#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik tayyorladi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo’lib o’tdi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagoglar uchun kasbiy rivojlanish seminar-treningi tashkil etildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari
Sirdaryo viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi "Chavandozlar maktabi"da ot minish mashgʻulotlarida qatnashdi.
⏺Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Yangiariq, Bandixon, Boyovut, Quyi Chirchiq, Sharof Rashidov, Uchqoʻrgʻon, Toʻraqoʻrgʻon, Chinoz, Dehqonobod tumanlari, Bekobod, Fargʻona shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-oʻqituvchilar bilan sohaviy hamkorlik boʻyicha muloqot tashkil etildi.
⏺Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida televideniye mutaxassisi ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
⏺Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va mahalliy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
⏺Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" aksiyasi boʻlib oʻtdi.
⏺Moʻynoq, G‘allaorol tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi.
⏺Zomin, Kitob tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida, soha vakillari ishtirokida profilaktik tadbir uyushtirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ахborot 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik.
#uzbekiston24
#Bandixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_maktablar_kengashi
⚡️Prezident maktabi maslahatchisi Xalqaro maktablar kengashi komissiyasi aʼzolari safida
Andijon shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Fazliddin Gʻiyosiddinov ayni paytda Qozogʻiston Respublikasi Taldiqo‘rg‘on shahridagi Nazarboyev intellektual fizika-matematika maktabini qayta akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun CIS (Xalqaro maktablar kengashi) komissiyasi aʼzolari safida ushbu taʼlim maskani faoliyatini oʻrganmoqda.
Yosh boʻlishiga qaramay, mazkur kengash aʼzolari safida boʻlish Prezident maktabi maslahatchisiga katta masʼuliyat yuklaydi.
“Xalqaro maktablar kengashi komissiyasi oʻrganishlari davomida olgan bilim va tajribalarimni maktabimiz oʻquv jamoasi bilan baham koʻraman”, - deydi Fazliddin Gʻiyosiddinov.
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi
💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.
🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.
Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.
✅ Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.
Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.
Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.
Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.
🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.
#Germaniya #simpozium #tashrif
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Xalqaro ekologik bilimlar kuni" nishonlandi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Muhammadali Asqaraliyev "Camp Rising Sun" (AQSh) dasturi gʻolibi bo’ldi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida sport o‘yinlariga start berildi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Farg’ona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari milliy va xorijiy taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.
⏺Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Marjona Ozodbekova milliy raqs ijrochilari ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida gʻolib boʻldi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdulla Ahmad bilan mahorat darsi oʻtkazildi.
⏺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Goethe-Zertifikat” imtihoni tashkil etildi.
⏺Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vashington fan va texnologiya universiteti (AQSh) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB koordinatorlari ishtirokida trening tashkil etildi.
⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Koinot va ilm" interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⏺Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyat boʻlimi Chavandozlar maktabi faoliyati bilan tanishdi.
⏺Muborak, Uzun, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi.
⏺Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fanidan bilimlar bellashuvi oʻtkazildi.
⏺Taxtakoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Toshkent_MDH_yoshlari_poytaxti
XALQARO FORUM MEHMONLARI MAKTABIMIZDA
Joriy yilning 15-16 aprel kunlari poytaxtimizda o‘tkazilayotgan “Toshkent – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining birinchi yoshlar poytaxti” forumi ishtirokchilari Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.
Mehmonlar maktab hayoti, unda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasidagi muloqotda Belarus Respublikasi taʼlim vaziri oʻrinbosari Yekaterina Petrutskaya mamlakatimizda ayni sohada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Fotoreportaj
#Attestatsiya
🔴 2-kun: Attestatsiya jarayonlari qizg'in davom etmoqda
➖ Bugun ham Respublikamiz hududlari bo'ylab informatika va axborot texnologiyalari fanidan test sinovlari bo'lib o'tmoqda.
___
❗️Fotolavhalarda Andijon, Xorazm, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Zamin_Creаtive
#1_kun
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida eshitish imkoniyati cheklangan, inklyuziv ta’limga muhtoj o‘quvchilarga qulay ta’lim muhitini yaratish hamda iqtidorli yoshlar o‘rtasida ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, to‘garak rahbarlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “Inson va tabiat” shiori ostida amaliy seminar oʻz ishini boshladi.
Amaliy seminarga Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Abdulla Qodiriy va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida tashkil etilgan “Drama”, San’at “ART” va “Media” to‘garaklarining har biridan 4 nafardan iqtidorli o‘quvchilar hamda to‘garak rahbarlari jalb etilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro va milliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺"Xon atlas” haftaligi doirasida Samarqand, Fargʻona shaharlari Prezident maktablari, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari, Navbahor, Kogon, Qoʻngʻirot, Uychi, Norin, Oltinsoy, Namangan, Angor, Qorakoʻl tumanlari, Urganch, Buxoro shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun bank mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Farzandimga kitob sovgʻa qilaman" aksiyalari oʻtkazildi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Orasta qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Poema – she’riyatning yuragi" nomli onlayn tanlov e’lon qildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Aziza Rahmatullayevaning she'riy toʻplami nashr etildi.
⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sardor Mamutov IELTS imtihonidan 7.0 (C1) ballni qoʻlga kiritdi.
⏺Sardoba, Xatirchi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida bilimlar bellashuvi oʻtkazildi.
⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#No_comment
🔴 Malaka toifasi uchun test sinovlari qizg’in davom etmoqda.
📍 Poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi o’qituvchilar attestatsiyasi jarayonlaridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 |Milliy qadriyatlar - millat tayanchi
#uzbekiston24
📍Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Oʻzbek_haqida_ballada
#Muhammad_Yusuf
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi va Ixtisoslashtirilgan maktablarning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni xotirlab, shoirning “Oʻzbek haqida ballada” sheʼrini ijro etdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun Amir Temur maqbarasida "Amir Temur va temuriylar davri" mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Nukus shahridagi Prezident maktabi, 1-, 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquvchi-qizlaridan iborat jamoalar ishtirokida voleybol musobaqasi boʻlib oʻtdi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari chet tilini bilish boʻyicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ko’chat eking, bog’ qiling” shiori ostida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish haftaligi e’lon qilindi.
⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari tomonidan "Gala Training Event" tashkil qilindi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda "Xon atlas" festivali doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
⏺Kegeyli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shoir Ajiniyoz tavalludining 200 yilligiga bagʻishlangan bellashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabning 6-A sinf oʻquvchisi Asliya Komilova shaxmat boʻyicha 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida Surxondaryo viloyat ochiq birinchiligi musobaqasida 2-oʻrinni egalladi.
⏺Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
⏺Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilar jamoasi "Yosh gvardiyachilar" harbiy sport musobaqasining tuman bosqichida gʻolib boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
zarnews.uz |Kattaqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarining ikki nafari muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi
Qashqadaryo MTRK | "Ayol qalbi" koʻrsatuvida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlari ishtiroki
Jizzax telekanali | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan uchrashuv
Xorazm MTRK | "Maʼrifatnoma" koʻrsatuvida Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va oʻquvchilari ishtiroki
Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Saida Safoyeva
Oʻzbekiston 24 | Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi
Navoiy MTRK | Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktabi vakillari "Assalom, yangi kun" dasturida
Nurafshon TV | Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
Andijon MTRK | Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Marhamat tuman Mudofaa boʻlimi hamda Harbiy qism vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbir
Andijon MTRK | "Maʼnaviyat - qalb koʻzgusi" koʻrsatuvida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahnozabonu Ahmadullayeva
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xon_atlas_haftaligi
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” haftaligi doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar tashkil etildi.
Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlari ham oshdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida bilim salohiyati kuchli, ilgʻor pedegoglar oʻquvchilarimizga saboq bermoqda. Ular safiga iqtidorli yoshlar kirib kelayotgani esa ayniqsa quvonarli.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Diyorbek Jo’raboyev jahonda TOP-20ga kirgan, AQShda 9-o’rinda turuvchi Northwestern universitetining Dohadagi kampusiga 100 foizlik grant asosida o’qishga qabul qilindi.
Diyorbek, shuningdek, IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritgan boʻlib, "Zamonaviy ta'lim bolalar nigohida — Z avlod" forumi spikeri, “Maktab PR klubi” sardori, “Hammabop oʻzbek tili" ijtimoiy loyihasi ishtirokchisi va maktab voleybol klubi sardori hamdir.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
⚡️Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koʻkalamzorlashtirish aksiyasi o‘tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida maktab hovlisiga 100 tupga yaqin ko‘chat ekildi.
Ezgu niyat bilan oʻtkazilgan ushbu manzarali va mevali nihollar unib-oʻsib, maktab atrofining yashil makonga aylanishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Jizzax
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Jizzax viloyati Zarbdor va Baxmal tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Agentlik direktori maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida soʻz yuritib, har yili bir marotaba o‘tkaziladigan "Bitiruvchilar qurultoyi"ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya
#Bayonot
✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari xususida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
#New_Uzbekistan_university
Axborot 24 | Chegaralarsiz: Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida taʼlim, fan va sanoat boʼyicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Nechun_qulluq_qilmay_Andijonga_men
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Andijon viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Nechun qulluq qilmay Andijonga men” sheʼrini ijro etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
Dresden amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi
"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Dresden amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi.
Unga ko'ra ikkala universitet o'rtasida talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvini tashkil etish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga kelishib olindi.
Ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida Dresden amaliy fanlar universiteti rektori professor Kathrin Salchert quyidagilarni bildirdi:
Biz "Yangi O'zbekiston" universiteti bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Anglashinuv memorandumi imzolaganimiz hamkorligimizni yanada rivojlantirishiga va ikki tomonga ham juda foydali bo'lishiga ishonaman".
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi xorijdagi bir qancha universitetlarga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilish bo'yicha takliflarni qoʻlga kiritdi.
Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongir Umirov 40 dan ortiq xalqaro oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishga qabul qilinishga takliflar oldi.
Ular orasida 100 foizlik grant ajratgan universitetlar ham bor.
Jahongirning hozirgacha qoʻlga kiritgan xalqaro taʼlim grantlarining jami miqdori qariyb 3 000 000 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Quyida oʻquvchimizning qabul qilingan va grant yutgan universitetlari roʻyxatini koʻrishingiz mumkin.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
🔴 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari faollik bilan o‘tkazilmoqda
➖ Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-16-aprel kunlari informatika, qolgan fanlardan esa reja grafigiga asosan o‘tkazilishi belgilangan.
___
❗️Fotolavhalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizdagi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Ustoz_shogird
✅ Ustoz va shogird: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-sonli Farmoni haqida.
➖ Mazkur Farmon bilan ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada kengaytirish hamda bu boradagi yangi yo’nalishlar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Aziz pedagoglar!
Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.
Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.
Qadrli ustozlar!
O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.
Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!
Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
⚡️O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Xo‘jaobod tumanidagi 17-sonli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga sayohat qildi.
Andijon viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda mehmonlar bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan muzey, fan, sanʼat, ijodiy toʻgaraklar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar eʼtiboriga taʼlim maskani oʻquvchilari Muhammad Yusufning sara ijod namunalari asosida tayyorlagan madaniy-badiiy dastur havola etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Diqqat, attestatsiya!
✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlanadi.
❗️Sinov jarayonlariga mamlakatimiz boʻylab bir xil vaqt — soat 8:00 da start beriladi.
➖ Hurmatli pedagoglar!
❗️Sizlardan jarayonlarning adolatli va shaffof oʻtkazilishida faol bo‘lish hamda attestatsiya davomida faqat oʻz bilimingiz va malakangizga suyanishingizni soʻrab qolamiz.
🤝 Malaka toifa sinovlarida barchangizga omad tilaymiz!
👉 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari, sanalari va videoyo‘riqnomani yana bir bor eslatib o‘tamiz.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#New_Uzbekistan_university
#Memorandum_Ingolshtadt
⚡️Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi
"Yangi Oʻzbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazilib, anglashinuv memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda ikkala universitet oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatishga kelishib olindi.
Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti Bavariyadagi eng ilgʻor universitetlardan hisoblanib, avtomobilsozlik sanoati bilan yaqin aloqalarga ega.
Kelishuvga koʻra "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot oʻtashlari mumkin boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube