Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
#hududiy_bosqich
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
#hududiy_bosqich
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
⌛️Turnir 30 ta savoldan iborat boʻlgan uch bosqichda oʻtkaziladi.
📍Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv
🤩 Agentlik tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga koʻkrak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Maʼlumot uchun, mazkur maktab-internatida hozirgi kunda 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli oʻqituvchi tomonidan bilim berib kelinmoqda.
Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega oʻqituvchilar 28 nafarni tashkil etadi. Maktab-internatida 120 oʻringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda oshxona mavjud.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
⏺Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti oʻtkazildi.
⏺Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.
⏺Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar taqdirlandi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb belgilandi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi “Mushoira” tanlovida gʻolib boʻldi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Koreya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi oʻtkazildi.
⏺Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi.
⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazildi.
⏺Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangi davr| Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi
#16sep #yoshlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result
⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohruhmirzo Xudoyqulov 1540 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari
✔️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida tashkil etilgan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.
📍 Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi, Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina, gimnastika maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.
#sport_maktablari
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.
✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi.
Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.
Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_seminar
#Soʻx_tumani
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi So'x tumanidagi 3-IDUMda ta'lim jarayonlarini yangicha baholash tizimi bo'yicha o'quv-seminari o'tkazdi.
O'quv-seminari ishtirokchilariga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish, elektron jurnal yuritish, o'quvchilarni baholash va ular bilan ishlashdagi tajribalarini ustoz va soha mutaxassislariga o'rtoqlashdilar.
Shuningdek, kelgusi ta'lim jarayonlarida o'quvchilarni to'garak jarayonlariga jalb qilish, kasb-hunarga o'rgatish, zamonaviy kasblar xususan, kompyuter savodxonligi hamda xorijiy tillar bilimdoni qilib tarbiyalash borasida taklif va mulohazalar tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi o'quv-seminarlar yil davomida tashkillanishi rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏕📹Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi.
#UzEdu #IMA #IHMA #ZaminFoundation #OliyMajlis #RaqamliAvlod
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#hududlardan_xabarlar
⏺Qarshi, Nurafshon shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, muzeylarga sayohat qildi.
⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida toʻgaraklar taqdimoti oʻtkazildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bilan hamkorlikda "Diqqat piyoda!" nomli profilaktik tadbir tashkil etildi.
⏺Xiva, Jizzax, Termiz shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilarni maktab hayotiga moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida psixologik treninglar o‘tkazildi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Boʻstonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro IELTS sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda chavandozlik boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.
⏺Toshkent, Navoiy shahridagi Prezident maktablari, Halima Xudoyberdiyeva, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro SAT sertifikatiga ega boʻldi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov ijodi bilimdoni” mavzusida olimpiada oʻtkazildi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida “Ajiniyoz asarlari bilimdoni” mavzusida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasi oʻtkazimoqda.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “She’ryurak” adabiy tanlovi uchun videokasting eʼlon qilindi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan oʻquvchilar "Ilm sari ilk qadam" loyihasiga jalb etildi.
⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Orifjon Siddiqjonov sportning muay - tay turi boʻyicha oʻtkazilgan Toshkent shahar chempionatida gʻolib boʻldi.
⏺Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida muloqot tashkil etildi.
⏺Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf oʻquvchilari uchun kasbiy sayohat uyushtirildi.
⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube⏺
#new_Uzbekistan_university
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 1 105 nafar boʻlib, shundan 233 nafarini qizlar tashkil etadi.
276 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 198 nafar talabaning 107 nafari qizlardan iborat.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xon_atlas_festivali
🤩Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida “Xon atlas” festivali doirasida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar davom etmoqda.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarimiz milliy matolarimiz, liboslarimiz kabi xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlgan madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaymoqda.
“Xon atlas” festivali doirasida yoshlarimizning kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlarini oshirishga alohida eʼtibor berimoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result
⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi
🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aydos Kitaybekov 1550 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
So‘ng yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan maktab o‘qituvchilari va direktorlari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar, taklif va tashabbuslarini aytdilar.
Yurtimiz maktab ta’limi tizimida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, o‘qituvchilik kasbi nufuzi va maqomini yanada yuksaltirish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.
Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
“Yana bir bor takrorlayman: najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Hammamiz ko‘rib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday og‘ir va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.
Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz shart.
Bu yo‘lda men birinchi navbatda sizlarga ishonaman, sizlarning katta bilim va tajribangiz, pedagogik mahoratingizga, noyob insoniy fazilatlaringizga tayanaman”,
#OAV_biz_haqimizda
O‘zbekiston 24 | Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar ChQBT fani o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy yig‘inda qatnashdi
#uzbekistan24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangi Oʻzbekiston | Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar
#uzbekiston
Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi mazkur maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu yil Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov bilan "Matonat maktabi" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov, faxriy ustoz va oʻquvchilar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Vatanga muhabbat, sadoqat mavzulari haqida soʻz bordi. Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish afzalliklari ta’kidlandi.
Maʼlumot uchun, Yorqinbek Odilov XVII Yozgi Paralimpiyaning nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-orinni qoʻlga kiritgan!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#uch_avlod_uchrashuvi
🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligi xodimlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#harbiy_vatanparvarlik
#Prezident_maktabi
🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.
Tadbir doirasida Prezident maktabi oʻquvchilari Namangan garnizonidagi harbiy qismda kutib olindi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oʻquvchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Qurol-aslahalar va vositalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Shundan soʻng, oʻquvchilar “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida boʻldi. Bu yerda yoshlar amaliy mashgʻulotlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Bahodir Jalolov nomidagi boks hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktablarida yangi oʻquv yili boshlandi
#16sep #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
🤩 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING NUKUS FILIALI FAOLIYAT BOSHLADI
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Kojabayeva, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼul xodimlari, shoir-yozuvchilar, faxriy ustozlar, oʻquvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.
Nukus shahrida barpo etilgan mazkur ixtisoslashtirilgan maktab-internati 504 oʻringa moʻljallangan.
Unda 58 ta oʻquv xonasi, 6 ta kompyuter xonasi, 6 ta laboratoriya va 7 ta xorijiy til xonasi, 250 oʻrinli faollar zali, sport zal, kutubxona, 222 oʻrinli yotoqxona va 250 oʻrinli oshxona mavjud.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Oʻzbekiston | Ayol borki...
#Oʻzbekiston_telekanali
Mazkur koʻrsatuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining direktori Sevara Shokirova mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar ahamiyati, oʻgʻil-qizlarni zamonaviy fanlarga oʻqitishda yangicha yondashuvlar, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish kabi masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashgan.
#new_Uzbekistan_university
⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari tashkil etildi
✅ Tayanch doktorantura ixtisosliklari:
🔹01.01.06 - Algebra;
🔹01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi;
🔹01.04.02 - Nazariy fizika;
🔹01.04.08 - Atom yadrosi va elementar zаrrасhаlаr fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika;
🔹05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv vа ахbоrоtni qayta ishlash;
🔹05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dаsturlar majmui;
🔹05.02.02 - Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari,
🔹05.05.06 - Qayta tiklanadigan еnеrgiуа turlаri аsоsidаgi energiya qurilmalari;
🔹08.00.13 - Menejment.
✔️ Doktorantura ixtisosliklari:
🔸01.01.06 - Algebra;
🔸08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti.
📆Hujjatlar yagona elektron tizim orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi: daraja.ilmiy.uz
📺Ariza topshirish boʻyicha video yoʻriqnoma
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi inklyuziv ijodiy studiyalarga beshinchi qabul o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarning iltimosiga ko‘ra, ular ijodkorlik va o‘zini ifoda etishga ko‘proq vaqt ajrata olishlari uchun o‘qish muddati bir akademik yiligacha uzaytirildi. Qabul an’anaviy ravishda media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 22-sentyabrgacha mana bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisi bo‘lishlari mumkin.
—
В рамках проекта Zamin Creative проводится пятый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. По просьбам ребят длительность обучения увеличится до одного академического года, чтобы участники проекта могли больше времени посвящать творчеству и самовыражению. Набор традиционно будет проведён по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.
Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 14 до 18 лет, зарегистрировавшись до 22 сентября здесь.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#qabul_2024
#sport_maktablari
🥊SPORT MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI
📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar shu yilning 12-, 13-, 14-sentabr kunlari quyidagi havola orqali ariza bilan Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
⚪️ HAVOLA
🗺 Maʼlumot oʻrnida, ariza topshirgan talabgorlar uchun apellatsiya jarayonlari joriy yilning 17-26-sentabr kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari_2024
#sport_maktablari
🔔IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
📶 IMTIHON NATIJALARINI quyidagi havolalar orqali koʻrish mumkin:
✅ https://portal.piima.uz/page/sport-maktablari-imtihon-natijalari
✅ https://mandat.piima.uz
➖➖➖
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Bugun juda muhim, oʻziga xos tarixiy marosimda ishtirok etdik. Toshkent shahrida ochilishi rejalishtirilgan Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun tamal toshi qoʻydik. Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Janubiy Koreyaning Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi ushbu yirik loyihani ikki davlat doʻstligining yuksak namunasi deyish mumkin.
Loyihada katta natijalar kutilmoqda. Jumladan, erta yoshda taʼlim olish imkoniyatlarini yaxshilash, shaxsga-yoʻnaltirilgan yondashuv dasturlari boʻyicha tayyorlangan pedagoglar sonini koʻpaytirish, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish kabi koʻrsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.
Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari boʻlgan mazkur loyiha 500 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, yiliga 4000 pedagogning malakasini oshirishga xizmat qiladigan markazni oʻz ichiga oladi. Natijada 66 ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Oʻylaymanki, bugun tamal toshi qoʻyilgan ushbu loyiha keyingi tashabbuslar uchun namuna va butun tizimimiz uchun manfaatli boʻladi. Koreyalik hamkorlarimizning bu boradagi boy tajribalarini oʻrganishga doimo tayyormiz🇺🇿🤝🇰🇷
@hilola_umarova