RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Koson tumanidagi 31-maktab direktori ichki ishlar xodimini chaqirib farzandimni berib yubordi" mazmunida tarqalayotgan murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:
Holat mas'ullar tomonidan atroflicha o'rganilmoqda. Mazkur holat shaxsan tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig'i nazoratiga olingan va tez orada bu haqida batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Formativ_Summativ_Baholash
Qashqadaryoda ham formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan
Qashqadaryoda 33 ta umumta'lim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtdi.
2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor. Shundan Qashqadaryo viloyatida 33 ta umumta'lim maktablarida tashkil etilgan.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tdi.
Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek va rus tillarida chop etilgan.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Umumta'lim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtmoqda
✅ 2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
🔴 Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
🔗 Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
❗️Sinov materiallari o'zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan.
__________
✔️ Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Obodonlashtirish_Yashil_Makon
📸FOTO
🖼Qarshi shahar 1-DMTT
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#OAV_biz_haqimizda
#Dayjest
#Gimnastikaga_ilk_qadam_musobaqasining_final_bosqichi
🔹📺O'zbekiston 24 tv - /channel/mtrkuzofficial/174476
🔹📺O'zbekiston 24 tv - /channel/mtrkuzofficial/174463
🔹📺Sevimli - Zamon tv - /channel/zamon_lavhalar/17938
🔹📺Mening yurtim - Hudud tv - /channel/hududtv/24426
🔹📱Uza.uz sayti - https://uza.uz/posts/533486
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
O’zbekiston yoshlar ittifoqi III Respublika sardorlar forumining 1-kuni yakunlandi!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
TEZ FURSATLARDA DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI O'ZGACHA QIYOFA AKS ETADI—QARSHI SHAHAR
Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi bir qator ta'lim maskanlarida qurilish, ta'mirlash va rekonstruksiya jarayonlari jadallik bilan tashkil etilmoqda.
Bugun MMTB boshlig'i qurilish, ta'mirlash jarayonlarni ko'zdan kechirdi va soha mas'ullariga tavsiyaviy fikrlarini bildirdi.
—Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini o'z ko'zingiz bilan ko'rib, soha mas'ullariga mavjud tavsiyalarni berish natijasida qator obyektlardagi jarayonni ko'zdan kechirmoqdamiz. Albatta, xalqimiz farzandlari tarbiya oladigan ushbu maskanlar uchun sifatli qurilish davr talabi ekanligini yoddan chiqarmasligimiz kerak,-deydi Qarshi shahar MMTB boshlig'i Bahodir MO'MINOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Яқин Шарқдаги воқеаларга доир баёнотидан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению проектов, реализуемых в гидроэнергетике, а также задач подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.
#Mirziyoyev #yigilish #gidroenergetika #tayyorgarlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Зўравонлик янада авж олаверса, бу халқаро вазиятнинг кенг миқёсда издан чиқишига, қуролли тўқнашувларга янги кучлар тортилишига олиб келади.
Буларнинг барчаси Яқин Шарқ минтақаси билан чекланмай, узоқ ўлкаларга ҳам тарқалиб кетадиган, оқибатини башорат қилиб бўлмайдиган фожиаларга олиб келиши мумкин.
Айнан шунинг учун ҳам биз ҳар икки томонни зудлик билан гуманитар мақсадларда муросага келишга, жанговар ҳаракатларни тўхтатиб, низони тинчлик йўли билан ҳал этишга чақирамиз.
Маълумки, биз яшаётган Марказий Осиё минтақаси турли миллат ва конфессиялар вакилларининг ўзаро тинч-тотув ҳаёт кечириши бўйича ноёб тажрибага эга.
Бу заминда асрлар давомида мусулмон, христиан ва яҳудийлар дўстлик ва ҳамжиҳатликда ёнма-ён яшаб келяптилар.
Мен бугунги фурсатдан фойдаланиб, барча юртдошларимизга, аввало, ёшларимизга мурожаат қилиб, уларни турли ёлғон ташвиқотларга берилмасликка, қонунга зид хатти-ҳаракатлар содир этмасликка чақираман.
Бизнинг энг катта кучимиз, бебаҳо бойлигимиз бўлган тинч ва осойишта ҳаётимизни, ўзаро бирлик ва ҳамжиҳатлигимизни барчамиз биргаликда асрашимиз зарур", - деди давлатимиз раҳбари ва кун тартибидаги масалалар муҳокамасига ўтди.
Facebook|Instagram|Twitter
#Yosh_kitobxon
#Maktab_mahalla_oila_hamkorligi
✅ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari shahar va tumanlararo mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazilgan besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yosh kitobxon " tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
💥11-sinf o'quvchisi Abduxalilova Marjona 1-o'rin, 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek 3-o'rin, 8-sinf o'quvchisi Nuriddinova Sevinch 2-o'rin, 8-sinf o'quvchisi Ziyodullayeva Lazizabonu 3-o‘rinni egalladilar.
⚡️G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
@Qashqadaryo_vxtb
#Podkast
⚡️⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari "Qo‘shtirnoq" podkastida
➖ “Tanlov fanlari asosida ta’lim olish repetitorga hojat qoldirmaydi"
➖”Dunyo bolalari maktabda 12 yil o‘qigan bo‘lsa, biz 5 yarim-6 yil o‘qiganmiz..."
➖ “Bu baholash instrumenti o‘quvchilarni o‘qishga, o‘qituvchilarni ishlashga majbur qiladi"
➖ “Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash tizimida o'qituvchilar mahorati qaysi mezonlar bilan baholanadi?"
➖ “Dunyo bo‘yicha Kembridj dasturi asosida o‘qiydigan o‘quvchilar natijalari e’lon qilinganda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijasi doim yuqori bo‘ladi".
❗️ Albatta ko‘ring!
🎥👉 https://www.youtube.com/watch?v=HrVbhLgvrT8
Qashqadaryoda ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan tanqidiy yig'ilish o'tkazildi
Qarshi shahridagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev hamda soha mutasaddilari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida Qashqadaryo viloyatida ta'lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yaxshilash, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi masalalari tanqidiy muhokama etildi.
Shuningdek, yangi baholash tizimiga o'tiladigan maktablarda samaradorlikni tahlil qilish, ixtisoslashgan maktablar bilan hamkorlikda zamonaviy o'qitish metodlarini joriy etish bo'yicha vazir o'rinbosari tomonidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Yig'ilishda tuman(shahar) Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshliqlari, ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho'balari bosh mutaxassislari, ixtisoslashgan maktab direktorlari, yangi baholash tizimiga o'tiladigan maktab direktorlari ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Diqqat_piyoda
"Diqqat piyoda!" tadbiri davom etmoqda
"Diqqat piyoda!" tadbiri doirasida navbatdagi targʻibot tadbirlari Qarshi shahrida olib borilmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshi tumanidagi 12-maktab ta'mirtalab holatda" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabati:
Qarshi tumanidagi 12-maktab 1968 yilda qurilgan, quvvati 844 o‘quvchi o‘rinli. Hozirgi kunda maktabda 1372 nafar o‘quvchilar o'qiydi. Maktabning navbatlilik koeffsiyenti 1.6 ni tashkil etadi.
Maktab binosi 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-98-son Qarorga ko'ra mukammal ta’mirlangan.
Maktabda ta’mirlash ishlarini viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiring kompaniyasi buyurtmachiligida XXTK "Xo‘jalik hisobidagi ta’mirlash korxonasi" tomonidan olib borilgan.
Obyektning shartnoma qiymati 6 mlrd. 6 mln. so‘mni tashkil etadi.
❗️Hozirda maktab ta’mirlash ishlari yakunlangan va mavjud kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotganligini ma'lum qilamiz.
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Франция саммитида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд для участия в узбекско-французском саммите.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ilk bor qo'llariga qalam tutqazib,
Yozishga undagan,sanoq o'rgatgan.
Nur-ziyo ulashib,mehrini berib,
Sirli odamga meni boshlagan
Qarshi shahar 43-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Abdiyeva Zulfizarning "Inja tuyg‘ular" nomli she'riy to'plami "Renessans press" nashriyoti tomonidan chop etildi.
"Inja tuyg‘ular" nomli nazmiy guldastalar Zulfizar Abdiyeva hamda onalari Zaynab Ro‘ziyeva qalamiga mansub she‘rlar kiritilgan. Ushbu ijodkor o‘qituvchimini ijodlariga o‘lkan zafarlar tilaymiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Obodonlashtirish_Yashil_Makon
📸FOTO
🖼Qarshi shahar 17-DMTT
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🗣 O’zbekiston yoshlar ittifoqi III Respublika sardorlar forumi ishtirokchilarining 2-kundagi treninglar yuzasidan fikrlarini tinglaymiz!
#sardorlarforumi2023 #yoshlarittifoqi #2kun
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
✅ Axborot 24 | Qashqadaryo viloyatida yoshlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar
#31oct #uzbekiston24 #yoshlar_bandligi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон 1-2 ноябрь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 1-2 ноября Президент Французской Республики Эммануэль Макрон совершит официальный визит в нашу страну.
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Яқин Шарқдаги воқеалар юзасидан фикр билдирди
—
Президент Шавкат Мирзиёев высказался о событиях на Ближнем Востоке
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yashil_makon
CHIROQCHIDA CHIROY OCHAYOTGAN TA'LIM MASKANLARI
Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim maktablari, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari tashkil etilmoqda.
—Viloyatimizni barcha hududlari kabi Chiroqchi tumanidagi ta'lim maskanlarida ham daraxt ekish, ko'chat qadash borasida keng koʻlamda ish olib borilmoqda. Albatta, kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham eʻtibor qaratilishini doim nazoratga olish, ekologik toza hamda ta'lim maskanlarini koʻkalamzorlashtirish darajasini oshirish mas'uliyatini yuklaydi,-deydi Chiroqchi tuman MMTB boshlig'i Farxod JUMANOV.
❗️Chiroqchida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
QARSHI SHAHRIDAGI TA'LIM MASKANLARI YASHILIKKA BURKANMOQDA
Qashqadaryodagi boshqa tuman, shaharlar singari Qarshi shahridagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim maktablari, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
O’zbekiston yoshlar ittifoqining III Respublika sardorlar forumiga start berildi
Forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda hududlardan tashrif buyurgan sardorlarimiz o‘zlarining jamoaviy chiqishlari, milliy raqslari va askiyalardan iborat sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi ishtirok etib, forum ishiga omad tiladi.
30-oktabrdan start olgan forum jarayonlari 3-noyabrga qadar davom etadi. Forum davomida sardorlarimizni qiziqarli treninglar va Respublika sardorlar saylovi kutmoqda.
— JARAYONDA MAKTAB O'QUVCHILARI FAOL ISHTIROK ETMOQDA
#sardorlarforumi2023 #yoshlarittifoqi #1kun
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Мажбурий меҳнатдан озод қилинган ўқитувчилар ўзи ишлаётган мактаби ҳовлисини гуллатиб-яшнатиб қўйиши мумкин-ку?!
Президент билдирган эътирозлар ҳар биримиз учун сабоқ бўлиши керак
Янгиликлар 24 | Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги брифинги
#27oct #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
✅ Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.
Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.
Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.
Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.
Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.
Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.
Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.
Qarshi shahar 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-F o’quvchilari o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov natijalari quyidagicha:
Xudoynazarova Parizoda-1o'rin,
Inoyatullayeva Ruxshona-2 o'rin
Abdurahimov Akbar-2 o'rin,
Asqarova Sevinch-2o'rin,
Ernazarov Daler-3 o'rin,
Baratov Aziz 3-o'ringa loyiq deb topilgan.
@Qashqadaryo_vxtb