🚀✨ "Raqamli Avlod IT Haftaligi" 2024!
🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!
👨💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 19-noyabrda boshlanadi, final esa 23-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi.
🤖 Robototexnika musobaqasi - 23-24 - noyabr kunlari sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, robo sumo, robo poyga va foydali ixtirolar bo'yicha Respublika musobaqalari kutmoqda.
🔵 Microsoft Community Conf 2024 Uzbekistan – 30-noyabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo'lishingiz kafolatlanadi! Tadbir Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tadi.
📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!
Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz.
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
AKADEMIK BILAN DAVRA SUHBATI
Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida OʻzFA akademigi Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Muloqot davomida X.Ibraimov jadid bobolarimizning ibratli hayoti, ularning ta’lim-tarbiya va ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg‘otdi.
Ma’lumot oʻrnida, X.Ibraimov pedagogika yoʻnalishida 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Akademik uzoq yillar davomida oliy ta’lim sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#jadidlar_izidan
🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Farg’ona viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jarayon
#Robo_Coding
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Robo-Coding" olimpiadasining maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
Maktab bosqichi:
➖Lego toʻplamlari asosida chiziq boʻylab harakatlanuvchi robotni loyihalash va sinash musobaqasi;
➖Planer (Gider) uchirish musobaqasi;
➖Dasturlash topshiriqlarini oʻz ichiga olgan.
Maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan o‘quvchilar (har bir yosh kategoriyasidan 1 jamoa) Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.
🗺Jarayonlardan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston
🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI
Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.
Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#ijod_maktablari
🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING
Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.
Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.
Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer bilan uchrashdi.
“Mahoratli o’qituvchi — millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” konferensiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo’nalishlari va rejalar muhokama qilindi.
➖ Uchrashuv avvalida vazir Hilola Umarova O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, buning natijasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining bilim olish ko‘rsatkichi va natijalari yildan-yilga ortib borayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.
"Barchamizga ma’lumki, kelgusi yil PISA 2025 sinovlari bo‘lib o‘tadi va unda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ham munosib ishtirok etishi kutilmoqda. Va o‘ylaymanki, yurtingizda bugungi kunda olib borilayotgan keng miqyosdagi ta’lim islohotlari ushbu jarayonlarda ham o‘z samarasini beradi.
Shuningdek, 2025-yilda TALIS 2024 tadqiqot natijalari e’lon qilinadi. Maktablardagi ta’lim olish sifati va natijalarini o‘zida ifoda etadigan ushbu tahlillarda o‘zbek yoshlarining o‘rni va bilim darajasi munosib baholanishiga ishonaman", — dedi.
#ishchi_guruh
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.
Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.
Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan viloyati Direktorlar kengashi hamkorligida "Zamonaviy maktablar boshqaruvi: Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar misolida" mavzusida Chortoq tumanidagi umumta'lim maktablari direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Trening Prezident maktabining mahalliy va xorijiy o‘qituvchilari hamda Kengash aʼzolari tomonidan olib borildi.
Mazkur tadbir yuqori sifatli taʼlimga erishish, ta’lim va tarbiya uygʻunligini kuchaytirish, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi
✅ Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.
📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Asl qahramonlar kim?
Bugun yuzdan ortiq taqdirlanayotgan yoshlar hamda oʻqituvchilar nigohida xursandchilik, hayajon va gʻururni his qildik. Men esa oʻsha daqiqalarda ota-onalarga yuzlanib, ularning har biriga qayta-qayta rahmat aytgim keldi. Chunki ota-onaning ishonchi va koʻmagisiz oʻquvchi va oʻqituvchilarning mehnati yuzaga chiqmasdi.
Qadrli ota-onalar, farzandingizga bergan e'tiboringiz uchun men ham sizlardan minnatdorman.
Bugungi medallarning hammasi SIZNIKI!
@hilola_umarova
Daler Rahimov
Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.
56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qilgan kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.
Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.
Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.
Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.
@hilola_umarova
Gʻoliblarning ustozlari ham gʻolib: 11 million soʻmdan 18 million so‘mga qadar
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi 346-son Qaroriga koʻra:
xalqaro (astronomiya, geografiya, iqtisod va xorijiy tillar) olimpiadalarning:
➖oltin medal sohiblariga — 56,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
➖kumush medal sohiblariga — 37,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
➖bronza medal sohiblariga — 18,75 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm.
mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning:
➖oltin medal sohiblariga — 4,5 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 18,75 mln. soʻm;
➖kumush medal sohiblariga — 3,0 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 13,125 mln. soʻm;
➖bronza medal sohiblariga — 2,25 mln. soʻm hamda ularning oʻqituvchilariga — 11,25 mln. soʻm beriladi.
👉 Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy taʼlim muassasalariga kirishda oʻz fanidan maksimal ballga ega boʻladi.
Bundan tashqari, oʻquvchini olimpiadalarga tayyorlagan oʻqituvchining malaka toifasi bir pogʻona koʻtariladi, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
#8nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal
🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:
➖ Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);
➖ Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);
➖ Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;
➖ Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;
➖ Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);
➖ Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);
➖ Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;
➖ Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;
➖ Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📍 Toshkent: Vazir va ta'lim sohasi vakillari uchrashuvi bo’lib o’tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahar maktab direktorlari, poytaxtdagi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarlari hamda masʼul xodimlari bilan uchrashdi.
Qizgʻin jonli muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, jumladan mamlakatimizning qator maktablarida keng joriy etilayotgan yangi baholash tizimi, uni amaliyotga kiritishda yuzaga kelayotgan masalalar atroflicha muhokama etildi.
Vazir maktab direktorlarining tizimga oid savollariga batafsil javob berar ekan, taʼlim sifatini va oʻquvchilar bilim darajasini oshirish yo’lida olib borilayotgan ishlar haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
NOCHIZIQLI FIZIKA BOʻYICHA JAHON ILMIY MAKTABI ASOSCHISIDAN MAHORAT DARSI
Agentlik tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi Fathulla Abdullayev ishtirokida "Soliton va uning ahamiyati" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Muloqotda fizik olim ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar bilan tanishtirib, iqtidorli yoshlarni ilmiy ishlar, loyiha va kashfiyotlar qilishlariga yo‘nalish berish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligini taʼkidladi.
Maʼlumot oʻrnida, F.Abdullayev nochiziqli fizika boʻyicha jahon ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Olim oʻz ilmiy tadqiqotlari asosida "Soliton birlashtiruvchi nazariyasi"ni yaratgan. “Lazer nurlanishining materiya bilan oʻzaro ta’sirining chiziqli boʻlmagan toʻlqin jarayonlarini oʻrganish” turkumidagi ishlari uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi fan va texnika boʻyicha Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Bose-Eynshteyn kondensatini oʻrganish boʻyicha qator ishlari uchun al-Xorazmiy medalini olgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Youth at the Forefront of Climate Actions
#COP29
#WeAreIndivisible
#EcoSchoolsUzbekistan
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#jadidlar_izidan
🤩 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Namangan viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya_haqida_faktlar
✅ Joriy yilning 29-oktabridan 20-noyabriga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari malaka toifasi uchun navbatdagi attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
❕Unda 150 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
📌 Ma’lumot uchun: nomzodlarning 18,3 ming nafari navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafari navbatdan tashqari hamda 17,4 ming nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka sinovlarida qatnashish uchun murojaat yuborganlar.
#jarayon
#qizlar_olimpiadasi
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.
🗺Jarayonlardan suratlar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
🤩 Agentlik tizimidagi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kuz mavsumiga mos bo‘lgan gul ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.
🌱"Yashil makon" doirasida oʻquvchilar ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi hamda kuzgi gul ko‘chatlari ekildi.
Maʼlumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida taʼlim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona koʻchat ekishni tashkil qilish topshirilgandi.
#Yangi_baholash_tizimi
✅ 2023-2024-o’quv yilidan e’tiboran Respublikamiz boʻylab 500 ta umumtaʼlim maktablarida mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan edi.
📍 Joriy o’quv yilidan boshlab esa mazkur baholash tizimiga yana 1000 ta maktab qamrab olindi.
❗️Ushbu jarayonlar, yangicha baholash tizimi, uning afzalliklari haqida vazirlik rahbariyati, xorijiy ekspertlar, direktor va o’qituvchilar hamda ota-onalar fikrlariga quloq tutdik.
#rahbar_va_yoshlar
#ixtisoslashtirilgan_maktab
🤩Agentlik tizimidagi Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan muloqot tashkil etildi.
Unda oʻquvchilar huquqiy sohada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan soha rivoji uchun qator takliflar ilgari surildi.
Muloqotda A.Toshqulov oʻquvchilarimizning huquqiy bilimlarini yuqori baholab, ularning kelgusida Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👏 Qaysi maktab yetakchi: Abu Ali ibn Sino maktabida — 3 ta, Al-Xorazmiy maktabida — 2 ta medal
📍 Joriy yilda nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar, xususan:
➖ 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi oltin medali sohibi, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Daler Rahimov — 187,5 mln. soʻm bilan;
65-Xalqaro Matematika olimpiadasi kumush medal sohiblari:
➖ Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Elbek Zohidjonov, Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi Toʻlqin Jaylovovlarning har biri — 112,5 mln. soʻm bilan;
56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi kumush medal sohiblari:
➖ Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Axrorbek Baxodirov, Navoiy shahridagi 11-son ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Saida Abdullayevalarning har biri — 112,5 mln. soʻm bilan;
65-Xalqaro Matematika olimpiadasi bronza medali sohiblari:
➖ Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 96-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Madina Suyunova, Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Ozodbek Axtamov hamda shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi Rasulbek Gʻafforovlarning har biri — 75 mln. soʻm bilan;
➖54-Xalqaro Fizika olimpiadasi bronza medali sohibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf oʻquvchisi Javohir Sadullayev — 75 mln. soʻm bilan;
➖56-Xalqaro Kimyo olimpiadasi bronza medali sohibi, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Mirjaxon Muxammadov — 75 mln. soʻm bilan;
➖36-Xalqaro Informatika olimpiadasi bronza medali sohibi, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Mardonbek Hazratov — 75 mln. soʻm bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
#8nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👏 Bu yil olimpiadalar tarixida eng yuqori koʻrsatkichga erishildi
✅ 2023-2024-oʻquv yilida Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qoʻlga kiritildi. Bu natija hozirga qadar erishilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
👉 Maʼlumot uchun: oʻtgan yilda olimpiadachi oʻquvchilar tomonidan 65 ta medal qoʻlga kiritilgan.
📍 Bugun mazkur sovrindorlar orasidan eng nufuzga ega, koʻpgina dunyo mamlakatlari va xalqaro darajadagi oliy taʼlim muassasalari tan oladigan xalqaro olimpiadalarda qoʻlga kiritilgan 91 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush va 56 ta bronza) medal egalari va ularning ustozlari turli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
_________
👏 В этом году был достигнут самый высокий результат в истории международных предметных олимпиад
✅ В 2023-2024 учебном году узбекские школьники завоевали в общей сложности 122 медали на международных предметных олимпиадах (в 2023 году число составило 65 медалей), что является самым высоким из когда-либо достигнутых.
📍Обладатели 91 медали (11 золотых, 24 серебряных и 56 бронзовых), завоеванных на международных олимпиадах, признанных многими странами мира и высшими учебными заведениями международного уровня, и их наставники будут награждены денежными призами различного уровня.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot
✅ Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.
Bugungi taqdirlash marosimida:
➖ oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;
➖ kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;
➖ bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.
👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 9 milliard soʻm: mukofot jamgʻarmasi 5 yilda 11,5 barobarga koʻpaydi
🔹 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlari hamda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi.
👉 Bu koʻrsatkich 2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 11,5 barobarga koʻpdir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
“Men uddaladim, siz-chi?” — olimpiada g’oliblarining ustozi Mohira Boltayevaning hikoyasi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin