piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰

"Human Capability Initiative – 2025": Forum doirasida ikki davlat ta’lim vazirlari uchrashishdi

Vazirlar maktabgacha va maktab ta’limi infratuzilmasini yaxshilash, investitsiya loyihalarini kengaytirish va xususiy sektorni jalb qilish xususida suhbatlashishdi.


Shuningdek, Hilola Umarova Samarqand shahrida 2025-yil may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari” sammiti doirasida ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida vazirlik delegatsiyasi a’zolari Saudiya Arabistoni ta’lim vaziri Yusuf ibn Abdullo al-Bunyan tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ham ishtirok etishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, erishilgan yutuqlar

#xorazmMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Yasmina Rahmatilloyeva IELTS imtihonidan 7,5 ballni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Cambridge_dasturi_matematika
#xalqaro_tajriba

🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabiga Guliston shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan filippinlik pedagoglar Jad Andrew Acabado Borromeo va Shela Borromeo taklif etildi.

Xorijlik oʻqituvchilar Cambridge oʻquv dasturi asosida ta'lim oluvchi 5-sinf oʻquvchilariga dars mashgʻulotlari oʻtishdi.


Darslar xorijlik pedagoglar tomonidan interaktiv va kreativ fikrlashga yoʻnaltirilgan metodlar asosida oʻtkazildi. Shuningdek, ular fan oʻqituvchisi A.Shermatovning matematika fanini ingliz tilida oʻtish jarayonini kuzatishdi va tahlil qilishdi.

Dars mashgʻulotlari oʻquvchilarda nafaqat yangi bilimlar, balki xalqaro tajriba va ilgʻor taʼlim uslublari bilan tanishish imkoniyatini ham yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.

Singapurda oʻtkazilgan treninglar davomida ishtirokchilar baholashning xalqaro yondashuvlari, sinov savollarini loyihalashtirish, spetsifikatsiya jadvallari va yuqori tafakkurni baholash kabi dolzarb yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari

So‘z loyihaning faol qizlariga
"Yutuqlarimda menga ilhom va bilim bergan eng katta yordamchim — "Raqamli avlod qizlari" bo'ldi"

Iroda Shokirova — "Raqamli avlod qizlari" loyihasining faol ishtirokchisi. U mazkur tadbirning barcha mavsumlarida ishtirok etgan holda Digital Art yo‘nalishida o‘z bilimlarini oshirib kelmoqda.

✈️Iroda 2024-yilgi mavsumda g‘oliblar safidan o‘rin olib, Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida ham bo‘ldi.


Iroda Shokirova shuningdek, Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovning rassomchilik yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

🌐 Batafsil videolavhada.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
#taʼlimdagi_islohotlar

O‘zbekistonda fan olimpiadalari g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar Qozog‘istonning "Telekanal 24kz" kanalida yoritildi.

Unda mas'ullar va xalqaro olimpiadalar ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchimiz shu haqida so‘z yuritishdi.


👉 BATAFSIL VIDEODA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#HCI2025 #birinchi_kun #ITB

Vazirligimiz vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etyapmiz.

Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.

Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvimizda ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.

Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:

- respublikamiz boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
- oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
- inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
- oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.


Forum oʻz ishini davom ettirmoqda. Navbatdagi uchrashuv va kelishuvlar tafsilotlari, yangiliklar haqida yana xabar berib boramiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
➖ 9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
➖ 185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
➖ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
➖ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
➖"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️OʻQUVCHIMIZ MUDDATIDAN OLDIN TALABALIKNI NAQD QILDI!

🤩 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi Yoqub Ashirbekov Farmatsevtika texnik universitetining "Hayot fanlari olimpiadasi"da gʻolib boʻlib, mazkur oliygohda oʻqish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" ning xitoylik ishtirokchilari: "O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz"

"Raqamli avlod qizlari-2025" tadbirida malakali mentorlar va spikerlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardan ham ishtirokchilar qatnashadi.

Xitoyning “Yinghua Academy” o‘quvchilari va ustozlaridan iborat jamoa mazkur IT tadbirda o‘zbekistonlik o'quvchilar bilan birgalikda tajriba almashishlari kutilmoqda:

Qadimgi Ipak yo‘lidan tortib to bugungi raqamli davrgacha Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik mavjud bo‘lib kelgan.

Mazkur sayohatimiz orqali biz nafaqat texnologiyalar va yangi bilimlarni egallash niyatidamiz, balki o‘zbek yoshlari bilan yanada yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatamiz, deb umid qilaman.


"Raqamli avlod qizlari" loyihasi orqali o‘z g‘oyalarimizni o‘rtoqlashish, turli davlatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz.


Maktabimizda o‘zbekistonlik ko‘plab sinfdoshlarimiz ham bor. Biz ular bilan ko‘pincha birga shug‘ullanamiz. Oramizda samimiy do‘stlik aloqalari shakllanib ulgurgan.

____________

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling!

🔴
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌍🌍🌍🌍🌍

Aprel-may oylarida 30 ta maktabda PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlari oʻtkaziladi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarini tashkil etish, inklyuziv sinflari mavjud taʼlim maskanlari hamda “Jasorat maktab”lari faoliyati, “Iqtidor maktab ansambli” va “Turon” maktab teatri tanlovlarini oʻtkazish masalalariga doir “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan haftada Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida olib borilgan oʻrganish natijalariga toʻxtalib oʻtdi.


Taʼkidlanganidek, pedagoglar va masʼullar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirishga doir ijobiy oʻzgarishlar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

📍 Yigʻilishda joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka sinovlariga texnik tayyorgarlik ishlari tilga olib oʻtildi hamda masʼullarga sinov joylarini tayyorlash va kompyuter jamlanmalarini uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Vazir inklyuziv sinflar mavjud taʼlim maskanlari faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, ayni vaqtda 947 ta maktabda 1 401 ta inklyuziv sinf tashkil etilib, ularda 1 948 nafar nogironligi boʻlgan bolalar jalb etilganligini qayd etdi.

🌐 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_results

⚡️Oʻquvchilarimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Abdulloh Noʻmonov, Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asomiddin Raimov xalqaro SAT imtihonidan 1530 ballni qoʻlga kiritdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

📌 Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


💫Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar | Uch avlod matematiklar
#xorazmMTRK

🤩 Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi Ravshanbek Sobirov 29 yillik ish tajribasiga ega. Bugungi kunda malakali pedagogning shogirdlaridan Neʼmatjon Kamolov ham mazkur maktabda samarali faoliyat olib borayotgan boʻlsa, yana bir shogirdi – 11-sinf oʻquvchisi Maqsadbek Egamberdiyev xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalar koʻrsatmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_131

🤩 Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi keng nishonlandi.

"Buyuk adibga hurmat – ma’naviyatga sadoqat" shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida keng jamoatchilik vakillari Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga taklif qilindi. Mehmonlar adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish bilan birga ijod maktabi o‘quvchilari ijrosida kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldi.


Ijodiy va ilmiy uchrashuvlar davomida Qodiriyning asarlari bugungi kunda ham dolzarb ekanligi, ularda milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va madaniyatimizni chuqur ifodalangani alohida ta’kidlandi

Tadbir davomida ijod maktabi yoshlari tomonidan Adiblar xiyobonida Abdulla Qodiriy haykali poyiga, "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuiga gullar qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugundan respublikamizning barcha hududlarida pedagoglarning malaka sinovlari boshlandi.

Test sinovlari katta zallarda oʻrnatilgan jami 2050 ta kompyuterda FaceID va Blockchain texnologiyalarini qoʻllagan holda onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Bir oy davom etadigan ushbu jarayonda 40 dan oshiq fanlardan dars beradigan 190 mingga yaqin pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Biz sinovlarni ochiq, shaffof, adolatli oʻtkazilishidan manfaatdormiz. Test jarayonlarini istagan inson cams.uzedu.uz manzili orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishi mumkin.

Fursatdan foydalanib sinovlarda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarimizga omad tilayman. Bilimingizni boyiting, oʻz ustingizda ishlang, yuqori ballarni qoʻlga kiritib oylik ustamalarga ega boʻling.

Biz har safar sinovlar yakuniga yetgach matbuot anjumani tashkil etamiz, vazirlikning tegishli masʼullari jurnalist va blogerlar uchun batafsil maʼlumot berishadi.

Bu safar pedagoglarni, test jarayonlarida qatnashgan oʻqituvchilarni ham eshitsak nima deysizlar? Balki, malaka sinovlari yakuniga yetgach onlayn muloqot qilarmiz? Fikr, takliflaringizni eshitishga tayyorman!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

⚡️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovga hujjatlarni 15-aprel sanasidan boshlab job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

🟢 Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰

Ar Riyod: HCI – 2025 xalqaro konferensiyasi doirasida vazirlar davra suhbati bo‘lib o‘tdi


"Human Capability Initiative – 2025" xalqaro konferensiyasining ikkinchi kunida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova "Hamma uchun AI savodxonligi: Barqaror salohiyat uchun teng imkoniyatlar" mavzusidagi vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi.

Mazkur muhokamada Yevropa, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdan 13 nafar ta’lim vaziri, shuningdek, Jahon banki, IHTT va Garvard universiteti kabi xalqaro tuzilmalarning 4 nafar yetakchi mutaxassisi qatnashdi.

Tadbir sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim va mehnat bozoriga ta’siri, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash strategiyalariga bag‘ishlandi.


Vazir Hilola Umarova o‘z chiqishida O‘zbekistonda raqamli va sun’iy intellekt savodxonligini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu jarayonni maktabgacha ta’limdan boshlash muhimligini ta’kidladi.

📍 Shuningdek, ushbu yo‘nalishda:

➖ Maktablarda dasturlash, robototexnika va raqamli tafakkur bo‘yicha darslar joriy etilishi;
➖o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi;
➖"Bir million dasturchi" dasturi orqali yoshlar va kattalarga onlayn formatda IT va sun'iy intellekt ko‘nikmalarining o‘rgatilishi kabi tashabbuslarning amalga oshirilishiga e'tibor qaratdi.

❗️Shu bilan birga, vazir ayrim kasblarning sun'iy intellekt texnologiyalari ta’sirida yo‘qolib ketishi mumkinligini inobatga olgan holda, aholini qayta o‘qitish va yangi mutaxassisliklarga yo‘naltirish muhimligini qayd etdi.


Eng muhimi, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan hamma foydalanishi uchun – qishloq hududlari, qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun raqamli tenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta'kidlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Zamon | 27 ta TOP universitetga 2,5 million dollarlik grant yutib olgan oʻquvchi
#sevimliTV

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Samarqand filiali oʻquvchisi Ibrohim Narzullayev haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️OʻQUVCHIMIZ MUDDATIDAN OLDIN TALABALIKNI NAQD QILDI!

🤩 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Saodatjon Muhammadova Farmatsevtika texnik universitetining "Hayot fanlari olimpiadasi"da gʻolib boʻlib, mazkur oliygohda oʻqish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritdi.

📆 Avvalroq, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Yoqub Ashirbekov ham mazkur universitetning 100 foizlik grantni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Steam fair": oʻquvchilarning ilmiy ishlanmalari namoyishi

#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Muslimaxon Fozilova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | 14 yoshida ota-onasiga elektromobil sovgʻa qilgan qiz
#uzbekiston24

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbarxon Haydarova haqida maxsus reportajda


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijodiy_ishlar_tanlovi
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

📣📣📣📣📣

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari o‘rtasida “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

⚡️HURMATLI O‘QUVCHILAR VA IJODKOR YOSHLAR!

📝Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

1️⃣Shoir sheʼrlariga nazira bogʻlash;

2️⃣Shoir hayot yoʻli, adabiy merosi haqida videorolik tayyorlash;

3️⃣Shoir sheʼrlari asosida tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.


📆 Tanlov uchun ishlar 20-aprelga qadar qabul qilinadi.

📦 G‘oliblar munosib tarzda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qoʻshimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun murojaat:
Telefon: +998905272868
Telegram: @MYuKamola

📌 Tanlov natijalari 26-aprel kuni eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Sport yangiliklari | Qardosh millat vakillari bilan boks boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda
#sportTV

🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boks boʻyicha Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi bilan birgalikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda. Unda sport maktabi yosh bokschilari hamda mehmon sportchilar malakali murabbiylar boshchiligida mahoratini oshirish bilan birga oʻzaro tajriba almashish imkoniga ham ega boʻlmoqda.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#raqamli_avlod_qizlari

Ummatoy, Madina, Muxlisa... Ular loyihaning oddiy ishtirokchisidan koordinatorlari darajasiga chiqa oldi. Buni ularning oʻzlaridan eshiting.

“Raqamli avlod qizlari” loyihasidan maqsad ham shu. IT sohasiga qiziqadigan, iqtidorli qizlarni bir yerga jamlash, qoʻllab-quvvatlash.

Ishonaman, loyiha sabab koʻz oʻngimizda hali yuzlab, minglab qizlarimizning mana shunday muvaffaqiyat hikoyalari yaratiladi.

Eslatma! Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish jarayonlari davom etmoqda.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

uza.uz | Kitobga oshno qalb – nurli kelajak poydevori

"Yosh kitobxon" tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbarxon Haydarova gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Prezident sovgʻasi — elektromobil bilan taqdirlandi.

– Kitob oʻqisam, koʻnglim orom topadi, ichimda bir iliqlik uygʻonadi. Har bir asar qahramonlari bilan gʻoyibona suhbatlashaman. Ishonchim komil, kitoblar bizni faqat yaxshilikka yetaklaydi, qalbimizni poklaydi va kelajakka yorugʻ yoʻl ochadi, – deydi Dilbarxon.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas.

Ayniqsa, bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan “Donocha” kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni yanada donocha?si=jTdk15XC__O23lqB">rivojlantirish kerak.

Albatta, bolalar adabiyotining, milliy ertaklarimizning ham o‘rni juda muhim.

Shu maqsadda, kecha O‘zbekistondagi yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflarini eshitdim.


Большая часть контента, который смотрят наши дети, — это зарубежная продукция. К сожалению, качественного и содержательного национального контента по-прежнему недостаточно.

Особенно остро ощущается нехватка детских песен на узбекском языке, мультфильмов, отражающих наши национальные ценности, а также развивающих и образовательных материалов. Именно поэтому я поддерживаю проекты вроде Donocha, которые активно работают в этом направлении. Такие инициативы требуют всесторонней поддержки и donocha?si=jTdk15XC__O23lqB">дальнейшего развития.

Безусловно, важную роль в этом процессе играют и детская литература, и наши народные сказки.

Именно с этой целью я вчера встретилась с представителями ведущих анимационных студий Узбекистана, чтобы обсудить текущее состояние отрасли и выслушать их практические предложения по её развитию.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari

"RAQAMLI AVLOD QIZLARI" ning FAOL QIZLARI: ishtirokchidan koordinatorlikkacha

Ummatoy Yo‘ldosheva — loyiha koordinatori:

"Men ushbu loyihaning har yilgi mavsumida qatnashib kelmoqdaman. Dastlab ishtirokchi, keyin spiker, endi esa koordinatorman.

Yangi mavsumda ham malakali spiker va mentorlar bilan birgalikda yurtimizga manfaatli loyihalarni amalga oshiramiz"

Yutuqlari:
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi,
➖Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
➖Parij shahridagi ESCP Biznes maktabining Liderlik moduli bitiruvchisi;
➖Markaziy Osiyo bo‘ylab ayollarni raqamli ko‘nikmalar va neyron tarmoqlar bo‘yicha o‘qitadigan "Anora" platformasi asoschisi.

Madina Namozova — loyiha koordinatori:

"Raqamli avlod qizlari" jamiyatda va IT sohasida o‘z bilimlarini oshirishga yordam beradi. Mening yutuqlarimda ham bu loyiha poydevor vazifasini o‘tagan".

Yutuqlari:
➖“Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
➖Uzbek-Chicago assotsiatsiyasi granti sovrindori;
➖"Yangi O‘zbekiston" universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Muxlisa Mamajonova — loyiha koordinatori:

"Dunyoning TOP 100 ro‘yxatiga kirgan universitetga magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilinishimda "Raqamli avlod qizlari" dagi faoliyatim katta yordam bergan".

Yutuqlari:
➖Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
➖"El-yurt umidi" jamg‘armasi Stipendianti;
➖Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
➖Dunyoning TOP-100 ro‘yxatidagi University of Glasgow magistratura bosqichi bitiruvchisi.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha taʼlim yoʻnalishi rahbari Rita Almeyda bilan uchrashdi.

❗️Unda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilishi yakuniga yetayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi muhokama qilindi.

Xorijiy hamkor tomonidan loyiha doirasida erishilgan ijobiy natijalar va yutuqlar alohida ta’kidlanib, mazkur loyihaning bank portfelida eng ilg’or o’rinda ekanligi e’tirof etildi.


Shuningdek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etgan holda yangi umumta’lim maktablari barpo etish va ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

📍Muloqot yakunida tomonlar taʼlim sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va hamkorlikni kengaytirish borasida o‘zaro hamfikr ekanliklarini bildirib, yaqin istiqbolda hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel