#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari mehnat faxriylari bilan uchrashdi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzmilliybank” Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan tanishdi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari “Teen Eagle” xalqaro ingliz tili musobaqasida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari mutaxassislari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Bilim va malakani baholash agentligi bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun diagnostik test oʻtkazildi.
⏺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiy festival boʻlib o‘tdi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari tashrif buyurdi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Milliy ohanglar" musiqiy konsert dasturi tashkil etildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika sohasi olimlari bilan tajriba almashildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Diplomacy Club” loyihasi ish boshladi.
⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi “JDU matematika olimpiadasi”da muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Shunqorlar “ harbiylashtirilgan sport musobaqasining Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
⏺Qiziltepa, Chust tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
⏺Nurota, Navbahor, Namangan, Qiziriq, Denov tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.
⏺Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida futbol boʻyicha "Xotira kubogi" musobaqasi tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣📣📣📣📣
⚠️Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar roʻyxati bilan tanishing.
👇👇👇👇👇
Katta yoshlilar jamoasiga(Key Stage III):
✅ Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Asadbek Boboqulov – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi;
✅ Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;
✅ Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi.
Kichik yoshlilar jamoasiga(Key Stage II):
✅ Mehmonbek Amonov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf oʻquvchisi;
✅ Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi;
✅ Dildora Mahkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
✅ Baxtiyor Ostonov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf oʻquvchisi.
Eslatib o‘tamiz Xalqaro matematika musoboqasi 2024-yilning 26-31-iyul kunlari 🇮🇳Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
‼️Katta yoshlilar jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar roʻyxati nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga koʻra shakllantirilgan.
Jamoa a'zolari haqidagi ma'lumotlar barcha ishtirokchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari asosida toʻldirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#Uch_avlod_uchrashuvi
UCH AVLOD UCHRASHUVI
Mingbuloq tuman ixtisoslashgan maktabida "Nuroniy" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi, Nuroniy" jamgʻarmasi, "Mingbuloq" gazetasi vakillari, turli sohalarda fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni damda keksalik gashtini surayotgan otaxon-u onaxonlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda iqtidorli oʻquvchilar ijrosidagi "Qimmat va Zumrad", "Qorakoʻz majnun" spektakllari, milliy va xorijiy raqslar, taʼlim maskani faoliyati, yutuqlari haqida qilingan taqdimotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jonli_efir
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.
❗️Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.
👉Muloqotni jonli efirda kuzating.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda
✅ Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
➖ 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;
➖ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;
👉 Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.
Qarorning to‘liq matni
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 |Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi
Oʻzbekiston 24 | “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
Mening Yurtim |Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi vakillari "Qadrdon" koʻrsatuvida
Oʻzbekiston 24 |OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi
Oʻzbekiston 24 |Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Sevimli |"Hokim kubogi" uchun fanlar olimpiadasi
Samarqand MTRK |OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida boʻldi
"Xorazm haqiqati" gazetasi|Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
Sirdaryo MTRK |"Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasidan tayyorlangan lavha
Andijon MTRK |Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Isteʼdod" koʻrsatuvida
Surxondaryo MTRK |Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar
Zoʻr TV |Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar kuni”
Xorazm MTRK |Attestatsiya jarayoniga press-tur
Oʻzbekiston 24 |Ijodiy olimpiada
Fargʻona MTRK |Ijodiy olimpiada
Mahalla |Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari, opa-singil Gulsanam va Dilnoza Eshqulovalar haqida lavha
Sevimli |Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari yutuqlari
Sirdaryo MTRK |Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bojxona xodimlari
Andijon MTRK |Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi, 75 yoshli Bahodir Boltaboyev haqida lavha
Sirdaryo MTRK |"Najot ta'limda" koʻrsatuvida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati, o’quvchilar yutuqlari haqida so'z boradi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SMTB
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Javohir Mamadaliyev Xalqaro molekulyar va nazariy biologiya (SMTB) yozgi maktabida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Turkiyaning Istanbul shahridagi Sabanci universitetida tashkil etilajak 2 haftalik yozgi maktabda jahonning yetakchi professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari, molekulyar biologiya laboratoriya ishlari o’tkaziladi.
Javohir Mamadaliyev Tailandda oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida kumush medalga ham sazovor boʻlgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ochiq_eshiklar_kuni
⚡️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"dan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#Yangi_Oʻzbekiston
PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHILARI "YANGI OʻZBEKISTON" UNIVERSITETIDA
Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Oliygoh bo‘ylab ekskursiyada laboratoriya xonalari, kutubxona, eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan amaliy mashg‘ulot xonalari oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Universitet professor-oʻqituvchilari bilan boʻlgan muloqotda o‘quvchilar taʻlim yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha tavsiyalar oldi.
Prezident maktabining ushbu universitetda tahsil olayotgan ilk bitiruvchilari bilan boʻlgan uchrashuv, mazkur universitet taʼlim imkoniyatlari haqidagi taqdimotlar oʻquvchilarga manzur boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_maktablar_kengashi
⚡️Prezident maktabi vakili xalqaro miqyosdagi ekspertlar guruhida ishtirok etmoqda
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori Ma’mura Tojiboyeva Quvayt shahridagi maktablarning birida CIS (Xalqaro maktablar kengashi) komissiyasi a’zosi sifatida ushbu ta’lim maskani faoliyatini o’rganmoqda.
Albatta, O’zbekistonlik pedagog va ekspertlarning xalqaro maydonga chiqishi mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning e'tiborga molik amaliy natijalari va ushbu sohada xorijiy davlatlar bilan ilg'or tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilgani bilan bevosita bogʻliqdir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Oʻquvchimiz yuqori natijalar bilan xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi
Agentligimiz tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Yulduz Abdurashidova IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.
Shuningdek, Yulduz Abdurashidova CEFRdan C1, SATdan 1270 ball, TRKI-3/C1 (Rus tili fanidan) natijalarini ham qoʻlga kiritgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrayım_Yusupov_95_yoshda
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov hamda bir qator ijodkorlar ishtirokida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi yodga olindi, ijod maktabi o‘'quvchilari tomonidan Ibroyim Yusupovning qalamiga mansub she'rlar o‘qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university
⚡️Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida tahsil olib, sanoat sohasidagi kvant texnologiyalarini loyihalovchi kuchli mutaxassisga aylanishingiz mumkin.
Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.
O‘qish davomiyligi: 2 yil
📝 Talablar:
➖ingliz tilidan kamida IELTS 6, CEFR B2, TOEFL iBT 79 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
➖fizika va matematikadan yozma imtihon topshirish,
➖bakalavr diplomiga ega bo‘lish.
➡️ O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply/masters
❗️Hujjatlar qabuli 12-avgustga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida kitobxonlik tanlovi boʻlib oʻtdi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida Toʻlepbergen Qayipbergenov va Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi doirasida “Zakovat” oʻtkazildi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eko taqdimotlar oyligi” e'lon qilindi.
⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari alohida ta'limga ehtiyoji boʻlgan bolalar holidan xabar oldi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Xotira maydonini ziyorat qildi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma oldi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Kinokarvon” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Sergeli, Uchqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot, Vobkent, Buxoro, Olot, Qorakoʻl tumanlari, Bekobod, Qarshi shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy, xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida chellenj eʼlon qilindi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻrtasida bayram turniri tashkil etildi.
⏺Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi NYUAD dasturiga qabul qilindi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ijodiy tanlov eʼlon qildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Medipol universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
⏺Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eko-Zakovat" turniring final bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari “Teen Eagle" final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Denov, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Qiziriq , Qorakoʻl tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va internatlarida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SAT
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari boʻlib oʻtdi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
🗺Hozirda barcha Prezident maktablari rasman SAT markazlari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xotira_muqaddas
INSON-AZIZ, XOTIRA-MUQADDAS
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Vatanimiz mustaqilligi, hozirgi erkin va farovon hayotimiz uchun qurbon bo’lganlar xotirasi barhayot ekanligi taʼkidlandi.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Grand_Jugendkurse
⚡️Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Odina Rustamova Germaniyaning Goethe instituti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda gʻolib boʻlib, "Jugendkurse in Deutschland" granti sohibasiga aylandi.
Tanlovda xorijiy davlatlarning 1800 dan ziyod maktablaridan jami 900 dan ziyod nomzod saralanib, 3 haftalik "Jugendkurse in Deutschland" yozgi dasturida qatnashish uchun Germaniyaga yuboriladi. O‘quvchilar ushbu oromgohda o‘z bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.
Dastur yakunida ishtirokchilar xalqaro "Goethe-Zertifikat"ni olish uchun bepul imtihon topshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#MSITF_2024
⚡️OʻQUVCHILARIMIZ SPORT DASTURLASH OLIMPIADASI GʻOLIBI
Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali o‘tkazildi.
Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ushbu olimpiadada qatnashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari Asilbek Sunnatov 1-o‘rinni, Anasxon Komilov 3-o‘rinni egalladi.
O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi IELTS sertifikatini yuqori ball bilan qoʻlga kiritdi.
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Boburbek Noraliyev IELTS imtihonidan 7.5 ballik natija koʻrsatdi.
O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi xorijiy oliygohga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.
Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Rustamov AQShdagi Mississippi universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.
O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing
"SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI DAVOM ETMOQDA
Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Termiz, Xiva shahridagi Prezident maktablari mezbonligida davom etdi.
Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Nukus, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.
“Spirituality, Sport, Science, Socializing” festivali Nurafshon shahridagi Prezident maktabi mezbonligida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
“Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
#5may #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida o’tkazilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrоyım_Yusupov_95_yoshda
5-may – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavallud topgan kun.
Ibroyim Yusupov 1929-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanida tavallud topgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madhiyasining muallifi I.Yusupov 2004-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
I.Yusupov 2008-yil 24-iyulda 79 yoshida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.
#Bizning_shunday_maktablarimiz_bor
#Ota_onalar_ishonchi
OTA-ONALAR: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR ISHONCHIMIZNI OQLADI
Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari taʼlim maskanida yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoiti, ustozlarining bergan bilimlari natijasida yuqori natijalarga erishmoqda.
Xususan, mazkur ixtisoslashtirilgan maktabning 20 dan ziyod oʻquvchisi fanlar va chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
Ota-onalar barcha e'tibor sifatli ta'limga qaratilgan bunday maktablar faoliyatidan mamnun. Ularning farzandlari kelajakda bilimli, salohiyatli mutaxassis boʻlib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishiga ishonadilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Samarqand
Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har birimiz mas’ulmiz”
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashdi.
Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir ta’lim sifatini oshirish, sohada halol va vijdonan ishlash har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini ta’kidladi.
Bu borada tizimda ishlayotgan rahbar xodimlarning zimmalarida ulkan mas’uliyat borligini qayd etib, zarur topshiriq va vazifalar berdi.
Shuningdek, Hilola Umarova yangi ochilgan Bilimlarni baholash markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hovlisida yaratilgan EKO hududga ijobiy baho berdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_hamkorlik
#Samarqand
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida xorijiy mehmon Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbatlashib, ular yaratayotgan loyihalarga qiziqish bildirdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Farmon_ijrosi_amalda
Samarqand viloyatida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ochildi
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Samarqand tuman hokimi S.Usmonov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Samarqand tumanida barpo etilgan mazkur maktab-internat 504 o‘ringa mo‘ljallangan.
Unda 58 ta o‘quv xonasi, 6 ta kompyuter xonasi, 6 ta laboratoriya va 7 ta xorijiy til xonasi, 250 o‘rinli faollar zali, sport zal, kutubxona va 250 o‘rinli oshxona mavjud.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari 13 ta hududda tashkil etilishi belgilab o’tilgan.
#Turon_yoʻlbarslari
#taqdirlash
⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.
Musobaqaning Agentlik bosqichida 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 1-oʻrin;
🥈Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrin;
🥉Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining "Sohibqiron" jamoasi 3-oʻrin.
Musobaqaning yopilish marosimida gʻoʻlib va sovrindorlar taqdirlandi.
Maʻlumot oʻrnida, mazkur musobaqa doirasida “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube