qarshi_alfa | Unsorted

Telegram-канал qarshi_alfa - ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

1081

Xush kelibsiz Qarshi ALFA o'quv markaziga. 🏠Manzil: Qarshi shahri XALQ banki ro'parasida. Aloqa uchun tel: +998(97)2001030

Subscribe to a channel

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Qorning massasi va hajmi haqidagi nazariyani oʻzgartiramiz shekilli.😏

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

❄️25-fevral. Qashqadaryo hududlarida ham jadal qor yog‘moqda

Kun davomida yoqqan kuchli yomg‘irdan so‘ng Qashqadaryoning ko‘plab hududlarida ayni vaqtda qor yog‘moqda.


Bahor keldi seni so‘roqlab..
— Guppa-guppa yog‘ar qor
— Go‘yo ko‘kda ini bor
— Sen bahorni sog‘inmadingmi?
😄


@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Sunʼiy intellektga asoslangan ChatGPT biz haqimizda nima deydi?

Har holda "nimayam derdim.." deb gap boshlamaydi😁

👉@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Bugungi mock testdan lavhalar

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

BEPUL MULTILEVEL MOCK EXAMS

Qachon: soat 8:30;
Sanasi: 23.02.2025;
Qayerda: Alfa o’quv markazi;
Qaysi skillar: READING&LISTENING;
Narxi: Tekin;
Materiallar: Haqiqiy imtihon savollari;
Kimlar uchun: istalgan kishi qatnashishi mumkin;

Mock oxirida barcha READING savollari tajribali instructor Temurbek Yusuf (IELTS 8.0) tomonidan tahlil qilib beriladi!

Joylar soni chegaralangan!

Ro’yxatdan o’tish uchun @alfa_admin1 ga yozing

Ro’yxatdan o’tish oxirgi kuni: 22/02/2025


SHOSHILAMIZZZZ!

📞 952551030
🌎 @qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

#motivatsiya_uchun

Davom etamiz..

📊 Alfa oʻquv markazi oʻquvchilarining sertifikat natijalari

👉@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

#sertifikat_natija

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Ertaga soʻzi oylarni, yillarni belgilab beradi. Shuning uchun, "bugun boshla".

👉 @qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Imtihonda yuqori ball olish siri fosh bo'ldi 😳

👆 Bilish uchun ushbu videoni ko'ring!

Abituriyentlarga kerakli maslahat!

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

📞 972001030
@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Uyda dam olishni istamagan biologlar yakshanba kuni ingliz tilidan mock testga qatnashishlari mumkin😂

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Yangi boshlagan matematiklarga savol😳. Oldindan shugʻullanib, tayyorlanib yurgan matematiklar, mabodo javobini topib qoʻysanglar aytib qoʻymanglar🤫.


Xullas, men har zamon tugʻilganimdan beri yashagan kunlarimni hisoblaydigan odatim bor🧐. Lekin hisobim har safar har xil chiqayapti🤷‍♂. Ancha oldin hisoblaganimda 7986 kun edi😁. Keyinroq 8092 kun chiqdi😠. Bugun hisoblasam 8100 kundan oshib ketibdi😡.
Bilmaysilarmi, qayerda adashayapman?🤔

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

‘’INTIZOM”- bu oʻz miyyanga kelajakdagi katta yutuqlarga erishish uchun bugungi mayda zavqlardan voz kechishni oʻrgatishdur!

Kalajak har doim bugundan koʻra muhimliroqdur. Intizomli boʻl

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

❗️Mablag‘laringizni to‘ylarga emas, farzandingizga investitsiya qiling

Buxorolik Parviz Tuksanov SAT xalqaro imtihonida eng maksimal natija — 1600 ball to‘plagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘libdi.

Shavkat Mirziyoyev kuni kecha bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda Parvizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Menga eng yoqqan gaplarni zalda ishtirok etgan Parvizning onasi aytdi. Jumladan, barcha ota-onalarga ta’sirli murojaat bilan chiqib, shunday dedilar:

“Aziz ota-onalar, iltimos. Agar biz ortiqcha xarajatlarni to‘y-dabdabalarga sarflamasdan, mablag‘larimizni o‘zimizning farzandlarimizga investitsiya qilsak, bu albatta yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Buni o‘g‘lim misolida sizlarga tavsiya qilaman”.

Qaniydi, hamma shu gaplarga amal qilsa, hayotining oltin qoidasiga aylantirsa, gullab ketardikku.


@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

✅ 16-fevral kuni o‘tkazilgan sovrinli blok test natijalari.
🎉 G‘oliblarni tabriklaymiz!!!


‼️ Eslatma: 16-fevraldagi testga jami 500 000 so‘m miqdorida sovrin qo‘yilgan!

23-fevral - yakshanba kuni mutlaqo bepul mock test o‘tkazilishini eslatib o‘tamiz.

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Fanlar majmuasi-2025

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Kanal logosini "qorbobo qorni tagidan kovlab olayotgan ALFA logosi"ga almashtirsammikan?😁

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Ustoz Behruz Baxriddinov haqida soʻrov berdik.

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Surxondaryolik oʻquvchi muddatidan avval kirish imtihonlarida maksimal 189 ballni yigʻdi

Batafsil

👉 Obuna bo‘ling - @qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

#motivatsiya_uchun

Davom etamiz..

📊 Alfa oʻquv markazi oʻquvchilarining sertifikat natijalari

👉@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

#motivatsiya_uchun

Davom etamiz..

📊 Alfa oʻquv markazi oʻquvchilarining sertifikat natijalari

👉@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

#motivatsiya_uchun

📊 Alfa oʻquv markazi oʻquvchilarining sertifikat natijalari

👉@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

❗️ DARS QILISHSIN
(Ota-onalar va o'quvchilar guruhlariga yuborib qo'ying)

Dil tubida nolalar,
Ey amma -yu, holalar,
O‘ynamasdan telefon,
Dars qilishsin bolalar.

Maxkam bog‘lab belini,
Yodlab baytu she’rini,
Ko‘rmasdan Gulperini
Dars qilishsin bolalar

Ochib kitob daftarin,
Misoli gul-nastarin,
Chiroyli qilib xatin,
Dars qilishsin bolalar.

Nima ko‘p zamonada,
,,Matoh"lar har yonada,
Televizor yo‘q xonada,
Dars qilishsin bolalar.

O‘yab o‘yla, izla, top,
Baxslar qilishsin har bob,
Tik turmaydi bo‘m bo‘sh qop,
Dars qilishsin bolalar.

Ustozlari bo‘lar shod,
Kundalik bo‘lmas kasod,
Multfilmdan VOYDOD,
Dars qilishsin bolalar.

Keldi hush zamonalar,
To‘lsin kitobxonalar,
Aziz ota onalar,
Dars qilishsin bolalar.

Bir hazil she’r so‘zladim,
Rostmi yolg‘on so‘zlarim,
Haqiqatni ko‘zladim,
Dars qilishsin bolalar.
            
✍️ Muallif: Xurshid Karim

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

"Talaba"ning haftaligi:

Dushanba - bugun og‘ir kun demak, dam olamiz.
Seshanba - og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.
Chorshanba - Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.
Payshanba - haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.
Juma - shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?
Shanba - kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.
Yakshanba - iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ? 😄

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Ўта жиддий одамни ҳам кулдирадиган видео 😅

Дўстларга юбориб, беғубор табассум улашинг!

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

😎 23-fevral kuni faqat mock test boʻladi. Blok test 23-fevral kuni oʻtkazilmaydi.

- 😳 Men biologiya-kimyodan testga qatnashmoqchi edim. Nima qilishim kerak yakshanba kuni?
- 😝 Uyda dam olishing kerak
.

@qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

BEPUL MULTILEVEL MOCK EXAMS

Qachon: soat 8:30;
Sanasi: 23.02.2025;
Qayerda: Alfa o’quv markazi;
Qaysi skillar: READING&LISTENING;
Narxi: Tekin;
Materiallar: Haqiqiy imtihon savollari;
Kimlar uchun: istalgan kishi qatnashishi mumkin;

Mock oxirida barcha READING savollari tajribali instructor Temurbek Yusuf (IELTS 8.0) tomonidan tahlil qilib beriladi!

Joylar soni chegaralangan!

Ro’yxatdan o’tish uchun @alfa_admin1 ga yozing

Ro’yxatdan o’tish oxirgi kuni: 22/02/2025


SHOSHILAMIZZZZ!

📞 952551030
🌎 @qarshi_alfa

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Bas! Televizor pultini topadigan qurilma yarataman. Bu dunyoda eng koʼp yoʼqotgan buyumim shu boʼlsa kerak.

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Biologiya ustoz Zuhra Bozorovaning yangi guruhlariga ro‘yxatdan o‘ting.

ALFA SCHOOL:
📞 952551030
📞 972001030
📩 @alfa_admin1
@qarshi_alfa

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram  | Facebook | AlfaEdu_Qarshi">Youtube

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.


⚠️Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Abituriyentlarga tarqating!
↗️

🌐 @qarshi_alfa
📱 952551030

Читать полностью…

ALFA SCHOOL - Zamonaviy maktab

Oxirgi natijalar barcha appelyatsiyalarni hisobga olib, ertaga doimgidek sertifikatli va sertifikatsizga ajratib kanalga chiqariladi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel