#Vazir_soati
Oʻtkazilgan navbatdagi “Vazir soati”da muhim masalalar muhokama etildi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan maktab taʼlimini rivojlantirish, oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimi va sifatini oshirish, malaka toifa sinovlarini oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
🔹Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
➖ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi qator maktablarda oʻquvchilarni 27 ta turdagi kasb-hunarga oʻrgatish tizimi joriy etilganligi hamda bu tashabbus oʻz samarasini berayotganiga urgʻu berib oʻtdi. Vazirlik hamda hududiy masʼullarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar darajasini yanada jadallashtirish vazifasi qoʻyildi.
🔹Jumladan, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish, hududiy masʼullar va maktab direktorlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishini joriy etish boʻyicha galdagi vazifalar belgilab olindi.
➖Yigʻilishda joriy yilda oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur choralar haqida fikr yuritildi.
🔹Shuningdek, ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa sinovlarini namunali tashkil etish, jarayonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish boʻyicha masʼullar oldida turgan muhim vazifalar aytib oʻtildi.
👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aynaxan Xojamuratova "NextGen TechCamp of Central Asia" ishtirokchisi boʻldi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi matematika, kompyuter ta’limi va informatika asoslari fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari Kasaba uyushmasi kubogida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida konsert dasturi namoyish etildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi jamoasi basketbol boʻyicha “Doʻstlik spartakiadasi”da gʻolib boʻldi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Chiroqchi, Toshloq, Furqat, Qumqoʻrgʻon, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Marg'ilon, Namangan shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan poytaxtimizda tashkil etilgan forumda ishtirok etdi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏺Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
⏺Oʻzbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Life science festival"da ishtirok etdi.
⏺Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi CHQBT oʻqituvchilari uchun seminar oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi chet tilini bilish darajasi boʻyicha yuqori natijaga erishdi
Fargʻona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sardorbek Anvarov IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.
Sardorbek maktab oʻquvchilari tomonidan saylangan maktab prezidenti sifatida faoliyat olib borib, xulqi va bilim salohiyati bilan namuna boʻlib kelmoqda.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IEO_2024
#iGeo_2024
⚡️Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi.
📶 Avval xabar berganimizdek, joriy yil 20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining respublika bosqichi yakuniga yetdi va natijalarga ko‘ra iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
📈 Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.
📝Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
1️⃣ Davlatbek Olimov - Toshkent shahar, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Jasurbek Roʻziqulov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Hilola Boymuratova - Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Azizbek G‘anijonov - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣ Muslimbek Zaynobiddinov - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.
🌍 Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.
📝Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
1️⃣ Mansurbek Tursunboyev - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Alisher Safarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Hazratbek Ahmadjonov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Jaloliddin Qosimjonov - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan muloqotda tomonlar taʼlim sohasida oʼzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslarini doimiy ravishda olib borish belgilab olindi.
Shuningdek, mehmonlar ijod maktabida yaratilgan zamonaviy ta'lim sharoitlari, o‘quv jarayoni, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuv doirasida ijod maktabida O‘zDJTU tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
➖ Shundan so‘ng AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini ta'kidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.
✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Xabar berganimizdek, 18-aprel kuni, Fargʻona shahrida "Yosh fermer" loyihasiga jalb etilgan taʼlim muassasalari uchun seminar-trening boʻlib oʻtgan edi.
❕Ushbu seminar-treningda ishtirok etgan pedagog va oʻquvchilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlishdi.
Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, issiqxona va maktab Eko-qoʻmitasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
➖ Eko-qoʻmita aʼzolari maktabda "7 qadam metodologiyasi" boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida pedagog va oʻquvchilarga batafsil maʼlumotlar berishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#PISA
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
❕Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
➖ Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:
➖Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
➖milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
➖o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
➖maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
➖pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Ijod maktabi bitiruvchisi 7 ta xorijiy unuversitetning 100 foizlik grantlarini qoʻlga kiritdi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ziyoda Abdujalilova muddatidan oldin 7 ta xalqaro universitetga 100 foiz grant asosida o‘qishga qabul qilindi:
– Missuri universiteti
– Arizona universiteti
– Virjiniya texnologiya universiteti
– Kolorodo davlat universiteti
– Illinoys texnologiya instituti
– Missuri Fan va Texnologiya Universiteti
– Minnesota universiteti
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
⚡️“LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI YAKUNLANDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun olimpiada ishtirokchilari informatika fani yoʻnalishida masalalar yechish, fizika, biologiya fanlari yoʻnalishida yozma ish va laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha sinovlardan oʻtdi.
Olimpiada doirasida ishtirokchilar Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga Toshkent politexnika muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Ertaga, 20-aprel kuni soat 12:00da Agentlik tizimidagi Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#58_Xalqaro_Mendeleyev_olimpiadasi
⚡️Oʻzbekiston terma jamoasi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoyga joʻnab ketdi.
58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 20-27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida boʻlib oʻtadi. Bu yil mazkur olimpiadada 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur xalqaro olimpiadada terma jamoamiz 2004-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 92 ta medal (10 ta oltin, 27 ta kumush, 55 ta bronza) qoʻlga kiritilgan. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi mamlakatimizda 2008, 2013, 2022-yillarda, jami 3 marotaba oʻtkazilgan.
Jamoamiz a'zolari bilan tanishing:
Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Elyorbek Adhamov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Biloliddin Zuhriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Mirjaxon Muhammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Ahrorbek Bahodirov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Saida Abdullayeva — Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;
Jamoamiz a'zolariga omad va zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
#birinchi_kun
⚡️“LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi boshlandi.
Olimpiada 2 kun davom etadi. Bugun olimpiada ishtirokchilari 5 ta savoldan iborat yozma ish hamda metodik qism va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishadi.
🗺 Maʼlumot oʻrnida, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichi 2024-yil 1-mart kuni hududlarda o‘tkazilib, unda har bir maktabdan 9 nafargacha (3 nafar biologiya, 3 nafar fizika hamda 3 nafar informatika) jami 1530 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Agentlik bosqichiga hududlar bo‘yicha jami 126 nafar o‘qituvchi saralab olindi.
⚡️Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Sayfullo Saidov dunyo reytingida 9-o’rinda turuvchi University College London oliygohiga oʻqishga qabul qilindi.
Oʻquvchimiz TOP-20ga kirgan Princeton Universitetining 350 000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qoʻlga kiritgan.
Shuningdek, Warwick, Sheffield, St. Andrews universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Фарғона
✅ Fargʻona viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova rahbarligida hududdagi sohaga doir muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖ Tanqidiy ruhda bo’lib o’tgan yig’ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tuman mudirlari o‘z hududida ta’lim sifatini yanada yaxshilashga doir taqdimotlarini namoyish etishdi.
❕ Unda barcha tuman mudirlarning yillik rejalari, amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalari bilan tanishildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida:
➖maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, tizimni raqamlashtirish,
➖viloyatda ta’lim sifatini va bitiruvchilarni OTMlarga kirish ko‘rsatkichini oshirish,
➖yangi tartib asosida malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlarni shaffof oʻtkazish,
➖aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal qilish haqida so‘z bordi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya
✅ Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.
❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
➖ Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.
✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi
#22apr #uzbekiston24
🗺 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bitiruvchimiz
#Xorijda_taqdimot
⚡️Prezident maktabi bitiruvchisi xorijda Vatanimizni targ‘ib qilmoqda
Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiati Temurbek Sulaymonov hozirda AQShning Cincinnati universitetida tahsil olmoqda.
Temurbek Sulaymonov mazkur universitetda mahalliy va xorijlik talabalari uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, boy madaniy merosi va milliy anʼanalari haqida navbatdagi taqdimotini oʻtkazdi.
Temurbek tashkil qilib kelayotgan shu kabi tadbirlar Vatanimizning xorijdagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oʻrtasida qo'shma qaror imzolandi.
Shu munosabat bilan ijod maktabida mazkur oliy taʼlim muassasasining "Jahon tillari va adabiyoti" hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedralarining filiallari tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori qabul qilingan edi.
Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor–oʻqituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ijod maktabi oʻquv jamoasi va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi vakillari oʻrtasida boʻlgan muloqotda oʻzaro hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliy_qadriyatlar
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’quvchi, ota-ona va maktab aloqalarini yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy va anʼanaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Sen, men, biz - bir oila” shoiri ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda o’quvchilar va ularning ota-onalari ustozlar bilan birgalikda o’zbek milliy taomlaridan tayyorlab, bir dasturxon atrofida suhbatlashdi. Turli sport o’yinlari va musobaqalar o’tkazilib, milliy kiyimlar namoyish etildi.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, kuy va qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Lider_oʻqituvchilar
#1_kun
Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichining birinchi kun jarayonlari.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar
“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.
❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.
🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:
🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.
🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:
🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:
🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.
⚡Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Gavharshodbegim Homidova Nyu-York universitetining Shanxaydagi kampusiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Gavharshodbegim 2023-yil Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumida Oʻzbekiston vakili sifatida ishtirok etgan.
Shuningdek, “Zamin” fondi va UNICЕFning “Bolalarning sogʻlom atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash” forumi spikeri, "UWC Li Po Chun" granti sohibasidir.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.
Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.
Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
⚡️Ijod maktabida OTM kafedrasi boʻlimi ochildi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda har ikki ta’lim muassasasining hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, rejalar tuzib olindi.
Uchrashuv so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabi va universitet oʻrtasida memorandum imzolandi.
Shu munosabat bilan, ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’limi tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti diplomi butun dunyoda tan olinadi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlaridan hisoblanuvchi Buyuk Britaniyaning “Quality Assurance Agency” (QAA) a’zoligiga kiritildi.
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Robo-Art yoʻnalishida seminar-trening o’tkazildi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Besh muhim tashabbus” doirasida futbol musobaqasi bo’lib o’tdi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquv jamoasi Qarshi shahridagi "Muruvvat uyi" tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun Guliston shahridagi memorial maskanlarga sayohat uyushtirildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi , Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi, Norin, Uchqoʻrgʻon, Yakkabog', Sariosiyo, Mirzaobod, Oqoltin, Zarbdor, Marhamat , Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi.
⏺Shayxontohur, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari 5-8 sinflar oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
⏺Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti professor-oʻqituvchilari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiya boʻlimi bilan hamkorlikda kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Jasurbek Imomov bilan muloqotda boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
OʻQUVCHILAR AKADEMIK BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#xalqaro_hamkorlik
PREZIDENT MAKTABIDA BRITANIYALIK OLIMLAR BILAN UCHRASHUV
Buxoro shahridagi Prezident maktabiga Buyuk Britaniya olimlari tashrif buyurdi
Tashrif doirasida Sussex universiteti professorlari Simon Thompson, Marcelo Starikoff, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Prezident maktabi pedagoglari, oʻquvchilar bilan samimiy muloqot qildi. Mehmonlar Buyuk Britaniyada oliy taʼlim tizimi, taʼlim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvdan soʻng britaniyalik olimlar Prezident maktabida oʻquvchilarning zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
WOOSONG UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Koreya Respublikasining Woosong universiteti Xalqaro fakultetlar ijrochi direktori Yu Tek Li, Raqamli kampus dasturi bosh menejeri Seung Jun Li bilan uchrashuv tashkil etildi.
Agentlik hamda Woosong universiteti vakillari oʻrtasidagi muloqotda mamlakatlarimizning koʻplab sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham manfaatli aloqalari izchil rivojlanayotgani taʼkidlandi.
Xususan, Agentlik va Koreya taʼlim markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Tizimdagi maktablarning koʻplab bitiruvchilari Koreya Respublikasidagi nufuzli oliygohlarda tahsil olib kelmoqda.
Uchrashuvda Woosong universiteti vakillariga Agentlik faoliyati, tizimdagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquv jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik asosida Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini to‘liq grant asosida Woosong universitetida tahsil olishiga shart-sharoitlar yaratish, o’qituvchilarga moʻljallangan gibrid tizimidagi PhD va magistratura bo’yicha loyihalarni amalga oshirish va grantlar taklif etish, informatika va robototexnika fanlari o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi takliflar ilgari surildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube