piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi.

📈Eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi:

Ozod AxtamovToshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oquvchisi;

Elbek Zohidjonov Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf oquvchisi;

Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich oquvchisi.

💫 Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan munis opa-singillar,
Qadrli ustozlar!


Avvalo, sizlarni va siz orqali oilangizdagi barcha xotin-qizlarni bugungi bahor ayyomi — “8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman hamda o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.

Ayol borki, butun olam bor, ayol borki, hayot bor. Ayol borki, zaminimizda yasharish, yangilanish davom etaveradi. Aminmanki, jonajon yurtimizdagi har bir er yigit, avvalo, mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini istaydi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni yengishni o‘zining sharafli burchi, deb biladi.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida ham bugungi kunda barcha sohalarda ayollarimizning faolligi kundan kun ortib bormoqda.

Xususan, ta’lim tizimida ham ana shunday yuz minglab zahmatkash va fidoyi xotin-qizlar farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun sidqidildan mehnat qilib kelishmoqda.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Shovot_tuman_ixtisoslashririlgan_maktab_internati

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 324 nafar oʻquvchiga 37 pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
➖22 ta oʻquv xonasi,
➖2 ta informatika xonasi,
➖3 ta laboratoriya xonasi,
➖robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal, konferensiya zali, yotoqxona, oshxona va xorijlik pedagoglar uchun mehmonxona mavjud.

Maktab oʻquv jamoasi bu yerda ta'lim-tarbiya olayotgan yoshlarni Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan, har tomonlama yetuk avlod boʻlib kamolga yetishlarini qat'iy maqsad qilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktabimiz_haqida
#Chust_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 463 nafar oʻquvchiga 50 nafar pedagog taʼlim-tarbiya bermoqda.

Ushbu maktab zamonaviy taʼlim sharoitlariga ega boʻlib, barcha zarur jihozlar, oʻquv anjomlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlangan.

Maktabda:
➖37 ta oʻquv xonasi;
➖2 ta informatika xonasi;
➖4 ta laboratoriya xonasi;
➖1 ta robototexnika xonasi;
➖1 ta kutubxona;
➖1 ta tikuv xona;
➖120 oʻrinli faollar zali;
➖sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni;
➖sport zal hamda 100 kishiga moʻljallangan oshxona mavjud.

Darsdan soʻng oʻquvchilar uchun barcha fanlardan toʻgaraklar tashkil qilingan. Shuningdek, maktabimizda radio, drama hamda sport toʻgaraklari ham faoliyat yuritmoqda.

Pedagogik jamoaning maqsadi ushbu bilim maskanida taʼlim olayotgan oʻgʻil-qizlarni jahon ilm-faniga hissa qoʻshgan ajdodlarimizga munosib qilib tarbiyalashdan iborat!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Agentligimiz tizimidagi Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Yusupbek Dauletmuratov AQSh elchixonasining FLEXKelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik taʼlim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Yusupbek Dauletmuratov 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik

IJOD MAKTABIDA GERMANIYA TA'LIM KOMPANIYASI VAKILLARI

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedov tashrif buyurdi. Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qildi.


Mehmonlar dastlab ijod maktabidagi Abdulla Oripov muzeyida boʻlib, atoqli shoir hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan tanishdi. Shundan soʻng Germaniya ta'lim kompaniyasi vakillariga Ijod maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan taʼlim sharoitlari, turli toʻgaraklar, iqtidorli yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi.

Tashrif doirasida mehmonlar ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan nemis tili toʻgaragi oʻqituvchisi Nafisa Hamidova va uning shogirdlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda nemis tilini oʻquvchilarga oʻrgatishda samarali boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan toʻgarak faoliyati uchun zarur qoʻshimcha elektron adabiyotlar tavsiya etilib, ular bilan taʻminlashda amaliy yordam taklif etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ilmiy_metodik_kengash

ILMIY-METODIK KENGASH YIGʻILISHI DARSLIKLAR MUHOKAMASIGA BAGʻISHLANDI

Bugun, 5-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik mas’ullari, nufuzli oliy taʼlim muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi oʻqituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev yigʻilishni ochib berdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi, – dedi agentlik direktori. – Mazkur vazifalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Agentligimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yigʻilishda Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-6-sinflar uchun Matematika, 6-sinflar uchun Informatika, 7-sinflar uchun Fizika, 8-sinflar uchun Ona tili, 9-sinflar uchun Biologiya fanidan Kembrij darsliklarining mahalliylashtirish jarayonlari muhokama etildi.

Muhokama jarayonida kengash yigʻilishi kun tartibida belgilangan 9 ta fan darsliklarining tuzuvchi-mualliflari tomonidan taqdimoti oʻtkazildi.

Yigʻilish soʻngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklar taqdimotiga asosan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ishchi_guruh
#oʻrganishlar

Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ishchi guruhlari tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda.


Ishchi guruhning navbatdagi manzili Buxoro shahridagi Prezident maktabi bo‘ldi. Agentlik vakillari o‘rganish doirasida maktab pedagogik jamoasi, xususan xorijlik oqituvchilar bilan atroflicha suhbatlashdi.

Ishchi guruh maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti o‘qituvchisi Kembrij universitetiga ilmiy-tadqiqot yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti katta o‘qituvchisi Dilshoda Rabbimova Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Kembrij universitetida ikki oylik ilmiy tadqiqot o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.

U britaniyalik hamkorlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun pedagogik mahorat hamda o‘qitish usullari bo‘yicha seminar-treninglarni doimiy tashkillashtirib keladi.

Xususan, dunyo reytingida top 10 talikka kiradigan Kembrij universiteti ta’lim fakulteti professorlari bilan ham qo‘shma ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Urganch_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining faoliyat koʻrsatayotgani iqtidorli yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Agentligimiz tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 456 nafar oʻquvchiga 42 nafar pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
▫️43 ta oʻquv xonasi,
▫️2 ta informatika xonasi,
▫️3 ta laboratoriya xonasi,
▫️robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal va autsorsing tizimida 2 mahal ovqatlanishga moʻljallangan oshxona mavjud. Fan va ijodiy toʻgaraklar tashkil qilingan.

Maktab-internat pedagogik jamoasining maqsadi yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis va komil inson boʻlib yetishishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tabriklaymiz
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

Xiva shahridagi Prezident maktabining Zulfiyasi Zulfiyaxonim izdoshi boʻldi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Zulfiya Shomurotova ta’lim yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

U 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va tarbiya akademiyasi tomonidan "Xalqaro ilmiy ishlar va maqolalar" tanlovida qatnashib "Ta'limdagi xizmatlari uchun" maxsus oltin medali va 1-darajali diplom bilan taqdirlangandi.

Ma'lumot o'rnida, 2022-yilda mazkur maktabning oʻquvchisi Madina Sa'dullayeva, 2023-yilda esa yana bir oʻquvchisi Sevinchoy Ollayorova ham aynan ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari kimyoviy tajribalar oʻtkazdi.

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzsanoatqurilishbank” vakillari bilan uchrashdi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida "Yashil makon"umummilliy loyihasi doirasida tadbir
tashkil etildi.

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni
oʻtkazildi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Talent show” tadbiri
boʻlib oʻtdi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Direktor kubogi” uchun oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining birinchi
mavsumi yakunlandi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ijodiy tanlov
eʼlon qilindi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining ijod namunalari Respublika nashrida
chop etildi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining oʻquvchisi Islombek Abulqosimov "Xalqaro geografiya" olimpiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida shaxmat-shashka musobaqalari
tashkil etildi.

⏺Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Ichan-qalʼa" davlat muzey-qoʻriqxonasiga
sayohat qildi.

⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Jasurbek Qodirjonov oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan viloyat ochiq chempionatida 1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

Bandixon hamda Boʻka tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishoni va guvohnomasi topshirildi.

⏺Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi Gavhar Toʻrayeva xalqaro GRE sertifikatini yuqori natija bilan
qoʻlga kiritdi.

⏺Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi xotin-qizlar oʻrtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida faol
ishtirok etdi.

⏺Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligiga bagʻishlangan adabiy-musiqiy tadbir
oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bayram

Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident maktablari, ijod maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Science_Fair

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA "SCIENCE FAIR" KOʻRGAZMASI TASHKIL ETILDI

Unda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ishtirok etdi.

Bu koʻrgazmada maktabimiz oʻquvchilari oʻzlarining tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va muloqot qilish koʻnikmalaridan foydalangan holda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eco_school

"ECO SCHOOLS UZBEKISTAN" LOYIHASI NAMANGANDA

Namangan shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasiga a'zo maktablar vakillari va ekofaollari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan viloyatida o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, maktablarda ekologik xavfsiz va farovon muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida “Bahor malikasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari obodonlashtirish sohasi ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan
tabrikladi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "TEDxNamanganPS" loyihasi tadbirini
o‘tkazdi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Hayotdagi bir xillik" mavzusida videorolik
suratga oldi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Xotin-qizlarning faolligini oshirish” mavzusida seminar-trening
tashkil etildi.

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Startup Weekend Central Asia” tadbirida
ishtirok etdi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Balli qizlar” tanlovi
tashkil etildi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Biologiya bilimdonlari” bellashuvi
bo‘lib o‘tdi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida adabiy-ma'rifiy tadbir
o‘tkazildi.

Abdulla Oripov hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Turon yo‘lbarslari" musobaqasining dastlabki bosqichi o‘tkazildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida seminar
tashkil etildi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o‘quvchisi "Ingliz tili" fani bo‘yicha milliy sertifikatga
ega bo‘ldi.

⏺Jizzax shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.

⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi
o‘tkazildi.

⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Moziyga bir nazar" bellashuvi
tashkil etildi.

⏺Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy-vatanparvarlik mavzusida o‘quv-amaliy seminar
bo‘lib o‘tdi.

⏺Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual
o‘yini o‘tkazildi.

⏺Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Sumalak sayli"
o‘tkazildi.

⏺Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa
bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

📺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasalari agentligi tizimidagi maktablarda erishilayotgan yutuqlar “Mening yurtim” telekanali “Hudud” axborot dasturi

📺 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi“Sevimli telekanali “Zamon” axborot dasturi

📺 Baxmal tuman ixtisoslastirilgam maktabida Jizzax viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiJizzax MTRK Diyor yangiliklari

📺 Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Behruz Xolmurodovning ijodiy faoliyatiJizzax telekanali

📺 Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻlkamizda bahor" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildiFarg‘ona MTRK “Farg‘ona 24” axborot dasturi

📺 STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichi Farg‘ona MTRK “Farg‘ona 24” axborot dasturi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.


Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 657 nafar boʻlib, shundan 152 nafarini qizlar tashkil etadi. 272 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 258 nafar talabaning 86 nafarini qizlar tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eco_school

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Trening davomida, o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha soha mutaxassisi tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Ibroyim_Yusupov_nomidagi_ijod_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bugungi kunda 191 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 13 ta fan, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 150 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, kutubxona mavjud. Shu bilan birga aкtyorlik mahorati, dizayn, media, tasviriy va raqamli san’at, musiqa yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Maktab o‘quvchilarining  34 nafari ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega. Gulqumar Jaqsilikova, Sayora Tileuniyazova, Ajiniyaz Ataniyazov, Muxriddin Qurbaniyazov, Asadbek Sultamuratov kabi bitiruvchilar AQSh, Janubiy Koreya,Turkiya davlatlarining nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oy kitobi” loyihasining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida ''Oʻqituvchi oʻqituvchiga'' video qoʻllanmasi
taqdim qilindi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga bagʻishlangan davra suhbati
boʻlib oʻtdi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida "Speedcubing" turniri oʻz
nihoyasiga yetdi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida ijtimoiy-gumanitar hamda sanʼat fanlari haftaligiga
start berildi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi respublika ijodiy ishlar tanlovini
eʼlon qildi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Ekomadaniyat” targʻibot loyihasi
oʻtkazildi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Dilbek Almurotov Sochida boʻlayotgan Butunjahon yoshlar festivalida
ishtirok etmoqda.

⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish" mavzusida seminar-trening
oʻtkazildi.

⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ayol borki, olam munavvar" mavzusida bellashuv
tashkil etildi.

⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Murodbek Alimbekov xalqaro universitet grantiga
sazovor boʻldi.

⏺Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli yigitlar" bellashuvi
tashkil etildi.

⏺Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Milliy kiyim" kuni
oʻtkazildi.

⏺Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston tarixi fanidan bellashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺Pastdargʻom tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Bibixonim" jamoasi Xotin-qizlar oʻrtasida "Zakovat" turnirining Respublika bosqichida
ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Go‘zaloy Kenjayeva Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik taʼlim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Go‘zaloy Kenjayeva 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilnora Berdiyorova AQSh elchixonasining FLEX Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100 foizlik ta'lim grantini qo‘lga kiritdi.

Endilikda D.Berdiyorova 2024-2025-o‘quv yilida 10-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

Biznes va iqtisod fani o‘qituvchisi
Biologiya fani mutaxassisligi (laborant)
Tarbiyachi-pedagog

📝Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasidagi ish tajribasi (3-5 yil);
🔹Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati ustunlik beradi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi shart.

📝Imkoniyatlar:
🔸Kembrij xalqaro o'qitish tizimi;
🔸Xalqaro tajribaga ega xorijlik o'qituvchilar (co-teaching);
🔸Xorijlik mutaxassislar tomonidan haftalik malaka oshirish treninglari;
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Malakaviy va shaxsiy rivojlanish;
🔸Iqtidorli o’quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

📆Nomzodlarning arizalari joriy yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma ushbu manzilga yuboriladi:
📤@Aziza1114

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

⚡️Unga koʻra, aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh xotin-qizlar, jumladan:

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi — Zulfiya Shomurotovalar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

🗣Eslatma: Taqdirlanganlarga “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi.

💰Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

👏 Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlangan barcha xotin-qizlarni samimiy tabriklaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Eko_school

Respublikamiz boʻylab tashkil etilayotgan "Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasidagi seminar-trening Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib oʻtdi.


Trening davomida loyihaga a'zo maktablar, ularning amalga oshirib kelayotgan ishlari, viloyatlar miqyosidagi eng faol tashabbuslar haqida ma'lumot berildi. Farg‘ona viloyatining barcha maktablarida ushbu loyiha natijadorligini oshirish, ta'lim hamda eko madaniyatni shakllantirish xususida fikrlar tinglandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel