Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_mashgʻulotlar
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablari hamda "Renessans" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida innovatsion yozgi mashgʻulotlar davom etmoqda.
✅O‘quvchilarimiz robototexnika, informatika, matematika, kimyo va biologiya, xorijiy tillar, kitobxonlik, sport, tasviriy sanʼat kabi yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda faol qatnashib, taʼtilni mazmunli oʻtkazmoqda.
➖ Tashkil etilayotgan "Zakovat" intellektual oʻyinlari, ijodiy tanlovlar, viktorinalar va sport musobaqalari esa yoshlarimizning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazib, ularni raqobatbardosh va jamoaviy ishlashga o‘rgatmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 Qabul yakunlanishiga 3 kun qoldi
✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga arizalar qabuli 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.
📝 Bakalavriat yo'nalishlari:
🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi;
🔹Kiberxavfsizlik;
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika;
🔹Amaliy matematika;
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Pedagogika;
🔹Sanoat boshqaruvi.
✨ Ushbu yo'nalishlarda tahsil olib, dunyoning nufuzli universitetlarida tajriba orttirgan mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan zamonaviy bilimlarni o'rganishingiz mumkin.
💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
❓Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#SAT_result
#bizning_faxrimiz
⚡️YOSH OʻQUVCHIMIZDAN SUPER NATIJA
🤩 9-sinf bo‘lishiga qaramay, Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Amirxan Shelmuxanov SATdan 1550 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonda katta muvaffaqiyatga erishdi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.
Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant
⚡️PREZIDENT MAKTABIDAN YEVROPANING NUFUZLI OLIYGOHIGACHA
🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Samina Abdurazzoqova Vengriyaning eng nufuzli oliygohi – Debretsen universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
📝Debretsen universiteti (University of Debrecen) – Yevropaning qadimiy va eng ilg‘or ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, unga 1538-yilda asos solingan. Oliygohda tibbiyot, biologiya, farmatsevtika, muhandislik va IT kabi sohalar bo‘yicha kuchli ilmiy-amaliy salohiyatga mutaxassislar tayyorlanadi.
💫Samina endilikda ana shu ilm-fan markazida tibbiyot sohasida chuqur bilim olib, kelajakda mamlakatimiz tibbiyot sohasi ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#infografika
🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.
📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi.
🔎Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Joyida | Prezident maktabi o‘quvchisi xalqaro grant sohibi bo‘ldi
#mahallaTV
📍Guliston shahridagi Prezident maktabi
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#EcoExpo2025
#start_up
⚡️OʻQUVCHILARIMIZ "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2025” ISHTIROKCHISI
🤩 Buxoro hamda Termiz shahridagi Prezident maktablarining bir guruh eco-faol oʻquvchilari poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro koʻrgazmasida start-up loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
➖ Oʻquvchilarimiz koʻrgazmada taqdim etayotgan "EcoVortex" loyihasi vertikal shamol turbinasi orqali energiya olishni koʻzda tutsa, "Hydroguard" loyihasi kanaldagi chiqindilarni suvdan olingan energiya orqali tozalashga qaratilgani bilan eʼtiborga molik. Shuningdek, "Liquid Tree" (Xlarella suyuq daraxt) hamda "Hydrone" sugʻorishda ishlatiladigan dron loyihalari ham koʻrgazma mehmonlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Samarqand,
19.06.2025.
—
Самарканд,
19.06.2025.
#qabul_2025
🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
➖ Prezident maktablariga;
➖ Ijod maktablariga;
➖ Sport maktablariga;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 3 kun qoldi.
📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.
@hilola_umarova
#qabul_2025
#infografika
🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 16-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#ijod_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Toshkent shahri);
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qarshi shahri);
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan shahri);
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi (Nukus shahri);
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Andijon shahri);
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi (Xiva shahri);
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Margʻilon shahri);
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri);
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
(Guliston shahri)ga 7-sinflar uchun hujjatlar qabul qilinadi.
📶 "Ijod yoshlari" Respublika tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga imtiyoz asosida qabul qilinadi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablariga oʻquvchilar uch bosqichli (ijodiy matn, ijodiy suhbat, test sinovlari) imtihon asosida har bir sinfga 20 nafardan qabul qilinadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
➖ Prezident maktablariga;
➖ Ijod maktablariga;
➖ Sport maktablariga;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 5 kun qoldi.
📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari haqida turli fikrlarni kuzatilmoqda. Ular orasida toʻgʻrilari ham va afsuski, tashabbus notoʻgʻri talqin etilayotganlari ham bor. Bugun mana shu noaniqliklarga izoh berilgan video tayyorladik. Unda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari haqida 5 xato fikr va unga vazirlik izohi berilgan.
❌1. Bunaqa tadbirlar avval o‘tkazilmagan, o‘qituvchilarni ishlatish uchun o‘ylab topilgan.
✅— Yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning maroqli dam olishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hozirga qadar ham zarur ishlar amalga oshirilib kelingan.
Bunda vazirlik hamda boshqa hamkor tashkilotlar, mahalliy hokimliklar bilan birga belgilangan maktablarda kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turli madaniy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar o‘tkazib kelingan va ularda o‘quvchilarning qatnashishi ixtiyoriy bo‘lib, bolalar ota-onalarning roziligi bilan jalb qilingan.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar mehnat ta’tilidan tashqari vaqtda, belgilangan ish vaqtida jalb qilingan.
Joriy yil tashkil etilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 1239 ta umumta’lim maktabida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda unga 170 minga yaqin o‘quvchilar ixtiyoriy jalb qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu maktablarga mehnat ta’tilidan bo‘sh vaqtlarda ixtiyoriy jalb qilingan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda.
❌2. Endi o‘qituvchilar yozda dam olmaydi
✅— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan umumta’lim maktablar pedagog xodimlari uchun 56 kalendar kunlik mehnat ta’tili muddati belgilangan.
Respublikadagi mavjud barcha umumta’lim maktablari pedagoglarining yozgi ta’til davrida mehnat ta’tiliga chiqishi uchun tegishli reja-grafik tasdiqlangan va mazkur rejaga asosan pedagoglarning belgilangan kunlarda mehnat ta’tiliga to‘liq chiqishi ta’minlanadi.
❌3. O‘qituvchilar yozda uyma-uy yuradi
✅— O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanishi alohida qayd etib qo‘yilgan.
Mazkur qonuniy talabdan kelib chiqqan holda, pedagoglarning yozgi ta’tilda uyma-uy yurishi haqidagi fikr mutlaqo asossizdir.
❌4. Dolzarb 90 kun majburiy mehnatdan iborat
✅— O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash taqiqlanadi.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga ixtiyoriy jalb etilgan pedagoglarning belgilangan reja grafik asosida mehnat ta’tiliga chiqishi ta’minlanadi hamda ish vaqti hisobidan tadbirlarda o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish rejalashtirilgan.
❌5. O‘quvchilar ham yozda majburiy maktabga chaqiriladi
✅— “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘quvchilarning qatnashishi ixtiyoriy bo‘lib, bolalar ota-onalarning roziligi bilan jalb qilinadi.
Bizni kuzating:
#qabul_2025
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinf uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;
📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinf uchun badiiy va sport gimnastikasi yoʻnalishlari bo'yicha hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida 24 nafardan qabul qilinadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTABIGA 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI TUGASHIGA 2 KUN QOLDI.
📆 Hujjatlar qabuli 25-iyun kuni soat 23:59da toʻxtatiladi. Arizalar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlar_oyligi
#umid_uchquni
⚡️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev "Yoshlar oyligi" munosabati bilan bir guruh qoraqalpogʻistonlik yoshlarni "Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
🤩 Ular safida bizning iqtidorli oʻquvchilarimiz borligi juda quvonarli!
⚡️"Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oʻquvchilarimiz:
⏺Manzilbek Karlibaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
⏺Aydos Kitaybekov - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
⏺Javohir Sadullaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
⏺Ramazonbek Ibragimov - Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
⏺Malika Xojamuratova - Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi.
#bizning_faxrimiz
#muddatidan_oldin_talaba
⚡️BIR KUNDA 9 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI
🤩 Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:
⏺Xurshidjon Boʻriboyev;
⏺Sardor Doniyorov;
⏺Nurbek Hafizqulov;
⏺Ziyodulla Mamirov;
⏺Bekmurod Qodirov;
⏺Azizbek Rasulov;
⏺Farangiz Oʻrinboyeva;
⏺Hayitgul Yusupova;
⏺Jamshiddin Usmonov;
🟢 O‘quvchilarimizning bu yutugʻida maktabda yaratilgan zamonaviy sharoit hamda oʻz bilim va tajribalarini ayamagan fidokor ustozlarimizning hissasi katta!
⚡️"Raqamli avlod qizlari-2025" Respublika tanlovi g'olib qizlarining AQSH davlatiga "Ta'lim sayohati" Vashington shahridan boshlandi.
Ushbu safar davomida Oq Uy, Linkoln xotira majmuasi, Vashington monumenti, Kongress kutubxonasi va Kapitol binosi kabi shaharning siyosiy hamda ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadigan joylariga sayohat qilishdi.
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh
🤩 “RENESSANS” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHI IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING NAVBATDAGI GURUHINI QARSHI OLDI.
⏺“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Agentlik tizimdagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oromgohdagi innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi.
#bizning_faxrimiz
🤩 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Qayumov Asilbek Yusuf o‘g‘li SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1320 ball to‘plab xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.
🗣Eslatib o‘tamiz ushbu o‘quvchimiz CEFR imtihonida B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan hamda Xalqaro standartlar olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, avgust oyida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.
#Bizning_faxrimiz
🤩 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Jahongir Rajabboyev Xorazm viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilingan "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning final bosqichida mutlaq gʻolib deb topildi.
🗣Oʻquvchimiz shu kabi olimpiadalar, bilimlar sinovida muntazam ishtirok etib, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha yuqori natijalar koʻrsatib kelmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant
🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sherzod Tojiboyev Fransiyaning Ecole Polytechnique nufuzli universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh
📍“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.
✅ Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning iqtidorli oʻquvchilari tajribali trenerlar hamda fan oʻqituvchilari koʻmagida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanmoqda.
📶 Shu bilan birga IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#Bizning_faxrimiz
#Prezident_maktabi
🇺🇿 O‘ZBEKISTONLIK IQLIM YETAKCHISI — JAHON E’TIBORIDA!
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Salohiddin Abdufattohov We Are Family Foundation tomonidan tashkil etilgan 2025-yilgi Global Teen Leaders (GTL) dasturiga O‘zbekistonning yosh eko-faoli va iqlim yetakchisi sifatida tanlandi!
🇸🇪 Shu munosabat bilan o'quvchimiz joriy yilning 14–21-iyun kunlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Three Dot Dash Just Peace Summit” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda.
🌱 Mazkur sammit iqlim o‘zgarishi, ekologik adolat va barqarorlik kabi dolzarb yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan eng istiqbolli yosh yetakchilarni birlashtiradi.
Salohiddin boshqa GTL vakillari bilan birga:
✅ iqlim inqiroziga qarshi kurashda tajriba almashadi;
✅ xalqaro mutaxassislar bilan ishlaydi;
✅ global yechimlar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
🕊 “Three Dot Dash” dasturi 2008-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab yosh o‘zgarish qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlab, adolatli va barqaror kelajak sari yo‘l ochmoqda.
⚡️Oʻquvchi yoshlarimiz global miqyosda o‘z ovoziga ega bo‘layotgani juda quvonarli!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#boshqaruv_koʻnikmalari
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus trening mashgʻulotlari yakunlandi.
✅Mazkur trening doirasida zamonaviy ta’lim standartlari, yetakchilik kompetensiyalari va samarali rahbarlik, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, jamoani boshqarish kabi mavzular yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar ushbu jarayonlarda nafaqat nazariy bilim, balki real tajriba asosida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
#qabul_2025
#infografika
🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 15-iyun soat 14:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida mazkur dargohni tamomlab, hozirda mamlakatimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Garvard universiteti talabasi Abdulaziz Sobirov, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Diyora Abduvaliyeva, Abu Dabi Nyu-York universiteti talabasi Ibrohim Iskandarov, Anqara Yeldirim Boyazid universiteti talabasi Bahrombek Narimonov
o‘zlari tahsil olayotgan oliygohlar, ta’lim tizimidagi o‘ziga xosliklar, shaxsiy yutuqlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, bitiruvchilar o‘z ustozlari bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi, maktab yillari haqidagi xotiralarni yodga olishib, barchasi uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
🔴Uchrashuv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalari – futbol va voleybol o‘yinlariga ulanib ketdi.
✅Mazkur uchrashuv Prezident maktabining bitiruvchilari bilan izchil aloqa va hamkorlikni davom ettirish, ularning muvaffaqiyatli faoliyatini rag‘batlantirish hamda hozirgi o‘quvchilarga motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi.
#qabul_2025
#infografika
⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#dolzarb_90_kunlik
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablarida o‘quvchilar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’tilni samarali o‘tkazishmoqda.
📝 O‘quvchilar quyidagi to‘garaklarda faol ishtirok etishmoqda:
🤖 robototexnika;
🧑💻 informatika;
🧮 matematika;
🗣 ingliz tili;
🎨 tasviriy san’at;
📚 kitobxon o‘quvchi;
♟ shaxmat-shashka;
🏓 Stol tennisi;
🎼 musiqa;
⛹️ voleybol;
⚽️ futbol va boshqa yo‘nalishlar.
⏺ Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.