajratildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

🗺Аbdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari erishayotgan yutuqlar sarhisobi 👉Qashqadaryo MTRK “Jarayon” ko’rsatuvida

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan “Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechasi tafsilotlari 👉Surxondaryo MTRK reportajida

🗺O‘rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "Tarix qa’ridagi ikki yulduz" nomli ma’rifiy tadbir 👉Nurafshon telekanali lavhasida

🗺Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ishtirokidagi "Boburxonlik" kechasi 👉Sirdaryo MTRK "Diyor yangiliklari"da

🗺Erkin Vohidov ijod maktabida nishonlangan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari 👉Farg’ona MTRK Axborot dasturida 

🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Erkin Ochilov hamda o‘quvchilar Marjona Abdullayeva, Nurjaxon Dehqonova 👉Jizzax MTRK “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi mehmoni. 

🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiya va Mudofaa ishlari boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqasi tafsilotlari 👉"Mahalla" telekanali yangiliklarida 

🗺Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli va ijodkor o‘quvchilari haqida 👉Xorazm MTRK "Assalom, Xorazm" teledasturida hikoya qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatini hamda bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko'rdi.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #taʼlim #sport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Yurt ishqida oʻrtangan shoir" mavzusida
radio dastur tayyorlandi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida
ota-onalar bilan muloqot tashkil etildi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida "Boburxonlik kechasi" va kitobxonlik tanlovi
o‘tkazildi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida “Nazm va navo” deb nomlangan
badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

⏺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida
mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

⏺Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Adabiyotning ikki quyoshi" deb nomlangan
tanlov o‘tkazildi.

⏺Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" shoiri ostida
kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB (International Baccalaureate) dasturini joriy qilish doirasida
seminar tashkil qilindi.

⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ulug‘lar yodi ila yashaymiz mudom” deb nomlangan
tadbir bo‘lib o‘tdi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati bilan
tanishdi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida viloyat teleradiokompaniyasi bilan
hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar
tibbiy ko’rikdan o‘tkazildi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sportning shaxmat, voleybol, futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha
musobaqalar tashkil qilindi.

⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Farg‘ona shahrida bo'lib o‘tgan “Farg‘ona oqshomlari”
tadbirida qatnashdi.

⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiyotshunoslar ishtirokida
"Mahorat darsi" tashkil etildi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi
nishonlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud. 

Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel