piimauz | Unsorted

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Subscribe to a channel

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Бир пайтлар “снос”да ҳам ишлаганмиз” – Президент мактаби ўқитувчиси

Дилфуза Избаева Фарғона шаҳридаги Президент мактабида география фанидан дарс беради. Ўқувчиси Ўзбекистон биринчи марта қатнашган Халқаро иқтисод олимпиадаси иштирокчиси. Kun.uz мухбири билан суҳбатлашган мураббий бугунги кундаги ўқитувчилик фаолияти ҳамда Президент мактабида ишлашнинг ўзига хос жиҳатлари ҳақида сўзлаб берди.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ijod_maktablari

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Ollohyor Erkinov dunyoning yetakchi universitetlaridan 280 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

Oʻquvchimiz quyidagi xalqaro OTMlarga o'qishga kirdi:

🔹Mary Baldwin university
🔹SUNY Stony Brook University
🔹Colorado State University
🔹University of Arizona
🔹Minnisota Twin Cities
🔹Loyola Marymount University
🔹 International University of Applied Sciences
🔹 University of Montana

❗️Ma'lumot oʻrnida, Ollohyor The University of Arizona va Mary Baldwin University tomonidan pochta orqali sertifikatlar va esdalik sovgʻalarini qabul qilib oldi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Fotoreportaj

✅ Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_540_yilligi

✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

📺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi

📖"Yaxshilig'"

✍️Zahiriddin Muhammad Bobur

🎥Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi "Yangi O'zbekiston yoshlari" ko'rsatuvida.

❗️Unda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, iqtidorli o'quvchilar va ularning kelajak rejalari haqida so'z boradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xushxabar
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI!

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g'oliblari e'lon qilindi.

Unda dunyoning 21 ta mamlakatlaridan jami 1238 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.

❗️Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 5 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

⚡️Shundan 10 nafari (4 ta kumush, 6 ta bronza) Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilar hisoblanadi.

👉G'oliblar bilan saytimizda batafsil tanishing.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Seminar_trening

✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.
____
Fotolavhalarda Qo'qon, Termiz shahar va Xatirchi hamda Denov tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.

❗️Bugun mazkur treninglarning so'nggi kuni hisoblanadi. Shu bilan "Liderlar haftaligi" o'z nihoyasiga yetmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Аввал ўқитувчи, кейин ҳоким, ҳозир эса президент бўлмоқчиман” – ёш ўқувчи қиз ҳикояси

Нукусдаги президент мактабига иккинчи ўринда кирган, бироқ олис ҳудуддан бўлгани учун онаси қизининг бу ерда ўқишга имкони йўқ деб ўйлаган Айжамал Сакбергенова билан суҳбатлашдик. Онаси қизчадан имтиҳонда атайлаб бир нечта саволни хато ишлашни сўраганди.

👉 https://kun.uz/51941378

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Дадам ўқитувчи, ойим тикувчи” — президент мактабида ўқиётган оддий оила фарзандлари

Бегойим ва унинг укаси Беҳзод Тошкент шаҳридаги президент мактабида ўқийди. Улар аввалига оддий мактабда ўқишган, саралаш жиддий бўладиган президент мактабига киришда иккиси ҳам инглиз тилидан қийналишган, лекин математика ва мантиқий фикрлашдан юқори баҳо олишган.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA QISQACHA

✔️Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

✔️Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.

✔️Tarixchi Mirxond “Ravzat us-safo” asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.

✔️Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yoddan bilganlar.

✔️7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

✔️Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

✔️Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.

✔️Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

✔️Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

✔️Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

✔️Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

✔️Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.

✔️Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

✔️Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

✔️Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etadi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zakovat
#Xorazm
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

✅ "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati bo'limi rahbari Azamat Matkarimov Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1 - son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib, mahorat sabog'ini o'tkazdi.

💠
Bir-biridan qiziqarli savollarga boy bo'lib o'tgan ushbu turnirda 9 ta jamoa qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar sovrinli o'rinlarni egallashdi:

🥇-o'rin - Premium 8.01 jamoasi;
🥈-o'rin - Leaders 10.01 jamoasi;
🥉-o'rin - Renessans 9.02 jamoasi.

👏 Azamat Matkarimov tomonidan maktabda "Zakovat" to'garagi faoliyati samarali yo'lga qo'yilganligi alohida e'tirof etildi.

❗️2-mavsum o'yinlari davom etadi
!

🌐 Telegram | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari

✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlab ochiq dars va tadbirlar tashkil etilmoqda.
________
✔️Fotolavhalarda Halima Xudoyberdiyeva va Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari hamda Samarqand shahridagi Prezident maktabi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Махсус репортаж | Таълим тизимида амалга оширилган ислоҳотлар
#7feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ijod_maktablari

✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan sahna ko‘rinishi, she'riy chiqishlar namoyish qilishdi. Mezbon maktab o‘quvchilari ham badiiy uchrashuvda she'rlar bilan ishtirok etishdi.

❗️Ta'kidlash joiz, ijod maktablari orasida o‘zaro hamkorlik, iliq munosabatlar shakllanishi o‘quvchilar orasida yakdil maqsadlarning birlashuviga zamin yaratadi.

⬇️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#Ixtirochi_yoshlar

✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining robototexnika to‘garagi o‘quvchilari mashg‘ulotlar davomida o'z loyihalarini yaratishmoqda.

❗️Jumladan, mazkur to‘garakda ishtirok etuvchi 5-sinf o‘quvchilari tomonidan harakatni sezsa yonuvchi hamda qarsak orqali yonib-o‘chuvchi "aqlli" chiroqlar yasaldi.

🔹Bu kabi chiroqlar elektr energiyasini tejashga yordam beradi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur meroslari beqiyos ma’naviy xazinadir.

@hududtv

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_540_yilligi

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazir Hilola Umarova ham ishtirok etdi:

- Ajdodlarimizni bilish, ularni o'rganish o'tmishimizga va bugunimizga bo'lgan ehtirom hissini yanada oshiradi. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bir pallada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir mehmonlariga alohida kayfiyat baxsh etdi.

❗️Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy va Bobur davrini o'zida aks ettirgan cholg'u asboblari, hunarmandchilik namunalari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

⚡️Ko'rgazmada, shuningdek eski va zamonaviy maktabda ta'lim olish jarayonlari ham sahnalashtirilganligi mehmonlarda katta tаassurot qoldirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
__________
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ijod_maktablari

VAZIR IJOD MAKTABINING YANGI BINOSI BILAN TANISHDI

✅ Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi.

Tashrif davomida:

🔹 Maktab bitiruvchilarining xorijiy tillarni o'rganganlik darajasi,
🔹 ijod maktabining viloyat fan olimpiadasidagi ishtiroki,
🔹 kasbga yo'naltirilgan to'garaklar faoliyati,
🔹 3 nafar ijodkor o'quvchining ilk she'riy kitoblari taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so'ng vazir maktabning ta'mirlangan binosi bilan yaqindan tanishib, o'z taklif va tavsiyalarini bildirib o'tdi.

❗️Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabda 186 o'ringa ega yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali - markazlashgan yangi o'quv binosi foydalanishga topshirilgan.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Sun'iy intellektga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

💥 AI REWIND2022 — O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning yil yakunlari sarhisobiga bag'ishlangan keng miqyosdagi tadbirdir. Tadbirda mazkur sohadagi yetakchi IT-kompaniyalar, jumladan, Alif Tech, Uzum, Billz, Iman Invest, Uztelecom, Ucell, Mobiuz va boshqa IT kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.

Sun'iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi, ma'ruzalar, soha vakillari bilan muloqot - barchasi bir joyda va faqat bir kunda!

🗓 Sana: 18.02.2023
⚡️ Vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha
📌 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti
💰 Narxi: bepul

❗️Bot orqali ro'yxatdan o'ting!
👉 @mlcEventsBot

——————
Tadbir haqida barcha ma'lumotlar ushbu kanalda: @ml_iut_club

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Факт 24 | Дунёнинг топ университетидан 348 минг долларлик грант ютган ўқувчи
#9feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi.
_
🇹🇷Okul Öncesi ve Okul Eğitimi Bakanı Hilola Umarova Türkiye Cumhuriyeti Taşkent Büyükelçiliğini ziyaret ederek kardeş Türk halkına başsağlığı diledi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening
#Muzrabot_tumani

"LIDERLAR HAFTALIGI"DA MUZRABOT VA JARQO'RG'ON TUMANLARINING 124 NAFAR MAKTAB DIREKTORLARI ISHTIROK ETISHMOQDA

🔰 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida Muzrabot tumanida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

✅Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

❗️ Bugun Denov tumani, Muzrabot tumani va Jarqo'rg'on tumani umumta’lim maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

📌Treninglar butun viloyat bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va viloyatimizning barcha hududlaridan 934 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook I Telegram

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Liderler_hápteligi
#Qaraqalpaqstan_Respublikası
#Seminar_trening

✅Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrligi quramındaǵı Qánigelestirilgen bilimlendiriw mákemeleri agentligi tárepinen "Zamanagóy mektep liderler názerinde" atlı seminar-treningler dawam etpekte...

🔰
Bilimlendiriw sapasın asırıwda mektep iskerliginiń sistemalı jolǵa qoyılıwı áhmiyetli orındı iyeleydi. Jumıs barısınıń sapalı shólkemlestiriliwi bolsa, eń aldı menen basshıǵa baylanıslı.

➖➖➖➖

✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar davom etmoqda...

📍Treninglar butun Respublika bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha hududlaridan 726 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

🌐Telegram I Instagram I YouTube I

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#JIZZAX

#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida_loyihasi_boshlandi

🎬 Jizzax viloyatidadagi jami 554 nafar umumta’lim maktablari direktorlari uchun "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasida seminar-treninglar boshlandi.

⭕️ Bugun Do’stlik tumani, Arnasoy tumani, Paxtakor tumani va Mirzacho’l tumani umumta’lim maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

Maqsad – agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktab rahbarlariga o‘rgatish.

🔰Seminar-treninglar 10 fevral kunigacha davom etadi

/channel/PTMAJizzax

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Liderlar_haftaligi
#Termiz_shahri

📣Joriy yilning 7-10-fevral kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

🔰Seminar-treningning 1-kuni Termiz shahridagi Prezident maktabida Termiz shahrida joylashgan 27 ta umumta’lim maktablarining direktorlari jam bo‘lishdi.

✅Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad, Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarni qayd etishda davom etishmoqda.

▶️Jumladan, xalqaro IELTS imtihonidan:

✅ Akbarov Firdavs - 8.0 ball,
✅ Toshmurodov Sarvar -7.5 ball,
✅ Sirojiddinova Shahrizoda - 7.5 ball,
✅ Rahmatullayev Doniyor -7.5 ball,
✅ Ibodullayev Anvar -7.5 ball,
✅Axmedova Qumrixon -7.0 ball,
✅Toshpoʻlatov Bekzod -7.0 ball,
✅Pardaboyev Xumoyun -7.0 ball,
✅Salimova Mumtozmahal -7.0 ball,
✅Uktamova Shoxsanam -7.0 ball,
✅Ismailov Zuxriddin -7.0 ball,
✅Orziqulova Dilrabo -7.0 ball,
✅Toshboyev Aslbek -7.0 ballni,

⏩Xalqaro SAT imtihonidagi natijalari:
✔️ Ibodullayev Anvar -1440 ball,
✔️Akbarov Firdavs -1410 ball,
✔️Toshboyev Aslbek -1350 ball,
✔️Toshmurodov Sarvar -1340 ballni qo'lga kiritishdi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel