piyodalar | Unsorted

Telegram-канал piyodalar - Piyodalar

202

Piyoda shaxmatdagi yagona maqsadga ega figura va faqat ugina xohlagan maqsadiga erishadi... Qanday imkoniyatlarga egaligimizni bilib yashaylik... Aloqa uchun: @piyodalar_kanali

Subscribe to a channel

Piyodalar

#asardan_parchalar

Odamlar odatda o'zlari tushunmaydigan narsalarga beparvo munosabatda bo'lishadi.

📚 "Ishqqa oid 40 qoida"
✍ Elif Shafaq


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Ming shukur!
Men sizni sog‘inmayapman.
Tomirlab, tanamga yoyilmadi dard.
Xudo kechirsa bas noshukurini,
Men o‘sha sog‘inchni sog‘indim faqat... ©


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#kundalikdagi_qaydlar

Aytishlaricha, oilada sevgi qanchalik kuchli bo‘lsa, sog‘lom bola tug‘ilish ehtimoli shunchalik ko‘proq.

📚"Mening Dog‘istonim"
✍ R. Hamzatov


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#kundalikdagi_qaydlar

Bir insonni ozgina narsaga juda xursand boʻlib yoki ozgina musibatga juda xafa boʻlib ketishi uning qalbi zaif ekanligini bildiradi.

©Ayman Yog'iy


P.s.: Mening qalbim ulkan ekanligini sezib yurardim.
Chunki ortiqcha suyunmayman ham, kuyunmayman ham...)


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#sevimli_satrlar

Rahmat, qo‘llarimdan tutganing uchun,
Tashakkur! Qorlarda kutganing uchun.
Ming rahmat ko‘ksimni nurlarga ko‘mib,
Taqdirim yo‘lidan o‘tganing uchun.

Va ming bor taqdirga ta’zim, Azizim,
Yaxshi - yomonimda yorliging uchun.
Peshonamda isming yozilgani va
Kaftim chizig‘ida borliging uchun... ©


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Unutmasman seni toki tirikman,
Seni jon o‘rnida saqlar tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursan,
Mening she’rim bilan mangu qolursan...🎶


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#kechinma

Har safar aytaman: ‘‘bo‘ldi, barchasi tamom...’’
Va yana qaytaman o‘shal barchaga... ©


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Vatan - degani bu, bir hovuch tuproq,
Vatan - degani bu yurakda titroq.🎶

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Baxtingni boshqalarning nigohidan berkit.
Baxt uni qizg'onishlarini yaxshi ko'radi...


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Endi barisi kech, endi bari kech,
Men seni unutib boryapman sekin...


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#asardan_parchalar

Avvalgi hayoting bo'ylab sayohat qilish oyog'ing ostiga tuynuk ochishdek gap. Undan chiqayotgan o'tmish alangasi buguningni kuydirib kul qilishi mumkin.

📚 "Alif"
✍ Paulo Koelo


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#sevimli_satrlar

Kutdi.
Kutdi.
Bir so'z demadi.
So'ng dard chaldi. Ketdi omadi.
Asta-asta cho'kdi kemaday,
Keyin bemor yotdi. Kelmading.

Umr bo'yi charx urdi.
Izladi.
Shamollarda qoldi bo'zlari.
Ketdi.
Ochiq ketdi ko'zlari.
Kelma. Endi o'tdi. Kelmagin.

Yozi yondi. Sarg'aydi kuzi...

©Halima Xudoyberdiyeva


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Siz kutasiz, menam boraman,
Uchib boradirman misli o‘q...
Bir hafta! Men qanday yuraman?
Yetti kunga yetar sabrim yo‘q... ©


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Aldagin, aldab ket, ko'nay bariga,
Tashlama hijronning chuqur qa'riga,
Kimlar nima desa undan nariga,
Kut meni, azizam, uzoq yasha de,
Ko'nglim hamon senda o'sha-o'sha de!

© Malika Salimova


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Men seni hech qachon unutolmayman.
Sen meni hech qachon ko‘rmaysan qaytib...

© Andrey Voznesenskiy


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Siqilmaslik kerak!
Bugun o‘xshamasa ertaga o‘xshaydi, umuman o‘xshamasa ham hechnima bo‘lmaydi...

© Abdukarim Mirzayev


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#nimadirlar

Bilmaysanmi, menga ne boʻldi,
Qoʻshiqlarim ishq toʻgʻrisida.
Men kimnidir sogʻinayapman,
Uni koʻrgim kelyapdi juda!

© Malika Salimova


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#kundalikdagi_qaydlar

Odamzod ko‘tarib yuradigan eng og‘ir yuk - vaqtida ayta olmagan gapdir... ©

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#xotira

Hayot rostanam juda qiziq.
Chunki vaqti kelib erishgan narsalaringni xohlay boshlaysan...))

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Naxot, birorta bizga hamdam yo‘q,
Ko‘ngil yig‘laydiyu ko‘zlarda nam yo‘q.
Essiz taqdir ekan qaydan bilibmiz,
Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...🎶


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#tabrik

Tilaklar ichida izlab topganim,
Tangrim nigohini sizga qaratsin.
Yagona o’tinchim Allohdan bu kun,
Sizdek insonlarni ko’proq yaratsin!



Bugun men uchun eng qadrli bo‘lgan insonimning tug‘ilgan kuni.🥳
Tavallud ayyomingiz qutlug’ bo’lsin. Doimo omon bo‘ling, sizdek Inson bilan siylagani uchun Yaratganga shukronalar bo‘lsin...


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#sevimli_satrlar

Egasiga...

Avgust yomgʻirida toʻkildi hislar,
Xilvirab turibdi shalabbo dilim.
Quruqshoq yerlarga yomgʻirlar kerak.
Siz menga keraksiz, sevgilim...

Bahorda ismimiz aytdi shamollar,
Ishqimiz toblandi yozda betinim.
Visolga oshufta qalblarimizni
Yomgʻirlar poklasin, sevgilim...

Xazin kuylarini chalar maʼyuslik,
Osmonning yoshlari oqadi sim-sim.
Aldoqchi dunyoni qoldirib dogʻda,
Biz baxtdan yig‘laylik, sevgilim...

Avgust yomgʻirida toʻkilgan hislar,
Tasbehdek terilar yuragimda jim.
Va sekin pichirlab aytaman oxir
Siz menga keraksiz, sevgilim...

©Aziz Nazar


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Salom Kuz!
Men sevgan oltin fasl - Kuz! 😊

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#tong

Ertalab uyqudan turgan vaqtingda ilon chaqqanday o‘rningdan sakrab turma, avval tushlaringda nimalar ko‘rganingni o‘yla.

📚 "Mening Dog‘istonim"
✍ R.Hamzatov


Yangi tong muborak Qadrdonlarim...

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#sevimli_satrlar

O‘ylardim, unutib bo‘lmaydi seni,
Ko‘tarib yashayman armonim yukin,
Endi baxtim degim kelyapti uni,
Men seni unutib boryapman sekin.

Ko‘nglimda hayajon, dilimda titroq,
Ilk sevgim bandidan uzilgan yaproq.
Uni o‘ylayapman men endi ko‘proq,
Men seni unutib boryapman sekin.

U meni taqdirim, U meni baxtim,
Bag‘rimda guldayin ochildi gulgun,
Ko‘ngillar bog‘landi, bog‘landi axdim,
Men seni unutib boryapman sekin.

Nogahon yo‘limdan kelganingda duch,
Ishon, xotiralar qiynamaydi hech,
Endi barisi kech, endi bari kech,
Men seni unutib boryapman sekin.

Bilmadim dardimga yillar davomi,
Dilimga tutashgan dillar davomi,
Hayotim davomi, umrim davomi,
Men seni unutib boryapman sekin... ©


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

Musibat senga tegishli boʻlmaganda sabrdan gapirish osondir...

@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

O‘zgalarga hech narsani so‘zlamaslikka o‘rganing! Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

© Bernard Shou


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

So‘rolsangiz so‘rang o‘zidan,
Alloh meni yaxshi ko‘radi...)


@piyodalar

Читать полностью…

Piyodalar

#sevimli_satrlar

Uzoqlarda oʻlsam va unga
Juda ham kech yetsa bu xabar,
U titramas, achinmaydi ham,
Kulib qoʻyar begʻam, bekadar.

Soʻng eslaydi: Neva boʻylari..
Qorga choʻmgan osmonu zamin…
Va eslaydi: “Seni bir umr
Asrayman!” deb ichgan qasamin.

© Anna Axmatova


@piyodalar

Читать полностью…
Subscribe to a channel