#amaliy_mashgʻulot
OʻQUVCHILAR ENERGETIKA SOHASINI AMALIY OʻRGANDI
Agentlik tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.
Xususan, ayni yoʻnalishda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarini energetika sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Unda Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻldi.
Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
❓Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
➖Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi 2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:
✅ Matematika fani o’qituvchisi
✅ Ingliz tili fani o’qituvchisi
✅ Biologiya fani o’qituvchisi
Talablar:
✔️Oliy ma’lumotli;
✔️Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
✔️Til bilish sertifikatiga ega bo’lishi;
✔️O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
✔️Ishga mas’uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.
Imkoniyatlar:
🔴Ahil va professional jamoa;
🔴Doimiy malakaviy o‘sish;
🔴Iqtidorli o‘quvchilar;
🔴Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔴Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
📁Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot
❗️Ma'lumotnomada telefon raqami va til bilish darajasi ko'rsatilgan bo'lishi shart.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
⚡️Xitoy madaniyati kuni oʻtkazildi
Agentlik tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida talabalarni Xitoy madaniyati bilan tanishtirsh va oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida madaniyat kuni oʻtkazildi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Yuy Szyun ishtirok etdi.
Xitoy madaniyati kuni doirasida turli madaniy chiqishlar, milliy san’at asarlari koʻrgazmasi va taqdimotlar namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?
➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
➖ Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.
☎️ Call-markaz: 1206
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda.
🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.
🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin.
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!
Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…
Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.
Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.
Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.
Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival oʻtkazildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar kimyo sohasi olimlari bilan muloqot qildi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Zukkolar” festivali oʻtkazildi.
⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Bir haftada bir kitob" loyihasining navbatdagi bellashuvi tashkil etildi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan “Rally championship” musobaqasi uyushtirildi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademiklari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Sog‘lom turmush tarzi – oilamiz tayanchi” mavzusida sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida aniq fanlar haftaligi oʻtkazildi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari "Samarqandlik Behbudiy" spektakli namoyishida qatnashdi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida fan o‘qituvchilarining 2023-2024-o‘quv yilida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari yuzasidan hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari fanlar, chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Bokuda boʻlib oʻtgan Turkiy integratsiya olimpiadasida gʻolib boʻldi.
⏺Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi AQShning nufuzli universitetiga talabalikka qabul qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
#matbuot_anjumani
#qabul_2024
⚡️AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli bilan bog‘liq jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
❗️Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda hamda hududlardagi barcha Prezident maktablarida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi (call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlar markazi bilan 1206 qisqa raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
#infografika
❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA
➖➖➖
Eslatma, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz
📣 DIQQAT E'LON!
❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!
🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 1-15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.
⏰ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.
🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖ oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖ IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).
✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖ halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
➖ liderlik qobiliyatlari va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.
🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 1-iyun 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
#Xorijiy_hamkorlik
#Касб_ҳунарга_ўқитиш
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va oʻqitishda zamonaviy tendensiyalar” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Savdo sanoat palatasi mutasaddilari va tadbirkorlik subyektlari hamda UNICEF, UNESCO, USAID kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
➖ Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirish, ularni katta hayotga tayyorlashning ahamiyati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalaridagi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat koʻrsatish shoʻba masʼullari, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan maktab direktorlari qatnashdi.
❗️Tadbir doirasida Hilola Umarova o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish yo‘nalishida mehnat qilayotgan tizimdagi bir guruh ustozlar va mutaxassislarni taqdirladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida bu yo‘nalishdagi samarali hamkorlik aloqari olib borilayotgan – Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ “TexVET” loyihasi rahbari Mattias Klingenbergga "Tashakkurnoma" topshirildi.
🏢 Shuningdek, seminar doirasida maktab hududi bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi.
Unda o‘quvchilarni kasb-hunarga hamda o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
#infografika
❗️IJOD MAKTABLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA
➖➖➖
Eslatma, ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
#Vazir_soati
Bitiruv imtihonlarini ochiq va shaffof oʻtkazish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda yoz mavsumida oʻquvchilarni maroqli hordiq chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami hamda “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbirlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
➖ Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
❕ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilda mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 592 ming nafardan ortiq, 11-sinfini 400 ming nafarga yaqin oʻquvchilar bitirayotganligi, ushbu oʻquvchilar ishtirokidagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini tizimli tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1610
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 5-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati va yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilayotgan qabul jarayonlari “Oʻzbekiston” telekanalining “Yangi Oʻzbekiston” dasturida keng yoritildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#OAV_biz_haqimizda
AOKA | Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar
#uzbekiston
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari
⚡️Agentligimiz tizimidagi barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ota-onalar Prezident maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, maktablarimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilindi. O‘quvchilarimizning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar oʻtkazildi.
Prezident maktablarida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlaridan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
🔔 DIQQAT, EʼLON!
❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
➖Prezident maktablariga;
➖Ijod maktablariga;
➖Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli boshlandi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#OAV_biz_haqimizda
UzReport |Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli yuzasidan lavha.
2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
⚡️ HUJJAT TOPSHIRISH JARAYONIDA FOTOSURATNI TOʻGʻRI YUKLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA
Eslatma, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Taqdirlash_marosimi
Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi
✅ Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.
➖ 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.
⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.
Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:
➖ 10 nafar ishtirokchi — oltin medal;
➖ 19 nafar ishtirokchi — kumush medal;
➖ 26 nafar ishtirokchi — bronza medallari bilan taqdirlandi.
❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi.
👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#Qabul_2024
🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI
✅ Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari
⏺Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
▶️ JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba
Poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi qo‘shma o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
#matbuot_anjumani
#qabul_2024
⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!
📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!
📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi.
🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.
❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi.
📆 Sana: 30-may
⌛️ Soat: 15:00
🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
➖ Bugun Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining 2-tur bahslari o‘tkazildi.
👉 Eslatib oʻtamiz: olimpiada sinovlari yozma ish shaklida oʻtkazilmoqda hamda ishtirokchilarga har bir turda 4 tadan masala berilmoqda. Har bir masala 10 ball (jami 80 ball) bilan baholanadi.
⚡️Mazkur xalqaro olimpiada dasturi doirasida oʻquvchilar ishtirokida poytaxtimizdagi turli madaniyat maskanlariga sayohat tadbirlari tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Qabul_2024
#New_Uzbekistan_university
⚡️ IMTIHON SAVOLLARIDAN NAMUNALAR BILAN TANISHING
Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat bosqichining barcha taʼlim yo‘nalishlari uchun matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon olinadi.
Ushbu havola orqali kirib, test savollaridan namunalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://newuu.uz/admission/sample-exam-questions
📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Eslatib o'tamiz, saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
#infografika
❗️ PREZIDENT MAKTABLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA
➖➖➖
Eslatma, Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.