#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Zulfiya Shomurotovaga xorijning 8 ta universiteti taʻlim granti ajratadi.
✅Bugungacha Zulfiya Shomurotovaga xalqaro universitetlarning jami hisobda - 582 000 AQSh dollar miqdorida grantlari sohibasi boʻlib turibdi:
➖Wingate University - $ 122 000
➖University of Arizona - $ 32 000
➖Caldwell University - $ 98 000
➖Whitworth University - $ 88 000
➖Barry University - $ 72 000
➖Wilkes University - $ 106 000
➖Temple University - $ 56 000
➖Minnesota University - $8 000
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
DIQQAT TANLOV
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.
Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.
Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#xalqaro_dastur_granti_sohibi
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Javlon Hasanov CWMUN (The Change the World Model United Nations) xalqaro dasturi grantiga sazovor bo’ldi.
📶 Ma’lumot uchun, CWMUN – Jahondagi eng yirik xalqaro yoshlar forumi boʻlib, uning doirasidagi anjumanlarga Nyu-York, Abu-Dabi, Dubay, Parij, Singapur va Rim kabi shaharlar mezbonlik qiladi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ayol pedadog-murabbiylar haqida hujjatli film tayyorladi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Zakovat" oʻyinida gʻolib boʻldi.
⏺30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni doirasida Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Urganch, Guliston, Yangiyer shaharlari, Xonqa, Yozyovon, Fargʻona, Sariosiyo, Qorovulbozor, Mirzaobod, Norin, Kosonsoy, Oqdaryo, Do‘stlik tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida plogging aksiyalar tashkil etildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "IT Park Uzbekistan" bilan yaqindan tanishdi.
⏺Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Diyorbek Abdujabborov Kurash musobaqasining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
⏺Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda holatlar boʻyicha nazariy-amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
⏺ Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.
⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxtlar koʻchatlari va manzarali gullar ekildi.
⏺Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy estafeta oʻtkazildi.
⏺Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri boʻlib oʻtdi.
⏺Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov xalqaro taʼlim grantini qoʻlga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Joriy yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:
✔️/channel/mtrkuzofficial/198898
✔️/channel/mtrkuzofficial/198872
✔️/channel/toshkentkanali/11819
✔️/channel/Yangidavr_rasmiy/17776
✔️https://uza.uz/uz/posts/582702
✔️/channel/Rasmiy_xabarlar_Official/42960
✔️https://uza.uz/posts/584453
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
✅ AQShning Elmira College universiteti Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mirabbos Anorqulovga taʼlim uchun toʻliq grant - 148 000 AQSH dollar ajratdi.
📶 Ma’lumot o‘rnida, M.Anorqulov IELTSdan 7,5 ball hamda SATdan 1500 ball ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritgan.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatan_tuygʻusi
Toshkent shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, AQShning Cincinnati universiteti talabasi Shahrizoda Abdurahmonova o’zi tahsil olayotgan universitetda “O’zbekiston – tarix, madaniyat va an’analar” mavzusida taqdimot o’tkazdi.
Unda O’zbekistonning buyuk tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, boy madaniy merosi va milliy an’analari xususida so’z bordi.
Vatanimiz haqida turli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishgan xorijlik talabalar kelajakda mamlakatimizni o’z ko’zlari bilan ko’rish istaklari paydo bo’lganini ta’kidlashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Ibroyım Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Teatr – ibratxonadir” teatr festivali ishtirokchilari tantanali kutib olindi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Tarix arenasi” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Islohotlarga daxldorman" shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual shou" oʻtkazildi.
⏺Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Andijon davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Boburbek Rajabov hamda Pastdarg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nurjaxon Rustamov AQShning nufuzli universitetlari grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat"ning navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi.
⏺Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Samarali dars” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
⏺Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchi yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish va fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida burchak tashkil etildi.
⏺Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari oʻtkazildi.
⏺Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
⏺Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan biriktirilgan trenerlar ishtirokida yangi baholash tizimi mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminarlari tashkil etildi.
⏺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun "Ombudsman soati" o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda Saida Mirziyoyeva ham qatnashgani ishtirokchi qizlarimizni behad quvontirdi va ular uchun katta motivatsiya bo‘ldi.
❗️5 kun davom etgan ushbu IT tadbirimizda butun Respublika bo‘ylab 3000 nafarga yaqin qizlarni qamrab oldik.
Zamonaviy kasblarni egallashga ishtiyoqi bo‘lgan qizlarimiz sonining kundan-kunga oshib borayotgani juda quvonarli holat, albatta.
Ularning shijoati, yangi bilimlarni egallashga chanqoqligi ko‘ngillarimizni faxr va iftixorga to‘ldiryapti.
⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra ishtirokchi qizlarimiz 4 ta yo‘nalishda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
➖ Digital Art yo‘nalishida: "Milliy va zamonaviy liboslar uyg‘unligi" loyihasi,
➖Startap loyihalar yo‘nalishida: "Choose and cook" loyihasi,
➖ Grafik dizayn yo‘nalishida: 70 yil avval va so‘nggi 7 yilda xotin qizlarga berilayotgan imtiyozlar tahliliga bag’ishlangan taqdimot,
➖ Startap loyihalar yo‘nalishida: "Bir qadam" loyihalari g‘olib deb topildi.
❕Gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.
Barcha ishtirokchilarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilayman!
⚡️Qizlarimiz o‘z ustlarida ishlab, bundan keyingi “Raqamli avlod” loyihalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishadi, deb umid qilaman.
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Xoʻjayli_tumani
🗺 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, Xalqaro baholash (PISA), formativ va summativ baholash, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Termiz_shahri
🗺Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashining hududdagi maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 180 ga yaqin rahbar xodimlarni jalb qilmoqda.
#trening
📍Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekistondagi Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashi (American Councils for International Education) tomonidan amalga oshirilgan "English Speking Nation Secondary Teacher Training" dasturi doirasida shu yilning 25-28-mart kunlari "Community of Practice" (CoP) treningi bo’lib o’tdi.
✔️ Ma’lumot uchun, darslar Xalqaro TESOL assotsiatsiyasi tomonidan "The 6 Principles of Exemplary Teaching of English Learners" va George Mason Universitetining "Teaching English Through English" kurslari asosida tuzilgan bo’lib, ingliz tili fani o’qituvchilari uchun professional malaka oshirish kurslari hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar
🗺 TURKMANISTONDA TASHKIL ETILGAN XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHILAR 9 TA MEDALNI QO‘LGA KIRITDI
⚡️ Ularning 7 tasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari.
📆 Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
📝 MEDAL SOHIBLARI BILAN TANISHING:
🥇Yusufjon Ortiqov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥇Maqsadbek Egamberdiyev – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, oltin medal;
🥈Farhod Ochilov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥈Murodjon Mamatov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, kumush medal;
🥉Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Tohirjon Tairov – Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Mirshod Muhammedov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Ulug‘xo‘ja Bafoyev – Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, bronza medal;
🥉Xushnudbek Durdiyev – Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medal.
💫 Ushbu gʻalaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 100 foizlik xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
✅ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchilari Shahzoda Niyozova hamda Mehrangiz Ahtamova Koreya Respublikasining KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
📶 Maʼlumot oʻrnida, S.Niyozova IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1520 ball, M.Ahtamova IELTSdan 6 ball ko‘rsatkichlarini qoʻlga kiritgan.
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.
O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.
Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.
Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026-yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.
Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Kosonsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Sifatli taʼlim- kelajak poydevori
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida taʼlim- tarbiya jarayoni bugungi kun zamonaviy talablaridan kelib chiqib tashkil etilgan.
Maktabda faoliyat yuritayotgan har bir pedagog dars va to‘garak mashg'ulotlarini yuqori saviyada, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan, interaktiv o‘quv jihozlaridan foydalangan holda olib bormoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
⚡️IELTS 9 natijasiga ega ustozlardan mahorat darsiga taklif qilamiz
💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 5-aprel kuni IELTS 9 natijasiga ega 4 nafar ustoz ishtirokida mahorat darsi tashkil etiladi. Unda yurtimizdan ilk IELTS 9 natijaga erishgan Bekzod Mirahmedov ham qatnashadi.
✅Mahorat darsida siz ingliz tilini mukammal o‘rganish va IELTS dan yuqori natijaga erishish sirlarini egallashingiz mumkin.
📝 Mahorat darsiga ro‘yxatdan o‘ting.
⏱ Vaqti: 5-aprel, soat 14:00
📍Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti
📶 Barchani mahorat darsiga taklif qilamiz.
#mahorat_darsi #IELTS9
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#uzbekiston24
OTASI NONVOY, ONASI UY BEKASI: PREZIDENT MAKTABIDAGI AKA-UKALAR
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari, aka-uka Ixtiyorjon va Islomjon Hakimjonovlar oddiy oila farzandlari. Asli Bagʻdod tumani, Samarqand qishlogʻidan boʻlgan aka-uka ota-onasining faxri.
Avvalroq Prezident maktabidagi duradgorlar oilasidan chiqqan bog‘dodlik boshqa bir aka-ukalar haqida ham ma’lumot bergan edik.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Abdulhamid Nuriddinov AQShning Camp Rising Sun yozgi oromgohi uchun 100 foizlik grant sohibi boʻldi.
✅Endi oʻquvchimiz yozgi taʼtil mobaynida bir oylik dam olish vaqtini Amerikaning Nyu-York shahrida boʻladigan yozgi oromgohda oʻtkazadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#tabiat_bilan_hamnafas
Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tabiatni asrash, undagi biologik xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan turli aksiyalar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Maktabimizni hududdagi eng obod maskanga aylantiramiz" shiori ostida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu tadbirlarda oʻquvchilar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan yer maydonlariga agrotexnik ishlov berildi, daraxtlar shaklga solindi, oqlandi.
Shuningdek, maktab hududiga 50 dan ortiq turli xildagi mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Asosiy_olimpiada
⚡️Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi!
❕Murosasiz kechgan bahslarda:
➖ Fizika fani,
➖ Kimyo fani,
➖ Biologiya fani,
➖ Ona tili va adabiyot fani,
➖ Ingliz tili fani,
➖ Nemis tili fani,
➖ Fransuz tili fanidan eng iqtidorli o’quvchilarimiz — g’oliblar e’lon qilindi.
👉 G’olib o’quvchilarimiz bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishing: /channel/olimpdep/4816
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_shahri
🗺 Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Buxoro_shahri
🗺 Buxoro shahridagi Prezident maktabida viloyat Direktorlar kengashi tomonidan "Ta’lim sifat-samaradorligini oshirish – bosh maqsadimiz” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda viloyatdagi umumta’lim maktablari direktorlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar avvalida Kengash raisi, Prezident maktabi direktori F.Navro‘zov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i G‘.Muqumov mazkur tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH – USTUVOR VAZIFA
#30mar #uzbekiston24
Studiya 24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
Shu yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ilmiy-amaliy treninglar haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Har biringizda noyob isteʼdod, o‘ziga xos qobiliyat borki, ular dunyoni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, erishgan yutuqlaringizda to‘xtab qolmay, faqat olg‘a qadam bosing, ijod qiling, boshqalarni ham ilhomlantiring!
Qatʼiyatingiz, azm-u qaroringiz uchun tashakkur aytaman!
-
Ваш труд и достижения в мире технологий не только вдохновляют, но и демонстрируют, что мир IT может быть местом для всех, независимо от пола.
Спасибо за ваше стремление и решимость!
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.
Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.
Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.
Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.
-
Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.
Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.
#OAV_biz_haqimizda
25-27-mart kunlari poytaxtimizda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida ilk bor oʻtkazilgan Teatr festivali ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:
✔️https://uza.uz/posts/582415
✔️/channel/Rasmiy_xabarlar_Official/42925
✔️/channel/Bukunuz_Rasmiy/756
✔️/channel/daryo_live/99673
✔️/channel/mtrkuzofficial/198618
✔️/channel/mtrkuzofficial/198603
✔️/channel/Yangidavr_rasmiy/17754
✔️/channel/Yangidavr_rasmiy/17747
✔️/channel/mtrkuzofficial/198925
✔️/channel/PSinKhiva/7679
✔️/channel/hududtv/26511
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube