Va tez orada sen tovba qilgan ishlaring bilan sinalasan, bas sobit qadam bo’l!
@qalbdavosi ☁️
~ Qalbimiz sindi...
~ "Alloh singan qalblardadir " - dedik.
Tark etildik ...
~ "Qul uchun - Alloh o‘zi yetmasmi? " - dedik.
Suyganimizga loyiq ko‘rilmadik ...
~ "Jannatga loyiq ko‘rilsak shuni o‘zi yetadi " - dedik.
Haqorat qilindik ...
~ "Robbimga havola" - dedik.
Xiyonatga uchradik ...
~ "Mazlumning haqqi Allohning zimmasida" - dedik.
Yetishmovchilik, muhtojlikning sovuq ayozi jonimizni kesib o‘tdi ...
~ "Jannatda yetishmovchiliksiz hayot bizni kutyabti" - dedik.
Qalbimizning mahbublaridan ayrildik ...
~ "Jannatda ayriliqsiz muhabbat bor" - dedik.
Uzoqlashdilar ...
~ “Alloh taqdir qilgan kungacha Allohimga omonat" - dedik.
Aldadilar ...
... kuldik.
Yiglatdilar ...
... ko‘zda yosh bilan tabassum qildik.
Masxara qildilar ...
... Haqlariga istigfor aytdik.
Maqtadilar ...
~ "Barcha maqtov Allohgadir" - dedik.
Xo‘rladilar ...
~ "Gariblik muborak bo‘lsin, bu biz uchun sharaf " - dedik.
Kasallik bilan sinaldik ...
~ "Alloh eslabti, hasta Robbning suyukligidir" - dedik .
Yiqildik, turtildik ...
~ "Sirot emasku, alhamdulillah" - dedik.
Yurtimizdan uzoqlarda qoldik
~ "Jannatdan uzoqdaligimizning azobi oldida, bu masofalar chikora ..." - dedik
Pisand qilmadik ...
Azoblandik ...
Mashaqqatlar uyqularimizni yedi ...
~ "Qiyomat azobi bundan battar bo‘ladi" - dedik, sabr qildik .
Imtixon, sinov bo‘ynimizni egdi ...
Allohdan ofiyat tiladik ...
Xato qildik ...
Noumid bo‘lmay, Tavba bilan Robbdan tavfiq tiladik ...
Qalbimiz yolgizlikdan huvillab, maxzun qoldi ...
~ "Qalb - Allohsiz qolgandagina yolgiz hisoblanadi" - dedik
Sevdik ... sevilmadik ...
E’zozladik, e’zozlanmadik ...
~ "Alloh aziz qilsin, shu yetar " - dedik
Hamma hammasiga qo‘l siltadik va
~ "Jannatga yetib olsak, Oliy baxt marrasi bizniki" - dedik ...
@qalbdavosi 🍀
Shunday holatlar bo'ladi ...
Robbing bilan yolgʻiz hilvatlarda qolib yigʻlashdan boshqa hech narsani hohlamaysan...
“Albatta , sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur”(Zumar-10)
لَا تَحْزَنْ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَا
Oyatlarni eslaysan qalbing sokin bo'ladi ... Va hech qanday insonlarga aytar darding qolmaydi ... Allohim men bilan bo'lgin. Hatto, men bunga loyiq bo'lmasam ham.
@qalbdavosi ❤️🩹
Agar Alloh,
Bandasiga yaxshilikni istasa...
@qalbdavosi 🌸
#🪴
Baʼzan Alloh darrov holingni oʻnglamaydi. Avval qalbingni poklab, ruhingni goʻzal qilishingni istaydi...
@qalbdavosi 🫀
Ijobat Allohning qo'lida ekaniga amin bo'lgan qalb umidsizlik nimaligini bilmaydi..!
@qalbdavosi 🕊
Xaqni nuri qalbinga kirgandan so'ng, bu dunyoning qiymatini zarracha qoldirmaydi...
@qalbdavosi 🌼
Jannat so’rash duosi
ڔَبِّ ابْݧِ ݪِيْ عِݧْدَكَ بَيْټًا ڣِى اݪْڄَݧَّةِ
Ma‘nosi: «Ey Robbim, O’zing men uchun huzuringda, Jannatda bir uy bino qilgin».
Tahrim surasi 11-oyat
@qalbdavosi 🌸
-Ey Ali..!
Mahzunligingiz bu dunyo uchun boʻlsa bizga yarashmaydi.
Yoʻq, agar oxirat uchun mahzun boʻlayotgan boʻlsangiz,
Ayting birga mahzun boʻlaylik..!
Fotima roziyallohu anho.
@qalbdavosi
#Tafakkur
Bir ayol imom Lays ibn Sa’d huzuriga kelib: "Erim kasal bo‘lib qoldi, ozgina asal bersangiz", dedi. Qo‘lida kichkina bir idish bor edi. Imom meshga asal solib berishni buyurdi. Xizmatkori: "Bu ayol kichkina idish ko‘tarib keldi, siz bo‘lsangiz, meshga solib beryapsiz", dedi. Shunda imom: "U holatiga yarasha idish olib keldi, men esa, martabamga yarasha javob beryapman", deb javob qildi.
@qalbdavosi | 🌸
Qalbingni o'lim kutayotgandek toza tut.
Rumiy
@qalbdavosi 🫀
Hazrati Alidan so‘radilar:
- Boshimizga kelgan bu balolar imtihonmi yoki jazomi?
Va ilmning eshigi javob berdi:
- Allohga yaqinlashtirsa imtihondir, Allohdan uzoqlashtirsa jazodir!
@qalbdavosi | 🫀
Payg'ambarimiz ﷺ dedilar:
Ota o'z farzandiga go'zal odobdan ko'ra yaxshiroq narsani meros qoldirolmaydi"..
Imom Termiziy rivoyati
@qalbdavosi 🌼
Har gal banda qalbida Tavhid kuchaysa, uning iymoni xotirjamligi Allohga bo’lgan umidi va ishonchi kuchayadi!
@qalbdavosi 🌱
Va so'ngida qalbingdagi go'zallikni ko'rgan inson sen bilan qoladi..)
@qalbdavosi 😍
☁️
Nimadir demoqdan bezib qoldi dil…
Sizda dilsiz til-u, bizda tilsiz dil…
Unutmang! Yaxshilarning imtihoni oson boʻlsaydi, Alloh Rosulini, eng suyukli qulini buncha sinovlar bilan sinamasdi, doʻstim.
@qalbdavosi 😍
Robbim men yo’limdan adashib qoldim, meni tark etma!
Sen nuqsonsizsan
Barcha nuqsonlar mendadir…
Sen qo’limdan tutib O’zing tomon chorlaysan
Men esa sen tomon borolmayapman
Farishtang qulog’imga “Bu sen emassan!” deb shivirlaydi
Qalbim qorayib ketayotganidan shikoyat qiladi
Ruhim aslidan uzoqlashib ketayotganidan faryod qiladi
Men esa o’rnimdan turolmayabman
Tushgan botqog’imdan chiqolmayabman
1 gunoh ortidan 10 tasini ergashtirib keldi
Men hatto tavba qilolmayabman…
G’ofurligingni adadicha avf so’rayman Allohim
Sen Rohmansan
Bir qulingga rahim ayla Ya Rab!
@qalbdavosi
Men unitgan Robbim
- Meni hech unitgani yo’q!
@qalbdavosi 🫀
Bir hoji aytib qoldi: Bir yili hajda tavof qilayotgan edim, to‘satdan qulog‘imga yonimdagi bir hojining duosi chalinib qoldi. U:
- Robbim, menga soliha ayol ato et", deb duo qilayotgan edi.
Shunda, atrofdagi yoshi kattaroq Misrlik bir hoji amaki duo qilayotgan kishiga qarab:
- Sen Kariym, o‘ta saxovatli Zotning huzuridasan, qo‘rqmasdan to‘rtta so‘rayver", deb o‘tib ketti.. | 😅
@qalbdavosi
Iymon sustlashib ibodatga tanbal bo'lib qolsangiz, shu duoni ko'p ayting:
"Allohumma laa taj'alniy shaqiyyan va laa maxruman"
《 اللّهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا 》
(Allohim! Meni badbaxtlardan va maxrumlardan qilib qo'yma!)
✍Shayx Shinqitiy.
@qalbdavosi
Ibn Qoyyim aytadilar: "Tana kasalligi yengil, osondir, nari borsa o'lim bilan tugaydi. Qalb kasalligi og'irdir, Alloh asrasin, jahannam bilan tugaydi".
@qalbdavosi 🖇
#🤍
- Oxirigachami?
- Oxirigacha
- Hatto jannatlarda ham...
@qalbdavosi 🪐
Muhabbatni qalbimizga Alloh solib qo'yadi.
Bas, oshiqdan "nega sevding" deb so'rama!🤍💍
الحب
@qalbdavosi | 🪐
#❤️🩹
Siniq ko'zgu, butun narsalarni ham siniq ko'rsatganidek siniq dillar ham butun tuyg'ularni siniq qabul qiladi...
@qalbdavosi | 🫀