📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar - Yutuqli testlar Videodars kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin ga yozing. Testlar bazasi: pmtests.uz
Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma berish rejasi.
150 mln so'm yutuq fondiga ega iyun oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Katta yutuqli olimpiada uchun yana 100 ta o'quvchiga (3-4-sinf) quyidagi yo'nalishlar bo'yicha yo'llanmalar taqdim etiladi:
✅ O'quv markazlarida o'tkazilayotgan offline Repetitsion testlarda eng faol qatnashgan o'quvchilarga - 44 ta
(Martda 8 ta, Aprelda 12 ta, mayda 24 ta)
✅ @PMTESTS kanalidagi 30 talik va 10 talik testlarni muntazam yechib borayotgan o'quvchilarga - 17 ta
(Martda 6 ta, aprelda 6 ta, may oyida 5 ta yopiq test bo'yicha)
✅ Hududlarda o'tkazilayotgan offline yutuqli olimpiadalarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 14 ta
(Martda 6 ta, Aprelda 8 ta)
✅ Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar va boshqa pullik kanallar a'zosi bo'lgan o'quvchilarga - 19 ta
(Aprelda 7 ta, mayda 12 ta)
✅ Kun_savollarida faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 6 ta.
(Jami 100 ta, rejalarda biroz o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin)
Eslatib o'tamiz, o'quvchilar bir vaqtda barcha yo'nalishlarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishlari mumkin.
👉👉 @PMTESTS
Ramazon keldi, ramazon!!
(Yulduzlar ijrosida)
Shu qo'shiqni qancha eshitsam, yana eshitgim kelaveradi.
Kirib kelgan Ramazon oyi MUBORAK BO'LSIN!!
👉👉 @pmtests
23-fevral kuni hududlarda o'tkazilgan repetitsion tayyorgarlik testida eng faol ishtirok etgan Jami 48 ta o'quvchi o'rtasida KYO-2025ga 3ta yo'llanma uchun savol-javob bo'lib o'tadi.
"Zoom" dasturi orqali savol-javoblar 2-mart soat 16:00-18:00 o'ralig'ida bo'lib o'tadi.
#kun_savoli_28_01_2025
Ozone qizlar guruhining suratlari gazetada e'lon qilindi.
Rasm ostidagi matnda guruh a’zolari chapdan o‘ngga Margo, Dido, Keiko, Juno va Cleo ekanligi aytiladi.
Do‘stim menga aytadiki, ismlarning hech biri to‘g‘ri joyda emas va matndagi ismga ko‘ra bir-birining yonida bo‘lgan ikkita odam rasmga ko‘ra bir-birining yonida emas.
Men Cleoni taniyman, shuning uchun u rasmdagi o‘rtada turgan odam ekanligini bilaman.
Rasmning o‘ng tomonidagi qizning asl ismi nima?
Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.
Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
👉👉 t.me/pmtests
49-online test natijalari.
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 132193
👨 Test qatnashchilari: 1179 ta
📝 Kalitlar: 1-A 2-B 3-A 4-C 5-D 6-B 7-A 8-A 9-C 10-B 11-B 12-B 13-D 14-B 15-A 16-A 17-C 18-A 19-A 20-A 21-C 22-D 23-C 24-D 25-B 26-A 27-D 28-A 29-A 30-B
Test kodi: 132193
Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining ✅Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 132193 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
#kun_savoli_27_02_2025
Bolalar o’yingohida 4 ta aka-ukalar: Ali, Botir, Solih va Dilshod do’stlari bilan o’yin o’ynashayotgan edi. Dilshodning sinfdoshi uning aka-ukalari yoshini so’raganida, Dilshod quyidagi gaplarni aytdi:
-Biz aka-ukalarning yoshlari yig’indisiga sening yoshingni qo’shsak 50 ga teng bo’ladi.
-Botirning yoshiga mening yoshimni qo’shsak 12 ga teng bo’ladi.
-Biz aka-ukalarning yoshlari yig’indisi esa 41 ga teng.
-Ali, Solih va mening yoshlarimiz yig’indisi 35 ga teng.
-Botir mening ukam, ammo u va uning tengdoshi Valining birgalikdagi yoshi menikidan kattaroq.
Dilshod sinfdoshiga faqat bitta ma’lumot xato ekanligini qolgan 4 tasi to’g’ri ekanini aytdi va undan Solihning yoshini topishini so’radi. Dilshod bilan tengdosh bo’lgan sinfdoshi Ali o’zidan 3 yosh katta ekanligini biladi.
Savol: Solih necha yoshda
Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.
Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
(Savol TASIMO olimpiadasi namunasida tuzildi)
👉👉 t.me/pmtests
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 49-online test bo'lib o'tadi‼️
BUGUN soat ⏰19:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 49-online test bo'lib o'tadi.
Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!
👉👉 T.me/pmtests
#kun_savoli_26_02_2025
Nodira bir xil o'lchamli ko'k kubchalardan rasmda ko'rsatilgan 5×6×4 o'lchamli katta kub yasadi. Keyin esa katta kubning barcha yoqlarini oq rangga bo'yadi. Bunda katta kubning pastki asosi ham oq rangga bo'yaldi.
Nodira katta kubni kichik kublarga qayta ajratdi va ularni ko'k yoqlari soni bo'yicha guruhlarga ajratdi. Barcha yoqi ko'k bo'lgan kublar soni X, 5 ta yoqi ko'k bo'lgan kublar soni Y, 4 ta yoqi ko'k bo'lgan kublar soni Z va 3 ta yoqi ko'k bo'lgan kublar soni W bo'ldi.
Agar Nodira kublarni to'g'ri guruhlagan bo'lsa, X+Y×(Z-W) ifodaning qiymatini toping.
Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.
Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
👉👉 t.me/pmtests
23-fevral yakshanba kuni hududlarda o'tkazilgan Asosiy imtihon repetitsion testi natijalari.
👉👉@pmtests
#kun_savoli_javobi
Ma'lumning insonning tug'ilgan yiliga yoshini qo'shsak hozirgi yil kelib chiqishi kerak. Demak, ularning tug'ilgan yiliga ushbu yillarning raqamlari qo'shilsa 2025 ga teng bo'lishi kerak.
Bunday yillar 2 ta: 1998+(1+9+9+8)=2025 va 2016+(2+0+1+6)=2025. Bundan Sobir 27 yosh va Madina 9 yosh ekanligi kelib chiqadi. U holda 3 yil oldin Sobir 24 yosh va Madina 6 yosh bo'lib, ularning farqi 4 marta bo'lgan.
Demak, bu hozirgi yildan 3 yil oldinroq, ya'ni 2022-yilda sodir bo'lgan.
Javob: 2022-yil
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇To‘rayev Faridun
✅ 🥈Lutfullaev Imronmirzo
✅ 🥉Siddiqjonov
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Test kodi: 131860
Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining ✅Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 131860 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
#kun_savoli_25_02_2025
Sobir va uning jiyani Madina 25-fevralda tug'ilgan. Bugun ikkisining ham yoshi o'zlari tug'ilgan yilining raqamlari yig'indisiga teng bo'ldi. Bugun 2025-yil 25-fevral. Sobir Madinadan kattaroq.
Qaysi yili 25-fevralda Sobirning yoshi Madinaning yoshidan 4 marta katta bo'lgan. (bo'ladi)
Javobda yechish usuli va jarayon ko'rsatilishi, yozilgan sonlar nima ekani aytilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.
Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
👉👉 t.me/pmtests
Bugun 20:30 da "TANQIDIY FIKRLASH-COMPLEX" pullik kursining 8-darsi barcha uchun BEPUL bo'ladi.
Darsda qatnashish uchun faqatgina sizda ZOOM ilovasi bo'lishi kerak.
Kursdan asosiy maqsad o’quvchilarni Prezident maktabi imtihonida tanqidiy fikrlash qismidan yuqori natijaga olib chiqish ko’zlangan.
⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 25-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️
BUGUN soat ⏰19:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 25-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.
Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!
👉👉 T.me/pmtests
Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma olgan o'quvchilar soni haqida ma'lumot.
Hozirga qadar 50 ta o'quvchi KYO-2025 ga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ularga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faol bo'lgani uchun yo'llanmalar taqdim etildi:
✅ O'quv markazlarida o'tkazilayotgan offline Repetitsion testlarda eng faol qatnashgan o'quvchilarga - 16 ta
✅ @PMTESTS kanalidagi 30 talik va 10 talik testlarni muntazam yechib borayotgan o'quvchilarga - 13 ta
✅ Hududlarda o'tkazilayotgan offline yutuqli olimpiadalarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 12 ta
✅ Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar kanali a'zosi bo'lgan o'quvchilarga - 6 ta
✅ Kun_savollarida faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 3 ta.
(Jami 50 ta)
Eslatib o'tamiz KYO-2025 ga yo'llanma olish uchun ba'zi o'quvchilar barcha yo'nalishlarda faol harakat qilishmoqda. Imkoniyatlar bir nechta yo'nalishda va har bir yo'nalishda ham bir necha marta harakat qilib ko'rish mumkin.
👉👉 @PMTESTS
Muborak ramazon oyi kirib kelishi kelishi munosabati bilan O'zbekiston xalqiga tabrik.
Aziz vatandoshlar!
Ramazoni sharifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!
Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi
Keling rasmlarni chap tomondan boshlab 1 dan 5 gacha nomerlab olamiz. O'rtadagi 3-rasm Cleo. Bundan 2- va 3-o'rindagi rasmlarda Juno bo'la olmasligini bilamiz. Shuningdek, Keiko bilan Dido va Juno yonma-yon kelmasligini kerak. Bundan Dido va Juno Cleoning yoki chap yoki o'ng tomonida bo'lishi kelib chiqadi.
Junoga ikki variant bor. Agar u 1-o'rindagi rasmda bo'lsa, u holda Dido 2-o'rindagi rasmda bo'lishi kerak. Bu mumkin emas.
Demak, Juno 5-o'rindagi rasmda bo'ladi. Dido esa 4-rasmda bo'ladi. 1-rasmda Keiko va 2-rasmda Margo bo'ladi. Ularning tartibi: Keiko, Margo, Cleo, Dido, Juno
Javob: Juno
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇Solijonov Iqboljon
✅ 🥈Ma'rufjonov Jo'rabek
✅ 🥉Sharifjonov Muhammadsolih
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ga o'quvchilarni jadal sur'atlarda saralab olishni davom ettiramiz...
Respublika bo'ylab 150 nafar qatnashuvchining 50 nafari O'zlari uchun yo'llanmalarni naqd qilishga ulgurishdi. Yana 100 ta o'quvchiga yo'llanmalar beriladi.
Yo'llanma berish rejasi kanalda e'lon qilinadi. Kanalni kuzatib boring.
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 o'tgan mavsumga qaraganda yorqin lahzalarga boy bo'ladi.
/channel/pmtests
#kun_savoli_javobi
1-, 2- va 4-ma’lumotlar bir vaqtda to’g’ri bo’la olmaydi. Chunki, 1-ma’lumot: a+b+c+2d=50 va 2-ma’lumot: b+ d=12 ekanini bildiradi. Agar bu ikki ma’lumot to’g’ri bo’lsa 4-ma’lumot a+c+d=35 xato bo’ladi. Chunki, 50-12=38. Biz 3- va 5-ma’lumotlar aniq to’g’ri ekanligini bilamiz. Shuning uchun 1-, 2- va 4-ma’lumotlardan har birini tekshirib chiqamiz.
- Agar 4-ma’lumot xato bo’lsa, Dilshodning yoshi 50-41=9 da va Botirning yoshi 12-9=3 da bo’ladi. Ammo, bu 5-ma’lumotga ko’ra xato. Chunki, Botir va uning tengdoshining birgalikdagi yoshi Dilshoddan katta bo’lishi kerak. Ammo, 9>3+3.
- Agar 1-ma’lumot xato bo’lsa, a+b+c+2d=47 bo’ladi. Chunki, 35+12=47. U holda Dilshodning yoshi 47-41=6 yoshda bo’ladi. Ukasi Botir esa 12-6=6 bo’lib qoladi. Dilshod ukasidan kattaroq bo’lishi kerak.
- Demak, 2-ma’lumot xato. U holda, Dilshodning yoshi 50-41=9 da, b+d=50-35=15 ekanidan Botirning yoshi 15-9=6 da, Alining yoshi 9+3=12 da va Solihning yoshi 41-(9+6+12)=14 da bo’ladi.
Javob: 14 yoshda.
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇Siddiqjonov Ixlosbek.
✅ 🥈Yusuf Umirov
✅ 🥉Ulug'bekova Azimaxon
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
49-online test savollari👇👇
Читать полностью…🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🏆🏆2-mart kuni kanalimizda navbatdagi yutuqli olimpiada bo'lib o'tadi.
@PMTESTS kanalida 02-mart soat 19:00 da 30 ta savoldan iborat Matematika olimpiadasi bo'lib o'tadi.
Yutuq fondi: 😇😇😇 😇😇😇 SO'M
✅ 1, 9, 25, 49, 81, 121, 169, 225, 289, 361-o'rinni egallaganlar 😇😇 😇😇😇so'mdan pul mukofotini qo'lga kiritadilar.
☝️☝️☝️Mukofotlar o'sha kunning o'zida g'oliblarga tashlab beriladi.
🔴 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!
☝️Yutuqli olimpiada tahlili 21:00 da bo'lib o'tadi. Tahlil davomida yutuqli savollar e'lon qilinadi va unda faol ishtirok etganlarga Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga online tayyorlov kurslari (pullik kanallar)ga 100% lik vaucherlar taqdim etiladi.✅
Do'stlaringizni ham taklif qiling:
👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi
Katta kubning ichki qismida joylashgan kublarning barcha yoqlari ko'k rangda qoladi. Ular soni X=(5-2)×(6-2)×(4-2)=24 ta bo'ladi.
Har bir yoqning cheraraviy qismida bo'lgan kublarning 5 ta yoqi ko'k bo'ladi va ular soni Y=2×(3×4+3×2+4×2)=52 ta bo'ladi.
Qirralarda joylashgan, ammo uchida joylashmagan kublarning 4 ta yoqi ko'k rangda bo'ladi. Bu kublar soni Z=4×(5-2+6-2+4-2)=36 ta bo'ladi.
Uchlarda joylashgan 8 ta kubning 3 ta yoqi ko'k bo'ladi.
Demak, X+Y×(Z-W)=24+52×(36-8)=1480
Javob: 1480
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇G'ulomjonov Akbarjon
✅ 🥈Mamadiyorova Dilnura
✅ 🥉Esanboyeva Xonzoda
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat. Juda ko'p va sifatli javoblar qabul qilmoqdamiz. Agar imkon bo'lsa, ko'plab javoblarni kanalga joylagan bo'lar edik.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Bugun kun savoli 19:00 da e'lon qilinadi.
@PMTESTS kun savollari imtihondagi savollarni mantig'ini o'zida mujassamlagan Prezident, al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan maxsus savollardan tashkil topadi.
Kun savollarida o'quvchilarni chalg'ituvchi, imtihonlarda tushish ehtimoli kam bo'lgan IQ va uzoq vaqt talab qiluvchi boshqotirmalardan uzoqroq bo'lib, sizlar uchun har tomonlama foydali savollar berib borilmoqda.
👉👉 @pmtests
25-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar test natijalari .
💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 131860
👨 Test qatnashchilari: 1039 ta
📝 Kalitlar: 1-C 2-C 3-A 4-D 5-C 6-C 7-A 8-C 9-C 10-D
Tanqidiy fikrlash - Complex kursi 8-darsi. Xohlovchilar darsga bepul qatnashishi mumkin.
https://us06web.zoom.us/j/8599766188?pwd=RStUWWxQMlZXMlVla015ZjBiMXBqQT09
25-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi 👇👇
Читать полностью…#tahrirlash
Jami to'plamdagi elementlar sonining ikkilangani A, B, C to'plamlar yig'indisidan kichik bo'lsa, uchta to’plamga ham tegishli elementlar soni eng kam bo’lishi uchun A∩B∩C=A+B+C-2×A∪B∪C formuladan foydalanamiz.
Misol uchun sinfda 30 ta o'quvchi bo'lib, ulardan 20 tasi ingliz tili, 22 tasi matematika va 21 tasi tarix to'garagiga boradi. Sinfdagi eng kamida nechta o'quvchi uchala to'garakka ham boradi?
Yechish: Bu misolda hamma o'quvchilar kamida bitta to'garakka boradi faraz qilinsa, A∩B∩C eng kam bo'ladi. Formula bo'yicha A∩B∩C=20+22+21-30×2=3. Kamida 3 ta o'quvchi uchala to'garakka ham boradi.
Ushbu formulalar O'quv markazlariga borayotgan bilimdon o'quvchilar natijasini yanada oshirish uchun taqdim etilmoqda.
👉👉 t.me/pmtests
#offline_test
Ta'lim berishni boshlaganimga ham 15 yil bo'libdi. Shogirt ukalarimiz ham o'zining tayyorlov markazlarini ochib xalq xizmatiga kirishmoqda. Ertaga 26-fevral Chorshanba kuni soat 14:00 da yangi ochilgan Tayyorlov markazida ochiq test o'tkazamiz.
Test ixtisoslashtirilgan maktablari imtihon formatida bo'lib, 30 ta matematika va 15 ta ingliz tili savollaridan iborat.
Testda eng yuqori ball olgan 🏆o'quvchiga @pmtests kanali nomidan Men Asrorbek Jumanazarov 💰200 ming so'm pul mukofotini topshiraman.
Yashnabod tumanidagi Tuzel qo'rqoniga yaqin joydagi barcha 3-4-sinf o'quvchilarini testga taklif qilamiz!!
Assalomu alaykum!
Hurmatli ota onalar, aziz yoshlar!
Tuzel qoʻrgʻoni, “Havas”ni 2-qavatida joylashgan o‘quv markazimizda:
✅ Ingliz tili
✅ Arab tili
✅ Matematika
✅ Prezident maktabiga tayyorlov
✅ Pochemuchka (maktabgacha ta’lim)
kabi kurslar oʻz faoliyatini boshladi.
📚 Malakali o‘qituvchilar, zamonaviy usullar!
📞 Aloqa: +998770074722
+998501509089
+998994526370
+998974240293
#kun_savoli_javobi
PMTESTS ko'rinishidagi son eng katta bo'lishi uchun uning dastlabki raqamlari PM ikki xonali son imkon qadar katta bo'lishi kerak. STS uch xonali son esa bitta ikki xonali va bitta bir xonali sonlar ko'paytmasi bo'lishi kerak. Shunday kattaroq STS lar quyidagilar: 98×7=686, 94×3=282, 92×9=828, 88×7=616, 87×8=696, 85×7=595, 84×3=252, 83×9=747.
Bu ko'paytmalardagi ikki xonali sonlar PM – T ayirma natijasi bo'lishi kerak. Sonning raqamlari turli bo'lishi kerak 99-1=98 bo'la olmaydi. 98
2-tenglikda T=8, u holda PM=94+8=102 PM ikki xonali son bo'lishi kerak. 94
3-tenglikda P va E harflari bir xil bo'lib qoladi. 92
4-tenglikda T=1 va PM=88+1=89. U holda PMTESTS soni 8917616 ga teng bo'ladi. Qolgan sonlarni tekshiramiz. Agar bu sondan kattasi topilmasa, shu son eng kattasi bo'ladi 88✅.
5-tenglikda T=9 va PM=87+9=96 bu yerda turli harflar bir xil raqam bo'lib qolgan 87.
6-tenglikda T=9 va PM=85+9=94 bu yerda turli harflar bir xil raqam bo'lib qolgan.85
7-tenglikda T=5 va PM=84+5=89 U holda PMTESTS soni 8953252 ga teng bo'ladi. Bu son 8917616 dan kattaroq. Demak, Qolgan sonlarni tekshiramiz. Agar bu sondan kattasi topilmasa, shu son eng kattasi bo'ladi 84✅
8-tenglikda T=4 va PM=83+4=87 bu yerda turli harflar bir xil raqam bo'lib qolgan.83
Demak, shartni qanoatlantiradigan eng katta son 8953252 bo'lib, uning raqamlari yig'indisi 34 ga teng.
Javob: 34
Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
✅ 🥇Abdusalomov Shohro'z
✅ 🥈Muxtorov Hasanxon
✅ 🥉Turobov Ibrohim
Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.
Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.
‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️