#minnatdorchilik
Ramazonda hadyalar olish yoqimli.
Ayniqsa u kitoblar bo‘lsa.😊
Hadya qiluvchidan Alloh rozi bo‘lsin.
@piyodalar
Nimanidir chin dildan xohlasang Alloh albatta unga yetishtiradi.
Shu gapga rosa ishonaman. Mana shu SAMARQAND orzuyimga ham yetishishimga bir soat qolibdi.
Alloh nasib qilsa yetishyapman.
Alhamdulillah.🥰
@piyodalar
Bahor yomg‘irini yaxshi ko‘raman,
Ezib o‘tirmaydi kuzga o‘xshab u.
Bir yig‘lab dardini to‘kar, ichiga
Yutib o‘tirmaydi bizga o‘xshab u... ©
@piyodalar
Hech kimga berolmas insonimsan Sen,
O‘zim ham yetolmas osmonimsan Sen... ©
@piyodalar
#kayfiyat
Baxtiyor oila - xotinining xohlaganini qiladigan erkakdan va o‘zining xohlaganini qiladigan ayoldan tashkil topadi.
© Petra Altenburg
P.s.: bugun o‘qiganlarim orasida eng yoqqani shu bo‘ldi😅
@piyodalar
Faqat u bilan gaplashganimdagina o'zimni nazorat qilish hayolimga ham keltirmay, og'zimga kelgan narsani aytaverardim.
DJojo Moyes "Sendan keyin"
@piyodalar
Yozganlaring emas, yozgach yubora olmay o'chirib yuborganlaring qiziq Menga!
@piyodalar
Yomg‘ir bo‘lsang minglab tomchilar ichidan seni topardim. Chunki qo‘rqaman, tuproq olganini qaytib bermagay...
© Jamol Surayyo
@piyodalar
Yangi yil,
yangi kun,
yangi soatlar muborak bo‘lsin Qadrdonlarim!
Boshlanayotgan 2022-yilning har bir kuni qutlug‘ kelsin barchamizga.
Samimiyat bilan @piyodalar kanali adminkasi.!
Oʻylaymizki, yaxshi boʻlganimiz uchun bizni yaxshi koʻrishadi. Yoʻq, aslida yaxshi boʻlganlari uchun bizni yaxshi koʻradilar...
© Lev Tolstoy
@piyodalar
#sevimli_satrlar
Unutmoq
Sizni unutaman!
Xudo xoxlasa
Ko'rmagandek bo'lib ketadi ko'nglim..
Balki, nari borsa o'lib qolarman,
Unga ham ko'ngim..
Sizni unutaman!
Qasd emas,
Rost bu!
Kelgan malollarim topgusi barham
Maysadek unaman qayta va qayta,
Poyingiz bo'lguncha mangu nomahram!
"Oy yuzli" demaysiz, oy nima o'zi?
Falak etagiga bitgan yamoqda!
Mana:bir, ikki, uch..
Xotiralarni..
Puflab tashlayapman momaqaymoqday!
Sizni unutaman!
Amringiz vojib.
Yanglishi bo'lgaysiz ko'ngli yarimning!
Xudo xoxlamasa, unutolmasa
Faqat, ma'zur tuting duolarimni..
Sizni unutaman...
Xudo xoxlasa..
© Umidabonu Xasanxo'jayeva
@piyodalar
#hikmat
Bugun o‘qigan eng chiroyli jumlam shu bo‘ldi:
"Siz ustida talashib qirpichoq bo‘layotgan dunyoga sayyidimiz Odam Alayhissalom (aslida) jazo o‘laroq tushganlar" ©
@piyodalar
Kim shaydir chin fido boʻlarga,
Dun aro shundayin mard boʻlsa!
Men oʻlgum, sen omon qolarga,
Kimningdir oʻlmogʻi shart boʻlsa! ©
@piyodalar
Agar o‘tmish sizni chaqirsa javob qilmang!
Uning sizga aytadigan yangi gapi yo‘q... ©
@piyodalar
#haqiqat
— Erkaklik bu - sizning ayolingiz sizdan qo‘rqishida emas, balki u qo‘rqqanida sizga kelishida...!!! ©
@piyodalar
Yuragimga ozor bo‘lib,
Yo‘llarimga zor-zor bo‘lib,
Hayotingdan bezor bo‘lib,
Meni yo‘qlab kelgan emishsan yor... 🎶
@piyodalar
Sog‘inarman... bir kun kelib seni ehtimol,
O‘shanda men, qaydan izlay, xozirdan aytib qo‘ya qol...🎶
©piyodalar
#kechinma
Bahor keldimi?
Gulladimi daraxtlar?
Qushlar sayradimi?
...Sen ketsang ham
shu hol ro'y berdimi
olamda?!!!
© Usmon Azim
@piyodalar
"Shirin bo‘lsang, yalab ado qilurlar,
Achchiq bo‘lsang talab ado qilurlar.
Yuragingda otash bo‘lsa, beomon
O‘z o‘tingga qalab ado qilurlar"© Erkin Vohidov
@piyodalar
#tun #kechinma
Tunda hech kimga ‘‘Yaxshimisan?’’ degan savolni bermang.
Agar yaxshi bo‘lganda edi, allaqachon uxlagan bolardi...
© Yulduz Sultonova
@piyodalar
#kayfiyat
Onlayn odamlaram g‘animat bo‘pqoldi...
#birmiz_qalban_birgamiz.))
@piyodalar
Assalomu alaykum hurmatli obunachilarimiz!
14 - yanvar ‘‘Vatan himoyachilari’’ kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
Vatanimizni qo‘riqlaydigan mardlar bor ekan albatta bizni ko‘nglimiz hamisha hotirjam.😊
Boringlarga shukur!☺️
@piyodalar
* * *
Hammasi
Shunday tugamogʻi kerak edi,
tugadi...
Koʻngil sinmogʻi kerak edi,
sindi...
Oqarmogʻi kerak edi soch,
oqardi...
Choʻkmogʻi kerak edi koʻz,
choʻkdi....
Nihoyat,
Sen kelmogʻing kerak edi,
Nega kelmading?!
© Farhod Arziyev
@piyodalar
#asardan_parchalar
Onasi kaltaklanadigan xonadonda hech kimning ruhiyati sog‘lom bo‘lishi mumkin emas...
📚 Sayohat
✍ Daniela Stil
@piyodalar
Hayotda ham xuddi shunday. Egrilar bilan hech kimning ishi yo‘q, hamma zarba to‘g‘rining boshiga tushadi... ©
@piyodalar
#kundalikdagi_qaydlar
Qonunlar oʻrgimchak to‘riga oʻxshaydi. Kichik pashshani toʻsib qola oladi. Ammo qovoqarini oʻtkazib yuboradi.
© Jonatan Svift
@piyodalar
#sevimli_satrlar
Men oʻsha,
Yoshlikning yon daftarida,
Yarimi kesilgan suratdagi qiz.
Men oʻsha bir qadam sizdan narida,
Baxtga yetolmayin yashayman yolgʻiz.
Siz oʻsha,
Bir bora yoʻlimni poylab,
Yo qoʻshni boladan yoʻllamagan xat.
Siz oʻsha yor-yorni tinglagan yigʻlab,
Sevgi deganiga oʻqilgan laʼnat!
Men oʻsha,
Qismatga jim egilgan bosh,
Va ota izmiga koʻngan palahmon.
Men oʻsha,
temirdan yasalgan bardosh,
Va qirqta boʻlakka maydalangan jon!
Siz oʻsha,
Suymagan yorini quchib,
ishqning olovida erimagan muz.
Siz oʻsha yolgʻondan qasamlar ichib,
Kimning koʻz yoshiga aralashgan tuz!
Men oʻsha,
Hattoki hayollarida,
Sizni oʻylamoqni hiyonat bilgan,
Men oʻsha har tongda qurisin deya,
Yotgan yostugʻini quyoshga ilgan!
Siz oʻsha,
zah yerga bagʻrini berib,
Toʻrdagi baliqdek toʻlgʻanayotgan,
Siz oʻsha
har kecha bir hil tush koʻrib,
Ismimni shivirlab uygʻonayotgan.
Men oʻsha,
Ismingiz qoʻyib oʻgʻliga,
Beshikni quchoqlab allalar aytgan.
Men oʻsha bahorga yetmasdan turib,
Kuzning xazonidek toʻkilib ketgan!
Siz oʻsha,
Bir bora sevdim, demagan...
Men oʻsha,
suymasdan tegdim, demagan...
© Malika Salimova
@piyodalar
#shunchaki
Nodonga sukut qilishing – unga berilgan eng batafsil javobing, unga yetkazgan eng alamli azobingdir.
© «Unvanul bayon» kitobidan
@piyodalar
#kechinma
Kechir!
Seni demoq asli jinoyat!
Gunoh tunlardagi sirli hayoling... ©
@piyodalar