#Maktabimiz_haqida
#Uchqoʻrgʻon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan. Ta’lim maskani 333 o‘quvchini o‘z bag‘riga olib, ularga 35 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Maktab barcha qulayliklarga ega:
➖27 ta sinf xona;
➖2 ta kompyuter xonasi;
➖Robotexnika xonasi
➖Qizlar uchun tikuvchilik, yigitlar uchun charxchilik xonasi
➖Fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari;
➖Kutubxona;
➖168 o'rinli faollar zali;
➖Sport zal;
➖ Yozgi sport maydoni;
➖Oshxona;
Jami 26 ta fan, 4 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda.
Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Nurhayot Yangiboyeva AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik ta'lim grantini qo‘lga kiritdi.
Endilikda N.Yangiboyeva 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#soha_qonunchiligi
#bilasizmi
"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, quyidagilar pedagogning majburiyatlari hisoblanadi:
- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazish;
- o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish;
- ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratish va ularni kamsitmaslik;
- voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borish;
- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tish;
- ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etish;
- majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tish.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺“Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabasi Bobosher Musurmonov 4500 dollarlik mukofot bilan taqdirlandi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi radiosida shoira Zulfiya ijodi asosida sheʼrxonlik dasturi tayyorlandi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi pedagog xodimlari oʻrtasida "Kitobxonlik" bellashuviga start berildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco-fest” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida psixologik trening o‘tkazildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Sabrina Sherqoʻziyeva xalqaro musiqa tanlovida g‘olib bo‘ldi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi aksiyasida qatnashdi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Yasmina Abdukarimxoʻjayeva Respublika ijodiy ishlar tanlovida videorolik yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Husnida Rahimjonovaning “Men bahorni juda sogʻindim” nomli ilk kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasining birinchi bosqichi tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Devoriy gazetalar" tanlovi boʻlib oʻtdi.
⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Doʻppi day" kuni o‘tkazildi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻzbekiston armiyasi yoshlar nigohida" festivali tashkil etildi.
⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi Ahrorbek Ernazarov AQShning nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yuqori toʻpalang milliy tabiat bogʻi" mutaxassislari ishtirokida “Ona tabiatni asraylik” mavzusida davra suhbati va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
⏺Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Oqqoʻrgʻon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy taʼlim sharoitlariga ega. Maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 316 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 30 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.
Maktabda 4 ta sport, 1 ta robototexnika, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻquvchilardan 34 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
Agentligimiz tizimidagi ta'lim maskanlarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar, chellenjlar davom etmoqda.
🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi
🗺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabi
🗺Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🗺Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🗺Andijon shahridagi Prezident maktabi
🗺Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🗺Nukus shahridagi Prezident maktabi
🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🗺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🗺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🗺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🗺Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🗺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🗺Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🗺Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktabi o‘quvchilarining ezgu tashabbusi
Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ustozlari boshchiligida Xo‘jaobod tumanidagi 17-sonli kar bolalar maxsus maktab-internatiga borib, alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlar holidan xabar oldi.
Prezident maktabining akademik direktori Moises Almarez hamda o‘qituvchilar ushbu maktab-internatidagi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Prezident maktabi sardorlari interfaol o‘yinlar o‘tkazib, tarbiyalanuvchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbirda alohida ta'limga ehtiyoji bor o‘quvchi-yoshlarga adabiy-ma'rifiy kitoblar, esdalik sovg‘alar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
1-MART – XALQIMIZNING ATOQLI SHOIRASI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN
Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan.
Zulfiya dostonlari, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Sen qaydasan yuragim” , "Sensiz” kabi go‘zal, diltortar she’rlari hali hanuz tillarda jaranglaydi.
Zulfiyaning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon kabi koʻplab tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari eʼtiborga olinib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etilgan. Agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalarning iqtidorli qizlari ushbu mukofotga sazovor bo’layotgani ayniqsa quvonarlidir.
2017-yilda tashkil etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabimizda esa adabiyotga oshno, shoiraga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.
➖➖➖➖➖
Shoiraning "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" sheʼrini Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Kamola Komiljonova oʻqigan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻrtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli oʻrinlarni egalladi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi va “Edu Action Exams Center” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida harbiy kasbga yoʻnaltirish tadbirlari o‘tkazildi.
⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi oldidan "Zulfiyaxonim qizlari" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari yangi loyihaga qoʻl urdi.
⏺Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi “Ibrat Academy” marafonida TOP-100 talikdan o'rin oldi.
⏺Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari amaliy mashgʻulotlar doirasida hududdagi markaziy shifoxona faoliyati bilan tanishdi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Dasturlashni oʻqitishda muammo va yechimlar"mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yerda hayotning paydo boʻlishi" mavzusida integratsiyalashtirilgan mashgʻulot oʻtkazildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida olim Vahob Rahmonov ishtirokida "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini sharhlab oʻrganish" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Nukus harbiy prokuraturasi vakillari bilan muloqot oʻtkazildi.
⏺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺"Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori kubogi" doirasida "Zakovat" oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktabi
Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Sirojiddin Sayyid Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-oqibat tuygʻulari tarannum etilgan ijod namunalaridan oʻqidi, bugungi adabiy muhit, yosh isteʼdodlarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Ustoz shoirning oʻquvchilar bilan boʻlgan samimiy muloqoti qizgʻin mushoiraga aylanib ketdi.
Uchrashuv doirasida maktab kutubxonasiga Yozuvchilar uyushmasining sara kitoblari topshirildi. Shuningdek, uyushma tomonidan chop etiladigan yangi adabiyotlar doimiy tarzda mazkur maktabga yetkazib beriladigan boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Chortoq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi barcha zamonaviy ta’lim sharoitlariga ega
Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani 441 oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. Ularga 46 nafar pedagog-murabbiy taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Sinfxonalar zarur oʻquv vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalari mavjud. Kutubxona boy kitob fondiga ega. Faollar va sport zallari, oshxona yoshlar xizmatida.
Jami 42 ta fan, 4 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, shuningdek, ijodiy yoʻnalishdagi va ikkinchi xorijiy til toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda.
Maktab yoshlari bilimlar bellashuvlari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Oʻnlab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Ta’lim maskanining Barkamol Ismoilov, Alimardon Tursunxoʻjaev, Yosinbek Abdulazizov, Mirzohid Hasanxoʻjayev, Ilgʻorbek Turgʻunpoʻlatov kabi oʻquvchilari dunyoning TOP-100 universitetlariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi
VAFO VA SADOQAT KUYCHISI
Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabininig 10-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonova tomonidan Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.
⏺Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.
⏺Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.
⏺G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
⏺Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.
⏺Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.
⏺Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
⏺Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotga oshno, ilm-ma'rifatga chanqoq yoshlar kamolga yetmoqda.
Ta'lim maskanida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish uchun “O‘zbegim” platformasi yaratilgan. Platforma doirasida “O‘zbegim” radiosi, “O‘zbegim” jurnali va Farg‘ona viloyati teleradiokanali bilan hamkorlikda “O‘zbegim” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbegim” ijodiy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. “Tarannum” musiqiy ansambli, drama, kulolchilik to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda ta'lim maskanida 35 nafar o‘qituvchi-murabbiy 198 o‘quvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda.
2023 yilda Davlat dasturi doirasida ijod maktabining qo‘shimcha o‘quv binosi, 100 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona va sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Ta'lim maskani Jahon va o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, zamonaviy laboratoriya va robototexnika jihozlari bilan taʼminlangan. O‘quv xonalari zamonaviy kompyuterlar va panel ekranlar bilan jihozlangan.
Bilimni baholash agentligining 2023-yil bitiruvchilarining o‘z fanlaridan to‘plagan ballari sarhisobi bo‘yicha mazkur ta'lim maskani bitiruvchilari o‘rtacha 159.7 ball bilan respublikada 2-o‘rinni egalladi.
Batafsil 👉 bu yerda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika
XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT
Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor bo‘lgan edi.
Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.
Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Batafsil 👉 bu yerda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
"Yoshlar va biznesni qoʻllab - quvvatlash yili" davlat dasturi
#4mar #uzbekiston24
⏩ 05:02 – Rayhona Shoyimqulova, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
⏩ 08:05 – Guliraʼno Tillayeva, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi;
⏩ 08:27 – Izzat Neʼmatov, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻqituvchisi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:
✔️Biologiya fani o‘qituvchisi
✔️Fizika fani o‘qituvchisi
📝Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.
📝Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
📆Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma ushbu manzilga yuboriladi:
📤 prmqdd@piima.uz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
#hududiy_bosqich
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻqituvchiIari oʻrtasida “Lider oʻqituvchiIar” olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur olimpiada Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan informatika, fizika va biologiya fani oʻqituvchilarining mahorati va bilim darajasini oshirish, oʻqituvchilar orasida xalqaro fan olimpiadalari metodologiyasini ommalashtirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.
Hududlardan har bir fan bo‘yicha goʻlib boʻlgan 3 nafar (1-,2-,3-oʻrin) oʻqituvchi olimpiadaning Agentlik bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qizlar_olimpiadasi_matematika
#Agentlik_bosqichi
2024-yil 1-mart kuni Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu olimpiada ikki bosqichda boʻlib, ishtirokchilar dastlab yozma ish topshirdi, keyingi bosqichda test sinovidan oʻtdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida 1-,2-,3-oʻrinni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar taqdirlanadi hamda yuqori natija koʻrsatgan jami 30 nafar qatnashchidan Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan mazkur ijod maktabida adabiyotga oshno, Hamid Olimjon va Zulfiyaga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.
Bugungi kunda ijod maktabi “Sifatli ta’lim va tarbiya – barqaror kelajak kafolati” shiori ostida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Xususan, hozirga qadar maktabni 65 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning barchasi xorijiy va mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi.
2023-yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi xulosasiga ko‘ra, ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha Jizzax viloyatida birinchi, Respublikada o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Maktab yoshlari fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab xodimlari stipendiyasi tashkil etilgan.
Ta'lim maskanida jurnalistika, publitsistika , noshirlik ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun “Ijod gulshani” nomida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi efirga uzatilmoqda. Hozirga qadar 11 nafar o‘quvchining 13 ta kitobli nashr ettirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Buxoro viloyatidagi maktablarimiz faoliyati o‘rganilmoqda. Maktablarga ishchi guruh tomonidan amaliy va metodik yordamlar berilmoqda. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.
Jarayondan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
VENGRIYA ELCHISI MAKTABIMIZDA
Agentligimiz tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.
Vengriya elchisi maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholadi.
Tashrif doirasida elchi va maktab yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida suhbat tashkil etildi.
Muloqotda mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari mehmon tomonidan alohida e'tirof etildi. Suhbat davomida Yojef Roja yoshlarga Vengriya maorif tizimi, nufuzli universitetlari, ta’lim grantlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, xalqaro ta'lim yo‘nalishida yoshlarga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan "Erasmus+" dasturi haqida ham ma’lumot berdi.
Suhbatda qayd etilgan mavzular, xususan Vengriya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan muhandislik, IT, tibbiyot kabi zamonaviy sohalar bo‘yicha stipendiya dasturlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Namangan viloyatidagi maktablar boʻldi. Dastlab agentlik direktori tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktorlari bilan uchrashdi.
Viloyatda joylashgan tizimdagi ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.
Shundan so’ng, tizimdagi maktablar ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o’rganildi. Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Eco_school
Respublikamiz boʻylab davom etayotgan "Eco schools Uzbekistan" loyihasi Samarqandda.
Joriy yilning fevral oyida barcha Prezident maktablarida boʻlib oʻtgani kabi Samarqand shahridagi Prezident maktabida ham "Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi barcha qiziquvchilarni "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
⏺Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
➖Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
➖Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.
📆 1-MART
⏳ 13:30 dan 18:30 gacha
🗺 Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik ko’chasi, 4-uy
📝 ESLATMA! O‘quv markazlari va xususiy maktablar @Character_Edu_lawyer manzil orqali ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
🔔 MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANDI!
🌐 Endilikda siz “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Germaniyaning Mitvayda universitetida ikki diplomli dasturda tahsil olishingiz mumkin.
✅Mutaxassislik: Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish.
📆 Taʼlim olish muddati: 2 yil.
⏺Birinchi semestr: “Yangi Oʻzbekiston” universitetida;
⏺Ikkinchi semestr: Germaniyaning Mitvayda universitetida;
⏺Uchinchi semestr: Germaniya yoki Oʻzbekistonda tahsil olish va sanoat korxonalarida amaliyot;
⏺Toʻrtinchi semestr: Diplom ishi uchun tayyorgarlik.
👉 Oʻqishga hujjat topshirish
⚡️Sifatli taʼlim olib, kelajakda xalqaro darajadagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻling.
#Qabul2024 #admission2024 #magistratura
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar
Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.
Ishchi guruhning navbatdagi manzili Jizzax shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik o‘qituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi. Maktab bitiruvchilarining kelgusidagi rejalari haqida muloqot qilishdi.
Muloqotda o‘qitish ishlari sifatini yanada oshirish, ayni jarayonda o‘quvchilarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqaruvchi yangi loyiha va tashabbuslarga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Agentlik ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni o‘rganish ishlari davom etmoqda
Bugun Navoiy viloyatidagi Konimex hamda Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktablari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va maktab pedagogik jamoalari bilan suhbatlar olib borildi.
Jarayondan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ustoz_shogird
📍Ustoz va shogird pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Qoʻshkoʻpir_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🗺 Qoʻshkoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 342 nafar o’quvchi 42 pedagogdan saboq olmoqda.
📝Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan taʼlim maskanida:
➖25 ta o’quv xonasi;
➖2 ta informatika xonasi;
➖4 ta laboratoriya xonasi;
➖robototexnika xonasi;
➖ sport zal, ovqatlanishga mo’ljallangan oshxona mavjud.
✅ Darsdan so’ng o’quvchilar uchun barcha fanlardan to’garaklar tashkil qilingan.
💫 Umid qilamizki, bu ta'lim maskanida yoshlar jonkuyar ustozlar ko’magida kuchli bilim olib, kelgusida zarur sohalar bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube