#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining asosiy sinov bahslari boshlandi
➖ Mazkur xalqaro olimpiada sinovlari yozma ish shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 4 tadan masala berilmoqda. Har bir masala 10 ball bilan baholanadi.
👉 Eslatib oʻtamiz, Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilardan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon davlatlari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#xalqaro_olimpiada
⚡️Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasiga start berilmoqda
✅ Bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida tashkil etilmoqda. Unda 100 nafarga yaqin oʻzbekistonlik, shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etadi.
#Qabul_2024
#New_Uzbekistan_university
⚡️ “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olishning yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?
#Live
🔴 Ayni damda Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.
👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#yakuniy_davlat_attestatsiyalari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentlik tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida 9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.
Jarayonlar boshlanishidan oldin masʼullar tomonidan oʻquvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim boʻlgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu yakuniy attestatsiya imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 15-iyuniga qadar oʻtkaziladi.
Jarayondan fotosuratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Prezident_maktabi
#faxr_tuygʻusi
⚡️FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK
✅ Saidkarim Sultonmurodov – Guliston shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.
🗣Maʼlumot uchun: Saidkarimning otasi Narzullo Siddiqov – "Sirdaryo suv ta’minoti" Guliston tumani boʻlimining oddiy ishchisi. Onasi Matluba Siddiqova – uy bekasi.
➖➖➖
Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
#No_comment
✅ Toshkent shahridagi 86-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri jarayonlaridan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Сўнгги_қўнғироқ_таассуротлари
Bugun maktab bitiruvchilari uchun unutilmas kun. Ular jonajon maktabi quchogʻidan uchirma boʻlib, katta hayot va oldiga qoʻygan kelajak maqsadlari sari ilk qadamlarini qoʻyishmoqda.
Biz ham vazirlik jamoasi bilan poytaxtimizdagi 86-maktabda oʻtkazilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdik. Tadbir avvalida oʻqib berilgan Davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Oʻquvchilar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ezgu tilak va ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanishga soʻz berishdi.
Men ham bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan samimiy tabrikladim hamda katta hayot ostonasida turgan oʻquvchi-yoshlarga ulkan muvaffaqiyatlar tiladim.
Maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari menda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, bu yil maktabning 4 nafar oʻquvchisi oltin, 2 nafari kumush medallar bilan taqdirlanishini eshitib quvondim. Maktabning iqtidorli 2 nafar oʻqituvchisini “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladik.
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiridan keyin maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashdim hamda ularning taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarning maʼnaviy kamolotini yanada yuksaltirish borasidagi takliflari bilan oʻrtoqlashdim.
Ushbu oʻquv yilida yangicha baholash tizimi asosida tahsil berishni boshlagan maktabda oʻtgan vaqt mobaynida oʻquvchilarning bilim va davomat koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanganligi tizim rahbari sifatida menga katta quvonch ulashdi.
Qadrli o‘quvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!
Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi.
Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz.
Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman.
Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang.
Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin!
Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrik
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.
Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.
Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.
-
Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.
Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.
Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.
O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.
Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.
Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:
➖ Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.
➖ Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.
➖ Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.
➖ Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
OʻQUVCHILAR AKADEMIK BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.
"Zamin Creative" studiyalarining to‘rtinchi qabulida mashg‘ulotlar yakunlandi. Toshkent, Nukus, Andijon, Qarshi va Marg‘ilon shaharlaridan kelgan inklyuziv ijod studiyalari o‘quvchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha yakuniy ijodiy ishlarini tayyorlab, ularni o‘z mentorlariga, ota-onalariga va do‘stlariga taqdim etdilar. Studiyalarda o‘qish davomida yigit-qizlar professional fotouskunada ishlashni, sahnada chiqish qilishni, kiyim-kechak dizayni ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar.
"Zamin Creative" studiyalariga yangi qabul avgust oyida boshlanadi.
—
Подошли к концу занятия четвёртого набора в студиях Zamin Creative. Ученики инклюзивных творческих студий из Ташкента, Нукуса, Андижана, Карши и Маргилана подготовили итоговые творческие работы по трём направлениям: дизайн, медиа и театральное искусство и представили их своим менторам, родителям и друзьям. За время обучения в студиях ребята научились работать на профессиональном фотооборудовании, выступать на сцене, овладели навыками фэшн-дизайна.
Новый набор в студии Zamin Creative пройдёт в августе.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq_tadbirlari
⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarda "Ilm-saodat kaliti!" shiori ostida boʻlib oʻtgan "Soʻnggi qoʻngʻroq" tadbirlari OAVda keng yoritildi:
Oʻzbekiston 24|"Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "So’nggi qoʻngʻiroq" tadbirlari
Oʻzbekiston 24|Bilimli va iste’dodli yoshlar – yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir
Oʻzbekiston 24|Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ilm - saodat kaliti!" shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri oʻtkazildi
Oʻzbekiston 24|Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Ilm - saodat kaliti!" shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri oʻtkazildi
Oʻzbekiston 24|"Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari
Oʻzbekiston|Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan "Soʻngi qoʻngʻiroq" tadbiri
Ozbekiston |Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari va bitiruvchilari 25-may - Soʻngi qoʻngʻiroq kuniga bagʻishlangan bayram dasturi mehmoni
Qaraqalpaqstan MTRK|Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri
Jizzax MTRK|"Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari
Jizzax MTRK|Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri
Jaslar TV|Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri
Andijon MTRK|Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ilm - saodat kaliti!" shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri
Uza.uz|Termiz shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Ilm - saodat kaliti!” shiori ostida o‘tkazildi
Uza.uz|Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Ilm – saodat kaliti!" shiori ostidagi "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari
❓FARZANDIM TERMIZDAGI MAKTABDA TAHSIL OLADI. BIZ ESA TOSHKENTDA YASHAYMIZ. FARZANDIM TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIGA O‘QISHGA TOPSHIRSA BO‘LADIMI?
➖ Belgilangan tartibga koʻra, talabgor-oʻquvchi oʻzi oʻqiyotgan maktabi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladi. Demak, farzandingiz faqatgina Termiz shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.
➖ Agar bola chet elda tahsil olayotgan boʻlsa, u ota-onasining doimiy roʻyxatda turgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Bunda oʻquvchining hujjatlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan boʻlishi talab etiladi.
➖Prezident maktabiga faqat Oʻzbekiston fuqarolari hujjat topshirishlari mumkin. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjat topshirishi koʻzda tutilmagan.
#Digital_Generation_Uzbekistan
⚡️ 185 NAFAR O‘QUVCHI ZAMONAVIY KASBLARNI MUVAFFAQIYATLI EGALLADI
Raqamli avlod inklyuziv o‘quv markazida "Zamin education" va "Raqamli Avlod" loyihalari doirasidagi 185 nafar eshitish imkoniyati cheklangan yoshlar boshlang‘ich mutaxassislik sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Zamin xalqaro jamoat fondi direktori Tamila Aliyeva ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirga qadar o‘quvchilarning 23 nafari "O‘z-o‘zini band qilish" guvohnomasiga ega bo‘ldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
Tahlilnoma | Top-universitetlarning million dollarlik grantlarini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar
#26may #uzbekiston24
🗺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻlib oʻtgan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlaridan fotoreportaj.
Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.
Mazkur tadbirlarda viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, olim va professorlar, deputatlar, Yozuvchilar uyushmasining hududiy rahbarlari, shoir va yozuvchilar, nuroniy va faxriy ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, bu o’quv yilida ijod maktablarini 263 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni esa 5868 nafar oʻquvchilar bitirishmoqda.
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarida ham “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Unda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.
Ushbu tadbirlarda viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, olim va professorlar, deputatlar, nuroniy va faxriy ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📶 Quyidagi havolalar orqali tadbirlar haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin:
🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
🔅 Mazkur xalqaro olimpiada 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.
🔸 Ushbu olimpiadada matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.
🔸 Bundan tashqari, yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida qo‘shni mamlakatlar Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.
🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.
🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.
🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida bo‘lib o‘tadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Ijod_maktablari
⚡️Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ham “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Unda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.
Ushbu tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyat va shahar hokimlari, Yozuvchilar uyushmasining hududiy rahbarlari, shoir va yozuvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📶 Quyidagi havolalar orqali tadbirlar haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
"Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.
Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling".
#Qabul_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QAYSI SINFGA NECHA NAFARDAN OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI?
➖Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi boʻyicha 5-sinfiga, 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 24 nafardan qabul qilinadi.
Shuningdek, yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarga birinchi o‘quv yili uchun aniq fanlar yo‘nalishiga 5-, 6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
➖ O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.
➖Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʼlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor hujjat topshirishi mumkin.
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabining 4 nafar oʻquvchisi VIII Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasiga yoʻllanma oldi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida xorijlik va mahalliy pedagoglar oʻzaro tajriba almashdi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchilaridan iborat jamoa ingliz tilidagi "Zakovat" intellektual oʻyinida gʻolib boʻldi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bank muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o’qituvchisi Valijon Mamajonov Fransiyaga bir oylik taʼlim sayohati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
⏺Ibroyim Yusupov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida “Zamin Creative” loyihasi doirasida hisobot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
⏺Abdulla Oripov, Ogahiy nomidagi ijod maktablarida o‘qituvchilar uchun OTM professorlarining mahorat darslari tashkil etildi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quv yili yakuni bo‘yicha ijodiy imtihon o‘tkazildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Hacknovation –2024" oliy sovrinini qo’lga kiritdi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar bitiruvchisi Sibir federal universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
⏺Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev xalqaro tanlovda g‘olib boʻldi.
⏺Bekobod, Shahrisabz shaharlari, Olmazor, Hazorasp, Yangiariq, Qorovulbozor, Shofirkon, Vobkent, Doʻstlik , Zomin , Forish, Chinoz, Quyi Chirchiq, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, Toshloq, Qoʻshtepa tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Toshloq, Furqat tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotda qatnashdi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fuqaro muhofazasi yoʻnalishida oʻquv taktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#Ijod_maktablari
❓IJOD MAKTABLARIGA QAYSI SINFGA NECHA NAFARDAN OʻQUVCHILAR QABUL QILINADI?
➖Umumtaʼlim muassasalarining 6-sinfini tamomlagan oʻquvchilar ijod maktablarining 7-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfga 20 nafardan qabul qilinadi.
➖ Ijod maktablarida o’qish istagida bo’lgan talabgorlar hujjatlarini Respublikamizdagi 9 ta ijod maktabidan o’zi xohlagan (faqat bittasiga) ijod maktabiga topshirishi mumkin.
➖Ijod maktablariga hujjat topshiradigan talabgorning baholariga hech qanday talab qo‘yilmaydi. Misol uchun, fanlar boʻyicha yillik baholari 5 (aʻlo), 4 (yaxshi) yoki 3 (qoniqarli) boʻlgan talabgor ham hujjat topshirishi mumkin.
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024
⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi.
⏺ Ochiq eshiklar kunida:
➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.
📆 26-may
⏰ Soat 09:00 dan 15:00 gacha
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Do’rmon Yo’li ko’chasi, 31-B (Mo’ljal: Akademiklar shaharchasi)
Maʼlumot uchun:
+998 71 207-99-98
Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@tashkentps_event_bot
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Эркин Воҳидов ижодига бағишланган адабий фестиваль қатнашчиларига табриги
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X