Mirishkordagi sayyor qabulda boshqarma boshliqlari aholining kadastrga doir murojaatlarini o'rganishmoqda
Viloyat hokimi birinchi o’rinbosari, viloyat tashkilot rahbarlari ishtirokida o'tayotgan sayyor qabulda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari rahbarlari ham aholining sohaga doir murojaatlariga e'tibor qaratishmoqda.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
JAVOB: Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o'zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 18 yoshga to'lganda va shu kabilar), nafaqa miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.
📞 1140 📞787710457
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Sayyor_qabul
Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan KITOB tumanida aholi murojaatlari o'rganildi.
Qashqadaryo telekanalining "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturida sayyor qabul tafsilotlari haqida so'z bordi.
Ma'lumot uchun, o'tgan 6 oy davr mobaynida Pensiya jamg'armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman,shahar bo'limlarida faoliyat yurituvchi mas'ullar mingdan ziyod sayyor qabulllarda ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, yarim yil ichida soha vakillari tomonidan aholidan kelib tushgan 6 mingdan ziyod murojaatlar o'rganib chiqilgan.
📞 1140
📞787710457
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
JAVOB: "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 7-moddasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
‼️Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
📞 1140
Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi 📞787710457
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
"Kadastr masalasida kelayotgan murojaatlar soni o'tgan yilga nisbatan 50 foizga kamaygan"— mas'ul
Mazkur yo'nalishda Koson tumani filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Bosh mutaxassis Dilsora Haqberdiyeva ma'lumot berdi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
🔹davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;
🔹meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;
🔹auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.
Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2018 yildagi 1060-son
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi
❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash ta'qiqlanadi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
📸 Айни кунларда Тошкент шаҳрида Ўзбекистон U18 терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинларини давом эттирмоқда. Мазкур машғулотларда мураббийлар штаби томонидан янги футболчилар синовдан ўтказилмоқда.
Фарҳод Нишонов жамоаси куни кеча “Бунёдкор-Фарм”га ўртоқлик учрашувида майдонга тушди. Қизиқарли ўтган баҳс жанговар дуранг (2:2) билан якунланди.
Эътиборли томони мамлакатимизнинг ушбу ёш тоифасидаги терма жамоа таркибида ҳам "Насаф" футбол мактабининг бир нечта тарбияланувчилари ўрин олишган.
Булар: Шахбоз Абдувалиев, Сардор Бахромов, Жавоҳир Убайдуллаев ҳамда Озодбек Қурбонов (ҳозирги вақтда "Олимпик-ФАРМ" жамосида мавсум якунига қадар ижара асосида тўп сурмоқда).
Футбол мактабимиз тарбияланувчиларининг барчаларига омад тилаймиз.
/channel/FCNASAF_Akademiyasi
Plastik ko‘rinishdagi kadastr pasportining qulayliklaridan xabardormisiz ?
Plastik ko‘rinishdagi Kadastr pasporti bo‘lsa, ko‘chmas mulkka doir maʼlumotlar bir joyda, yaʼni yagona maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Smart karta ichidagi maʼlumotlarni onlayn ko‘rish mumkin. Uy-joy bilan bog‘liq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda qayd etib boriladi.
Shu tariqa elektron kadastr tarixi vujudga keladi.Uy-joyning geografik maydoni va chegarasi to‘g‘risidagi maʼlumot smart kartadan joy oladi.
Shuningdek maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti maʼlumotlarini ko‘rish imkoni mavjud bo‘lib unda QR-kod tizimiham bor, u turli tashkilotlarga murojaat etishga hojat qoldirmaydi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Korrupsiyasiz tizim sari birgalikda
Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida iqtisodiyot va moliya tizimi mas'ull rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazilmoqda.
Uchrashuvda ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida ma'lumotlar...
Shu bilan birga ichki tartib, obod axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Qashqadaryoda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 410 ming nafardan oshdi
Qashqadaryo viloyatida pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 411 ming 20 nafarni tashkil qiladi.
Viloyat bo'yicha pensiya oluvchilar 340 529 nafardan iborat bo‘lsa, nafaqa oluvchilar 70 491 nafarni tashkil qilmoqda.
2023 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra:
yoshga doir pensiya oluvchilar - 279 211 nafar;
nogironlik pensiyasini oluvchilar - 38 321 nafar;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar - 22 987 nafarni tashkil qiladi.
Pensiya yoshiga yetgan erkaklar va ayollar 200 724 nafar;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandli onalar - 18 582 nafar;
ish staji yo‘q 1-2-guruh nogironligi bor shaxslar 12 738 nafar;
boquvchisini yo‘qotgan oilalar - 28 271 ta;
18 yoshdan katta 1-2-guruh bolalikdan nogironligi bor shaxslar -18 686 nafar;
18 yoshgacha nogironligi bor bolalar - 18 582 nafar;
18 yoshgacha nogironligi bor farzandni parvarish qilayotgan ota (ona) - 9 486 nafar.
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Bino va inshootlaringiz haqida aniq maʼlumotlarga ega bo'lmoqchimisiz?
My.gov.uz portali orqali fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.
🏡 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:
🔹 joylashuv manzili;
🔹kadastr raqami;
🔹 turar joy yoki noturar joyligi;
🔹 umumiy maydoni;
🔹huquqiy egasi (egalari);
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🔹huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🔹cheklanish mavjudligi;
🔹kadastr qiymati.
📲 Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.
📌Xizmat narxi chegirmasi bilan – 13 500 so'm.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Qashqadaryoda 6 oy ichida kadastr pasportini tayyorlash yuzasidan kelib tushgan 18 mingdan ziyod murojaatlar ijobiy hal etildi
Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Bino-inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo'limi boshlig'i Murodullo Tursunov ma'lum qildi.
Mas'ulning aytishicha, o'tgan 6 oy davomida eng ko'p kadastr hujjatlari Qarshi shahri, Kitob va Qarshi tumani filiallari tomonidan tayyorlangan.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
"Насаф" футбол мактабимизнинг 2015-йилда таваллуд топган тарбияланувчиси Русланов АбдулФайзнинг қойилмақом ҳаракатларига баҳо бериш ўзингиздан.
Маълумот ўрнида: АбдулФайзнинг мураббийи Анвар Давлетшин ҳисобланади.
/channel/FCNASAF_Akademiyasi
KADASTR HAFTANOMASI
◽️UzA da Kadastr haqida
◽️El tuz va Sizdan telegram kanallarida chiqqan video murojaatlarga Kadastrning rasmiy munosabati ( 1,2)
◽️Yarim yil ichida 100 gektardan ziyod bo’sh yer uchastkalari aniqlab auksion savdolariga chiqarish uchun "Yerelektron" tizimiga kiritildi
◽️Boshqarma mas'ullari ko'kdalalik kadastrchilar bilan muloqot qildi
◽️Qashqadaryoda davlat obyektlarining kadastr ma'lumotlari Uz Kad tizimiga kiritilmoqda
◽️Qarshi tumanida o'tkazilgan nazorat tadbirida yer maydoni devor bilan noqonuniy egallab olingani aniqlandi
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
"Насаф" футбол мактабининг тарбияланувчиларидан бири Маҳмуд Жўрабоев Про Лига жамоаларидан бири "Бухоро" жамоаси таркибига қўшилди.
Маҳмуд Жўрабоев ҳақида маълумот: 2004-йилда таваллуд топган.
Ампуласи: Хужумчи.
“Насаф” футбол мактабининг тарбияланувчиси. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг аъзоси.
Жўрабоев мавсум охирига қадар ижара асосида бухороликлар таркибида майдонга тушади.
Янги жамоа таркибида ҳам омад тилаймиз Маха!
/channel/FCNASAF_Akademiyasi
O'tgan 6 oy ichida qariyb 2 ming nafar murojaatchi plastik ko'rinishidagi kadastr pasportini afzal ko'rdi
Olti oy ichida Qashqadaryo viloyatida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish yuzasidan qilingan 18 mingdan ziyod murojaatlari kadastr xodimlari tomonidan ijobiy hal etildi
Yanvar-iyun oylari oralig'ida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining filiallari tomonidan 18 084 ta kadastr hujjatlari shakllantirib berildi.
6 oy ichida 1 878 nafar mulkdorlar plastik ko'rinishidagi kadastr hujjatlarini Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilib olishgan.
Jumladan, Qarshi tumanida676ta , Qamashi 77 ta, Nishon 1ta, Kitob 58 ta, G'uzor 102 ta,Mirishkor 167 ta, Shahrisabz tumani 10 ta, Dehqoonobod 8 ta, Shahrisabz shahri 13 ta, Qarshi shahri 308 ta, Koson 148 ta, Yakkabog' 81 ta, Muborak 43 ta va Kasbi tumanida 186 ta plastik ko'rinishidagi kadastr hujjatlari murojaatchilarga taqdim etilgan.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Ayni damda hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Ushbu tarmoqlar orqali pensiya va nafaqa ta'minotiga oid yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lishingiz mumkin.
E'tiboringizga Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini taqdim etamiz.
Facebook —https://www.facebook.com/profile.php?id=100094543971295
Instagram —https://instagram.com/qashqadaryo_pensiyapress?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg==
Kuzatishda davom eting🤝
Telegram — /channel/Qashqadaryopensiya
HAFTANOMA. OAVLAR BIZ HAQIMIZDA
Ushbu haftada Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, sayyor qabullar Respublik va mahalliy OAVlarda faol yoritildi. JUMLADAN:
🔹Daryo uz sayti
🔹Qashqadaryo xalqi telegram kanali
🔹Muborak tumani hokimligining rasmiy sahifasi 1-2
🔹Qashqadaryo yangiliklari telegram kanali
🔹Qashqadaryo 24/7 telegram kanali
🔹Qashqadaryo ahli telegram kanali
🔹Qashqadaryo telekanali
🏢 Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi axborot maydonidagi hamkorlik uchun jurnalist va blogerlarga tashakkur izhor etadi🤝
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Hurmatli Qashqadaryo viloyati aholisi !
‼️Pensiya taʼminoti jamiyat uchun hamisha qiziqarli va dolzarb sohalardan biri bo'lib kelgan.
Bugungi kunda viloyatimizda Pensiya jamg'armasining boshqarmasi va bo'limlari faoliyat yuritmoqda.
Sizda pensiya va nafaqa ta'minotiga oid savol, taklif va murojaatlar bormi ?
Unda viloyat boshqarmasida o'rnatilgan ☎️ 78-771-04-57 aloqa raqamiga yoki 1140 ☎️ ishonch telefoniga qo'ngiroq qilishingiz mumkin.
Vakolat doirasidagi murojaatlarga ko'mak berishga tayyormiz!
Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Qashqadaryoda yarim yil ichida Pensiya jamg'armasi mas'ullari mingdan ziyod sayyor qabulllarda ishtirok etishdi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va bo'limlari tomonidan iyun oyiga qadar 1157 marotaba tuman va shaharlarda sayyor qabullar o'tkazildi.
Belgilangan grafik asosida Boshqarma boshlig'i Alisher Rajabovning navbatdagi sayyor qabuli Muborak tumanida tashkil etildi.
Tumanning "Xitoy" mahallasida bo'lib o'tgan tadbirda pensiya va nafaqa tayinlashdagi o‘zgarishlar, bu borada uchrayotgan muammolar va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga javob izlandi.
Sayyor qabul davomida pensiya turini o'zgartirish, pensiya to'lovi turini o'zgartirish masalasida qilingan 10 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal etildi.
Bundan tashqari nafaqa va moddiy yordam tayinlash tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, murojaatchilarga huquqiy tavsiyalar va qonuniy yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Qashqadaryoda pensiya jamg'armasining viloyat boshqarmasi va bo'limlariga 6 oyda 6 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami 6 139 ta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning eng ko'pi Bolalar nafaqasi va moddiy yordam berish masalasida kelib tushgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda murojaatlarning yo'llanishi Dehqonobod (803 ta) va G'uzor (649 ta) tumanlari hissasiga to'g'ri keladi
O'tgan 6 oy ichida pensiya masalasida— 1 170 ta
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida 4 943 ta
Boshqa masalalar yuzasidan 12 ta
Xodimlar harakati yuzasidan 9 ta
Pensiya jamg'armasi vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan 5 ta
Bugungi kunda 1139 ta murojaatlar soha xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan bo'lsa, 4 mingdan ziyod murojaatchilarga huquqiy ma'lumotlar berilgan.
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
#foydali_ma_lumot
🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
🔹Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
🔹Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Asos: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Qonun
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
‼️ Kadastr sohasida muammolarga duch kelsangiz, bizga xabar bering.
VIDEO. Agar sizda kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolaringiz, hal etilmagan ishlaringiz bo‘lsa yoki byurokratik to‘siq va g‘ovlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 81 95
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ☎️ +998 75 227 51 13 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin ❗️❗️
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!
Hurmatli Muborak tumani fuqarolari !
Aholining pensiya sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Alisher Rajabov boshchiligida Muborak tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Davlat pensiyalarini tayinlash, to'lash, qayta hisoblash, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash masalalarida muammolaringiz bo'lsa, joriy yilning 13-iyul kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📍Manzil: Muborak tumani, Xitoy MFY
☎️ Murojaat uchun: 99-554-80-86
Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi
Bunda, Davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish lozim bo‘ladi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Kanalga ulanish— /channel/Qashqadaryopensiya
Қашқадарёда 6 ой ичида Пенсия жамғармаси масъуллари қарийб 250 маротаба ОАВ ларда кўриниш беришди
Қашқадарё вилояти Пенсия жамғармаси бошқармаси ҳамда унинг туман, шаҳар бўлимлари томонидан январ-июн ойлари давомида пенсия таъминоти масаласида жами 243 маротаба оммавий ахборот воситаларида чиқишлар амалга оширилди.
Бошқарма бошлиғининг маълум қилишича соҳага оид материалларнинг 26 таси телеканалларда ёритилган.
"Ўтган 6 ой ичида соҳа масъуллари томонидан тв ларда 26 маротаба, радиода 8, газеталарда 66 ва маҳаллий ҳокимликларнинг расмий саҳифалари орқали 142 маротаба оавларда чиқишлар амалга оширилган" — дейди Бошқарма бошлиғи Алишер Ражабов.
Китоб туманида Пенсия таъминотига оид тадбирлар энг кўп 24 маротаба ёритилган.
🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
/channel/+UjOf6LoeHTEyZWQy
O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz
💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.
💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m
💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida
📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari
🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;
🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);
🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);
🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (412 500 so‘m);
🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (825 000 so‘m);
🇺🇿 telegram | instagram | facebook
"НАСАФ" ЖАМОАСИНИНГ U19 АЪЗОСИ САМАНДАР ТОИРОВ ИЖРОСИДАГИ ГОЛЛАР ШОУСИДАН БАҲРАМАНД БЎЛИНГ!!!
Батафсил ведио лавҳада
👉https://youtu.be/ImWTPLQy4po
/channel/FCNASAF_Akademiyasi