🎞"YANGILIKLAR" 2024-2025 oʻquv yiliga puxta hozirlik koʻrilmoqda
#23aug #qashqadaryo_trk
🔵Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BO'YICHA NAVBATDAGI VIDEOKONFERENSIYA O‘TKAZILDI
▪️Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ZOOM platformasida hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi.
Videokonferensiyada Qashqadaryo viloyat, tuman, shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari rahbarlari ishtirok etdi.
Bunda, yozgi ta'til davrida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Videokonferensiyada Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori D.Uralov tomonidan maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada isloh qilishda birlashish kerakligi alohida ta’kidlanib, barcha rahbarlar oʻz takliflarini bildirishlari lozimligi aytib oʻtildi.
Mazkur videokonferensiyadan maqsad maktabdan tashqari ta’lim sifatini yanada oshirish va yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.
@Qashqadaryo_MMTB
#Istiqlol_farzandlari
#Islohotlar_samarasi
Qashqadaryodagi ta'lim tashkilotlari yangi o'quv yiliga tayyor
(+VIDEO)
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев 22-23 август кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев 22–23 августа посетит нашу страну с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎞"YANGILIKLAR" Qarshi tumanidagi 71-maktabda ustozlar milliy forumi o‘tkazildi
#22aug #qashqadaryo_trk
🔵Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
🎞"YANGILIKLAR" Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Qoraqolpog'iston Respublikasida bo'lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ishtirok etgan viloyatimiz tadbirkorlari o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
#21aug #qashqadaryo_trk
🔵Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
Бугун Қашқадарё вилояти Қўриқлаш бошқармаси ва вилоят Мактабгача таълими бошқармаси ҳамкорлигида умумтаълим мактаблари қоровуллари иштирокида объект хавфсизлигини таʼминлашга қаратилган янгиликлар тўғрисида навбатдаги ўқув семинари ташкил етилди.
Тадбир қатнашчиларига мактабларда хавфсиз муҳитни яратишга, ўқувчиларга нисбатан жисмоний хавф-хатарларни тезкорлик билан бартараф етиш мақсадида белгиланган хизмат вазифаларидан келиб чиқиб, ҳаракатланиши лозимлиги таъкидланиб, қоровуллар томонидан мактаб ҳудудига бегона шахсларни киритилмаслиги, жамоат тартибини сақлаш, фавқулодда ҳолат юз берганда тезкорлик билан ташвиш тугмаси орқали, туман ёки шаҳар Қўриқлаш бўлимларига хабар бериши, ташвиш хабари келиб тушган Қўриқлаш бўлимининг тезкор ҳаракатланувчи гуруҳининг манзилга зудлик билан етиб бориши, холатни бартараф етиш чораларини кўриши тўғрисида тушунчалар берилди.
Тадбир қатнашчилари соҳа бўйича ўзларига қизиқтирган саволларга батафсил жавоблар олдилар.
/channel/milliy_gvardiya_qashqadaryo
#Xorijiy_tillar
#Zakovat
Qashqadaryoliklar respublika darajasida faxrli 2-o'ringa loyiq ko'rildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tanlov ishtirokchilari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan bahslar natijasida:
🥇Jizzax viloyatining “Dream team” jamoasi 1-o‘rinni,
🥈Qashqadaryo viloyatining “Optimus” jamoasi 2-o’rinni,
🥉Samarqand viloyatining “SamHub” jamoasi 3-o’rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga — 23-avgust kuni tanlovning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Barcha fan o'qituvchilari diqqatiga!
Global Education o'quv markazi, Olimpiadalar.uz platformasi hamda Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'zaro hamkorlikda, fan ustozlari uchun "Eng zo'r savollar tuzish" bo'yicha Tanlov e'lon qiladi.
Agar siz o'z faningiz bo'yicha kuchli mutaxassis bo'lsangiz, o'quvchilaringiz olimpiadalarda 🏆 yuqori natijalarni qo'lga kiritib kelayotgan bo'lsa, siz yuborgan savollar olimpiadalarda qo'yilishini xohlasangiz, bu tanlov aynan siz uchun!
Tanlovda qatnashish uchun ushbu havolani to'ldiring va eng zo'r savol tuzuvchi ustoz sifatida g’olib bo’lib, diplom bilan sovg’alarga 🎁 ega bo'ling!
DIQQAT E'LON!
Olis hududdagi ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritishga tayyormisiz?
Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi tomonidan tanlov o‘tkazilgandan so'ng oliy ma’lumotli mutaxassis va viloyat hokimligi o‘rtasida mazkur qaror bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolanishi hamda olis hududlarda joylashgan oliy ma’lumotli mutaxassis talab etilayotgan budjet tashkilotiga ishga joylashish uchun viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanoma berilishi belgilangan.
Talab etiladi:Читать полностью…
Pedagogning erishilgan natijalari;
Xorijiy sertifikati;
Passport;
Diplom;
3x4 rasm;
Ma'lumotnoma
(asl hujjatlarni elektron nusxasi ilova qilinadi)
Murojaat uchun:
75-2213366
telegram: 93-6970000
#Tanqidiy_tahliliy
MANFAATLAR TO’QNASHUVI TO’G’RISIDAGI QONUN MAZMUN MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR O’TKAZILDI
Ma'lumki, turli qonun buzilish holatlarini oldini olish va shaffof boshqaruv tizimini yo‘lga qo’yish maqsadida “Manfaatlar to’qnashuvi to’grisidagi qonun” ishlab chiqilib, joylarda mazkur qonun mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor etishga bag’ishlangan seminarlar o’tkazilmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, zoom orqali esa tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida seminar o'tkazildi.
Unda vazirlik ishchi guruhi a'zolari tomonidan qonun doirasida belgilangan talablar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlik munosabatlari va vakolatlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlaridan boxabar etish hamda belgilangan muddatlarda ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to‘g’risidagi deklaratsiyalarni to‘ldirib borilishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
#Xushxabar
#Xitoy
Qashqadaryolik o'quvchidan xalqaro TOP natija
✅ Joriy yilning 22-31-iyul kunlari GongKong shahrida tashkil etilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) bo'lib o'tdi. Unda 52 ta davlatdan 250 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Mazkur olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
📣 Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan JONLI MULOQOT boshlandi.
❕Unda vazirlik boshqarma boshligʻi Sardor Rahimboyev hamda masʼul xodimi Hasan Ubaydullayev mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
Axborot 24 | III ustozlar milliy forumi
#23aug #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Қашқадарёдаги таълим ташкилотлари янги ўқув йилига тайёр
Маълумот учун: Қашқадарё вилоятида янги ўқув йили ҳамда Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан замонавий, қулай шароитларга эга 12 та умумий ўрта таълим мактаблари ва 5 та ДМТТ ўз фаолиятларини бошлаши режалаштирилган. Шунингдек, мазкур ўқув йилида 66401 та ўқувчилар 1-синфга мактабларга боради. Шунга асосан, уларга 12 турдаги ўқув жиҳозларига эга "Президент совғаси" берилади.
Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ахборот хизмати
🇺🇿ҚАШҚАДАРЁ ХАЛҚИ учун ташкил этилган махсус канал!👇
/channel/+UjOf6LoeHTEyZWQy
🎞"YANGILIKLAR" Qamashi tumanidagi ta’lim muassasalarida Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida seminar treninglar tashkil etildi.
#22aug #qashqadaryo_trk
🔵Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
#Jarayon
#2_kun
🎞"YANGILIKLAR" Chiroqchi tumanida Singapur xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida seminar – trening bo‘lib o‘tdi
#22aug #qashqadaryo_trk
🔵Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
📹 Reportaj|Chiroqchi tumanida yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda
#20aug #qashqadaryo_trk
✔️Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatining rus tili fani o‘qituvchisi Samadova Nafisa Fayzullayevna sinf rahbarlik qilgan 11-A sinf o‘quvchilarining barchasi(100%) OTM talabasi bo‘ldi.Quvonarlisi shundaki Ulashov Islom hamda Samadov Mirjahon nufuzli xalqaro universitet grand yutib olib o‘qish imkoniyatiga ega bòldi.
Eslatib o‘tamiz ushbu sinfda o‘qigan 20 ta o‘quvchining 10 tasi davlat granti, qolgan o‘quvchilar esa to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilindilar.
"Mahalla obod - yurt obod"
✅Qadrli yurtdoshlar!
24-25- avgust kunlari yurtimiz bo'ylab o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etaylik.
🔹Rasmiy telegram kanal
/channel/qashqadaryo_mahallalari
50 дан ортиқ ўқув қўлланмалар ҳамда дарсликлар муаллифи Зулфия Қиямова ҳақида китоб ёзилди
“Nasafnews” мухбири “Меҳнат шуҳрати” ордени ва “Халқ таълими аълочиси” эсдалик нишони соҳибаси Зулфия Қиямованинг ҳаёти ва ижоди ҳақида китоб ёзган унинг қизи Ораста Тожиева ва вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси методисти Севинч Очилов билан суҳбатлашди.
👉 nasafnews.uz/1797-.html
Nasafnews расмий саҳифаси
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✅ Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.
O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 18 ta medal bilan taqdirlanishdi.
Барчаси ёш авлоднинг соғлом ва баркамол бўлиши учун
Мамлакатимизда кейинги йилларда ёш авлоднинг спорт билан мунтазам шуғулланишлари учун кенг имконият яратиб бериш масалаларига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Хусусан, Чироқчи туманида ҳам мазкур йўналишда муайян ишлар амалга оширилмоқда.
Бугун Чироқчи тумани ҳокими Файзулла Юсупов бошчилигида сектор раҳбарлари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан ажратилган 8 турдаги мусиқа асбоблари ва спорт жиҳозларини умумтаълим мактаблари директорларига топширишди.
Сўнгги йилларда умумтаълим мактабларида барпо этилган спорт заллари ва мусиқа хоналари ўқувчи ёшларнинг санъат ва спорт билан шуғулланишлари учун кенг имкониятлар яратди. Амалга оширилган ишлар натижасида санъат ва спорт билан шуғулланувчи болалар сафи ортиб бормоқда.
Таълим ташкилотларида тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда
Ҳозирги вақтда кўз ўнгимизда дунёнинг турли жойларида рўй бераётган иқтисодий ва ижтимоий, ахборот-коммуникация манзарасидаги чуқур ўзгаришлар, турли мафкуралар тортишуви кескин тус олаётган бир вазиятда, барчамизга аёнки, фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя, жаҳолатга қарши маърифат билан курашиш ҳар қачонгидан кўра муҳим аҳамият касб этмоқда.
Токи фуқароларимиз миллий ўзлигини, шу билан бирга, дунёни чуқурроқ англайдиган, замон билан баробар қадам ташлайдиган инсонлар бўлишсин. Ана шундагина жоҳил ақидапарастларнинг даъвати ҳам аҳлоқ-одоб тушунчаларини рад этадиган, бизлар учун мутлақо бегона ғоялар ҳам уларга ўз таъсирини ўтказа олмайди.
Шу мақсадда бугун Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими мажлислар залида "Жаҳолатга қарши маърифат" мавзусида ҳамкор ташкилотлар вакиллари иштирокида давра суҳбати ўтказилди.
Jasurbek xalqaro natijada bronza medaliga sazovor bo'ldi
22-31-iyul kunlari 52 ta davlatdan 250 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan, Xitoy Xalq Respublikasinig GongKong shahrida tashkil etilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida (IEO-2024) O'zbekiston terma jamoasi ilk marotaba 🥉 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
🥉Bronza medal sohibi - Rizoqulov Jasurbek - Qashqadaryo viloyati Prezident maktabi o'quvchisi;
Mazkur yutuq bilan o‘quvchimizni, uning ota-onasini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
🟨🟨🟨🟨🟨
Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi!
26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo'lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥇Ozodbek Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥇Asadbek Boboqulov — Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
🥈Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Rasulbek G‘affarov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida (Key Stage II):
🥇Dildora Mahkamova — Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥈Baxtiyor Ostonov — Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥉Mehmonbek Amonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
🥉Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi:
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥈Asadbek Aslonov — Navoiy shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 sinf o'quvchisi;
🥉Davronbek Diyorov — Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani 48-maktabning 9-sinf o'quvchisi;
🥉Muhammadali Rasulov — Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
🥉 Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi;
🥉 Zufar Norkulov — Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 45-maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):
🥈Kamronbek Kamolov — Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf o'quvchisi
🥉Muhammad Olimboyev — Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi;
🥉Abbos Sattorov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥉Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi;
🥉Muhammadshoh Mardonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi;
Ushbu yutuqlar bilan o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Al-Xorazmiy avlodlari nomli IT-sohasidagi onlayn olimpiadaning viloyat bosqichi o‘tkazildi
2024-yil 26-iyul kuni Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Kiber xavfsizlik oyligi doirasida Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilgan “Al-Xorazmiy avlodlari” nomli IT-sohasidagi onlayn olimpiadaning viloyat bosqichi o‘tkazilib tanlov g‘oliblari aniqlandi.
1-o‘rin – Kasbi tuman 22-maktab 9-v –sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshev Asadbek Behzod o‘g‘li;
2-o‘rin – Koson tuman 95-maktab 11-sinf o‘quvchisi Amirov Botir Ubaydullo o‘g‘li;
3-o‘rin – Koson tuman 71-maktab 11-b-sinf o‘quvchisi Rajabaliyev Temurmalik Baxtiyor o‘g‘li