piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#laboratoriya_ishi
#fotoreportaj

OʻQUV JARAYONLARI

Andijon shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchilari Ghulam Qadir va Aʼzamjon Abduhakimov 9-sinf o‘quvchilari uchun “Nomaʼlum tuz va eritmaning tarkibini tahlil qilish, kation va anionni aniqlash” mavzusida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻrganish jarayonlarida maktablarda ma’naviy muhitning shakllantirilganligi, rahbar xodimlar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘quv jarayonlarini o‘rganish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi o‘rganish jarayonidan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Zomin_tuman_ixtisoslashtirilgan_internat_maktabi

Bugun yurtimizning qay go‘shasiga bormang, iqtidorli va izlanuvchan yoshlarning bilimga chanqoq nigohlariga duch kelamiz. Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham ana shunday o’gil-qizlar jam bo’lgan.

Maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo’lib, hozirgi kunda bu yerda 324 nafar o’quvchi 52 pedagog-murabbiydan saboq olmoqda.

Ta'lim maskanida 16 ta o’quv xonasi, 2 ta informatika xonasi, 2 ta laboratoriya xonasi, robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal, yotoqxona va autsorsing tizimida 5 mahal ovqatlanishga mo’ljallangan oshxona mavjud. Darsdan so’ng o’quvchilar uchun barcha fanlardan to’garaklar tashkil qilingan.

O’quv jamoa o’z oldiga aniq maqsad qo’ygan. Bu maqsad mazkur dargohda ta'lim olayotgan o’g’il-qizlarning kelajakda tanlagan yo’nalishlarida yetuk kadrlar, bilimdon va komil insonlar bo’lib yetishishida munosib hissa qo’shishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablardagi bilimlarni baholash tizimi
#26feb #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eco_school

Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan "Eco schools Uzbekistan" loyihasi Surxondaryoda.


Mazkur loyiha doirasida Surxondaryo viloyati kesimida "Eco schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo bo‘lgan maktablar uchun Termiz shahridagi Prezident maktabida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Agentlik_fan_olimpiadasi

STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan 
Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichidan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari ayni paytda Pekin shahrida IB (International Bacallaureat) xalqaro dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Xalqaro IB dasturi akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari va talablariga javob berish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish, ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish, milliy va ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan Xitoy maktablari tajribasi o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “ML Community” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “AI Hackathon 2024” IT festivalidan videolavha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston” universiteti Boshqaruv maktabi, Sanoat boshqaruvi departamenti boshlig‘i Azizbek Maraximov hamda Akademik rivojlanish markazi Umumiy fanlar departamenti dotsenti Gonsalo Pintolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Maryam Sunnatova  IELTS imtihonida yuqori natija –
8 ballni qo‘lga kiritdi.

⏺ Xiva shahridagi Prezident maktabida ota-onalar o‘rtasida
kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

⏺ Termiz shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalarining
final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⏺ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan  "Menejerlik o‘quv kursi"ning navbatdagi tinglovchilari uchun
amaliy mashg‘ulot o'tkazildi.

⏺ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 21-fevral — Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan o‘qituvchilar va  pedagogik jamoa o‘rtasida “Savodxonlik diktanti“
tanlovi tashkil etildi.

⏺ Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Sodiq Sayhun, Muhammad Vali, Ibrohim Mahkam kabi ijodkorlar bilan
uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⏺ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
inklyuziv ekskursiya tashkil etildi.

⏺ Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibasi Shahlo Ahrorova  ishtirokida
mahorat darsi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qonunchilik_yangiliklari

Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

➖Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

➖“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

➖maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

➖Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_mavzu
#Mobil_qaramlik

Mobil qaramlik: zamonamiz kasalligidan farzandlarimizni qanday asrash mumkin?

➡️Mobil qaramlik o'zi nima? Uning qanday zararlari bor?

➡️Farzandi maktabda telefon ishlatsa, buning uchun ota-onalar jarimaga tortiladimi?

➡️Bolada mobil qaramlik aniqlanganda, mutaxassislar tomonidan qanday korreksion metodlardan foydalanish mumkin?

❗️Ko'pchilik o'quvchilarimiz korreksion metoddagi o'yinning yarmiga borib, davom ettirishni istashmaydi. Chunki, ular telefonga qaramlik ortidan nimalarni yo'qotib borishayotganini yaxshi tushuna boshlashadi.


“Dolzarb mavzu” loyihasining navbatdagi sonida ushbu mavzularga mas'ullar tomonidan javob berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha
olimpiada mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

⚡️Ushbu olimpiadalarda:
➖Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
➖2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari;
➖2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
➖Matematika
➖Fizika
➖Kimyo
➖Biologiya
➖Informatika va axborot texnologiyalari
➖Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
➖Test
➖Yozma ish

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
➖Test
➖Yozma ish

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
➖Dasturlash (coding) bo‘yicha o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

⏩ Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o‘rinlarni egallagan) o‘quvchilar olimpiadaning Agentlik  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi:

✔️ MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHISI

📝Talablar:
➖Oliy ma’lumotli;
➖Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
➖Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
➖O‘z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

📝Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari shu yilning 29-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📥 /channel/NurafshonPS_bot
📞 +998975438666

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi
#amaliy_mashgʻulot

Fizika nafaqat qiziqarli, balki fundamental fan hisoblanadi. U borliqni o‘rganadi va tabiatning eng murakkab sirlarini ochishga harakat qiladi.


Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika faniga qiziquvchi yoshlar ko‘plab topiladi. Bunda ta’lim maskanining fizika fani o‘qituvchilari xizmati katta. Fan o‘qituvchisi Rustamjon Ahmadjonov va xorijlik mutaxassis Rosetum Galos olib borayotgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bunga misol.

Ilm-fan yildan-yilga rivojlanib, texnika taraqqiyoti tezlashmoqda. Eng muhim kashfiyotlar, ixtirolar hali oldinda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Nukus shahridagi prezident maktabida qoraqalpoq milliy taomi festivali o‘tkazildi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar hamda ularning otalari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan qisqa metrajli hujjatli film suratga oldi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Javondagi javohir” mavzusida yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi Yusufjon Abdiyev AQSH oliy ta’lim muassasalari grantini qo‘lga kiritdi.

⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Shahriyor Aliboyev xorijiy universitetlarning grantlariga sazovor bo‘ldi.

⏺Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilarining futbol jamoasi “Do‘stlik tuman hokimi kubogi”ning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

⏺Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari "Khiva Silk Fabric" MChJ faoliyati bilan tanishdi.

⏺Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari sportning pnevmatik quroldan o‘q otish turi bo‘yicha o‘tkazilgan tuman kubogida 3-o‘rinni egalladi.

⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomosha qildi.

⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “To‘maris” jamoasi xotin-qizlar o‘rtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

⏺Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Besh tashabbus doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada" o‘tkazildi.

⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Murodjon Kamoliddinovning viloyat teatr-konsert saroyida “Yangi Oʻzbekiston-oltin fondimiz” deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Laylo Qarshiyeva Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi. U IELTS imtihonidan 8.5, SAT imtihonidan 1480 ballni qoʻlga kiritgan. Laylo yutuqlar bilan cheklanib qolmay, oʻz ustida tinmay izlanadi. Kelajakda shifokor boʻlmoqchi.

“Ishonch” televideniyesining maxsus lavhasida iqtidorli oʻquvchimizning Prezident maktabidagi hayoti, qiziqishlari va orzulari haqida soʻzlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#olimpiada

😄Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi

📆 Bugun Respublikamizning 14 hududida 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1480 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may  oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.

💫 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Eco-haftalik “Eco-festival” tadbiri bilan yakunlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Rahmonjon Muhammadjonov  ”New York University”ning Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Candidate weekend” tadbirida ishtirok etdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro ta’lim koʻrgazmasida ishtirok etdi.

⏺Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari "Tarix va madaniyat "
muzeyiga sayohat qildi.

⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Direktor stipendiyasi" loyihasi doirasida 
olkashunoslik tanlovi o‘tkazildi.

⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Ogʻabek Qoʻchqorov “Kent State University”ga (AQSh)
grant asosida talabalikka qabul qilindi.

⏺Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Jizzax viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi tarixi muzeyida boʻldi.

⏺Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Raqamlar soʻzlaganda" nomli
adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yoshlar – Uchinchi Renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori” mavzusida
davra suhbati tashkil etildi.

⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Sitora Rahmatova "Suffolk University"ning (AQSH)
grantini qo‘lga kiritdi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Farzandim uchun bir kun" loyihasida
ota-onalar faol ishtirok etdi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan
devoriy gazetalar tanlovini e’lon qilindi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida Ozod Sharafiddinov va Zulfiya tavallud kunlari munosabati bilan "Yurt ardog‘idagi farzand"
nomli tadbir tashkil etildi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "To‘maris" jamoasi “Zakovat” intellektual turnirining hududiy saralash bosqichida Respublika bosqichiga
yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

Axborot 24 | Yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qish — yoshlar uchun katta imkoniyat
#24feb #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Uch farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi
#hudud_24

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir oiladan birdaniga uch farzand o‘qiyotganini eshitgan borki, kimdir hayratda, kimdir havasda qarashi aniq. Bu bolalarning ota-onasi kim, ular qanday sharoit va muhitda ulg‘ayib, bilim oldi? Bu alohida iste’dodli bolalarga kim ta’lim berdi?

Ushbu video hikoya shu uch bolani tarbiyalab, kamolga yetkazgan ona haqida...

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Marg‘ilon va  Farg‘ona shahar ixtisoslashtirilgan maktablari bo‘ldi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Agentlik_fan_olimpiadasi

⚡️Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ochib berdi.

Takidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar ta'limiga yuksak e'tibor berilmoqda. Iqtidorli o‘gil-qizlar zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hududlarda tashkil etilgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bunga misol.

Moddiy-texnik bazasi mustahkam, kuchli bilim va malakali pedagog  kadrlarga ega, xalqaro tajriba va zamonaviy talim standartlariga asoslangan bunday ta'lim maskanlari o‘quvchilari kelajagimiz umidlaridir.

- Shunday ekan, barcha ishtirokchilarga omad tilayman, bu olimpiada bilimlaringizni sinash uchun o‘ziga xos maydon bo‘lish bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan yo‘lida yangi marralarni zabt etishga ham undaydi, - dedi Agentlik direktori A.Ubbiyev.

Malumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida  joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari,  shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga  2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham  to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi;

✔️ INGLIZ TILI FANI O‘QITUVCHISI

📝 Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida C1 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik.

📝Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📆 Nomzodlarning arizalari shu yilning 29-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlarning hujjatlari quyidagi manzilga yuboriladi:
📥 prmqdd@piima.uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺ Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ekskursiya va kampus-tur tashkil etildi.

⏺ Termiz shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” doirasida voleybol, stol tennisi va shaxmat  bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

⏺ Namangan shahridagi Prezident maktabida FTOR (Fakultetlarga taqsimlash orqali rivojlanish) loyihasi davom etmoqda.

⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston Universiteti” ma'ruzachisi Muxammadali Hayotov hamda Muhandislik maktabi Kimyo va Materialshunoslik muhandisligi departamenti dotsenti Malik Abdul Rehman bilan muloqot  tashkil etildi.

⏺ Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Qiz bola - jamiyat koʻzgusi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

⏺ Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari hamda pedagogik jamoasi Chust madaniyat saroyida “Is'hoqxon Ibrat” spektakli namoyishiga  bordi.

⏺ Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani oʻqituvchisi Faruddin Xolmamatov GRE va matematika fani oʻqituvchisi Mehriniso Qarshiyeva GMAT xalqaro sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

⏺ Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning chorshanba va payshanba kunlari - "Kitobxonlik kuni" etib belgilandi.

⏺ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Oliy ta’limga kirishda imtiyozlar va zamonaviy kasblar” mavzusida ekspertlar bilan muloqot tashkil etildi.

⏺ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

⏺ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Bahodir Isoning “Poetik nutqni shakllantirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#memorandum
#hamkorlik

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Nukus harbiy prokuraturasi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Tomonlar, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni hisobga olib, ijod maktabi o‘quvchilarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga Jadid bobolarimizning g‘oya va dasturlarini singdirish, huquqiy savodxonligi va ongini yuksaltirish hamda ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, Vatan kelajagi uchun mas’uliyatni his etish, mamlakatimiz barcha sohalari uchun vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi, mard, jasur va har tomonlama yetuk kadrlar zaxirasini yaratish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Biz Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbariyatlari bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Uchrashuvda sogʻliqni saqlash va ta'lim sohalariga oid 2024-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ularning bajarilishini toʻlaqonli ta'minlash maqsadida tegishli koʻrsatmalar berildi. Joriy yil yakunida amaliy natijalar kutilmoqda.
-
Мы провели встречу с руководителями министерств здравоохранения, дошкольного и школьного образования, высшего образования, науки и инноваций.

На встрече были обсуждены приоритетные задачи в сфере здравоохранения и образования на 2024 год.

Были даны конкретные указания для их реализации в полной мере. Реальные результаты ожидаются уже в конце текущего года.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺ Nukus shahridagi Prezident maktabida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professori Alisher Sanettullaev va “Amazon” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Beknazar Abdikamalov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⏺ Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘zbek va ingliz tilidagi “Foresight” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi.

⏺ Buxoro shahridagi Prezident maktabida ota-onalar oʻrtasida "Kelajakda mening farzandim” nomli rasmlar tanlovi e'lon qilindi.

⏺ Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi ekologiya mavzusiga bag‘ishlandi.

⏺ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Jannati odamlar" asari bo‘yicha adabiy bellashuv tashkil etildi.

⏺ Xiva shahridagi Prezident maktabining IT sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga sayohat uyushtirildi.

⏺ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijodi yodga olindi.

⏺ Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

⏺Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yangi O’zbekiston” universiteti professorlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

⏺ Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchi yoshlari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari  "Kimyo" fanidan yuqori ball to’plab, Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlariga ega bo’ldi.

⏺ Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

⏺ Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir bo'lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eʻlon

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro'yxati e'lon qilindi.

📝Ushbu o'quvchilar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Eslatib o‘tamiz, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

biologiya fanidan – 4 nafar;

informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;

kimyo fanidan – 4 nafar;

fizika fanidan – 5 nafar;

matematika fanidan – 6 nafar o‘quvchilar ishtirokida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel