#tun #kechinma
Tunda hech kimga ‘‘Yaxshimisan?’’ degan savolni bermang.
Agar yaxshi bo‘lganda edi, allaqachon uxlagan bolardi...
© Yulduz Sultonova
@piyodalar
#kayfiyat
Onlayn odamlaram g‘animat bo‘pqoldi...
#birmiz_qalban_birgamiz.))
@piyodalar
Assalomu alaykum hurmatli obunachilarimiz!
14 - yanvar ‘‘Vatan himoyachilari’’ kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
Vatanimizni qo‘riqlaydigan mardlar bor ekan albatta bizni ko‘nglimiz hamisha hotirjam.😊
Boringlarga shukur!☺️
@piyodalar
* * *
Hammasi
Shunday tugamogʻi kerak edi,
tugadi...
Koʻngil sinmogʻi kerak edi,
sindi...
Oqarmogʻi kerak edi soch,
oqardi...
Choʻkmogʻi kerak edi koʻz,
choʻkdi....
Nihoyat,
Sen kelmogʻing kerak edi,
Nega kelmading?!
© Farhod Arziyev
@piyodalar
#asardan_parchalar
Onasi kaltaklanadigan xonadonda hech kimning ruhiyati sog‘lom bo‘lishi mumkin emas...
📚 Sayohat
✍ Daniela Stil
@piyodalar
Hayotda ham xuddi shunday. Egrilar bilan hech kimning ishi yo‘q, hamma zarba to‘g‘rining boshiga tushadi... ©
@piyodalar
#kundalikdagi_qaydlar
Qonunlar oʻrgimchak to‘riga oʻxshaydi. Kichik pashshani toʻsib qola oladi. Ammo qovoqarini oʻtkazib yuboradi.
© Jonatan Svift
@piyodalar
#sevimli_satrlar
Men oʻsha,
Yoshlikning yon daftarida,
Yarimi kesilgan suratdagi qiz.
Men oʻsha bir qadam sizdan narida,
Baxtga yetolmayin yashayman yolgʻiz.
Siz oʻsha,
Bir bora yoʻlimni poylab,
Yo qoʻshni boladan yoʻllamagan xat.
Siz oʻsha yor-yorni tinglagan yigʻlab,
Sevgi deganiga oʻqilgan laʼnat!
Men oʻsha,
Qismatga jim egilgan bosh,
Va ota izmiga koʻngan palahmon.
Men oʻsha,
temirdan yasalgan bardosh,
Va qirqta boʻlakka maydalangan jon!
Siz oʻsha,
Suymagan yorini quchib,
ishqning olovida erimagan muz.
Siz oʻsha yolgʻondan qasamlar ichib,
Kimning koʻz yoshiga aralashgan tuz!
Men oʻsha,
Hattoki hayollarida,
Sizni oʻylamoqni hiyonat bilgan,
Men oʻsha har tongda qurisin deya,
Yotgan yostugʻini quyoshga ilgan!
Siz oʻsha,
zah yerga bagʻrini berib,
Toʻrdagi baliqdek toʻlgʻanayotgan,
Siz oʻsha
har kecha bir hil tush koʻrib,
Ismimni shivirlab uygʻonayotgan.
Men oʻsha,
Ismingiz qoʻyib oʻgʻliga,
Beshikni quchoqlab allalar aytgan.
Men oʻsha bahorga yetmasdan turib,
Kuzning xazonidek toʻkilib ketgan!
Siz oʻsha,
Bir bora sevdim, demagan...
Men oʻsha,
suymasdan tegdim, demagan...
© Malika Salimova
@piyodalar
#shunchaki
Nodonga sukut qilishing – unga berilgan eng batafsil javobing, unga yetkazgan eng alamli azobingdir.
© «Unvanul bayon» kitobidan
@piyodalar
#kechinma
Kechir!
Seni demoq asli jinoyat!
Gunoh tunlardagi sirli hayoling... ©
@piyodalar
Men seni hech qachon unutolmayman.
Sen meni hech qachon ko‘rmaysan qaytib...
© Andrey Voznesenskiy
@piyodalar
Siqilmaslik kerak!
Bugun o‘xshamasa ertaga o‘xshaydi, umuman o‘xshamasa ham hechnima bo‘lmaydi...
© Abdukarim Mirzayev
@piyodalar
#nimadirlar
Bilmaysanmi, menga ne boʻldi,
Qoʻshiqlarim ishq toʻgʻrisida.
Men kimnidir sogʻinayapman,
Uni koʻrgim kelyapdi juda!
© Malika Salimova
@piyodalar
#kundalikdagi_qaydlar
Odamzod ko‘tarib yuradigan eng og‘ir yuk - vaqtida ayta olmagan gapdir... ©
@piyodalar
#xotira
Hayot rostanam juda qiziq.
Chunki vaqti kelib erishgan narsalaringni xohlay boshlaysan...))
@piyodalar
Yozganlaring emas, yozgach yubora olmay o'chirib yuborganlaring qiziq Menga!
@piyodalar
Yomg‘ir bo‘lsang minglab tomchilar ichidan seni topardim. Chunki qo‘rqaman, tuproq olganini qaytib bermagay...
© Jamol Surayyo
@piyodalar
Yangi yil,
yangi kun,
yangi soatlar muborak bo‘lsin Qadrdonlarim!
Boshlanayotgan 2022-yilning har bir kuni qutlug‘ kelsin barchamizga.
Samimiyat bilan @piyodalar kanali adminkasi.!
Oʻylaymizki, yaxshi boʻlganimiz uchun bizni yaxshi koʻrishadi. Yoʻq, aslida yaxshi boʻlganlari uchun bizni yaxshi koʻradilar...
© Lev Tolstoy
@piyodalar
#sevimli_satrlar
Unutmoq
Sizni unutaman!
Xudo xoxlasa
Ko'rmagandek bo'lib ketadi ko'nglim..
Balki, nari borsa o'lib qolarman,
Unga ham ko'ngim..
Sizni unutaman!
Qasd emas,
Rost bu!
Kelgan malollarim topgusi barham
Maysadek unaman qayta va qayta,
Poyingiz bo'lguncha mangu nomahram!
"Oy yuzli" demaysiz, oy nima o'zi?
Falak etagiga bitgan yamoqda!
Mana:bir, ikki, uch..
Xotiralarni..
Puflab tashlayapman momaqaymoqday!
Sizni unutaman!
Amringiz vojib.
Yanglishi bo'lgaysiz ko'ngli yarimning!
Xudo xoxlamasa, unutolmasa
Faqat, ma'zur tuting duolarimni..
Sizni unutaman...
Xudo xoxlasa..
© Umidabonu Xasanxo'jayeva
@piyodalar
#hikmat
Bugun o‘qigan eng chiroyli jumlam shu bo‘ldi:
"Siz ustida talashib qirpichoq bo‘layotgan dunyoga sayyidimiz Odam Alayhissalom (aslida) jazo o‘laroq tushganlar" ©
@piyodalar
Kim shaydir chin fido boʻlarga,
Dun aro shundayin mard boʻlsa!
Men oʻlgum, sen omon qolarga,
Kimningdir oʻlmogʻi shart boʻlsa! ©
@piyodalar
Agar o‘tmish sizni chaqirsa javob qilmang!
Uning sizga aytadigan yangi gapi yo‘q... ©
@piyodalar
#haqiqat
— Erkaklik bu - sizning ayolingiz sizdan qo‘rqishida emas, balki u qo‘rqqanida sizga kelishida...!!! ©
@piyodalar
#asardan_parchalar
Odamlar odatda o'zlari tushunmaydigan narsalarga beparvo munosabatda bo'lishadi.
📚 "Ishqqa oid 40 qoida"
✍ Elif Shafaq
@piyodalar
Ming shukur!
Men sizni sog‘inmayapman.
Tomirlab, tanamga yoyilmadi dard.
Xudo kechirsa bas noshukurini,
Men o‘sha sog‘inchni sog‘indim faqat... ©
@piyodalar
#kundalikdagi_qaydlar
Aytishlaricha, oilada sevgi qanchalik kuchli bo‘lsa, sog‘lom bola tug‘ilish ehtimoli shunchalik ko‘proq.
📚"Mening Dog‘istonim"
✍ R. Hamzatov
@piyodalar
#kundalikdagi_qaydlar
Bir insonni ozgina narsaga juda xursand boʻlib yoki ozgina musibatga juda xafa boʻlib ketishi uning qalbi zaif ekanligini bildiradi.
©Ayman Yog'iy
P.s.: Mening qalbim ulkan ekanligini sezib yurardim.
Chunki ortiqcha suyunmayman ham, kuyunmayman ham...)
@piyodalar
#sevimli_satrlar
Rahmat, qo‘llarimdan tutganing uchun,
Tashakkur! Qorlarda kutganing uchun.
Ming rahmat ko‘ksimni nurlarga ko‘mib,
Taqdirim yo‘lidan o‘tganing uchun.
Va ming bor taqdirga ta’zim, Azizim,
Yaxshi - yomonimda yorliging uchun.
Peshonamda isming yozilgani va
Kaftim chizig‘ida borliging uchun... ©
@piyodalar