#ishchi_guruh
#Navoiy
TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati joyiga borib o‘rganilmoqda.
Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi E.Karimova Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yaqindan oʻrganib, aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar berdi.
Agentlik direktorining maslahatchisi maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlar bilan muloqotda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, fan, robototexnika va "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini yanada kengaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Taʼlim maskanlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#ikkinchi_kun
⚡️ "Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasi Agentlik bosqichi jarayonlaridan lavhalar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Sirdaryo
TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Sirdaryo viloyati Guliston, Yangiyer shaharlari va Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin va Sayxunobod tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Agentlik direktori maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.
Shuningdek, Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida soʻz yuritib, har yili bir marotaba o‘tkaziladigan "Bitiruvchilar qurultoyi"ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#birinchi_kun
⚡️ "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI BOSHLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.
Ishtirokchilar uchun “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham rejalashtirilgan.
Ertaga, “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Aynura AQSHning "Ivy Ligasi"ga aʼzo oliygohiga qabul qilingan ilk qoraqalpogʻistonlik
Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aynura Erejepbaeva AQShning "Ivy Ligasi"ga aʼzo Dartmouth oliygohiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
384 480 AQSh dollari miqdorida ajratilgan grant o‘quv, yotoqxona, viza, yo‘l xarajatlari va stipendiyani oʻz ichiga oladi.
Ma'lumot uchun, "Ivy Liga"si AQShning eng nufuzli xususiy universitetlarini oʻz ichiga olgan. Bugungi kunda unga Dartmouth oliygohidan tashqari, Garvard, Brown, Kolumbiya, Cornell, Princeton, Pensilvaniya, Yale universitetlari aʼzo hisoblanadi. Mazkur oliygohlar jahonning TOP-5, TOP-20 reytingiga kirgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse prezidenti Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas'ullari hamda OIIB vakillari ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida mamlakatimizda yangi maktablar barpo etish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
➖ Shu bilan birga, O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish va bolalar uchun zarur ta’lim sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlandi.
❕Uchrashuv so‘nggida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Bitiruvchilarimizga Koreyaning nufuzli oliygohi 100 foizlik grant ajratadi
Nukus, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari bitiruvchilari Allaberdi Zinxaydarov hamda Jaloliddin Abdumoʻminov Koreya Respublikasining Ulsan fan va texnologiya instituti – UNISTga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Maʼlumot oʻrnida,
Allaberdi Zinxaydarov IELTSdan 8.0, SATdan 1500 ball;
Jaloliddin Abdumoʻminov IELTSdan 7.5, SATdan 1510 ballik natijalarga ega.
Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IOI_2024
⚡️Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2024)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.
Tanishing:
Asilbek Sunnatov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Husanboy Mansuraliyev, Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
Mardonbek Hazratov, Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi.
Maʼlumot oʻrnida, 36-Xalqaro informatika olimpiadasi 2024-yilning 1-8-sentyabr kunlari Misr davlatida bo‘lib o‘tadi.
#Bolqon_Matematika_olimpiadasi
⚡️41-Bolqon Matematika olimpiadasining g‘olib va sovrindirlari aniqlandi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, yurtimiz o‘quvchilari 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Olimpiada g‘oliblari bilan tanishing:
🥈Kumush medal - Ozodbek Axtamov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi.
🥈Kumush medal - Asadbek Boboqulov, Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi.
🥉Bronza medal - Rasulbek G‘affarov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi.
🥉Bronza medal - Madina Suyunova, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi.
🥉Bronza medal - Elbek Zohidjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi.
Gʻalabalar bardavom boʻlsin aziz oʻquvchilar!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Massachusetts texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgan mahorat darslarining birinchi kunidan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2024
#test_namunalari
❗️DIQQAT, TEST NAMUNALARI!
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish istagida bo’lgan oʻquvchilar uchun test savollari namunalari eʼlon qilinmoqda
🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/test-namunalari
📶 Bizni kuzatishda davom eting, test namunalarini eʼlon qilishda davom etamiz!
#qabul_2024
#spetsifikatsiya
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA TEGISHLI FANLAR BOʻYICHA 2024/2025-OʻQUV YILI QABUL IMTIHONI MATERIALLARI SPETSIFIKATSIYASI E’LON QILINDI
#Farmon_ijrosi
OʻQUVCHILAR SANOAT TARMOQLARINI AMALIY OʻRGANMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli
farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.
Xususan, ayni yoʻnalishda Qo‘ng‘irot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK oʻrtasida memorandum imzolangan edi.
Shu munosabat bilan maktab o‘quvchilarini kimyo sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Unda 10-11-sinf o‘quvchilari maktab-internati maslahatchisi Dilfuza Sultanmuratova boshchiligida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Korxona mutaxassislari bilan boʻlgan muloqotda oʻquvchilar ishlab chiqarish jarayoni va korxona faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot oldi.
Ishlab chiqarish, sanoat, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI
Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Sardor Berdiqulov malaka (test) sinovidan 100 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonova ham malaka (test) sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.
Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.
✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.
Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.
❕Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.
➖ Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.
Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Vengriyaning nufuzli universitetiga 100 foiz grant asosida oʻqishga kirdi.
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi HasanTursunqulov Debrecan universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, oʻquvchimizga Radford, Long Island, Canisius, Roosevelt universitetlari ham taʼlim grantlari ajratgan.
Ma’lumot o‘rnida, H. Tursunqulov IELTSdan 7.5 ballik natijaga ega.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#A_level_AS_level
⚡️Prezident maktablarida A/AS-level imtihonlari boshlandi
Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida A va AS-level imtihonlariga start berildi.
Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
A va AS-level imtihonlari 11-iyunga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#birinchi_kun
⚡️ "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHIDAN FOTOREPORTAJ
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
⚡️Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
✅Ma’lumot uchun, Andijon viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida “Ochiq eshiklar kuni” 3-may kuni ham davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi xorijiy universitetning 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Sarvar Sayfitdinov AQShning Minerva universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga kirdi.
Endilikda xorijiy OTM oʻquvchimizga 232 000 AQSh dollari miqdorida taʼlim granti va stipendiya ajratadi.
Maʼlumot oʻrnida, Sarvar Sayfitdinov IELTSdan 7.5 va SATdan 1450 ballik natijalarga ega.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Agentlik_bosqichi
⚡️IJOD MAKTABLARI OʻRTASIDA "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI OʻTKAZILADI
Joriy yilning 2-3-may kunlari ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Agentlik bosqichi Sirdaryo viloyatida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida boʻlib oʻtadi.
Mazkur musobaqa ijod maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qitilishining sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.
Agentlik bosqichida ijod maktablaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.
“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi ishtirokchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
75 YOSHLI USTOZ ATTESTATSIYADAN 92 BALLNI QOʻLGA KIRITDI
- Yangi Oʻzbekiston maktablarida ikkinchi yoshligimni oʻtkazyapman",- deydi attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi, 75 yoshli Bahodir Boltaboyev.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
Ijod maktablari: iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Smart coding-2024" olimpiadasida gʻolib boʻldi.
⏺Qarshi, Termiz, Guliston, Xiva shahridagi Prezident maktablari pedagoglari ishtirokida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etildi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida Malayziyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jasurbek Bekniyazov "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "School Workshop-2024" koʻrgazmasi oʻtkazildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bagʻishlangan tanlov tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Sergeli, Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Koson, Shahrisabz tumanlari, Qoʻqon, Navoiy, Guliston shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.
⏺Chiroqchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.
⏺Shumanay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida hududdagi umumtaʼlim maktablaridagi bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarligini aniqlash maqsadida test sinovlari tashkil etildi.
⏺Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Ta'lim markazi vakillari tashrif buyurdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing
ILK BOR: SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING
⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilmoqda.
Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir dastavval Buxoro, Namangan, Jizzax shahridagi Prezident maktablari mezbonligida tashkil etildi.
Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Andijon, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.
Joriy yilning 5-mayida “Spirituality, Sport, Science, Socializing” festivali Termiz, Xiva, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari mezbonligida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ijodiy olimpiada
#29apr #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI
Rishton tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi Shahnozaxon Madrahimova malaka (test) sinovida Fargʻona viloyatida eng yuqori — 100 ball natijani qoʻlga kiritdi va oliy toifaning sohibi bo‘ldi.
Avvalroq, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari ham malaka (test) sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliy_qadriyatlar
MOMOM KIYGAN LIBOSLAR
Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchi yoshlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, maʼnaviy-madaniy ildizlarimiz borasidagi bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida "Momom kiygan liboslar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.
Oltinsoy tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda oʻquvchi qizlar momolarimiz kiygan milliy liboslarda chiqib, chanqovuz chaldi, qadimiy oʻlanlar, allalarni ijro etdi. Sahna koʻrinishlarida kelin salom, yuz ochdi, chaqaloqni beshikka solish, kulcha yumalatar, urchuq yigirish, paxta savash kabi milliy urf-odatlarimiz aks etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
⚡️Massachusetts texnologiya instituti J-Well “Yangi O‘zbekiston” universitetini eng yaqin hamkor sifatida e'tirof etdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova MiT J-Wel bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Unga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-Welning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e'tirof etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik ta'lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O'zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Biz eng yuqori darajadagi ta’lim va tajribani ulashamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi IELTS sertifikatini yuqori ball bilan qo‘lga kiritdi.
Ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Madinabonu Damirova IELTS imtihonidan 7,5 ballik natija koʻrsatdi:
Speaking 6,5
Listening 8
Reading 8,5
Writing 6,5
Overall 7,5
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube