#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
✅Xitoyning Dyuk Kunshan universiteti Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Izzatillo Neʼmatjonovga taʼlim uchun toʻliq grant - 253 800 AQSH dollari ajratdi.
📶 Ma’lumot o‘rnida, I.Neʼmatjonov IELTSdan 7,5 ball hamda SATdan 1500 ball ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritgan.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etmoqda.
Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.
-
В этом году в IT-мероприятии «Девочки цифрового поколения» принимают участие более 3000 девушек, где они представили презентации своих работ.
Этот IT-проект помогает изменить профессиональные устремления девочек, стать не только пользователями, но и авторами цифровых решений.
#tanlov_gʻolibi
🌍 YERNI SEV, U HAMMAMIZNING UYIMIZ
🗣Germaniyaning "Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi" (DVV International Uzbekistan) tomonidan oʻtkazilgan "Yerni sev, u hammamizning uyimiz" mavzusidagi video roliklar tanlovida Agentligimiz tizimidagi Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tayyorlagan video rolik 1-o'ringa munosib deb topildi.
📁 Tanlovda ishtirok etgan mualliflarning ishlari komissiya tomonidan nizomga muvofiqligi, plagiatning yoʻqligi, mualliflarning ijodkorligi va mavzuga mosligini inobatga olingan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yoshlar │ "Yangi davr" axborot dasturi
#27mar #Yoshlar_tv
Prezident maktablari o‘qituvchilari uchun Cambridge University bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan trening tafsilotlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | 27-mart - Xalqaro teatr kuni
#27mar #uzbekiston24
✅ Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali haqida.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir
✅ Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.
✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.
📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.
➖ Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📝 G'oliblar bilan tanishing.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadamin Abdurahimov va Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ozodbek Nusratillayev SAT xalqaro imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Xalqaro o’rmonlar kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabining “Eco-School“ qoʻmitasi aʼzolari va faol koʻngillilar taʼlim maskanidagi “Yosh liderlar bogʻi”ga turli manzarali va mevali koʻchatlar ekildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi keng nishonlandi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida oʻquvchilarining taʼtil vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat quiz" onlayn turniri tashkil etildi.
⏺Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sardorbek Abdurashidov va Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Mustafo Azizxonov AQShning nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga oʻqishga qabul qilindi.
⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" guruhi a‘zolari Termiz garnizonidagi harbiy qismda tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbirida ishtirok etdi.
⏺G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish, ularni rag‘batlantirib borish maqsadida tashkil etilgan ''Talant shou'' tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⏺Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Muhammadbobur Rustamxoʻjayev chet tilini bilish boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.
Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.
“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.
Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun
Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizg’in davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur trening mashg‘ulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Is’hoqxon Ibrat: ma`rifatparvar ajdodlarga ehtirom
#25mar #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | “Teatr - Ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivali
#25mar #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali
⏺Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.
🗣Mazkur haftalik doirasida maktablarimiz jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir”, “Bebaho yoshlik”, “Eski shahar gavroshlari”, “Darsdan so‘ng” va “Pantomimo” spektakllari namoyish etilmoqda.
✅Shuningdek, tadbir qatnashchilari “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Jaholat to‘g‘risida rivoyat”, “Jaloliddin Manguberdi” singari badiiy musiqiy kompozitsiyalarini ham tomosha qilishlari mumkin.
📍Muqimiy va Yosh tomoshabinlar teatrlarida namoyish etilayotgan mazkur spektakllar va badiiy-musiqiy kompozitsiyalarini tomosha qilish bepul.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
#teatr_festivali
⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, maktablarda o‘quv jarayonlarining sifat-samaradorligini oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, shu yilning 25-29-mart kunlari Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.
Ushbu seminarda ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, ular Toshkent shahriga yetib kelishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.
❗️Unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 95 ta davlat tashkiloti ichida 82 ball (yaxshi) bilan eng yaxshi oʻrinlardan birini egalladi.
Shuningdek, vazirlik huzuridagi:
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi — 81 ball (yaxshi);
➖Maktabgacha taʼlim agentligi — 56 ball (qoniqarli)ga ega boʻldi.
✔️Maʼlumot uchun: 2023-yil natijalari boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotidan 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#4_kun
Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi qizgʻin davom etmoqda.
Bugun Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari uchun maktabda samarali boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, taʼlimning zamonaviy shakllarini olib kirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilar jamoalari oʻrtasida sogʻlom va ijobiy ta’lim muhitini yaratish, maktablarga tajribali kadrlarni jalb qilish va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlab borish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.
Maʼlumot uchun, mazkur trening mashgʻulotlari Kembrij universitetining 12 nafar professorlari tomonidan olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Joriy yilning 24-27-mart kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
YAKUNIY NATIJALAR BILAN TANISHING:
➖ Matematika fanidan:
1. Buxoro viloyati, Olot tumani IMA IM o‘quvchisi — Nurmuhammad Otamurodov 1-o‘rinni,
2. Qashqadaryo viloyati , Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-sonli maktab o‘quvchisi — Madina Suyunova 2-o‘rinni,
3. Andijon viloyati Marhamat tumani IMA IMI o‘quvchisi — Bekzod Xoshimjonov 3-o‘rinni,
➖ O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, 37-sonli maktab o‘quvchisi — Nurjayna Oringaliyeva 1-o‘rinni,
2. Samarqand viloyati, Samarqand shahar, TATU AL o‘quvchisi — Diyora Norbutayeva 2-o‘rinni,
3. Samarqand viloyati, Tayloq tumani 21-sonli maktab o‘quvchisi — Shirinabonu Muxammadaminova 3-o‘rinni,
➖ Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 28-sonli maktab o‘quvchisi — Aynura Madenbayeva 1-o‘rinni,
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar NukDPI AL o‘quvchisi — Altinay Xojaniyazova 2-o‘rinni,
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani 15-sonli maktab o‘quvchisi — Manzura Qarjawbayeva 3-o‘rinni,
➖ Rus tili va adabiyoti fanidan:
1. Samarqand viloyati, Samarqand shahar 55-sonli maktab o‘quvchisi — Kamoliddin Daniyarov 1-o‘rinni,
2. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 2-IDUM o‘quvchisi — Karina Tullekova 2-o‘rinni,
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 27-sonli maktab o‘quvchisi — Darya Mordovina 3-o‘rinni,
➖ Qozoq tili fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani 21-sonli maktab o‘quvchisi Marjan Saktaganova 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Uchquduq tumani 9-sonli maktab o‘quvchisi — Albina Jamaladinova 2-o‘rinni,
3. Navoiy viloyati, Tomdi tumani 13-sonli maktab o‘quvchisi — Bahtigul Oralbayeva 3-o‘rinni,
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1. Namangan viloyati, Namangan shahar Prezident maktabi o‘quvchisi— Husanboy Mansuraliyev 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — Mardon Nazratov 2-o‘rinni,
3. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litsey talabasi — Shoxruh Rahmatillayev 3-o‘rinni,
➖ Tarix fanidan:
1. Buxoro viloyati, Jondor tumani, 35-sonli maktab o‘quvchisi — Javohir Abrorov 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Zarafshon shahar, 13-sonli maktab o‘quvchisi — Sarvara Qaxorova 2-o‘rinni,
3. Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, 13-sonli maktab o‘quvchisi — Iqboljon Ma’murov 3-o‘rinni,
➖ Geografiya fanidan:
1. Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 30-sonli maktab o‘quvchisi — Barchinoy Ergashova 1-o‘rinni,
2. Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani 7-sonli maktab o‘quvchisi — Akmaljon Maxamadaminov 2-o‘rinni,
3. Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 9-sonli maktab o‘quvchisi Umur Ozodov 3-o‘rinni,
➖ Tojik tili fanidan:
1. Samarqand viloyati, Samarqand tumani, 39-sonli maktab o‘quvchisi — Mehribon Mardonova 1-o‘rinni,
2. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani, 28-sonli maktab o‘quvchisi — Shodiyona Sobirjonova 2-o‘rinni,
3. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, 7-sonli maktab o‘quvchisi — Mehrangez Toshmirzoyeva 3-o‘rinni egallashdi.
❕Olimpiada yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom, qimmatbaho sovg‘a hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#yashil_maktab
⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.
✅Agentligimiz tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
🌲Unda maktab hududiga ustozlar, ota-onalar va oʻquvchilar bilan birga 100 dan ziyod manzarali qrim qaragʻayi koʻchatlarini oʻtkazishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening_haftaligi
#ishtirokchi_fikri
Ganga Mamatqulova,
Jizzax shahridagi Prezident maktabining matematika fani oʻqituvchisi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Prezident maktablari o‘qituvchilari uchun Cambridge University bilan hamkorlikda trening
#27mar #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#ikkinchi_kun
IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING IKKINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening_haftaligi
#mutaxassis_fikri
Hanna Jane Goddar, Kembrij universitetining Loyihalash boʻyicha yordamchi menejeri va trening koordinatori:
Kembrij universiteti Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan 5 yildan buyon yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida Prezident maktablari oʻqituvchilari uchun treninglar 2019-, 2021- va 2024-yillarda tashkil etildi.
Kembrij tashkiloti Agentlik bilan hamkorlikni bundan keyin ham davom ettirish niyatida. Bu yilgi trening 5 ta STEM fanlari boʻyicha tashkil etilgan boʻlib, kimyo, fizika, biologiya, kompyuter taʼlimi va matematika fanlarini oʻz ichiga oladi.
Ushbu treninglar orqali Prezident maktablari oʻqituvchilarining bilim, tajriba va koʻnikmalarini yanada mustahkamlagan holda oʻquvchilarga zamonaviy taʼlim berish orqali ularning bilimlarini yanada oshirishni niyat qilganmiz.
#trening_haftaligi
#mutaxassis_fikri
Steve King, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari:
Kembrij Oʻzbekiston Respublikasi Prezident maktablari bilan 5 yildan buyon ishlab kelmoqda. Biz Prezident maktablariga STEM fanlaridan taʼlim berish boʻyicha yordam berib kelmoqdamiz va Prezident maktablariga kirish imtihonlarining test materiallarini taʼminlashimiz minglab oʻquvchilarni qamrab olmoqda.
Bu oʻquvchilar mamlakatning kelajakdagi yetakchi liderlari va davlat rivojiga hissa qoʻshadigan kadrlari boʻlib yetishishiga ishonamiz. Bundan tashqari biz Agentlik bilan hamkorlikda malakali kadrlarning shaxsiy rivojlanishi boʻyicha ham Professional Development Qualifications (PDQ) trening dasturlarini ham yoʻlga qoʻyganmiz.
Shu hafta davomida Kembrij universitetining 10 nafardan oshiq professorlari tomonidan 14 ta hududdan kelgan Prezident maktablarining kompyuter taʼlimi, fizika, kimyo, biologiya va matematika fanlari oʻqituvchilari uchun STEM fanlarini takomillashtirilgan holda oʻqitish boʻyicha trening olib borilmoqda.
Biz umid qilamizki, bu treninglardan oʻrganilgan bilimlarini, oʻqituvchilar oʻz maktablarida va bundan tashqari barcha umumtaʼlim maktablari bilan boʻlishishadi. Rahmat.
#Vatan_tayanchi
#Harbiy_vatanparvarlik
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Mudofaa vazirligi tomonidan ta'sis etilgan "Vatan tayanchiʼʼ koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Faxriy mehmonlar Prezident maktabining ta’lim va tarbiyada namuna ko‘rsatayotgan bir guruh o‘quvchilariga Mudofaa vazirligining "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrugining bayroqdor va harbiy orkestr guruhlarining jangovar musiqa va qo‘shiqlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
#birinchi_kun
IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILAYOTGAN ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGINING OCHILISH MAROSIMI HAMDA BIRINCHI KUN TRENING MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_qizlari
📣 Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda.
❗️Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.
Bu yilgi tadbirda:
➖Digital Art,
➖3D Modelling,
➖Sun'iy intellekt,
➖Startup loyihalar,
➖Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o'tkazilmoqda.
⚡️Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo'nalishi qo'shilgan bo'lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma'lumot berilmoqda.
➖ Bugun mashg'ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Xususan:
🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti professsor-o'qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug'ullanishi haqida 5 afsona"
🔹 T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan “Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
❕Respublika tanlovi mashg'ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishlari mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.
Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ta'lim sifatini yaxshilash - ustuvor vazifa
#24mart #uzbekiston24
"Oʻzbekiston 24" telekanalining shu haqdagi koʻrsatuvida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi boshqarma boshlig’i To’raboy Shermatov;
Agentlik tizimidagi:
➖Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori Ma’mura Tadjibayeva;
➖Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Baxtiyor Bekov;
➖Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o’rinbosari Tursunoy Yo'ldosheva ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, maktablarda yaratilgan sharoitlar, o’quvchilar erishayotgan yutuqlar kabi bir qancha masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Jugendkurse_in_Deutschland
⚡️Agentligimiz tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samandar Noʻmonov Germaniyaning "Goethe" instituti tashabbusi bilan „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan oʻtkazilgan tanlovda gʻolib boʻlib, "Jugendkurse in Deutschland" dasturi grantini qoʻlga kiritdi.
Tanlovda barcha davlatlarning 1800 dan ziyod maktablaridan jami 900 dan ziyod nomzodlar tanlab olinib, 3 haftalik "Jugendkurse in Deutschland" yozgi dasturida qatnashish uchun Germaniyaga yuboriladi. O‘quvchilar sayohat davomida oʻz bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube