⚡️ NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORI BILAN UCHRASHUV
O‘zbekistonga ilk marotaba kelgan fransiyalik olim, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan Jan Tirol Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.
Maktab haqida ijobiy taassurotlar olgan Jan Tirol bu yerdagi o‘quvchilarning shijoati va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi uni hayratga solgani haqida ta’kidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#raqamlashtirish
Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.
Natijada:
oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;
Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;
har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;
Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.
@hilola_umarova
#xalqaro_hamkorlik
#CIS
⚡️ XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM
🤩 Agentligimiz tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.
Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari
#xalqaro_turnir
🥊Oqsoy shahrida (Qozog‘iston) sportning boks turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Dostiq-Drujba” kubogi XXVI an’anaviy xalqaro turnirida boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi ishtirok etishdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro turnirda Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari O‘smanov Abbos 46 kg vaznda, Fozilov Fayoziddin 63 kg vaznda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqaning 46 kg vazn toifasi g‘olibi O‘smanov Abbos musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi 1-tur natijalari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol kutib olindi
✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 14-16-oktabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo universitetlari forumi tashkil etilmoqda.
➖ Ayni vaqtda Forumning asosiy ishtirokchilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol Oʻzbekistonga yetib keldi. U Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
👉 Maʼlumot uchun: Jan Tirol Forum doirasida Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari uchun hamda ochiq muloqot tarzida maʼruza qilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Studiya 24 tok shou | Yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan oʻqituvchilar - millatning boyligi
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ахborot 24 | Akademik bilan uchrashuv
#12oct #uzbekiston24
🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Matematika Instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Ayupov hamda yosh professor Abror Xudoyberdiyev bilan mahorat darslari tashkil qilindi.
Ma’lumot uchun, akademik Sh.Ayupov “Shuhrat“ medali hamda "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Fan va texnika sohasidagi 1-darajali Davlat mukofoti sohibi, Oʻzbekiston Qahramoni, ilm-fan uchun juda katta hissa qo‘shgan matematik olimdir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHIGA START BERILDI.
Quyidagi telegram guruh orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉 @IJSO2024saralash
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
#OAV_biz_haqimizda
ANDIJON AXBOROTI | VATANPARVARLIK TADBIRI
#AndijonMTRK
📍 Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr
📣📣📣📣📣
⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI
🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
✅Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
➖Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
➖Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
➖Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.
❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.
#xalqaro_hamkorlik
#CIS
⚡️ XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM
🤩 Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
Shu kunlarda CIS vakillari mazkur taʼlim muassasamizda bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan teng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yangi_baholash_tizimi
⚡️MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGICHA BAHOLASH TIZIMI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimdagi maktablarga yangi baholash boʻyicha biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining rahbarlari va masʼul ustozlari uchun "Mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
📍Hududlarda boʻlib oʻtayotgan seminar-trening jarayonlaridan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr
📣📣📣📣📣
⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI
🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
✅Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
➖Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
➖Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
➖Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.
❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.
#Prezident_maktablari
#AQSH
#Fulbright
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Muborak Hazratqulova AQShda amaliyot oʻtamoqda.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qilgan edi.
Muborak Hazratqulova ham ushbu dasturda ishtirok etib, ayni vaqtda AQSHning Kolorado shtatida Shimoliy Kolorado Universitetida malaka oshirish kursida qatnashmoqda va Amerika maktablarida tajriba almashmoqda.
Mazkur dastur doirasida oʻzbek madaniyati va anʼanalari amerikalik maktab oʻquvchilariga tanishtirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatan_tayanchi
📍Termiz shahridagi "Vatanparvar” xiyobonida Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.
✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🤩 Agentlikning Surxondaryo viloyatida joylashgan 18 ta: Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 360 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolariga koʼkrak nishoni topshirildi
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan lavhalar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Luciano Rezzolla tomonidan ochiq ma’ruza oʻtkazildi
🌐 Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida mashhur ilm-fan vakillari tomonidan ma’ruzalar boshlandi.
✅ Bugun “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan mashhur olim Luciana Rezzolla bilan Samarqand davlat universiteti hamkorligida ochiq ma’ruza tashkil etildi.
🌌 Ma’ruza yoshlar uchun eng qiziq mavzulardan hisoblangan Qora tuynuklar haqida oʻtkazildi. Unda olim “Interstaller” filmida ilgari surilgan ilmiy faraz, ya’ni qora tuynuklarda oʻtgan 1,5 sekund yerdagi bir kunga teng ekanligining haqiqatga yaqinligini tushuntirib berdi.
📚 Tadbir akademik Bobomurot Ahmedov tomonidan ochib berilib, unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ochiqmaruza #LucianoRezzolla #astrofizika
⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
ANDIJON AXBOROTI | VATANPARVARLIK TADBIRI
#AndijonMTRK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatan_tayanchi
📍Samarqand shahridagi "Bulvar" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.
✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🤩 Agentlikning Samarqand viloyatida joylashgan 19 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 380 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon
⚡️"QO‘MONDON VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
🤩 Agentlik tizimidagi O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.
General-mayor O.Saidov maktabning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik otryadi aʼzolariga harakatning ko‘krak nishoni va guvohnomalarini topshirdi.
Uchrashuvda mehmonlarga maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy dastur havola etildi. Harbiy qurollar ko‘rgazmasi, harbiy orkestr va askarlarning jangovar chiqishlari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
British Council'ning ingliz tili dasturlarini yaratish boʻyicha direktori Michael Connolly Oʻzbekistonga kelmoqda
Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti tomonidan British Council'ning ingliz tili darsliklarini yaratish boʻyicha direktori Michael Connollyning maʼruzasi tashkil etiladi.
Michael Connolly 50 dan ortiq davlat bilan yoshlarning ingliz tilini tez va mukammal oʻrgatish va ularning bilimini baholash boʻyicha hamkorlik qiladi. Bundan tashqari uning jamoasi tomonidan oʻqituvchilar malakasini oshirishga doir turli loyihalar ham yoʻlga qoʻyilgan.
Maʼruza Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 15-oktabr, soat 14:30 da "Ingliz tilini o'qitishning taʻlim sohasida tutgan oʻrni va istiqbollari" mavzusida oʻtkaziladi.
📝 Roʻyxatdan oʻtish
📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatan_tayanchi
📍Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.
✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan 15 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti Oʻzbekistonga kelmoqda
Dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Erik Grimsonning uzoq yillik faoliyati davomida Massachusetts texnologiya instituti oʻqitish sifati va dunyodagi nufuzi jihatdan yetakchi oʻrinlarni egalladi.
Muloqotda yurtimizning barcha ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.
📝 Roʻyxatdan oʻtish
🗓 Tadbir vaqti: 15-oktabr, 15:00
📍 Manzil: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (Movarounnahr koʻchasi 1-uy)
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vatan_tayanchi
📍Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.
✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🤩 Agentlikning Namangan viloyatida joylashgan 15 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.
Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.
Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.
Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.
Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.
Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.
Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.
Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.
@hilola_umarova
#Vatan_tayanchi
📍Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” xotira maydonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.
✅Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🤩 Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan 16 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 320 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube