#Prezident_maktablari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabining 7-, 8-, 9- sinf o‘quvchilari chet tilini bilish darajasini aniqlovchi CEFR milliy sertifikatining yuqori ballarini qo'lga kiritishdi
🫥 To‘ymurodova Malika – C1
🫥 Jo‘rayeva Kamola – C1
🫥 Jumaqulov Bilolbek – C1
🫥 Bahodirova Farangiz – B2
🫥 Akbarov Alisher – B2
🫥 Ilhomov Elbek – B2
🫥 To‘xtayev Miroqil – B2
🫥 Tolibov Shoxijaxon – B2
🫥 G‘iyosov Akobir – B2
🫥 Mirzoqulov Javohir – B2
💫 O‘quvchilarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tanlov_ikkinchi_bosqich_natijalari
📣 DIQQAT, E'LON!!!
🔴 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati bugun, 27-mart kuni (kun davomida) Agentlikning job.piima.uz platformasida e'lon qilinadi.
🫥 Tanlovning 3-bosqichi (suhbat) qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan nomzodlarning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamlariga bog‘lanib xabar beriladi.
📆 Suhbat jarayonlari fanlar kesimida 28-30-mart kunlari Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#Drama_toʻgaragi
🗓 27-mart — Xalqaro teatr kuni
❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan "Ruhlar isyoni" dostonidagi “Jaholat toʻgʻrisida rivoyat” sahna koʻrinishidan lavha.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣DIQQAT
❗️SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING
🔴 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan "Buyuk allomalar izidan" nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.
⚡️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.
👆 Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.
🏆 Mukofotlar:
🔹 Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.
🫥 Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.
⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TAYINLOV
Jangirov Jo‘rabek Qarshiyevich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
J.Jangirov "Ma’rifat" hamda "O‘zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetalarida, Yozuvchilar uyushmasida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli lavozimlarda, shuningdek, Matbuot va axborot agentligida matbuot kotibi – axborot xizmati rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
⚡️AL-XORAZMIY NOMIDAGI OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI START OLDI
Bugun, 25-mart kuni Nukus shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari olimpiadasining Respublika bosqichiga start berildi.
Unda olimpiadaning hududiy bosqichida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jami 242 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Olimpiada bir bosqich — test sinovi tarzida bo‘lib o‘tadi. Umumiy hisobda yuqori ballarni egallagan o‘quvchilar Respublika bosqichida ishtirok etadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Bugun
📍 Samarqand va Nurafshon shaharlaridagi Prezident maktablarning 11-sinf o‘quvchilari uchun “MOCK” sinov imtihonlariga start berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Toshkent shahridagi Prezident maktabida SAT imtihoni boʻlib oʻtmoqda
SAT (Scholastic Assessment Test) — akademik baholash testi boʻlib, asosan, abituriyentlarning tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi. U AQSh oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun standartlashtirilgan testlardan iborat.
SAT Reasoning Test matematik savollar, maʼlumotlarni tahlil qilish va yozma ish shartlarini oʻz ichiga oladi. U 2 soat davom etadi. SAT imtihonlarida, umumiy holda, 400 dan 1600 gacha ball toʻplash mumkin.
Shu kunga qadar SAT imtihonlarini yurtimiz hududida oʻtkazish imkoni chegaralangan edi. Taʼlimdagi islohotlar natijasi oʻlaroq, mazkur imtihonlar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etildi.
Imtihonlar joriy yilning mart, may va iyun oylarida respublikamiz hududidagi 14 ta Prezident maktablarida boʻlib oʻtishi belgilangan.
Taʼkidlash joiz, SAT imtihonlarini faqatgina taʼlim ravnaqini koʻtaruvchi omil emas, balki madaniy tarbiya darajasini yuksaltirish, til oʻrganish, iqtidorli talabalar uchun xorijiy grant dasturlarida ishtirok etish imkoniyati, bepul taʼlim olish, butun dunyo davlatlari qadrlaydigan sifatli mutaxassis boʻlib yetishish vositasi sifatida koʻrish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Abdumalikov Himoyiddin!
Hayotdagi shiori:
“Kechagi kunni unut, ertangi kunni tashvishini qilma, bugungi kunni qadriga yet”.
Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-green sinf oʻquvchisi Himoyiddin hozirgi kunda umumiy miqdorda $1,132,000 grant sohibiga aylanib, 27 ta nufuzli oliygoh talabasiga aylandi:
1.Indianapolis University $72.000 (USA)
2.The University of Arizona $60.000 (USA, Arizona)
3. Duquense University $96.000 (USA)
4..Wingate University $108.000 (USA,North Carolina)
5.Franklin University $96.000 (Switzerland)
6.Colorado State University (USA, Colorado)
7.Curtin College (Australia,Bentley) $68.000 USD
8.Edith Cowan University (Australia,Joondalup) $60.000 USD
9.Murdoch university (UAA, Dubai) $28.000 USD
10.University of Portsmouth (UK,England)
11.UC International College (New Zealand)
12.Swansea University (UK,Wales)
13.Keele University (UK, England)
14.University of Plymouth (UK,England)
15.Lancaster University (Germany, Leipzig)
16. Hague Pathway college (Netherlands)
17. Xavier University $100.000 (USA)
18. Twente Pathway college
19. Webster University (Uzbekistan)
20. Westminster University $92.000 (USA)
21. Toronto school of Management $20.000 (Canada)
22. Brunel University London (UK)
23. New Mexico Highlands University (USA)
24. University of New Haven (USA) $112.000
25. Elmira College (USA) $68.000
26. Marymount Manhattan College (USA) $80.000
27. Canisius College (USA) $72.000
💬 Telegram 📷 Instagram
💬 Facebook 📺 YouTube
Assalomu alaykum,
Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Lobar va dilbar o‘quvchi qizlarimiz!
So‘zimiz avvalida, Siz azizlarni bahorning ilk bayrami bo‘lmish – 8 mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi nomidan chin ko‘ngildan qutlaymiz.
Sizlarga eng sara va samimiy, eng ezgu va yorug‘ tilaklarimizni izhor etib, qalbingizdagi jamiki istaklaringiz ro‘yobga chiqishini, hamisha hurmat va ehtiromda bo‘lishingizni so‘rab, o‘ylaganingizdan ortig‘i, kutganingizdan ziyodasi nasib etsin, deymiz.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.
Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlardan 8 nafari o‘quvchilar bo‘lib, ular orasida Prezident va Ijod maktablarida tahsil olayotgan qizlarimizning borligi kishini quvontiradi.
Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan, o‘g‘il-qizlarimizga ustozlik qilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 6611 nafar o‘qituvchilarning 3142 nafari yoki 47,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etishini alohida mamnuniyat bilan aytmoqchimiz.
Qolaversa, Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktablar va Ijod maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarimiz (oddiy sinflar qo‘shilmaganda) 61975 nafar bo‘lsa, ularning 27227 nafari ya’ni 44 foizini qizlar tashkil etishini ta’kidlash joiz, deb o‘ylaymiz.
Buyuk davlat arbobi Indira Gandining shunday gapi bor: Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz. Bu so‘zlar bejiz aytilmagan, albatta.
Aziz opa-singillar!
Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilaymiz.
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Президент Шавкат Мирзиёев: Янги Ўзбекистонни барпо этишда, Учинчи Ренессанс бунёдкори бўлган ёш авлодни тарбиялашда сизларга, сизларнинг буюк мураббийлик фазилатларингизга таянамиз.
—
Президент Шавкат Мирзиёев: В строительстве Нового Узбекистана, воспитании молодого поколения – созидателей Третьего Ренессанса мы опираемся прежде всего на вас, ваши замечательные качества.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Эълон
#SAT
📣📣📣Xalqaro SAT imtihonlari uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
Imtihonlar joriy yilning 11-mart kuni bo‘lib o‘tadi!
Imtihonga kirish ruxsatnomasi va ma'lumotlar ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda ko‘rsatgan elektron pochtangizga yuborildi.
📍Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkent, Xiva, Jizzax va Andijon shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mazkur imtihonlarni tashkil etuvchi markazlardan biri hisoblanadi.
#Mirzo_Ulugʻbek_maktabi
#Tashrif
🌍Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari Simulyatsiya markazida.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Zilzilani simulyatsiya qilish majmuasida “O‘quvchilarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
🎙Mashg‘ulotni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yoshlikdan singdirib borishdan iborat.
Tadbirda o‘quvchilarga zilzila va u bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. 📍Ekspozisiya zalida o'quvchilar zilzilaning yuzaga kelishi, oqibatlari bilan ko‘rgazmali tarzda tanishishdi.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Murojaatlar uchun: @Muimiuz_bot
✈️Telegram 📷 Instagram
📒Facebook
#Vazirga_murojaat
📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!
❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!
Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.
⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.
❕TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____
📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».
Уважаемые учителя, воспитатели, родители!
Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:
▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.
⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.
❕ КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!
#Jizzaxda_yana_bir_ixtisoslashtirilgan_maktab_faoliyat_boshladi
✅Bugun Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish tadbiri bo’lib o’tdi.
📸 Maktabning ochilish marosimida Zarbdor tuman hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Jizzax viloyat hududiy bo’lim boshlig’i Shohida Damanovalar ishtirok etib, tuman ahli va oʻquvchilarni mazkur yangi taʼlim dargohi bilan tabrikladi.
📊 Bu yerdan buyuk ajdodlarimizga mos yangi zamon avlodlari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.
🖋 Ushbu maktabda 336 nafar o’quvchilar uchun qulay sharoit yaratildi. 21 ta oʻquv, laboratoriya sinflari, sport zal va tadbirlar oʻtkaziladigan zal kerakli jihozlar hamda texnik vositalar bilan taʼminlandi.
🖇Tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va sahna ko'rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🖇🖇🖇Batafsil
/channel/PTMAJizzax
❗️BUYUK MUVAFFAQIYATLAR, QAT'IYAT VA SABOT — MATONATNING NATIJASI
⚡️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar-treningga start berildi.
🔰 Tadbir ishtirokchilari bir-birlari bilan tajriba almashgan holda yanada ko'proq ma'lumot hamda tajribaga ega bo'lishmoqda.
🗓 Trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidа o‘quvchilar ijodiy faoliyatlarini darsdan so‘ng “Raqamli va tasviriy san’at” to‘garagida davom ettirmoqda.
🎨 "To‘garak a’zolari nafaqat mo‘yqalamda, balki raqamli dasturlar orqali ishlashni ham puxta o‘zlashtirishmoqda", — deydi to‘garak rahbari Maftuna Xolmatova.
🖼 O‘quvchilarning turli janrlardagi ijod namunalaridan lavhalar.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik
❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.
⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va uzecoilm/qushlarkuni" rel="nofollow">https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
Yangiliklar 24 | O‘qituvchilar uchun seminar-trening
#uzbekiston24
📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Yangi_Oʻzbekiston_bunyodkorlari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHISI 3.332.000 AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI GRANT SOHIBI
📍 Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Rasulbek Odamboyev "Xorazm-24" dasturida.
🫥 Ushbu maktabning 15 nafar bitiruvchisi muddatidan avval xorijiy o'quv yurtlarining talabasiga aylangan.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Yangiliklar 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabida SAT imtihoni o‘tkazildi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
📍Toshkent shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtayotgan SAT imtihoni boshlanishi oldidan olingan suratlar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
📣 E'LON
👩💻O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan PEDAGOGlar diqqatiga
🛎 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.
Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ O‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar yaratiladi;
➖Yetakchi mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
➖ Xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.
🪪 Xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar 100% gacha ustamaga ega bo‘lishadi.
Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖ Bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin);
➖ Halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
➖ Xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
📆 Hujjatlarni shu yil 7-martdan 16-martgacha (shu kuni ham) job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
Tanlov haqidagi batafsil ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
🌐 Veb-sayt: piima.uz
🕊 Telegram: t.me/piimauz
📱 Facebook: www.facebook.com/piima.uz
☎️Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Diqqat! Onlayn olimpiada!
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida joriy yilning 10-11-mart kunlari onlayn olimpiada bo’lib o’tadi!
✔️Olimpiada matematika, fizika, kimyo, bologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda Science fanlaridan o’tkaziladi.
Olimpiada jarayonida ishtirokchilarga har bir fandan 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
Shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 2 bosqichda (test, dasturlash) tashkil etiladi.
👉O‘quvchilar ushbu onlayn olimpiadalarda Agenlikning portal.piima.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari tanlagan faqat 1 ta fan bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
👉 Batafsil saytimizda o'qing.
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan grant yutishda faollik koʻrsatmoqda
✅ Behruz Erkinov — Qozogʻistonning Astana shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro STEAM hamda PIIMA Robotics olimpiadalarida oltin medallar sohibi, IELTS — 8.0 ball.
Qabul qilingan oliygohlari:
🔹New-York University in Abu-Dhabi
🔹University of Cincinnati
🔹University of Birmingham
Jami: 416 000 AQSh dollari
✅ Humoyunmirzo Niyatqobulov — IELTS imtihonlaridan 7.5 ballni qoʻlga kiritgan.
Qabul qilingan oliygohlari:
🔹Drexel University
🔹University of Connecticut
🔹NYU Shanghai University
Jami: 384 000 AQSh dollari
✅ Begoyim Pardaboyeva — “Digital ladies-2021” hamda ”School math Olympiad” gʻolibasi, United Girls Department lideri.
Qabul qilingan oliygohlari:
🔹University of Leeds
🔹Maryland Institute College of Art
🔹Xavier University — 100 000 AQSh dollari
✅ Umrbek Janibekov — maktab Prezidenti, IELTS dan 7.5 va SAT dan 1450 ballni qoʻlga kiritgan.
Qabul qilingan oliygohi:
🔹NYU Shanghai University — 212 000 AQSh dollari
✅ Sardorbek Tabibullayev — “United Students' Council” prezidenti, IELTS — 8 ball
Qabul qilingan oliygohi:
🔹Ball State University — 64 000 AQSh dollari
✅ Ibrohim Iskandarov — IELTS dan 7.5 va SAT dan 1490 ballni qoʻlga kiritgan.
Qabul qilingan oliygohi:
🔹New-York University in Abu Dhabi — 320 000 AQSh dollari
✅ Aziz Sobirov — IELTS imtihonlaridan 7.5 ball sohibi.
Qabul qilingan oliygohi:
🔹NYU Shanghai University — 200 000 AQSh dollari
♻️ Qabul xatlari kelishi davom etmoqda!
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xalqaro_konferensiya
⚡️ “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya “Turon” axborot-kutubxona markazida o‘z ishini boshladi.
🎵 Mehmonlarni milliy kuylar sadosi ostida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari qarshi olishdi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov yurtboshimizning anjuman ishtirokchilari uchun yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
📆 Shu yilning 6-7 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur anjumanda AQSh, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Shvetsiya va Germaniya kabi mamlakatlarning nufuzli jadidshunos olimlari ishtirok etmoqda.
🌐 Ushbu xalqaro tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) raisligi doirasida o‘tkazilayotganligi konferensiyaning nufuzini yanada oshiradi.
🫥 Konferensiya doirasida "Shahidlar xotirasi" majmuasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi va Abdulla Qodiriy memorial muzeylariga tashrif, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishuv, shuningdek, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari singari bir qancha dasturlar rejalashtirilgan.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Respublika_ijodiy_ishlar_tanlovi_natijalari
🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, yakuniy natijalarga ko'ra:
✅She’riyat
🥇1-o‘rin – Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi Zahro Olimjonova
🥈2-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Zarifa Mardiyeva
🥉3-o‘rin – Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Boynazarova
✅Maqola
🥇1-o‘rin – Qarshi shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi Shaxriyor Boymirzayev
🥈2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ruxshona Olimova
🥉3-o‘rin – Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Odinaxon Abdujabborova
✅Videoroliklar
🥇1-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kamola Komiljonova
🥈2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Zulhayo Mingboyeva va Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Abdusalomova Farangiz
🥉3-o‘rin – Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonova
✅ Dars ishlanma
🥇1-o‘rin – Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Gulruh Toshboyeva
🥈2-o‘rin – Chust ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi Azimova Umida
🥉3-o‘rin – Uchqo‘rg‘on ixtisoslashtirilgan maktab Sevara Abdullayeva va Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi Iroda Abdurashidovalar egalladi.
Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram
@ikki_qalb_izdoshlari
🔰DO‘STONA BELLASHUV
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan 5ta muhim tashabbus doirasida tizimdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining pedagog xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi. Unda erkaklar o‘rtasida futbol hamda ayollar o‘rtasida voleybol sport turlari bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.
🏆Kun davomida yuqori darajada o‘tkazilgan festival yakunida g‘olib o‘qituvchilar hamda jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra,
⚽️Futbol bo‘yicha:
1-o‘rin - Qo‘rg‘ontepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
2-o‘rin - Bo‘ston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
3-o‘rin - Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🏐Voleybol bo‘yicha:
1-o‘rin - Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
2-o‘rin - Xo'jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
3-o‘rin - Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Boshqirdiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Oybulat Xajin tashrif buyurdi
✅ Uchrashuv davomida Oybulat Xajin maktab faoliyati, oʻquvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, mehmon uchun maktab hududi boʻylab kampus-tur ham tashkil etildi.
📌 Vazir Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan suhbatlashdi hamda ularning bilim va salohiyatini, erishib kelayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etdi.
Telegram | Instagram | Facebook