piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#uch_avlod_uchrashuvi

🤩 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.


Farmon ijrosi doirasida Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1779

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

➖ iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

➖ xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

➖ olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

➖ Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

➖ asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

➖ terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

➖ asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

➖ xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

➖millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
➖ matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
➖ kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
➖ fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
➖ biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – xalqning, millatning noyob boyligi, ularning mashaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #taʻlim #oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

So‘ng yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan maktab o‘qituvchilari va direktorlari o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar, taklif va tashabbuslarini aytdilar.

Yurtimiz maktab ta’limi tizimida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, o‘qituvchilik kasbi nufuzi va maqomini yanada yuksaltirish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

“Yana bir bor takrorlayman: najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Hammamiz ko‘rib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday og‘ir va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.

Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz shart.

Bu yo‘lda men birinchi navbatda sizlarga ishonaman, sizlarning katta bilim va tajribangiz, pedagogik mahoratingizga, noyob insoniy fazilatlaringizga tayanaman”,

- dedi Prezident so‘zining yakunida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

O‘zbekiston 24 | Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar ChQBT fani o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy yig‘inda qatnashdi
#uzbekistan24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangi Oʻzbekiston
| Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar
#uzbekiston

Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi mazkur maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida shu yil Parijda boʻlib oʻtgan XVII Yozgi Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi, "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi Yorqinbek Odilov bilan "Matonat maktabi" shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov, faxriy ustoz va oʻquvchilar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Vatanga muhabbat, sadoqat mavzulari haqida soʻz bordi. Bilim olish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish afzalliklari ta’kidlandi.

Maʼlumot uchun, Yorqinbek Odilov XVII Yozgi Paralimpiyaning nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-orinni qoʻlga kiritgan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#uch_avlod_uchrashuvi

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mudofaa vazirligi xodimlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#harbiy_vatanparvarlik
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

Tadbir doirasida Prezident maktabi oʻquvchilari Namangan garnizonidagi harbiy qismda kutib olindi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oʻquvchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Qurol-aslahalar va vositalar koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar “Gʻurumsaroy” dala oʻquv maydonida boʻldi. Bu yerda yoshlar amaliy mashgʻulotlarda toblanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

👋😊 Nukus, salom!

📱 "Yosh eko-chempionlar" ko‘ngillilik dasturida qatnashayotgan yoshlaringiz birinchi katta tadbirni o‘tkazishdi! Qoyil!

🤔 Ekologiyaga qiziquvchi, ishtiyoqli yoshlarni to‘pladilar, "aqliy hujum" o‘tkazdilar, birgalikda o‘z jamoalaridagi asosiy ekologik muammolarni aniqladilar, foydali barqaror ekologik layfxaklar haqida bilib oldilar. Ishtirokchilar ko‘chat uchun qog‘ozdan urug‘ sharlari, qayta ishlangan qog‘ozdan buyumlar yasashni, chiqindilarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgandilar.

🤝 Aziz yoshlar, biz siz bilan birgamiz!
~~~
👋😊 Нукус, привет!

📱 Ваши ребята участвующие в волонтерской программе «Молодые эко-чемпионы» провели первое большое мероприятие! Красавцы!

🤔 Собрали заинтересованных, увлечённых экологией ребят, провели мозговой штурм, выявили с ребятами основные экологические проблемы в своих сообществах, узнали массу полезных устойчивых экологических лайфхаков. Участники научились делать рассадные бумажные семенные бомбы, поделки из переработанной бумаги, научились правильно утилизировать мусор.

🤝 Ребята, мы с вами!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi, murabbiylar, taʼlim sohasi vakillari bilan uchrashuvda oʻz hisobidan maktab qurayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirib, ular uchun bir qancha imtiyozlar berilishini maʼlum qildilar. Unga koʻra, endilikda tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, bunga xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Bugun yana bir taʼlimga befarq boʻlmagan tadbirkorimiz haqida ma'lum qilmoqchiman. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshidbek Pardayev oʻzi oʻqigan maktabni begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berdi.

Videoda koʻrishingiz mumkinki, 48-sonli 630 oʻringa ega ushbu maktab binosi juda zamonaviy qilib qurilgan. 32,5 mlrd mablagʻ sarflangan maktabda shinam sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan.

Jamshidbek Pardayev kabi tadbirkorlarimiz koʻpaysin.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.

Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridan videolavha.

#Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

⌛️Turnir 30 ta savoldan iborat boʻlgan uch bosqichda oʻtkaziladi.

📍Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktab
#uchrashuv

🤩 Agentlik tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga koʻkrak nishonlari hamda guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Maʼlumot uchun, mazkur maktab-internatida hozirgi kunda 310 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ularga 40 nafar oliy ma’lumotli oʻqituvchi tomonidan bilim berib kelinmoqda.

Chet tili va boshqa fanlardan sertifikatga ega oʻqituvchilar 28 nafarni tashkil etadi. Maktab-internatida 120 oʻringa mo‘ljallangan “O‘quvchilar turar joyi” hamda oshxona mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar

Buxoro, Nurafshon shahridagi Prezident maktablarida 16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni doirasida maʼnaviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi Chavandozlar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida adabiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida mashgʻulotlarda yaratilgan oʻyin va dasturlar taqdimoti
oʻtkazildi.

Andijon, Toshkent, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Jizzax, Navoiy, Xiva sharidagi Prezident maktablarida sport musobaqalari tashkil etildi.

Toshkent, Nukus, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida olimpiada va tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar
taqdirlandi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot–kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida haftaning har shanbasi "sport kuni" deb
belgilandi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Oratory club" loyihasi
yoʻlga qoʻyildi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi  “Mushoira” tanlovida
gʻolib boʻldi.

⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Koreya ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jamoada ahillikni oshirish” mavzusida psixologik trening
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Shayxontohur, Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ilm-fan namoyandalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan maktab olimpiadasi
oʻtkazildi.

Olmazor, Peshku, Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari hududlardagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat qildi.

⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻqituvchilari ishtirokida hududdagi umumta’lim maktablari uchun yangi baholash tizimi boʻyicha seminar-treninglar
oʻtkazildi.

⏺Janubiy Koreyaning "Robotics Ware" jamoasi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangi davr| Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi

#16sep #yoshlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result

⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohruhmirzo Xudoyqulov 1540 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel