piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati
#23mart #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi faoliyati
#23mar #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi haqida.

❗️Maqsadimiz o’quvchilarimizning iqtidorini qo’llab-quvvatlashdir!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Infografika

📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

📆 Statistika 22-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________

⚡️Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni olamga surur, dillarga huzur bag‘ishlab kirib kelgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!

Sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z murabbiy kabi borliqqa yangilanish, yasharish, gullab-yashnashni o‘rgatadi, ezgulikdan saboq beradi.

Uning tashrifi olamga nurafshonlik baxsh etgani kabi qadrdon ustozlarimiz ham navqiron shuurlarga ma’rifat ziyosini ulashadi.

Bu yilgi ko‘klam tashrifi har qachongidan qutlug‘ kelishini, osmonimiz hamisha bugungidek tinch va musaffo bo‘lishini, dehqonlarimiz xirmoniga baraka, ustozlarimiz faoliyatiga faqat muvaffaqiyatlar olib kelishini tilayman!

Yana bir bor Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Navroʻz_shukuhi

📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.

Milliy qadriyat va anʼanalarimizni targʻib etuvchi turli tanlov va bellashuvlar, koʻrgazmalar, festivallar, xalq oʻyinlarida oʻquvchilarimiz faol ishtirok etib, bilim salohiyatlari bilan birga sanʼat, sport kabi yoʻnalishlarda ham oʻz iqtidorlarini namoyon etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Infografika

📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
____________

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi Pastdargʻom tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nurjaxon Rustamov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Listening – 8.5
Reading – 9
Writing – 6.5
Speaking – 7

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.

Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.

1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.

Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashgulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirgochlar" sertifikatga ega bolishdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.

Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.

Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafoni g’olibi bo’ldi.

Islom Boyqobilov Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija koʻrsatdi va gʻolib sifatida Londonga bir haftalik bepul taʼlim sayohati yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Agentligimiz tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktablarimiz_haqida
#Norin_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 489 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 48 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab barcha qulayliklarga ega:
➖41 ta sinf xona;
➖2 ta kompyuter xonasi;
➖Robotexnika xonasi
➖Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
➖Kutubxona;
➖250 oʻrinli faollar zali;
➖Sport zal;
➖Oshxona.

Jami 38 ta fan, 4 ta sport, 2 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.

Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

ABDULLA ORIPOV TUGʻILIB OʻSGAN GOʻSHALARGA SAYOHAT

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ustozlari boshchiligida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

Atoqli shoir tavalludining 83 yilligi oldidan va adabiyot haftaligi doirasida tashkil etilgan sayohat Qarshi shahrida Abdulla Oripov yashagan uydan boshlandi. Shundan soʻng Koson tumani "Nekoʻz" qishlogʻida joylashgan 44-umumtaʼlim maktabiga borildi. Ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov tahsil olgan ushbu taʻlim maskani va undagi muzeyda shoir hayoti va ijodi haqida soʻzlovchi eksponatlar bilan tanishdi.

“Nekoʻz” moʼjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan maskan. Qoʻngʻirtov etagida joylashgan soʻlim qishloq sayohatchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

🎉IX KAVKAZ XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

📆 Shu yilning 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!

⚡️Mazkur 4 ta medalning 2 tasiga (1 ta oltin, 1 ta kumush) Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ega chiqishdi.

📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ChSB
#umumtaʼlim_maktablari

⚡️500 TA UMUMTA'LIM MAKTABDA YANGI BAHOLASH IMTIHONLARI OʻTKAZILDI.

📆 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida III chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📝 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.

🗣Ma’lumot uchun: ChSB savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Sinovlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.

Yangi tizimning afzalliklari nimada?

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

🥇Ozod Axtamov oltin medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi;

🥈Elbek Zohidjonov – kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi.

🥉Madina Suyunovabronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi;

🥉Asadbek Boboqulovbronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali

Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.

Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
 
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.

Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Infografika

📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

📆 Statistika 23-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

⚡️Eslatma: Bugun, offline darslarga qabul qilingan ishtirokchilarga loyihamiz kordinatorlari a'loqaga chiqadilar. Online darslarimizga esa ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.
__

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Tech_Girls

⚡️Agentligimiz tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Feruzabonu Samijonova AQSh Davlat Departamentining Taʼlim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi gʻolibi boʻldi.

Ikki bosqichda oʻtkazilgan ushbu tanlovda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

F.Samijonova 2023-yilda (Jugendkurse in Deutschland) grant yutib Germaniyada bo’lib qaytgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tabrik

Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!


Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.

Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Uzun, Chiroqchi, Nukus, Sardoba tumanlari va Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o’quvchilari chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida fizika fanidan laboratoriya ishi
oʻtkazildi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Jaloliddin Manguberdi sharafiga Urganch shahrida bunyod etilgan harbiy akademik litseyga
ekskursiya qildi.

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida varrak uchirish musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

⏺Abdulla Qodiriy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “Yangi O’zbekiston” universiteti faoliyati bilan tanishdi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida olima Jamila Shermuhammedova hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov ishtirokida targʻibot tadbiri
oʻtkazildi.

⏺Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Made in Uzbekistan” tanlovi
tashkil etildi.

⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob marafoni
oʻtkazildi.

⏺Nukus tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Aybek Paraxatov xalqaro taʼlim grantiga
sazovor boʻldi.

⏺Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida milliy sport oʻyinlari boʻyicha
musobaqa oʻtkazildi.

⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani boʻyicha loyiha ishlari koʻrgazmasi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangicha taʼlim tizimi va yangicha yondashuvlar

#uzbekiston24

📍Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida ''Books bowl" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida kimyo fanidan laboratoriya imtihonlari
oʻtkazildi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Milliy libosimiz - maʼnaviy boyligimiz" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
tashkil qilindi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nigora Asrorqulovaning maqolasi xalqaro nashrda
eʻlon qilindi.

⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ilhomjon Parmonov Navoiy viloyati hokimi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Onamga maktub” tanlovida
gʻolib boʻldi.

Shofirkon va Kosonsoy tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

⏺Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi
oʻtkazildi.

⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Ahrorbek Ernazarov AQSHning “McKendree” universitetiga grant asosida oʻqishga
qabul qilindi.

⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar milliy oʻyinlari" festivali
bo‘lib o‘tdi.

⏺Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

⏺Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zukko kitobxon" tanlovi
tashkil etildi.

⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Zargiyo Ibrohimjonova Fargʻona viloyat kutubxonasi tanlovida
gʻolib boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari

📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

📝 Offlayn yo'nalishlar:
➖3D dizayn;
➖Raqamli dizayn;
➖Startup loyihalar;
➖Grafik dizayn.

📝 Onlayn yo'nalishlar:
➖Python;
➖Sun'iy intellekt (AI);
➖Frontend (React.js);
➖Web dizayn;
➖Back-end (.Net);
➖Back-end (Go);
➖Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

❕Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉 Batafsil: /channel/digitalgeneration_uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabining ayol oʻqituvchilari jamoasi “Zakovat” klubi “Ayollar ligasi”ning 4-tur oʻyinlarida gʻolib boʻldi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tanlovi
oʻtkazildi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” oʻyinining navbatdagi mavsumi
boshlandi.

⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Jadadchilik – yangi uygʻonish asosi” mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

⏺Chinoz tumani va Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.

⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Milliy liboslar" festivali
oʻtkazildi.

⏺Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi
tashkil etildi.

⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish mashg‘uloti
o‘tkazildi.

⏺Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Shohida Aripova "Mo'tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan
taqdirlandi.

⏺Sherobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Maxtumquli ijodiga bagʻshlangan davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "Lochin" jamoasi "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining hududuy bosqichida goʻlib
boʻldi.

⏺Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining viloyat bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

⏺Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Navroʻz sayli
tashkil qilindi.

⏺Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Al-Xorazmiy shaxmat ligasi"ning tur oʻyinlari
boʻlib oʻtdi.

⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida mini futbol boʻyicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish" mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

⏺Tuproqqal'a hamda Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

ICPC DASTURLASH OLIMPIADASI OʻTKAZILDI


“Yangi O‘zbekiston” universitetida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda xalqaro ICPC olimpiadasiga eng salohiyatli yoshlarni tayyorlash maqsadida olimpiada o‘tkazildi.

Olimpiadaga yurtimizdan 60 ga yaqin jamoa ro‘yxatdan o‘tgan. Ular dunyo bo‘yicha eng kuchli dasturchilar bilan kuch sinashib, IT bo‘yicha O‘zbekiston reytingini yuqori o‘rinlarga olib chiqishni maqsad qilishgan.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan hamda innovatsiyalar markazi bo‘lishda davom etadi.

#ICPC #musobaqa

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zulfiya_izdoshlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan 28 nafar nomzod taqdirlangan edi.

Bugun Xorazm viloyati hokimligida ushbu Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Zulfiya Shomurotova hamda O’zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch filiali talabasi Risolat Sapayeva bilan bir guruh yoshlar ishtirokida uchrashuv marosimi bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari - Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova va viloyat hokimi Jo’rabek Rahimov taqdirlangan qizlarni, ularning ota-onalari, ustozlarini bu yuksak e'tirof bilan samimiy qutlab, mukofotlarni o’z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hashar

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.

Unda barcha faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Daraxtlar oqlanib, turli navlardagi nihollar va turfa gullar ekildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Aziza Ne'matova AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

Unda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hashar

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.


Unda Agentlik rahbariyati va barcha xodimlar faol ishtirok etib, binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel