#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | "Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi
#1july #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣📣📣📣📣
🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#OAV_biz_haqimizda
Studiya 24 | Bahodir Jalolov va Oskana Chusovitina sport maktablarining faoliyati
#1july #uzbekiston24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi.
Shuningdek, ushbu maktablar Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI:
🕊 Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊 Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊 Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊 Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊 Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊 Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊 Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊 Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊 Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
Mazkur telegram kanallarida Prezident maktablaridagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni
⚡️KUTIB OLING PIIMANOID!
Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi.
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.
Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.
Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.
PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eʻtirof
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o‘qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni
⚡️BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDA PREZIDENT MAKTABLARI PAVILONI OCHILDI
Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etildi. Bu shaharchaning "Ta’lim" ko’chasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Prezident maktablari” paviloni ochildi.
Mazkur pavilonni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tendensiyalar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan mahalliy va xorijiy yoshlarni tanishtirishdan iborat.
Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida STEAM fanlari ahamiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, oʻgʻil-qizlarni ilmga ragʻbatini oshirishni ham koʻzda tutadi.
Ushbu pavilonda Prezident, ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yaratilgan loyihalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Yoshlar fanlar bo‘yicha test va topshiriqlar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, robototexnika, dasturlash, STEAM Art yoʻnalishlarida mahoratlarini oshirmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bitiruvchilar_qurultoyi
⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI
✅ Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.
📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.
✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#soha_qonunchiligi
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra:
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
2024-yil 1-sentabrga qadar:
har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek:
➖ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
➖har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
📣📣📣📣📣
Matematika bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Ilk bor O’smirlar o’rtasidagi Balkan matematika olimpiadasida (JBMO) ishtirok etish uchun Antalyaga jo’nab ketdi.
😄Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi;
⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi;
⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani 3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi;
⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi;
⚡️Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🔔 Qabul yakunlanishiga ikki kun qoldi
✅ Universitet talabalariga ko'plab grantlar ajratadi va eng asosiysi bitiruvchilar o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishadi.
📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
📌 Eslatib o'tamiz, imtihon 6-iyul kuni yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 26-iyun 23:59 ga qadar davom etadi.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2024 #admission2024
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
Maktablarda fanlarni zamon talabalari asosida o’qitish zarurati
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda.
🔷Matematika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.
🔷Mazkur xalqaro tayyorgarilk, 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.
🔷Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kamerun, Kanada, Kosta-Rika, Estoniya, Gana, Vengriya, Eron, Italiya, Qirg'iziston, Litva, Mavritaniya, Meksika, Moldova, Mongolyia, Pokiston, Peru, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida 65-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
Vazir Hilola Umarova faol va yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.
❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan:
➖ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish;
➖2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar;
➖ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish;
➖inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.
➖ Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣📣📣 XUSHXABAR
Matematika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining barchasi medallarni qo’lga kiritdi!
Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtirok etayotgan Matematika bo’yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o’rtasida o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 🥈1 ta kumush va 🥉5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi.
⚠️Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o’tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o’ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.
Natijalar bilan tanishing:
⚡️Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal
⚡️Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
⚡️ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal
Terma jamoamiz barcha a'zolarining medallarni qo'lga kiritayotgani yaxshi an'anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O'smirlar o'rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo'lga kiritgan edi.
Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz!
Yaxshi niyat qilaylik, IMOda oltin medal nasib qilsin!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari o‘z faoliyatini boshladi
✅Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yo‘nalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
🌐Loyihada oʻzbekistonlik yoshlar qatorida 35 nafar xorijlik talabalar ham ishtirok etishmoqda.
📆 Ilmiy-maktablar 14-iyul kuniga qadar oʻtkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li ushbu mukofot bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eMaktab_onlayn_trenajyor
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi.
O‘tgan yillardagi test savollarga asoslangan mazkur eMaktab onlayn-trenajyori maktab oʻquvchilariga oʻz tayyorgarlik darajasini tekshirish va oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi.
Ya’ni onlayn-trenajyor ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida tushadigan test namunalari koʻrinishida taqdim etilgan. Bu yagona rasmiy onlayn-trenajyor boʻlib, cheklovlarsiz sinov tariqasida kirish testlaridan oʻtish imkonini beradi.
Onlayn-trenajyor test yechish mexanizmini tushunish, kelajakda haqiqiy imtihondan oʻtayotganda vaqtni chamalash, his-hayajonni bosib, oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn-trenajyor oʻzbek, qoraqalpoq hamda rus tillarida taqdim etilgan.
Sinov testdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin.
Batafsil videoqoʻllanmada
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!
Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.
Aziz yoshlar!
Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.
Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#eʻtirof
#bizning_shunday_talabalarimiz_bor
Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Dilmurod Yo‘ldoshevning xalqaro strategiyani ishlab chiqish va bosh qarorgohi O‘zbekistonda bo‘ladigan Xalqaro ekologik yoshlar qo‘mitasini tuzish takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ijod_maktablari
⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 2-bosqich ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
🗣Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge (Dr Hans Kluge) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va "Zamin" fondi o‘rtasida bolalarga, shu jumladan onkologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni reabilitatsiya qilish, O‘zbekistonda palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, shuningdek, atrof-muhit muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun, shu jumladan, xalqaro havo sifati standartlari va ichimlik suvi sifati me’yorlarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.
—
Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева провела встречу с директором Европейского регионального бюро ВОЗ Хансом Клюге (Dr Hans Kluge).
На встрече были обсуждены вопросы совместного взаимодействия Всемирной организации здравоохранения и Фонда Zamin в области улучшения оказания медицинских услуг детям, в частности с онкологическими заболеваниями, их реабилитация, развитие паллиативной помощи в Узбекистане.
Отдельное внимание было уделено содействию в привлечении международных экспертов для развития и совершенствования охраны окружающей среды, в том числе при разработке международных стандартов качества воздуха и нормативам качества питьевой воды.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul yuzasidan
#uzbekiston24
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev bilan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbatni tomosha qilib o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
#Kasbiy_rivojlanish
#Koreya
⏺Ayni damda Agentlik tizimidagi maktablarning 28 nafar oʻqituvchilari Koreya Respublikasining Chungcheongnam provinsiyasi Cheonan shahrida amaliyot o‘tashmoqda.
📝 Trening davomida oʻqituvchilar uchun taʼlimning zamonaviy metodikalari, taʼlim jarayonida IT texnologiyalarini qoʻllash singari mavzularda maʼlumot berilmoqda va tajriba almashinmoqda.
✅ Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kurslari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.
Mazkur loyiha doirasida joriy yilda 120 nafar fransuz tili ustozlari Fransiyaga stajirovkaga yuborilmoqda.
➖ Bugun ushbu loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
❕Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va yurtimizda ustozlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mazkur loyihaning ahamiyati haqida so’z yuritdi.
Shundan so’ng Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez so’zga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to’xtaldi.
Tadbirda, shuningdek loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ustozlar ham o’z fikr-mulohazalari bilan bo’lishishdi.
✔️ Ma’lumot o’rnida: ertaga, 23-iyun kuni bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaga jo’nab ketishadi.
7-iyul kuni ikkinchi guruh o’qituvchilar stajirovkaga yuboriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun
✅ IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI
➖Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.
➖Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test
❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.
📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#statistika
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.
📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal