#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
O'quvchilarimiz xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda!
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi Beknur Ahmedov Whitworth University'ga o'qishga qabul qilindi.
⚡️Whitworth University dunyoning TOP 500 universitetlari qatoriga kiradi.
❗️O'quvchimiz mazkur oliygohdan 120 000 AQSh dollari miqdoridagi grant sohibiga aylandi.
Beknurga kelgusi ishlari va o'qishlarida omadlar tilaymiz!
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari
✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining o'quvchilari xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijalarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda.
Jumladan, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari:
🔹Shodiyor Shukrullayev - 1470;
🔹Jahongir Gafarov - 1450;
🔹Orifjon Qarshiboyev - 1410;
🔹Zahro Abdusamadova - 1370;
🔹Nardona Nuruddinova - 1350;
🔹Behzod Asqaraliyev - 1340;
🔹Zarnigor Dolijonova - 1340 ballni qo'lga kiritishdi.
❗️O'quvchilarimizning kelgusi ishlari va o'qishlarida ham omad tilaymiz!
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun
✅Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Xorazm
NAJOT - MAKTABDA, NAJOT - TA'LIMDA, NAJOT - BILIMDA!
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Xonqa va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining yangi o‘quv binolari joriy yilning 23-yanvar kuni foydalanishga topshirildi.
🖥 Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirlar to‘g‘risida "O‘zbekiston-24" telekanalida maxsus reportaj namoyish qilindi.
🌐 Telegram | Facebook
⚡️Rasman: Umumiy qiymati 5,5 milliard so‘m bo‘lgan, Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, PDP University, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi hamkorligida, matematikadan Respublika fan olimpiadasi o’tkaziladi.
Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida 10-11-sinf maktab va litsey o’quvchilarini qamrab oladi.
Arizalar 1-fevralga qadar maxsus platforma (olympiad.pdp.uz) orqali bepul qabul qilinadi.
Matematika fanidan o’z bilimlaringizni sinab ko’ring va Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!
📹Batafsil maʼlumot videoda: 00:00
❗️Qadrli ustozlar!
✅ Ushbu e’lonni o‘quvchilaringizga ham ulashishingizni tavsiya qilamiz.
📚 Balki shu bilan ularning olimpiada g‘oliblar qatorida bo‘lishiga hissa qo‘shishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#Prezident_maktablari
#Биргаликда_ўрганамиз
⚡️PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARIGA TAYYORLANMOQCHIMISIZ?
❗️Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining eng malakali pedagoglari tomonidan tayyorlangan onlayn darslar yordamida bilimingizni oshiring!
Agentlik tomonidan tashkil etilgan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi doirasida matematika, mantiqiy fikrlash va ingliz tili fanlaridan darslar e’lon qilingan.
❗️Darslar Prezident maktablariga o'tgan yillardagi kirish imtihonlari savollari asosida tayyorlandi.
👉Sizga qulay bo'lishi uchun darslar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz hamda veb-saytimizga joylashtirilgan:
▶️ MATEMATIKA fanidan onlayn darslar
▶️ INGLIZ tili fanidan onlayn darslar
▶️ MANTIQIY FIKRLASHdan onlayn darslar
#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Тўгараклар
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi maktablarda qishki ta'tildan keyin trening va to‘garaklar yana o‘z faoliyatini tikladi.
O'quvchilar qiziqishlariga ko'ra to'garaklarda ishtirok etib, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishmoqda.
_____
📷Fotolavhalarda Prezident va ijod maktablaridagi jarayonlar aks etgan.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш ҳамда кичик бизнесни ривожлантиришга қўшимча шароитлар яратиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева началось видеоселекторное совещание по мерам сокращения бедности и обеспечения занятости населения, а также создания дополнительных условий для развития малого бизнеса.
Facebook|Instagram|Twitter
😉Safimizga yangi qo‘shilganlarga salom!
Keling, tanishamiz! Siz a’zo bo‘lgan "Eco-Schools" dasturi - katta xalqaro eko-oila. "Eco-Schools" faoliyatida dunyoning 74 mamlakatidagi 59 000 dan ziyod maktab ishtirok etmoqda. Masalan, Xitoy va Shvetsiyada "Eco Schools" davlat dasturining bir qismi hisoblanadi. O‘quv yili davomida biz turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazamiz. Bugun esa dasturimizda bir necha yildan buyon qatnashayotgan britaniyalik maktab o'quvchilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
—
😉Всем новичкам привет!
Давайте знакомиться! Программа Eco-Schools, частью которой вы стали – большая международная эко-семья. В деятельность Eco-Schools вовлечены более 59 000 школ из 74 стран мира. Есть страны, например, Китай и Швеция, где Eco Schools – это часть государственной программы. В течении учебного года мы проводим различные мероприятия, конкурсы. Сегодня своим опытом поделятся британские школьницы, которые уже несколько лет участвуют в нашей программе.
Zamin | Facebook | Instagram
#Prezident_maktablari
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
❗️Unda 2022-2023-yilning 1-yarim yilligi va yangi chorakda rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida o'quvchilarning II chorak yakuniy baholari va fanlarni o'zlashtirish darajasi haqida so'z yuritildi.
_____________
✅Búgin Nókis qalasındaǵı Prezident mektebinde 2022-2023-jıldıń I yarım jıllıq juwmaǵı hám III sherek barısı boyınsha ata-analar jıynalısı bolıp ótti.
✔️ Jıynalısta oqıwshılardıń II sherek juwmaqlawshı bahaları hám pánlerdi ózlestiriw dárejesi talqılandı. Onnan soń, shet elli muǵallimler, klass basshıları hám pán muǵallimleri menen ata-analar sáwbetlesiw ótkerdi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Xorazm
⚡️XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!
✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Agentlik Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Qo'shko'pir tumani prokurori, adliya maslahatchisi Boburbek Matrasulov, mehnat faxriysi Bakturdi Sobirov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
✔️Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.
_______
📌Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 326 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда хорижий тиллар ва касб ўргатиш тизимини ривожлантириш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по вопросам развития системы преподавания иностранных языков и профессионального обучения в школах.
#Mirziyoyev #yigilish #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Jahon_kimyo_olimpiadasi
⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI
🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.
❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.
❕Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
✅ Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.
⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari
PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHILARI SHVEYSARIYA UNIVERSITETI GRANTI SOHIBI BO'LISHDI!
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda.
❗️Jumladan:
▶️ Sarvinoz Nazirboyeva - Shveytsariyaning Franklin universitetidan 96 000 AQSH dollari,
▶️ Himoyiddin Abdumalikov - Shveytsariyaning Franklin universitetidan 96 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritishdi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
TAYINLOV
Prezident qarori bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi
Аlisher Ubbiyev — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Янгиликлар 24 | «Лидерлар ҳафталиги» ўқув-семинари
#29jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Seminar_trening
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.
Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.
Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:
- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!
Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.
Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Янгиликлар 24 | Ўқувчилар базальт маҳсулотлари ишлаб чиқариш жараёнлари билан танишди
#26jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
😉Barchaga xayrli kun! Bugun loyihada 5 yildan ortiq vaqt davomida ishtirok etayotgan britaniyalik bolalar o‘z tajribasi haqida so‘zlab beradilar.
🌳Keling, ularning hikoyalarini tinglab, qanday qilib maktabimizda ekologik holatni yaxshilashimiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ramiz.
—
😉Доброго, солнечного дня всем! Сегодня нам расскажут о своём опыте британские ребята, которые участвуют в проекте больше 5 лет.
🌳Давайте послушаем их истории и подумаем, как вы сможете улучшить экологическую обстановку в своей школе.
Zamin | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya
✅ Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.
Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.
❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.
✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#watan_qorǵawshıları_kúni
#jarıs
#birge_islesiw
✅Ózbekstan Respublikası Milliy Gvardiyası Qaraqalpaqstan Respublikası Qorǵaw basqarması menen birgelikte jaslardıń bos waqıtın mazmunli ótkeriw, jaslar arasında salamat turmıs tárizin keń en jaydırıw, olardı dene tárbiya hám sportqa qızıqtırıw, sonıń menen birge, 14- yanvar "Watan qorǵawshıları kúni" múnásibeti menen sporttıń oq jaydan oq atıw túri boyınsha jarıs shólkemlestirildi.
❇️Jarıs juwmaǵında sıylı orınlardı iyelegen oqıwshılarǵa shólkemlestiriwshiler tárepinen dárejeli diplom, medal hám estelik sawǵaları tapsırıldı.
_____________________________________________
#vatan_himoyachilari_kuni
#musobaqa
#hamkorlik
✅O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, shuningdek, 14- yanvar "Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan sportning kamondan o'q otish turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
❇️Musobaqa yakunida sovrinli o'rinlarni egallagan o'quvchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va sovg'alar topshirildi.
Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Prezident_maktablari
#Turkiy_davlatlar_tashkiloti
✅ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.
❗️Kubanichbek Omuraliyev Prezident maktablari loyihasi hamda bu yerda tahsil olayotgan yoshlar erishgan yutuqlarni alohida e'tirof etdi.
✔️Uchrashuv davomida mehmonlar uchun maktab hududi bo'ylab kampus-tur tashkil etildi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya
TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.
Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dastur davomida:
▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;
▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;
▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.
✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_OAV
#Ijod_maktablari
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi haqida Ozarbayjonning https://kafkazh.com/ saytida ma'lumot e'lon qilindi.
❗️Undan, shuningdek, ijod maktabi o'quvchilarining ozarbayjon tiliga tarjima qilingan she'rlari ham o'rin olgan.
👉Maqola va she'rlar bilan quyidagi manzil orqali batafsil tanishishingiz mumkin: https://kafkazh.com/gunesi-yandirmaq-ucun/
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Факт 24 | Дунёнинг топ университетлари грантларини қўлга киритаётган ўқувчилар
#20jan #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Uch_avlod_uchrashuvi
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda Matematika institutining direktori, O‘zbekiston Resublikasi Qahramoni, Senator Shavkat Ayyubov, akademik A’zamov Abdulla va professor Nosir G‘anixo‘jayevlar qatnashishdi.
❗️Uchrashuv doirasida tadbir ishtirokchilari maktabning matematika fani o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirildi.
✔️Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va kuy-qo'shiqlarga boy holda o'tdi.
______
⚡️Ma'lumot o'rnida, Mirfozil Mirzaahmedov 58 yildan buyon ta'lim sohasida faoliyat olib bormoqda.
U “Xalqaro tadqiqotlar topshiriqlari to’plami”, "Yozilgan darsliklarga mos o’qituvchi kitobi-metodik qo’llanma”, “Matematikadan 5-11-sinflar uchun darslik”, “4-11-sinflar uchun masalalar to’plami”, "O’quvchilarni matematik olimpiadaga tayyorlash o’quv qo’llanmasi” kabi darslik va qo'llanmalarning muallifi hisoblanadi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰
📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!
📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni “Kitob.uz” platformasida topishingiz mumkin.
📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.
KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play
Mazkur portalning qulayliklari:⬇️
➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.
❕ Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.
#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
⚡️ Iqtisodiyot va ma'lumotlar tahlili yo‘nalishi bilan tanishing!
❓Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?
💰 Moliyaviy tahlilchi - bu asosiy vazifasi xorijiy yoki mahalliy mijozlar uchun moliyaviy tahlilni o‘tkazish bo’lgan mutaxassis.
📊 Statistik - bu nazariy yoki amaliy statistika bilan ishlaydigan mutaxassis. Statistik ham xususiy, ham davlat sektorida ishlashi mumkin.
📐 Aktuariy - bu xavf va tavakkalchilikni o‘lchaydigan va boshqaradigan biznes mutaxassisi.
👨💼Ma’lumotlar bo‘yicha ilmiy izlanuvchi - Ma’lumotlar bo’yicha ilmiy izlanuvchi ma’lumotlar to‘plamini jamlash yoki baholashning eng samarali usullarini aniqlaydi.
❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul_2023 #admission_2023 #iqtisodiyot_va_maʻlumotlat_tahlili
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Ota_onalar_bilan_uchrashuv
#Prezident_maktablari
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
❗️Uchrashuv davomida ota-onalar maktabning hozirgi vaqtda an'anaviy ta'lim jarayoniga qanchalik tayyor ekanligi, yotoqxona, oshxona hamda dars xonalari bilan yaqindan tanishishdi.
✔️Shuningdek, o'quvchilarning birinchi va ikkinchi chorak davomida qayd etgan natijalari ota-onalar bilan birgalikda muhokama qilindi.
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube