piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️Italiyalik mashhur olim Luciano Rezzollaga faxriy professor unvoni berildi

“Yangi O‘zbekiston” universitetining ilmiy hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotganligi va global miqyosda fizika hamda astrofizika sohalari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun professor Luciano Rezzolla faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, professor tomonidan fizika va astrofizika sohalariga qiziquvchilar uchun qora tuynuklar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darslarining davomi sifatida panel muhokamasi tashkil etilib, unda akademik Bobomurot Ahmedov, akademik Qodir G‘ulomov, akademik Shuhrat Egamberdiev va professor Rainer Spurzemlar ishtirok etishdi va so‘nggi yillarda fizika sohasida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilindi.

Bugungi tadbir yig'ilganlar uchun o‘z bilim va salohiyatlarini yanada oshirish bo‘yicha ajoyib imkoniyat sifatida baholandi.

➖➖➖
❗️Maʼlumot uchun, “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

📶 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Agentlik_fan_olimpiadasi
#10_11_may

⚡️STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi barcha hududlarda yakunlandi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi shu yilning 23-24-fevral kunlari o’tkazilgan edi.

Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi. Gʻolib va sovrindorlar joriy oʻquv yilining yakunida tantanali tarzda taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️Barcha muhandislik yoʻnalishi talabalariga grant ajratiladi

🗣Barchamizga maʼlumki, hozirda davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik taʼlim yoʻnalishlariga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev huzurida oʻtkazilgan taqdimotda mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj borligi aytildi.


Shu maqsadda keyingi oʻquv yilidan Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi taʼlim dasturlarida tahsil oluvchi talabalarning barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

❗️Bundan tashqari talabalar bir yillik 50%, 70% va 100% lik grant asosida ham tahsil olishlari mumkin.

📶 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

📝 Kvota doirasida joylar soni chegaralangan. Hoziroq oʻqishga ariza topshiring va oʻz grant joyingizni band qiling.

#Qabul2024 #admission2024 #grant

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan "Mehr-muruvvat va saxovat-insonni ulug‘laydi" shiori ostida koʻngillilar harakati yoʻlga qoʻyildi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida yugurish marafoni
o‘tkazildi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Bola huquqi himoyasida birgamiz" mavzusida psixologik trening mashg’uloti
boʻlib oʻtdi.

⏺Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari yuqori natijalar bilan IELTS sertifikatiga ega bo’ldi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv
tashkil etildi.

⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida
g‘olib bo‘ldi.

⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xonadonda elektr zanjiri" mavzusida taqdimot
oʻtkazildi.

⏺Nurota, Qoʻshkoʻpir tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida harbiy- sport musobaqalari tashkil etildi.

⏺Baxmal, Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari “Yangi O’zbekiston”, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

⏺Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Islomjon Abdug'aniyev Informatika olimpiadasining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat terma jamoasi tarkibidan
joy oldi.

⏺Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari IMAS xalqaro matematika musobaqasida
g’olib bo’ldi.

⏺Olot tuman ixtisoslashgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Dilshod Jumamurodov Buxoro davlat universiteti olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritib, grant asosida muddatidan oldin
talaba bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#IJod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

⏺Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
➖Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
➖Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 Joriy yil may oyining har shanbasi
10:00 dan 16:00 gacha
🗺 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Brifing_Qabul_2024
#Live

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

⏺Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
➖Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
➖Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
14:00 dan 17:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo Gʻolib koʻchasi, 1-uy

Murojaat uchun:
+99890
943-70-02
+99894
607-12-28

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📢10-may, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Brifing

⚫️Mavzu: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli
⚫️Vaqti: 16:00
⚫️Ishtirok etadi: Jo‘rabek Jangirov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

#Prezident #grant #muhandislik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan #Sharaf_lentalari chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilib, oʻquvchilarimiz ustozlari boshchiligida urush qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda.

🗣Shuningdek, "Xotira – ulugʻ qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham oʻtkazildi.

📶 Jarayonlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#Yangi_loyiha

Andijon shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida ilk bor keng qamrovli “Family Fun Day” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.


Mazkur loyihada barcha oʻquvchilar va ota-onalardan tarkib topgan jamoalar oʻrtasida sportning shaxmat, futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish turlari, interfaol oʻyinlar, “Zakovat” , karaoke, “Qoʻrqma” filmi premyerasi hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar va kitob yarmarkalari oʻtkazildi.

“Family Fun Day” loyihasidagi bellashuvlarning umumiy natijasiga koʻra gʻolib va sovrindorlarlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Ushbu loyiha ota-ona va farzand oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, jamoaviy ishlash koʻnikmasini oshirish, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish va maqsad sari intilishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

⏺ Ochiq eshiklar kunida:

➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 17-may
⏰ Soat 15:30dan 17:00 gacha
📍Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 4-uy.


Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun: @Abu_Abdulloh_B

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV


AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Nigora Abdulazizova Xitoyning Malayziyadagi Xiamen universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.

Bugungacha oʻquvchimiz xorijiy oliygohlardan yutgan jami grantlar miqdori 688.000 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Nigora Abdulazizova MUN (Model of United Nation) ishtirokchisi, IELTSdan 7.5 ballik natijaga ega.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

⏺Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
➖O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
➖Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
➖Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
soat 11:00 dan 14:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 6/2

Murojaat uchun:

+99895 479-20-80

➡️Video lavha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi_amalda
#STEM_trening

PREZIDENT MAKTABLARI KEMBRIJ DASTURI BOʻYICHA TAJRIBALARINI UMUMTAʼLIM MAKTABLARI BILAN OʻRTOQLASHMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentlik tomonidan Kembrij xalqaro taʼlim dasturi boʻyicha bilim va tajribalarni ommalashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Xususan, Agentlikning Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-treningda taʼlim maskani oʻquv jamoasi ayni yoʻnalishdagi bilim va tajribalarini hududdagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarining STEM fanlari oʻqituvchilari bilan oʻrtoqlashdi.

Mazkur treninglardan asosiy maqsad, pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlovchi, aniq va tabiiy, axborot texnologiyalari, robototexnika va boshqa yoʻnalishlarda dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni kamolga yetkazish, oʻquvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yangi baholash mezoni borasidagi bilim-malakalarini mustahkamlab borishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.


Farmon ijrosi doirasida Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zFA akademigi Akmal Saidov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, OʻzFA akademigi Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

MIT professori Mexanika muhandisligi haqida fikr bildirdi


Juda ko'p texnologiyalar masalan avtomobillar yoki har qanday harakatlanuvchi texnologiyalar Mexanika muhandisligi asosida yaratiladi.

Hozirgi kunda ko'plab elektron qurilmalar kundan kunga rivojlanib 100 yillar oldingi texnologiyalardan ko'ra ishlarimizni yaxshiroq qilishimizga imkon bermoqda. Bularning barchasi mexanika muhandisligi natijasidir.

Kreativlik hozirgi kunda juda muhim deb bilaman. Texnologiyalar rivojlanib borgan sari universitet uni yanada takomillashtira oladigan va kreativ fikrlay oladigan muhandislarni ko'proq yetishtirib chiqarishi kerak.


Mexanika muhandisligi yo'nalishida tahsil olib siz ham rivojlanishlarga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

#mexanika_muhandisligi #MIT

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Seminar_trening

TIZIMDAGI KADRLAR MENEJERLARI OʻZARO TAJRIBA ALMASHDI

Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bilan hamkorlikda hududdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kadrlar boʻyicha menejerlari faoliyatini tizimli tashkil etishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.


Unda kadrlar bilan ishlash boʻyicha hujjatlarni yuritish, hrm.argos.uz  va EDO.IJRO.UZ platformasida ishlash tartiblari kabi masalalar yuzasidan zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻz ish faoliyatlari boʻyicha tajriba almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#MSITF_2024

⚡️OʻQUVCHIMIZ SPORT DASTURLASH OLIMPIADASI GʻOLIBI

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali o‘tkazildi.

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu olimpiadada qatnashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Javohir Toshtemirov 2-o‘rinni egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur olimpiadada qatnashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari Asilbek Sunnatov 1-o‘rinni, Anasxon Komilov 3-o‘rinni qoʻlga kiritgan.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

“Vazir soati”da sohadagi muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi

✅ Joriy yilning 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Unda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, tizimdagi o‘quv binolarini qurish va ta’mirlash, malaka sinovlari jarayonlarini izchil davom ettirish, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

❗️Yig‘ilish davomida shuningdek, “7-may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan vazirlikning AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rabbim Musurmonov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda mas’ul xodimlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1594

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududiy_maktablarimiz

⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING HUDUDLARDAGI MAKTABLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHIB BORING:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi

SANOAT KORXONASIDA AMALIY MASHGʻULOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yuqori sinf o‘quvchilari uchun ayni hududda joylashgan "Fargʻonaazot" AJ korxonasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar ushbu korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel