|RASMIY MUNOSABAT
YOLG'ON MUROJAAT TASDIG'INI TOPMADI...
Ijtimoiy tarmoqlarda 2009-yilda tug'ilgan, 7-sinf o'quvchisi D.K. (qiz bola) unashtirilmoqda, degan mazmundagi video tarqaldi.
❕Aniqlanishicha, holat Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib, mas’ullar tomonidan joyiga borib o‘rganish o‘tkazilganda, qizchaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ekanligi to‘g‘risida tushuntirish berdilar.
D.K ning ota-onasi ayolni turmushga chiqishiga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildilar. Shuningdek, D.K. ning ota-onasi o‘z tushuntirishida videodagi holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, unga ta’lim berish va shifokor bo‘lib yetishishi niyatida ekanliklari ma’lum qilingan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdJ7jdQjpXpIlF_lllAeU8_DE-lcteM3-31pAXn6NSYDi_iow/viewform
Читать полностью…Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Moliyaviy savodxonligini oshirish" mashg'ulotlarini tashkil etish mavzusida "Maktabgacha va maktab ta'lim tashkilotlari tarbiyachilar kreativligini oshirish va zamon talabida mashg'ulotlarni o'tkazishga doir malakasini va tajribasini oshirish" nomli mahorat darslari tashkil etilgan.
Mahorat darsida Qarshi shahar MMTB boshlig'i B. Mo'minov, Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari doktori, dotsent Matluba Shodiyevalar ishtirok etdi.
—Hozirda o‘qituvchilar nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta’lim sifatini oshirish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi va amaliyotga bog‘lagan holda dars o‘tish zamon talabiga aylanib bormoqda—deydi Pedagogika fanlari doktori, dotsent Matluba Shodiyeva.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol 100 ta o‘quvchilarni saralab oldi. Ular orasida, qashqadaryolik o'quvchilar ham bor:
Abdullayev Mirfayzbek Sirojiddin o'g'li - Qarshi shahridagi 4-maktab 9-sinf o'quvchisi
Avazova Nilufar Nodir qizi - Qarshi shahridagi 31-maktab 10-sinf o'quvchisi
Haydarniyozova Jasmina O‘tkirbek qizi - Qarshi shahridagi 23-maktab 9-sinf o'quvchisi
Ilhomova Rahima Behzodovna - Qarshi shahridagi 19-maktab 11-sinf o'quvchisi
Imomova Zarina Ixtiyorovna - Qarshi shahridagi 8-maktab 9-sinf o'quvchisi
Nusratova Mahbuba Usmonxon qizi - Qarshi shahridagi 41-maktab 11-sinf o'quvchisi
Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1- davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati 11-sinf o'quvchisi
Barcha saralangan qashqadaryolik o'quvchilarimizni tabriklaymiz hamda ularning keyingi o'qishlarida omad va zafarlar tilaymiz!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Кўкдала туманидаги 58-мактабда Қарши шаҳридаги Президент мактаби ўқитувчиси Жанубий Африка Республикаси вакили Мартин Коомнани иштирокида туманда фаолият олиб бораётган Информатика фани ўқитувчиларига вилоятда Янгича баҳолаш тизими жорий этилган 33 та мактабларни ва бошқа таълим муассасаларини методик қўллаб-қувватлаш мақсадида семинар ўтказилди. Семинарда 87 нафар туманда фаолият олиб бораётган Информатика фани ўқитувчилари иштирок этиб, М.Коомнанига ўзларини қизиқтирган, таълимга оид саволларни беришди. Семинар савол-жавоб, очиқ мулоқот, кўтаринки кайфият ва қизиқарли методлар билан ташкил этилди. Семинар сўнггида Президент мактаби ўқитувчиси М. Коомнани 10- синф ўқитувчилари билан синфхонада суҳбатлашиб, уларни қизиқтирган саволларига батафсил жавоб берди ва улар билан мактаб ҳовлисида эсдалик учун суратга тушди. Семинар иштирокчилар ва ўқувчи-ёшларда катта таассурот қолдирди.
@Kukdala_uz
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergadik.
Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.
Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yhati bilan tanishing.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Чекка қишлоқда замонавий мактаб биноси. Замонавий синфхоналар, ошхона, сифатли таълим учун барча шароитлар
Қамашида тумани Бойбўри маҳалласи ҳудудида 27-мактабда лойиҳа қиймати 7.5 млрд сўмдан ошиқ маблағ ҳисобига қўшимча бино қурилди.
Маҳалла ёшлари учун ажойиб совға бўлган ушбу бино очилиш маросимида туман сектор раҳбарлари, нуронийлар иштирок этди.
П/С: Шароитларни кўриб, қайтадан яна мактабга ўқишни истаб қоласиз.
🎥 Ф.Чориев
@QAMASHI_TV 👈 Каналга уланиш
Matematika fani o'qituvchilaridan SUPER NATIJALAR!
⚡️ Bir vaqtning o'zida to'rt nafar o'qituvchi Matematika fani bo'yicha Xalqaro GRE (Graduate Record Examinations) sertifikatini qo'lga kiritishdi!
Abdivayidov Erkin Jumanazarovich,
Bahromov Ozodbek,
Eshmatov Zafar Mamayusupovich,
Azimov Jasurbek Ismoyilovich.
Ma'lumot uchun ushbu sertifikat 2023-yil 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga ko'ra 155 va undan yuqori ball to'plagan sertifikat sohiblariga 50 % qo'shimcha ustama haqiga asos bo'ladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистонда тегишли маълумоти ва касб тайёргарлиги бўлмаганларга педагог сифатида ишлаши тақиқланмоқда
“Олий таълим муассасаларига педагог ходимларни танлов асосида ишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” Вазирлар Маҳкамаси қарори лойиҳаси ишлаб чиқилиб, жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.
❗️Қарор лойиҳасида педагог ходимлар тоифаси, лавозимлари танлов бўйича эгалланадиган педагог ходимлар ва танлов қатнашчиларига қўйиладиган малака талаблари, танлов асосида ишга қабул қилиш тартиби, шартлари ва муддати, меҳнат шартномаси (контракт)ни тузиш, ўзгартириш ва тўхтатиш тартиби ҳамда “vacancy.edu.uz” платформаси орқали аризалар топшириш схемалари тасдиқланмоқда.
❗️Низомга кўра, қуйидаги шахсларга педагог сифатида фаолият олиб бориш тақиқланади:
➖тегишли маълумоти ва касб тайёргарлиги бўлмаган;
➖суднинг қарорига асосан муайян ҳуқуқдан маҳрум қилинган;
➖суд томонидан муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб эътироф этилган;
➖психиатрия ёки наркология муассасаларида ҳисобда турган;
➖педагоглик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган касалликка чалинган.
Эслатиб ўтамиз, ушбу тартиб олий таълим муассасаларидаги педагог ходимларга тегишли бўлиб, умумий ўрта таълим муассасалари учун бошқачроқ тартиб жорий қилинган. Ушбу тартибга кўра 2023-2024 ўқув йилидан бошлаб илк бор мактабга ишга қабул қилинган номзодлар 1 йил ўқитувчи-стажёр бўлиб ишлайди ва йил якуни билан касбий сертификат олиши лозим.
———
|Рустамов_БЛОГ
#Natija
Qarshi shahar 25-maktab.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi
Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
➖ Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.
Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.
Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.
👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.
🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.
Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________
➖ Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:
— O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.
Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов Чироқчи тумани, Қизилчовра маҳалласида янги қурилиб, фойдаланишга топширилган 42-мактабнинг очилиш маросимида иштирок этди.
Шунингдек, вилоят ҳокими қизилчовраликлар билан мулоқот қилди.
O‘zbek imo-ishora tili bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek imo-ishora tiliga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish, shuningdek xalqaro imo-ishora tilini o‘rgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
➖ Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari, Innovatsion rivojlanish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nizomiy nomidagi TDPU hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.
⚡️Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qo‘shma qaror imzolanishiga kelishib olindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Бугун вилоят ҳокими Чироқчида бир қатор ижтимоий объектларни очилиш маросимида иштирок этди.
Читать полностью…#Natija
Qarshi shahar 46-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-sinf o'quvchisi Azizbek Otabekov Buxorodagi futbol kubog musoboqasida 1- faxriy o'rinni egalladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Bir nechta ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.
@hududtv
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/chiroqchi_press
Milliylik-millat ko'zgusi
Qarshi shahrida "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida milliy qadriyatlar va qo'l mehnati san'atini tashkil etish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida o'tkazildi. Unda DMTT va soha mas'ullari milliylikni aks etgan sahna ko'rinishlar, qo'l mehnatlari jamlanmalari tadbirda taqdimot etildi.
Seminarda Qarshi shahar MMTB boshlig'i B. Mo'minov, Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari doktori, dotsent Matluba Shodiyevalar ishtirok etdi.
Namunaviy tadbir jarayonlari davom etmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etildi
👉Batafsil👈
Seminar davomida ta’lim sifatini yaxshilashdagi muammolar va ularning yechimlari haqidagi masalalar keng muhokama qilindi.
Ushbu amaliy o‘quv-seminarlar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining reja-grafigiga asosan viloyatning barcha tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida tashkil etish rejalashtirildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Xorijlik ekspert ishtirokida korrupsiyaga qarshi darslar bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Qatar davlatining taklifiga binoan "Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik darslari" tashkil etildi.
➖ Mashg‘ulotlar xorijiy mutaxassis Robtel Nedjai Peyli tomonidan Toshkent shahridagi 5- va 190-maktablarda o‘tkazildi va unda muallifning bolalar uchun antikorrupsiyaga bag‘ishlangan "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot doirasida o‘quvchilarga kitob haqida qisqacha ma’lumot berilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning turmushimiz va kelajakka salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.
✔️ Ma’lumot o‘rnida: "Gbagba and Jaadeh!" kitobi taqdimoti bugunga qadar dunyoning 15 ta davlatida tashkil etilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
Maktablarda qishki ta’til 2023-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi.
3-chorak o‘quv darslari 11 yanvardan boshlanadi.
———
|Рустамов_БЛОГ
Янги Ўзбекистон - мактаб остонасидан бошланади
Узун маҳалласида 64 мактабнинг янги биноси қурилиб, фойдаланишга топширилди.
Тантанали очилиш тадбирида туман ҳокими, мутассадилар ва қишлоқ аҳолиси иштирок этди. Ушбу мактаб сифатли таълим олиши учун барча шароитларга эга.
Маълумот ўрнида, қурилиш ишлари лойиҳа қиймати 4 млрд. сўмдан ошиқ маблағ эвазига амалга оширилди.
🎥 Ф.Чориев
@QAMASHI_TV 👈 Каналга уланиш
Yong'in xavfsizligi qoidalari va yong'in vaqtida tezkor harakat...
Qarshi shahar 23 -maktabda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida maktab pedagog xodimlari va óquvchilar uchun "Yong'in xavfsizligi qoidalari va yong'in vaqtida tezkor harakat" mavzusida o'quv-amaliy mashg'ulotlari o'tkazildi.
Unda mutaxassislar tomonidan xodimlar va óquvchilar uchun zarur maslahat va ko'rsatmalar berildi.
Amaliy mashg'ulotlarda óquvchilarning bevosita ishtirokchiga aylanganligi ular uchun bir olam taassurotlarga boy bóldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#xayriya_konsert
#tashabbus
Mehr-muruvvat, saxovat va birodarlik insonning ziynatidir. Xalqimizda muhtojlarga, boquvchisini yoʼqotganlarga, jismoniy zaiflikka ega boʼlganlarga mehr ulashish, ularga koʼmak berish va eʼtibor qaratish kabi oliyjanob fazilatlar bolalikdan tarbiyalanadi, bora-bora shakllantiriladi.
Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'qituvchilar hamda o'quvchilar jamoasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida yangidan qad rostlagan Qo'g'irchoq teatrida "Xayr-u saxovat-insoniylik ziynati"nomli xayriya-konserti bo'lib o'tdi.O'quvchilarimiz ijrosidagi kuy-qo'shiqlar,sahna ko'rinishlari bilan boyitilgan dastur ushbu xayriya-konsertga tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
📈 Xayriya-konsertidan tushgan barcha pul-mablag'lar Qarshi shahridagi bolalar Muruvvat uyiga yo'naltiriladi.
#Natija
Nishon tumani 34-maktab.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2023»
«2023 йилнинг энг намунали ҳудуди»
➡️ Қашқадарё вилояти ҳокими М.Азимовга овоз беринг!
(Танлов ҳақида батафсил)
ОВОЗ БЕРИШ👇👇👇
➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ ⬅️
Ижтимоий соҳа объектларида қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати бўйича йиғилиш ўтказилди
Унда туман ҳокими ўринбосари Бекмурод Ҳайдаров иштирок этиб, ижтимоий соҳаларда қиш мавсумини беталофат ўтказиш бўйича олиб борилган ўрганиш ишларига тўхталди.
Туну кун ўрганиш ишларида айрим мактабларда камчиликларга йўл қўйган мутассадилар жиддий огоҳлантирилди ҳамда барча ижтимоий соҳа раҳбарларига зарур кўрсатмалар берилди.
Qamashi24.uz |Facebook | Telegram
Саида Мирзиёева, Ўзбекистон Республикаси Президенти ёрдамчиси:
«Биз миллатимиз оталари Беҳбудий, Мунаввар қори, Фитрат, Авлоний, Чўлпон, Ибрат бошлаб берган йўлдан бормоқдамиз. Уларнинг орзу-умидларини байроқ сингари баланд тутган эканмиз, жамиятимизда илмга интилиш, эркинлик, адолат ва равнақ каби қадриятлар янада чуқур қарор топмоқда».
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Вилоят ҳокими эринмай ёш ўқувчилар берган откриткаларни ўқиб кўрди. Иккинчи откриткани ўқиётган жараёнда эмоцияни кўришингиз мумкин. Менимча, раҳбар ёшлик даврини эслади.
Читать полностью…YANGILANAYOTGAN CHIROQCHIDA ZAMONAVIY MAKTAB BINOSI OCHILDI
Bugun Chiroqchi tumanini "Qizilchovra" mahallasida 180 o‘rinli 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining zamonaviy barcha qulayliklarga ega yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi maktab binosining tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Chiroqchi tuman hokimi Fayzullo Yusupov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Farhod Jumanovlar va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari, mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.
Zamon talablari asosida mukammal ta’mirdan chiqqan umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab yangicha qiyofaga keltirilib, fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha batamom zamonaviy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb