#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
⚡️DIQQAT TANLOV
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Ijodiy tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
- 6-sinflar o‘rtasida shoir she’rlarida ishtirok etgan detallar asosida ijodiy matn tuzish,
- 7-sinflar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar tanlovi,
- 8-sinflar o‘rtasida shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy esse yaratish,
- 9-sinflar o‘rtasida shoir she’rlari asosida bahr-u bayt.
Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 15-20 aprel kunlari tuman va shahar bosqichlari, 25-aprel kuni viloyat bosqichi o‘tkaziladi.
G‘olib deb topilgan o‘quvchilar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbirida taqdirlanadi.
Murojaat uchun telefon
+998934433385
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
Myunxen texnika universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi
💫"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi davomida Myunxen texnik universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
✅ Uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturini kengaytirish muhokama qilindi.
☑️ Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti professorlarini "Yangi O'zbekiston" universitetiga jalb qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi.
➡️Dunyo reytingida 30-o'rinda turuvchi nemis universiteti bilan hamkorlik universitetimizda sifatli ta'lim va yuqori natijalarni ta'minlaydi.
#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Prezident maktabi bitiruvchisi xorijda 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Alisher Sultonov AQShda joylashgan Ursinus Kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi.
Bundan tashqari Alisher 45 ta xorijiy universitetlardan jami 5.212.000 AQSh dollari miqdorda grant yutib olgan.
Quyida o‘quvchimizning qabul qilingan va grant yutgan universitetlari ro‘yhatini ko‘rishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Behruz Qobilov AQShning Rhodes Kollejiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Shuningdek, Behruzga Xitoyning Duke Kunshan Universiteti ham 90 foizlik grant - 228.000 AQSh dollari ajratadi.
💫 O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi Xojiakbar Turabekov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qadrli hamkasblar,
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman hamda sizlarga mana shunday ulugʻ ayyom kunida oʻzimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Barchamiz shu kunlarda muborak Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik va mamnuniyat bilan oʻtkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik va ixlos bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan soʻrab, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.
Oʻtayotgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish, koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga begʻaraz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
Hurmatli ustozlar,
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#ishchi_guruh
#Jizzax
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Jizzax viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, 8-9-aprel kunlari Jizzax shahar 2-son hamda Sharof Rashidov, Zafarobod, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Marg‘ilonda "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyasi ochildi. Darslar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha o‘tkaziladi.
Shu yerda 14–18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi beshta "Zamin Creative" studiyalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etadi. Bu — yosh fotosuratchilar, dizayner va aktyorlarga bir-biri bilan tanishish, yutuqlarini ko‘rsatish va birgalikdagi ijodiy loyihalarga ilhom bag‘ishlash uchun ajoyib imkoniyat.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xon_atlas_haftaligi
⚡️Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” haftaligi doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar oʻtkazilmoqda.
Mazkur tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etib, kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlarini oshirmoqda.
“Xon atlas” haftaligi 14-aprelga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi
#Shahrisabz_Keshga_sayohat
Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Amir Temur tavallud topgan koʻhna va navqiron Keshga sayohat qildi.
Ayni manzilda sohibqiron bunyod ettirgan me'moriy obidalar bilan tanishgan Prezident maktabi oʻquvchilarida buyuk davlat arbobining siymosiga ehtiromi yanada kuchaydi.
Sayohat davomida yoshlar Shahrisabz shahridagi Amir Temur muzeyi, Amir Temur dahmasi, Oqsaroy me'morchilik obidasi haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.
Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.
O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️XALQ SHOIRI IJOD MAKTABIDA
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Sirojiddin Sayyid muloqot davomida yurtimizda adabiyotga, ma’naviyatga berilayotgan yuksak e’tibor, soha rivoji uchun olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida "Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etilishi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi, umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantirilishi kabi yo’nalishlar bo‘yicha Yozuvchilar uyushmasi tomonidan belgilangan rejalar hamda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng ijodkor o‘quvchilar va kitoblari nashrga tayyor mualliflarning she’rlari tinglandi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 200 dan ortiq kitoblar jamlanmasi ijod maktabi kutubxonasiga sovg‘a sifatida topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Nurhayot Yangiboyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#tabiat_bilan_hamnafas
⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tabiatni asrash, undagi biologik xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan turli aksiyalar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
✅Xususan, “Eco-school” loyihasi doirasida Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan “Eco-club” jamoasi tashabbusi bilan “Maktabimizni eng obod maskanga aylantiramiz” shiori ostida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Ushbu tadbirlarda oʻquvchilar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan yer maydonlariga agrotexnik ishlov berildi, daraxtlar shaklga solindi, oqlandi. Shuningdek, maktab hududiga 60dan ortiq turli xil mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Sirdaryo_viloyati
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida viloyat “Direktorlar kengashi” tomonidan maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 120 ga yaqin rahbar xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida rahbarlik faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida olib borish, bugungi rahbar qanday bo’lishi kerak, zamonaviy ta’limga qanday samarali erishish mumkinligi haqidagi mavzularda ma’lumotlar berildi.
Seminarda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda interfaol usullarda o’z bilim-malakalarini oshirdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vazir Bavariya Parlamentining Ilm-fan va Madaniyat ishlari bo‘yicha qo’mitasi boshlig'i bilan muzokara o'tkazdi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Bavariya Parlamentining Ilm-fan va Madaniyat ishlari bo’yicha qo’mitasi boshlig'i Robert Brannekemper bilan uchrashdi.
Ushbu muzokaralarda hozirgi kunda Bavariya va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalar, ta'lim va madaniyat sohalarida qo'shma loyihalarni birgalikda tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, ushbu qo’mita juda muhim davlat organi bo’lib, Bavariyadagi barcha ta’lim va madaniyat loyihalari ushbu qo’mita roziligidan o’tishi shart.
Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazildi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.
💫 Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.
Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ “O‘zcharmsanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishdi.
🏭 Tadbirda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham qatnashdi.
🛄 Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣📣📣📣📣
🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi tashkil qilinadi.
🔅 2-al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.
🔸 Ushbu olimpiadada Matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.
🔸 Bundan tashqari 2-al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida bir qator xorijiy davlatlardan ham terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.
🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va g‘oliblar ulushi ishtirokchilarning 60 foizidan ortiq bo‘lmagan qismini tashkil etadi. Xalqaro olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.
🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 25-30-iyun kunlari Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi
#Temurbek_avlodlari
Namangan shahridagi Prezident maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ot va kamondan o’q uzish sporti bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_130
10 aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.
Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabrik
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.
Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Zilola Yandasheva xalqaro taʻlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Robotech Urganch-2024” tanlovida gʻolib boʻldi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida 9-aprel – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Olmazor, Baxmal, Buxoro tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Shahzoda Xoshimova Yale Universiteti (AQSh)ning astrofizika, zamonaviy fizika yoʻnalishlari boʻyicha "Yozgi maktab" dasturi uchun toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.
⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qildi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Faol kitobxon” tanlovi tashkil etildi.
⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov bel olish va uch kurash musobaqasining Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Uzun, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Vatan tayanchi" otryadining bir guruh a'zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi.
⏺Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi tashkil etildi.
⏺Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar, Sog’liqni saqlash vazirligi, Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ezgu_tashabbus
⚡️Fargʻona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ustozlari boshchiligida Farg‘ona viloyat "Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi"da boʻldi.
Insonlarga quvonch ulashish, o‘zgalar holidan xabar olish, keksalar va bemorlarni ziyorat qilish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Bugungi kunda yurtimizda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida "Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi" faoliyat olib bormoqda.
Markazda yashovchi nuroniylar, nafaqadagi keksalarga quvonch hamda bayramona shukuh ulashish maqsadida Prezident maktabi o‘quvchilari kichik sovg‘alar ulashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#harbiy_vatanparvarlik
⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yigitlari Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish boʻyicha bir kunlik amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdi.
Tashkil qilingan ushbu tadbirlarda oʻquvchilar qurol-aslahalar va harbiy texnikalar, xususan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minomyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatomyot, pulemyotlardan foydalanish, tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi.
Bu kabi mashgʻulotlar oʻquvchilarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishi shubhasiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#adabiy_kecha
#Abdulla_Qodiriy_130_yoshda
Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan keng jamoatchilik vakillari uchun "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi doirasida oʻtkazilgan zakovat bellashuvida adabiyot, sanʼat, ommaviy axborot vositalari kabi sohalar vakillaridan iborat oʻndan ziyod jamoa ishtirok etdi.
Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy uy-muzeyi mezbonlik qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Urganch, Guliston shaharlari, Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati bitiruvchilari xalqaro universitetlariga oʻqishga kirdi.
⏺7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni doirasida Termiz, Fargʻona shaharlaridagi Prezident maktablari, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport tadbirlari tashkil etildi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining dasturlari boʻyicha seminar-treninglar boshlandi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga koʻmaklashdi.
⏺Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari xalqaro adabiy tanlovda gʻolib boʻldi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Turon Fanlar Akademiyasi akademigi seminar-trening o‘tkazdi.
⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi va Sherobod, Bekobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida kitob marafonlari tashkil etildi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi rahbariyati va kursantlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Sergeli, Jarqo’rg’on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Olmazor, Jondor, Qorovulbozor, Vobkent, Jarqo’rg’on, Qiziriq, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikat oldi.
⏺Buxoro, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
⏺Oltinsoy, Mirzaobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida favqulodda vaziyatlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.
⏺Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sohibqiron_tavalludining_688_yilligi
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik, buyuk ajdodlar ruhiga hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Adolat - barcha amallarimiz asosi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda buyuk ajdodimiz hayoti, davlatchilik yo‘lidagi islohotlari, bebaho hikmatlari, dunyo olimlarinining Amir Temur va Temuriylar davriga oid ilmiy izlanishlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Ustozlar va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan noan'anaviy viktorina esa ishtirokchilarning bilim-zakovatini yanada charxladi.
Tadbirda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining iste'dodli aktyorlari ijrosidagi Amir Temur obrazi va monologi barchaga manzur boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Hadiyabonu Murodullayeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Butunjahon_salomatlik_kuni
⚡️7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida Sport marafoni tashkil etildi.
Marafon doirasida masofaga yugurish, 5000 qadam yurish va sportning futbol, voleybol, tennis, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha o‘quvchi hamda o‘qituvchilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
Marafonda barcha birdek faollik bilan ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube