Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz
#JUMBOQ
XIX asr o‘rtalarida keng tarqalgan sport o‘yinlari: golf bilan kreket qorishuvi natijasida yana bir yangi o‘yin vujudga kelgan. Bu o‘yinning nomi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
BOLAJONNING XALOSKORI
Leytenant M.Muzaffarov xizmat o‘tayotgan «Teraklik» mahalla fuqarolar yig‘ini ayni paytda «yashil» toifada, aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
– Joriy yilning 3-aprel kuni mahallani aylanib yurganimda, bir ayolning baqir-chaqiri eshitildi. Zudlik bilan tovush kelgan tomon yugurdim. Borsam, yigirmaga yaqin fuqaro to‘plangan, ayol esa 4–5 yashar bolani qo‘lidan qo‘ymay «yordam beringlar»dan nariga o‘tmayotgandi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ўқишни тавсия қиламан: ФАЛАК
Тоҳир Маликнинг «Фалак» қиссасида инсоният учун абадий ўзгармайдиган, бизни мудом мушоҳадага ундайдиган масалалар, қилмишу топмишларимизнинг сабаблари қаламга олинган. Жумладан, ҳалоллик ва нафс ўртасидаги кураш, ҳавас ва ҳасад, муҳаббат, дўстлик ва хиёнат, оилавий қадриятлар...
Асар биринчи навбатда дунё тан олган астроном ва математик Мирзо Улуғбек ҳукмронлик қилган Мовароуннаҳр билан боғлиқ тасаввурларимизни бойитишга хизмат қилади.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Миллий кураш
КУРАГИ ЕРГА ТЕГМАСИН ЙИГИТНИНГ
Ички ишлар вазирлигининг таркибий ва ҳудудий бўлимлари ўртасида миллий кураш спорт тури бўйича мусобақа ўтказилди.
Унда 19 та терма жамоа таркибида 150 дан ортиқ спортчилар иштирок этди. Қизғин беллашувларга бой бўлган мусобақада ИИВ Малака ошириш институти КТФ тингловчиси, сафдор Хусниддин Мамажонов 81 кг вазн тоифасида фахрли 1-ўринни эгаллаб, олтин медални қўлга киритди. Бу ҳақида мазкур институт Матбуот хизмати хабар қилади.
Шунингдек, мусобақада Малака ошириш институти жамоаси иштирокчи терма жамоалар орасида 5-ўринни эгаллади.
👉 @postdarasmiy
“Йўллардаги ажойиб воқеалар” рукнидан.
Мотоцикл “қасд”ини олди. Сиз-чи, сиз қандай изоҳлайсиз?
👉 @postdarasmiy
КНИГА – СОКРОВИЩНИЦА МЫСЛИ
«Каждое государство и каждая нация в мире сильны прежде всего своим интеллектуальным потенциалом, высокой духовностью. А источником этой непобедимой силы являются книги и библиотеки – великое открытие человечества».
Шавкат МИРЗИЁЕВ.
Книга с древнейших времен служит важнейшим средством коммуникации, накопления и передачи знаний. Через нее поколения обретают мудрость, сохраняют культурное наследие, постигают историю и науку. Выражение «сокровищница мысли» справедливо применяется к библиотекам, архивам, музеям и цифровым платформам. Но именно книга как материальный носитель традиционно символизирует этот образ — за свою компактность, содержательность и способность вдохновлять.
Далее👉
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ
Bir rivoyatga ko‘ra, Chingizxon o‘z ajali yaqinligini his qilib, xitoylik donishmand Chan Chunni o‘z huzuriga chaqiribdi va undan abadiy yashash sirini so‘rabdi. Chan Chun uzoq o‘ylanib, oxiri boqiy umr ko‘rish uchun har doim faqat ......... bilan to‘yinish kerakligini aytibdi. Donishmand nimani nazarda tutgan?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
Barchasi inson manfaatlari uchun: Jazo muddatini oʻtayotgan shasxlar ham taʼlim olib, daromadli kasb-hunarlarga oʻrgatilmoqda
———
Барчаси инсон манфаатлари учун: Жазо муддатини ўтаётган шасхлар ҳам таълим олиб, даромадли касб-ҳунарларга ўргатилмоқда
👉 @postdarasmiy
Тарихий факт
Рулда ухлаб қолишга қарши махсус будильник автомобиллар энди пайдо бўлган вақтларда ихтиро қилинган. Ҳайдовчи боши ерга эгилиши биланоқ будильник овоз чиқара бошлаган.
👉 @postdarasmiy
XAVFSIZLIK TARG’IBOTI
Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan vokzallar, avtoturargohlar hamda avtomashina yuvish shahobchalarida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Tadbirlarda transport vositalari haydovchilariga YHQ dagi o’zgarishlar, tezlik cheklovi, harakat xavfsizli talablari atroflicha tushuntirilmoqda.
O’z muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati
👉 @postdarasmiy
Oilaviy ajrimlar: muammo, sabab va omillar
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bir qator rahbarlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy maʼrifatchilar hamkorligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tuman Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan toʻrtta oilaning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokamada asosiy maqsad – oilalarni saqlab qolish, totuvlik va hamjihatlik muhitini yaratishga qaratildi. Chunki har bir oilaning mustahkamligi – jamiyat barqarorligi, yosh avlodning maʼnaviy sogʻlom tarbiya topishi demakdir.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#JUMBOQ
Odatda, ayol kishi kiyishga kiyimi qolmaganini aytib nolisa, bu uning "yangi libosim yo'q" degani bo'ladi. Agar erkak kishi kiyishga kiyimi qolmaganini bildirsa, u bu bilan nimani nazarda tutgan bo'ladi?
Ushbu savolning javobini Azamat Axmatov, Nilufar Faxritdinovna, Shamsiyev O., Sardorbek, Abu Muhammad Yahyo, Qurbonov Ulug‘bek, S.A.Dushanovalar to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!
Javob: Erkak kishi toza kiyimi qolmaganini nazarda tutadi.
G‘ALABA MUBORAK, QO‘SHAYEV!
Buxoro shahrida professional sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “ATF Championship-22” va “Toran fight league” hamkorligidagi aralash jang bo‘yicha xalqaro chempionatda viloyat IIB TVBSO xodimi Sharif Qo‘shayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘alaba muborak bo‘lsin, Qo‘shayev!
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Биласизми?
Бургутлар ҳақида қисқача
* Уларнинг кўзлари ўткир бўлади, ўлжасини беш минг метр юқоридан кўради ва қўлга киритмагунича ундан кўзини ўзмайди.
* У ўлимтик емайди, балки ўлжани ўзи овлайди. Емишнинг янгисини излайди.
* Бўронли, ёмғирли ҳавода учишдан қўрқмайди. Аксинча, бундай ҳаво унинг шижоатини қўзғайди. Шамолли вазиятдаги ҳаво босимини фойдаси учун ишлата олади. Бу ҳол унга қанотларини кўп ҳам қийнамасликка имкон беради.
* Бургутларчалик инини юқорига қурадиган ва уни қаттиқ ҳимоялайдиган бошқа қуш йўқ.
* Бургут болаларини ўта қаттиққўллик билан учишга ўргатади. Вақти етиб, полапонини индан ташқарига улоқтирар экан, дангасалик қилиб яна “иссиқ уйларига” қайтиб келмасликлари учун она бургут инини бузиб ташлайди.
ТУМАН ИИБ ТАШАББУСИ БИЛАН
Қарши тумани ИИБ ташаббуси билан тумандаги 6-сонли мактабда ёшларнинг ёзги таътил даврини мазмунли ва самарали ўтказиш мақсадида шахмат, шашка ва волейбол мусобақалари, компюьтер саводхонлиги бўйича билимлар синови ташкил этилди. Якунда ғолиб ва фаол ўқувчи ёшларга совғалар топширилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
👉 @postdarasmiy
✅ БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ!
Фуқароларимиз ва чет эл фуқароларига берилаётган имтиёзлар бўйича
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги тўғрисида”ги 2020 йил 13 мартдаги янги таҳрирда қабул қилинган Қонуннинг 19-моддаси билан Ўзбекистон Республикасининг фуқаролигига умумий тартибда қабул қилишда ҳамда 20-моддаси билан соддалаштирилган тартибда қабул қилишда давлат тилини мулоқот қилиш учун зарур даражада билиш юзасидан сертификат топшириш тартиби амалиётга жорий этилди.
Қонуннинг 20-моддаси билан, чет давлат фуқароси бўлган ёки фуқаролиги бўлмаган шахс ҳисобланган ватандошга нисбатан Ўзбекистон Республикасининг фуқаролигига соддалаштирилган тартибда қабул қилиш жорий этилди.
Қонуннинг 25-моддасига мувофиқ, агар хорижда доимий яшовчи шахс етти йил мобайнида узрли сабабларсиз доимий консуллик ҳисобига турмаган бўлса Ўзбекистон Республикасининг фуқаролиги йўқотилиши белгиланди.
🔴 Аввал мавжуд бўлмаган.
👉 @postdarasmiy
Jahon chempionati bahslari davom etmoqda
Avval xabar qilinganidek, mamlakatimizda voleybol boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasidagi Jahon chempionati ilk bor oʻtkazilmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada 24 ta davlatdan 288 nafar yosh voleybolchi qatnashmoqda.
Kecha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu uchrashuvda Turkiya jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Yurtdoshlarimizning mazkur gʻalabasi, ularning yuqori sport mahoratini namoyon etdi.
Bugun 17:00da Oʻzbekiston va Pokiston o'rtasida o'yin bo'lib o'tadi. Vatandoshlarimizga omad tilab qolamiz.
🇺🇿 Gʻalaba – butun Oʻzbekistonniki!
Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi!
🥇 Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jasur yigitlar kuchli raqibga qarshi o‘zining mahorati va matonatini yana bir bor namoyon etdi. Gʻalabadan soʻng jamoamiz vakillari bu muvaffaqiyatni faqat oʻzlariga emas, butun Oʻzbekistonga bagʻishlashdi.
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov, rais oʻrinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich va O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ilhamovich Ikramov rahbarlar terma jamoamizni tabriklab, ularga kelgusi oʻyinlarda ham omad va muvaffaqiyat tilashdi.
😎 Biz siz bilan faxrlanamiz, o‘g‘lonlar!
😎 O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Sizlar uchun eng qaynoq yangiliklarni havola qilib boramiz
🌐👉 @postdarasmiy
Otaliqqa olingan yoshlar
Prezidentimiz tomonidan huquq-tartibot organlariga yoshlarni "otaliqqa olish" tizimi asosida ish olib borish vazifasi yuklatilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari bosqichma-bosqich o'rganilib, ularga ijtimoiy, moddiy, huquqiy hamda manaviy yordam ko'rsatilmoqda. Jumladan, Yangi Qo'yliq mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi "otaliqqa olingan" yoshlarga tuman IIOFMB rahbariyati tomonidan moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatilib, ularning bandligi ta"minlanmoqda.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida psixologik yondashuv
Olmazor tumani IIOFMB xodimlarining jangavor va psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida sport o’yinlari o’tkazildi.
– Xodimlarni xizmat jarayonida oʻzini boshqara olish qobiliyatini, turli vaziyatlarga ruhan tayyorgarlikni shakllantirish maqsadida jangavor va psixologik mashg’ulotlar zarur, – deydi Olmazor tumani bo’yicha IIOFMB psixologik ta’minlash guruhi katta psixologi, leytenant Abdumuxtor Zaynobodinov. Ushbu sport o’yinlarida ham shaxsiy tarkibning psixologik bardoshliligini oshirish, stressga chidamliligini mustahkamlash va jangovar vaziyatlarda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan tadbir yurt himoyachilarining yuqori darajadagi ma’naviy-axloqiy, ruhiy, siyosiy sifatlarini yanada yaxshilagani, qolaversa, hamjihatlik va hamfikrlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
KITOB – TAFAKKUR XAZINASI
Kitobning inson hayoti, faoliyati va kelajagi uchun ahamiyati beqiyosligi xususida ta’rif-u tavsiflar, fikr-mulohazalar juda ko‘p. Chunki u inson ma’naviyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba bo‘lib, kitobxon odam bilimi, fikrlashi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbayi esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda.
Shavkat MIRZIYOYEV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
MARKAZDA YOSHLAR BILAN SUHBATLAR
Viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi masʼullari markazda tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib, doimiy suhbatlar o‘tkazib kelishmoqda. O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida bolalarning ijtimoiy muammolari, oilaviy sharoitlari, qizishlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan va sport to‘garaklariga jalb qilinib, har biri bilan alohida ishlovchi psixologlar ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Фоизсиз кредит ваъда қилган фирибгар
Тўрақўрғон тумани “Шарқ” маҳалласида яшовчи, 1996 йилда туғилган фуқаро Ғ.У. Давлатобод тумани “Қуйи Ровустон” маҳалласида яшовчи, 1991 йилда туғилган фуқаро К.Н.нинг ишончига кириб, унга “TBC Bank” АТБдан фоизсиз кредит олиб беришини ваъда қилади. Уяли алоқа воситаси орқали унинг номига 2 294 000 сўм микроқарз расмийлаштириб, жуфтакни ростлаб қолади.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Ijtimoiy rolik
Spirtli ichimlik ta’sirida aslo rul boshqaruviga oʻtirmang! Oʻzingiz va oʻzgalar hayotini xavf ostida qoldirmang!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
ИШЧИ ГУРУҲНИНГ АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАРИ
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг тегишли фармойишига асосан мамлакат бўйлаб сайёр ўқув йиғинлари бўлиб ўтмоқда. Мазкур фармойиш ижросини таъминлаш доирасида Бухоро вилоятида Ички ишлар вазирлиги ишчи гуруҳи раҳбарлигида амалий машғулотлар ва ўқув семинарлари олиб борилмоқда. Айниқса, Шофиркон тумани ички ишлар бўлимида хизмат қилаётган ходимлар билан ўтказилган машғулотларда ходимларнинг профессионал тайёргарлиги ва ҳаракатчанлиги юзасидан аниқ баҳолаш ишлари амалга оширилди.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ШАШЛИКХОНАДА ЭШАК ГЎШТИ...
Ижтимоий тармоқларда Андижон вилояти Шаҳрихон туманида “Наманган шашлик” номи билан танилган машҳур шашликхонада эшак гўшти сотилаётгани ҳақида тарқалган хабар юзасидан Андижон вилояти ИИБ ЖХХ ЖТСБ Карантин тадбирларини таъминлаш гуруҳи ходимлари томонидан ўрганиш ишлари олиб борилди.
КИТАП–ОЙ-ПИКИРЛЕР ҒӘЗИЙНЕСИ
Дүньядағы ҳәр қандай мәмлекет, ҳәр қандай халық биринши нәӯбетте өзиниң интеллектуал потенциалы, жоқары руӯхыйлығы менен қүдиретли. Бундай жеңилмес күш дәреги болса ең әӯеле инсан ой-пикириниң уллы жаңалығы -китап ҳәм китапханаларда.
Шавкат МИРЗИЁЕВ,
Өзбекстан Республикасы Президенти
Китаптың инсан өмири, хызмети ҳәм келешеги ушын әҳмийетиниң шексизлиги ҳаққында тәрийплеӯлер, пикирлер жүдә көп. Себеби, ол инсан руӯхыйлығы, ой-өриси ҳәм дүнья қарасын жетилистириӯши зәрүр дерек болып, китап оқыйтуғын адам билими, пикирлеӯи менен басқалардан ажыралып турады.
Толик👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Profilaktik tadbir
Poytaxtimizning Mirobod tumanida Profilaktika kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan ma'sul xodimlarga yo'riqnoma vaqtida topshiriqlar berildi. O'z navbatida, barcha xodimlar belgilangan tumandagi mahallalar bo'ylab vazifalarini bajarishga kirishishdi.
Hududga biriktirilgan xodimlarining tezkorligini tekshirib ko'rish, tashvish tugmasi so'z holatda ishlayotgan-ishlamayotgani bilish maqsadida IIOFMB rahbariyati tomonidan Abdirauf Fitrat ko'chasida o'rnatilgan tashvish tugmasi bosildi. Hududga biriktirilgan xodimlar belgilangan muddatda voqea joyiga yetib kelishdi. Bunday tezkor harakatlar hududda sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.
O'z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Muloqat psixologiyasi haqida so‘z yuritildi
Shayxontohur tuman IIOFMBda “Fuqarolar bilan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, muomala madaniyati” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Sohaviy xizmat xodimlari ishtirokidagi tadbirda, Bosh boshqarma tomonidan yuborilgan ko‘rsatmalar asosida psixodiagnostik test sinovlari olinishini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
– Muloqat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha “Muloqat psixologiyasi” mavzusida ma’ruza qilindi, – deydi Shayxontohur tumani bo‘yicha IIOFMB PTG katta psixologi, mayor F.Tuychiyev. – Shuningdek, hozirgi kunda xodimlar va fuqarolar o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga kelayotgan nizoli va qaltis vaziyatlar yuzasidan ularni ijobiy hal etishda qo‘llash mumkin bo‘lgan psixologik usullarga alohida ahamiyat qaratildi.
O‘z muxbirimiz,
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
#JUMBOQ
Odatda, ayol kishi kiyishga kiyimi qolmaganini aytib nolisa, bu uning "yangi libosim yo'q" degani bo'ladi. Agar erkak kishi kiyishga kiyimi qolmaganini bildirsa, u bu bilan nimani nazarda tutgan bo'ladi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot