#hududlardan_xabarlar
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida yangi qabul qilingan 5-sinf oʻquvchilari uchun "Keling tanishamiz" trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
⏺Xiva, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Yangiyer, Jizzax shahar, Sergeli, Shayxontohur, Jarqoʻrgʻon, Nukus, Qoʻngʻirot, Qarshi, Zomin, Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida fan, sport, ijodiy to‘garaklar va klublar yarmarkasi tashkil etildi.
⏺Nurafshon, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Qarshi, Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida sport musobaqalari o‘tkazildi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida ekohashar tashkil etildi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida “EFI-2024” xalqaro olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari kutib olindi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat qildi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Yangiyer shahar, Qarshi, Sergeli, Oʻrta Chirchiq, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Ogahiy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarida texnika xavfsizligi, yoʻl harakati qoidalari mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi.
⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Rohila Roʻzimannopovaning ijodiy ishlari "Kelajak qanoti" xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida faxrli birinchi oʻringa munosib koʻrildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Toshkent farmatsevtika texnika universiteti bilan yaqindan tanishdi.
⏺Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining pedagog xodimlari ishtirokida hududdagi taʻlim maskanlari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
⏺Qorako‘l va Xo‘jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Qoʻshrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabiga direktor tayinlandi.
⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Saidmuhammad Yoʻldoshev sportning suv polosi turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogida faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova KOICA tashkiloti prezidenti Chang Von Sam bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuv Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Chang Von Sam boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirildi.
Ma'lumot uchun: delegatsiya tashrifidan maqsad — Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekistonga Davlat tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlar doirasidagi loyihalarni jadallashtirishdan iborat.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result
⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi
🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Yusufboy Yusupov 1550 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IOI_2024
⚡️36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.
Eslatib oʻtamiz, Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli oʻrinni egalladi.
Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/
➖➖➖
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonidan suratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika va sport gimnastikasi yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.
Birinchi bosqichda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 399 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport mahorati maktablariga qabul
#26aug #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ERTAGA, 27-AVGUST KUNI BOSHLANADI.
🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:
📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
👋😊 Xayrli tong!
🏁 Yosh eko-chempionlar hamjamiyati uchun ta‘lim oromgohi yakunlandi. Trening natijasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan ishtirokchilar tengdoshlarining iqlim o‘zgarishi va mas’uliyatli barqaror harakatlar haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, kirib kelayotgan o‘quv yili davomida o‘z jamoalarida eko-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha rejalari va taktikalarini ishlab chiqdilar.
🤞 Ularga omad tilaymiz va muvaffaqiyatlarini kuzatib boramiz!
🤝 Va eng muhimi: har bir hududda ularning tashabbuslariga qo‘shiling!
🌳 Birgalikda o‘lkamizni toza va yashil qilamiz!
~~~
👋😊 Доброго утра!
🏁 Завершился образовательный лагерь для сообщества Молодых эко-чемпионов. В результате тренинга, участники из всех регионов Узбекистана разработали планы действий и тактику, как они будут повышать информированность своих сверстников об изменении климата и ответственном устойчивой поведении, а также организовывать экомероприятия в своих сообществах в течении наступающего учебного года.
🤞 Пожелаем им удачи и будем следить за их успехами!
🤝 И главное: присоединяйтесь к их инициативам в каждом регионе!
🌳 Вместе мы сделаем наш край чистым и зелёным!
🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
❗️Mazkur sport maktablariga uzoq hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar 26-avgust sanasidan quyidagi manzillardagi yotoqxonalarga joylashishlari mumkin:
✅ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:
📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasi. (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).
✅ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:
📍Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy 4-tor ko'chasi, 38-uy)
‼️Diqqat! Sport maktablariga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi!
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#umumxalq_xayriya_hashari
“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi
Universitetda birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun har yili an’anaviy tarzda Tanishtiruv haftaligi oʻtkazilib, talabalarni universitet hayoti va ta’lim jarayonlariga moslashtirish maqsad qilingan.
Tanishtiruv haftaligining oxirgi kunida “Talabalik muborak” deb nomlangan tadbir tashkil etilib, unda oʻtgan o‘quv yili davomida koʻplab yutuqlarga erishgan faol talabalar turli nominatsiyalarida taqdirlandi.
Shuningdek, Talabalar kengashi prezidenti inauguratsiyasi va hafta davomida tashkil etilgan turli intellektual oʻyinlar va sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan 1-bosqich talabalari ham taqdirlandi.
Yangi oʻquv yili davomida talabalarimizning oʻqishlariga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.
Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.
Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:
1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,
2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,
3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.
Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.
Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
#diqqat_eʼlon
🔔PEDAGOG OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi boʻsh ish (vakant) oʻrinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.
📝Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari oʻtkaziladigan binolarida boʻlib oʻtdi.
🟢Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan hamda tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga!
📍Tanlovning 3-bosqichi joriy yilning 23-24 avgust kunlari hududlardagi PREZIDENT MAKTABLARIDA suhbat boʻlib oʻtadi:
🪪 Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishini eslatib oʻtamiz.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
#Xalqaro_hamkorlik
Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash markazining tamal toshi qo‘yildi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.
📍 Bugun ushbu loyihaga vazir Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan tamal toshi qo‘yildi.
Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 500 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, yiliga 4000 nafar pedagog malakasini oshirishga mo‘ljallangan markaz faoliyat boshlaydi.
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz
🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.
📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.
✅ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.
❗️ESLAB QOLING!
✅Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
#sport_maktablari
#Osiyo_chempionati
⚡️Abu-Dabi shahrida (BAA) sportning boks turi boʻyicha oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati sovrindorlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi boks maktabi mas'ullari ishtirok etib, sovrindorlarni samimiy qutladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur xalqaro sport musobaqasida boks maktabining 8-sinf o‘quvchi-sportchilari Asilbek Roʻzimboyev 33 kg vaznda kumush medal va Javlonbek Muhammadisoqov 40 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Yangi ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi
#9sep #uzbekiston24
📍Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlaridan suratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🏕💻Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohining 1-kunidan video lavha.
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi
Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.
Ayni vaqtda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
#Vazir_soati
Yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish hamda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, masʼul xodimlar hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Dastavval, vazir Prezidentimiz tomonidan eʼtirof etilib, Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarni ushbu yutuq bilan muborakbod etdi.
#imtihon_2024
#Bahodir_Jalolov_boks_maktabi
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ERTAGA, 27-AVGUST KUNI BOSHLANADI.
🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:
📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
#yangi_oʻquv_yili
#maktablarimiz_haqida
🤩Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari 2024-2025 oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.
📍Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#umumxalq_xayriya_hashari
✅ Yurtimizda milliy bayramlar, muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.
Milliy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan bu an’ana xalqimiz orasida mehr-oqibat, muruvvat, do‘st-birodarlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Xorijiy_tillar
#Fotoreportaj
✅ Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
MAXSUS REPORTAJ | YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika oʻquv-treningi oʻtkazildi
#23aug #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.
Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal