Sun'iy intellektga qiziqadigan 200 kishi kerak.
Universitet doirasida bir mobil ilova ishlab chiqdik.
Bu ilovada sun'iy intellekt yordamida test varoqlarini analiz qilish mumkin.
Ilova yaxshi baholanishi uchun kamida 200 kishining (like tomonlama) e'tiboriga tushishi kerak ekan. ✅
O'zbek tilida sun'iy intellekt ma'lumotlari juda kamligi bois, imkon qadar yangidan yangi ma'lumotlar berib boraman. Sizning hozirgi 30 soniyalik harakatingiz men uchun muhim.
P.S: Video izohida qoldirilgan har bir savolga shaxsan javob beraman. Bu postni boshqalarga ham yuboring
Quyidagi havola orqali videoga kirib, unga "like" - 👍🏻 bosib qo'ying:
👉🏻 https://youtu.be/s_IX2rNBpSI
Java dasturlash tilida mantiqiy operatorlar
Video davomida:
&& AND (va operatori)
|| OR (yoki operatori)
! NOT (emas operatori)
Dars 👉🏻https://youtu.be/4s9qHkUQ4rY
@programmer_uz
Ko’pchiligimiz shaxsiy brend haqida eshitganmiz, lekin, ayrimlar uni faqat muvaffaqiyatli loyiha egalarida mavjud bo’ladi deb o’ylashadi.
Sizning shaxsiy brendingiz – bu o’zingizni qanchalar targ’ib qilishingizni anglatadi. Boshqacha aytganda, siz biror bir soha ustasi ekanligingizni brendingiz ko’rsatib beradi.
Masalan, siz dasturchisiz va qo’lingizdan turli loyihalarni yaratish keladi. Biroq, siz ish topa olmayapsiz. Lekin sizdek mutaxasisni...
To'liq postni pastki kanalda o'qishingiz mumkin ⤵️⤵️⤵️
@bobobekuz
Java dasturlash tilida o'zgaruvchilar
Video davomida:
- Izohlar
- Data type
- O'zgaruvchilar
- Kiritish chiqarish kabilar ko'rib chiqiladi
Dars 👉🏻 https://youtu.be/gDtCkFQCLMg
@programmer_uz
Dasturlashdan biroz dam olib, "Kichkina xo'jayin" filmida Alisher Uzoqov òrniga rol òynaymiz.
Quyidagi montaj sizga yoqdimi?
Bu tayyor dasturda yuzni almashtirish emas, to'liq montajda tayyorlangan kichik lavha.
Montaj darslari mutlaqo 0 dan @bobobekuz kanalida berib borilmoqda.
👉 @bobobekuz
Kompyuter dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐
▪️Supermarketlarni kuzatgandirsiz? U yerda xaridlar kompyuter monitorida nazorat qilib borilayapti.
▪️Yoki, Paynet orqali to'lov qilganingizda raqamingizni tekshirish uchun monitorga qaratishadi, u yerda ham kompyuter dasturidan foydalanishayapti.
▪️Har xil korxonalar faoliyati, ishchilarning nazorat qilish dasturlari - kompyuterda ishlatiladi.
▪️Bulardan ham tashqari, o'zingiz kompyuterdan foydalanganda doim qaysidir dasturga murojaat qilasiz.
Qisqasi, hayotdagi muammolarni yechimi sifatida kompyuter dasturidan foydalanilmoqda. Agar sizning mahsulotlaringizdan (dasturlaringizdan) kompyuterda foydalanishlarini istasangiz, demak, bu yo'nalish aynan siz uchun.
@programmer_uz
Dasturlashni nafaqaga chiqqaningizda o'rganishni to'xtatasiz...
Mobil ilovalar yaratishda ko'p hollarda Java dasturlash tilidan foydalanar edim. Lekin, oliygohda ayni vaqtda Mobile Programming kursi o'rgatilayotgan bo'lib, beriladigan vazifalar Kotlin dasturlash tilida bajarilishi kerak.
Ish tomonlama loyihalarni yaratishda bevosita Flutter texnologiyasidan foydalanib kelayapman. Ba'zi kunlarda bir kunning o'zida 3 ta texnologiyada ham kod yozishga to'g'ri keladi, lekin natija bitta - barchasi mobil ilova.
O'zim haqimda shu yerda yakun yasayman va sizga bir fikr beraman. IT kun kelib yo'nalishingizni o'zgartirishini talab qilishi shubhasiz. Yangilanishda bo'lishingiz, doimo o'qib izlanishda bo'lishingiz shart. Aks holda, qolib ketasiz.
@programmer_uz
Dasturlashdan boshqa yo'nalishlar uchun ⤵️
Siz uchun qiziq bo'lgan Online Daromad, Ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish, Video montaj, Dizayn, Shaxsiy brend kabi bir nechta mavzularda darslar va qiziqarli videoroliklarni @bobobekuz kanalida berib boraman.
⚠️ So'rovnomada dasturlashdan boshqa yo'nalishlarni belgilagan 1000 dan ortiq barchani @bobobekuz va YouTube kanalda kutaman.
1000+ bo'lishimiz bilan, video montaj darslari birin-ketin chiqishni boshlaydi.
Ulanamiz 👉🏻 @bobobekuz
Telegramda bot yaratish kursimiz yangilandi ✅
Kursga yangi "Tarjimon Bot" modulini qo'shdik.
- Yangi modulda tarjimon bot yasash
- Bazaga foydalanuvchilarni yozib olish
kabi imkoniyatlarni yasash o'rgatildi.
Kurs manzili: Bu yerga bosing
⚠️ Kursni ilgari xarid qilganlar yangi moduldan bepul foydalanishadi.
Bitta videoda juda ko'p ma'lumotlar olasiz ✅
- ICT nima?
- Cloud Computing
- Software
- Hardware
- Digital Transactions
- Communication Technology
- Digital Data
- Internet Access
🔗 https://youtu.be/ckN-F6wqcnY
⚠️ Android dasturlash kursimizda narxlar qulaylashtirildi.
Kurs tarkibidagi Java dasturlash modulini bepul qilishga qaror qildik. Endilikda bu modul YouTube kanalda berila boshlanadi.
"Qachon chiqadi?" degan savollarga shoshilmang. Kursdagi darslar davomiyligi uzun (aksariyat holda yarim soatdan ko'p) bo'lgani uchun, darslarni qayta yozishga qaror qildik. Shu sababli, darslar chiqishini kutishingiz kerak bo'ladi.
Bu degani, kurs tarkibidan eski Java dasturlash tili olib tashlanadi degani emas, Android kursini olganlar mavjud Java darslarini bemalol ko'raverishadi. Lekin kurs tarkibidagi mavjud Java darslar hech qayerga chiqarilmaydi va tashlab berilmaydi.
Android dasturlash kursini xarid qilish istagidagilar yangi narxlarni quyidagi havolada ko'rishlari mumkin. ⤵️
🔗 http://programmer.uz/course/android-dasturlash
Ayni vaqtda Xurshid Davron kutubxonasi YouTube kanali blokka tushgani uchun, dastur tarkibidagi ayrim audiokitoblardan foydalanib bölmasligi mumkin.
Kanal faoliyati tiklansa, videolar ham körinish beradi, aks holda, biroz muddatdan söng, biz bu bölimni olib tashlaymiz.
Java dasturlash tilida tanlash operatori
Video davomida:
- switch
- case
- break
Dars 👉🏻https://youtu.be/Us4oAZpxXmA
@programmer_uz
Java dasturlash tilida mantiqiy amallar va shart operatori
Video davomida:
- Mantiqiy amallar
- If shart operatori
- Nested if statements
Dars 👉🏻https://youtu.be/8VbzhElD2eU
@programmer_uz
Java dasturlash tilida arifmetik amallar
Video davomida:
- Arifmetik amallar
- Sodda hisob-kitob
- Inkrement va dekrement
- Prefix va Postfix
Dars 👉🏻https://youtu.be/UrLvL2QsUQM
@programmer_uz
Java dasturlash tiliga kirish
Video davomida:
- JDKni o'rnatish
- IDE haqida
- Birinchi kodni yozish ko'rib chiqiladi.
Dars 👉🏻 https://youtu.be/GRb9knDmzmU
@programmer_uz
Mobil (telefon) dasturlash orqali siz nimalar qila olasiz? 🧐
▪️Birinchi navbatda, telefoningizni kuzating, qanday dasturlardan foydalanayapsiz?
▪️Endi o'ylab ko'ring, siz ishlatayotgan dasturlar ishlab chiqqan dasturchilarga nima tomonlama foyda keltirayapti? (reklama, xizmat sotish va hokazo)
▪️Ishlatayotgan dasturingiz foydalanuvchilari qancha bo'lishi mumkin. (Buni Google Play yoki App Storeda ko'rish mumkin)
▪️Yig'ilgan ma'lumotlar orqali bitta dastur qancha foyda olib kelayotganligini taxmin qilish qiyin emas.
Mobil dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha maoshi yiliga $107 000+ ni tashkil etadi. O'zbekiston hududida esa, tajriba va bilimga qarab bir oy uchun $1000+ atrofida daromad ko'rishlari mumkin.
@programmer_uz
Oddiy misol, bir necha yil oldin, javascriptni bilish yetarli bo'lgan bo'lsa, hozirda uning asosida qurilgan React, Angular, Vue kabi texnologiyalarni bilmasangiz sizni keragingiz bo'lmay qoladi. Qachondir php bilan yurgan bo'lsangiz, hozirda Laravel, Yii kabi frameworklarni, python bilan yurgan bo'lsangiz, Django, Flask kabilarni bilishingiz talab etilayapti.
Shunday ekan, nimani tanlay degan tushunchani kamaytiring. Keng fikrlang va kuningizning asosiy qismini o'rganishga sarflang. O'rganib bo'lib, ishga kirish degan tushuncha mavjud emas. Ishga kirib ham o'rganishda davom etasiz, har kuni yo'nalishingizda yuzlab yangiliklar sodir etiladi.
Dasturlashni faqat nafaqaga chiqqaningizdagina o'rganishni to'xtatasiz. Mabodo, o'shanda ham ishlamoqchi bo'lsangiz, yana o'rganishingiz kerak degani.
@programmer_uz
Dasturlash bu hayotdagi muammolarni kompyuter orqali hal etishni anglatadi.
Bu hayotiy tushuncha. Agar soha tomonlama gapirsak, dasturlashni biror-bir tizimni avtomatlashtirish yoki muammoga yechim bo'luvchi dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish deb tushunish mumkin.
🔸 Umuman olganda, dasturlashning yo'nalishlari turlicha. Bu hayotga qanday vosita orqali yordam bermoqchi ekanligingizdan kelib chiqib, tanlanadi. Masalan, mobil ilova, kompyuter dasturi yoki web-sayt.
Bulardan qaysi biridan foydalanish siz uchun qiziq ko'rinayapti? 🤔
IT faqat dasturlash degani emas. U keng qamrovli soha.
Dastlab sizga yo'nalish tanlashda yordam beramiz. ✔️
🔻 Quyida IT sohasiga oid yo'nalishlar keltirilgan. Ular bilan birma-bir tanishing va o'zingizga yoqqanini qabul qiling.
Quyida sizga qiziq yo'nalishni belgilang ⤵️
Masalani Java dasturlash tilida ishlab ko'rsatdim.
Hoziroq kirib o'rganing ⤵️
https://youtu.be/_yZ-wfR1AQk
📌 Va nihoyat bugun mendan kòpchilik sòragan, tanlovda ishtirok etgan mobil ilovamiz Google Playga chiqdi.
📱Bu mobil ilovada siz:
• Alisher Navoiy hayoti
• Asarlari
• va she'r yozish algoritmi bilan tanishishingiz va she'r yozishni örganishingiz mumkin.
Samimiy va ijobiy fikrlaringizni Google Playda kutib qolamiz😊⤵️
📎 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.programmer.alisher_navoiy
#dasturlash #masala
Shaxmat doskasi ustida ot figurasi turibdi. Foydalanuvchi otning joylashgan o'rni koordinatalarini kiritadi. Masalan 3C.
Otning shaxmatda yurish imkoniyatlari nechtaligini aniqlovchi dastur tuzing. Hisoblashda shaxmat doskasida boshqa figuralar mavjud emas deb oling.
Dasturni istalgan dasturlash tilida tuzishingiz mumkin. Dastur kodini izohda yozib qoldiring ⤵️
@programmer_uz
Programmer UZ "Navoiy va yoshlar" mobil ilovalar tanlovida taqdirlandi!
@programmer_uz