Dehqonobodda yana bir yangi bogʻcha ish boshladi
Dehqonobod tumanining "Boshchorbogʻ MFY"da 150 oʻringa moʻljallangan yangi bogʻcha qurib bitkazilib, oʻz faoliyatini boshladi.Ochilish marosimida tuman hokimi Sherzod Shokirov,tuman prokurori Otabek Usanov,tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Risolat Eshqobilova va mahalla faollari ishtirok etishdi
Maʼlumot oʻrnida, ushbu bogʻcha 2023 yilda qurilishi boshlanib, bugun tayyor boʻlib foydalanishga topshirildi. Mazkur bogʻcha 150 oʻrinli boʻlib, 150 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega
Eslatib oʻtamiz, bundan avval tumanda 14 ta bogʻcha mavjud edi. Ayni kunda bu koʻrsatkich 15 taga yetdi
@Qashqadaryo_MMTB
#Jarayon_tashabbus
Viloyat hokimi kubogi uchun turnirga start berildi
Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 24-favgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq viloyatimizning barcha umumta'lim maktablarida 3 bosqichli "Shaxmat turniri"ning maktab bosqichiga start berildi.
Unda umumta'lim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'zaro bellashadilar.G'oliblar esa tuman, shahar hamda viloyat bosqichiga yo'l oladilar.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
🎞"YANGILIKLAR" Chiroqchi tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida yangi o'quv yili boshlandi.
/channel/chiroqchi_tuman_mmtb
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:
"Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!
Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”
#bizning_jamoa
Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️
Ахборот 24 | В Чиракчинском районе Кашкадарьинской области сданы в эксплуатацию новые объекты
Читать полностью…Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor qaratilayotgan 5 ta yo‘nalish aytildi
Prezident maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qilinganini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/PL98yN4H
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Xorijiy mutaxassislar ta'lim tashkilotiga jalb qilinmoqda —QASHQADARYO
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, 2024-2025 o‘quv yilining sentyabr oyidan boshlab Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablariga 20 nafar (ingliz, nemis, fransuz) xorijiy mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Filippin davlatidan jalb etilgan xorijiy mutaxassislardan biri
Melody Rose Maguad Qarshi shahar 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024-2025 o‘quv yili davomida faoliyat olib borishi rejalashtirgan.
Болажонларга байрам туҳфаси
Мустақиллик шодиёналарида Қамаши туманида бир қатор ижтимоий соҳа объектлари фойдаланишга топширилмоқда. Бугун Чим маҳалласи ҳудудида 100 ўринга мўлжалланган Давлат хусусий шерикчилик асосидаги мактабгача таълим ташкилотини фойдаланишга топширилиши болажонлар учун байрам туҳфаси бўлди.
Шу вақтга қадар маҳалла ҳудудида 3-6 ёшли болалар сони 523 нафарни ташкил қилиб, 320 нафари 1 та давлат мактабгача таълим ташкилотига, 120 нафари 5 та оилавий боғчаларга жалб қилиниб, болаларнинг 84 фоизини қамраб олган эди. Янги мактабгача таълим муассасаси ишга тушиши билан маҳалладаги қамров кўрсаткичи 100 фоизга етмоқда. Ушбу Давлат хусусий шерикчилик асосидаги мактабгача таълим ташкилоти тадбиркор Очилова Нодира Юлдошвна томонидан 1 миллиард 670 миллион сўм миқдордаги маблағ эвазига қурилди.
Тантанали фойдаланишга топшириш тадбирида туман ҳокими Хуршид Усмонов, нуронийлар, маҳалла аҳли иштирок этди.
Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram
Ғузорда мустақиллик арафасида битта хусусий, битта давлат мактаби ҳамда болалар боғчаси фойдаланишга топширилди
Вилоятда хизматлар соҳасини ривожлантириш ва таълим сифатини яхшилашга ҳам алоҳида эътибор қаратилмоқда. Хусусан, Ғузор туманининг “Ўзбекистон” кўчасида жойлашган бўш бинодан самарали фойдаланилиб, тадбиркорнинг қиймати 7 млрд. сўм маблағи эвазига “Нarvard school” хусусий мактаб ўз фаолиятини бошлади. Натижада 20 нафар фуқаролар бандлиги таъминланди.
“Мактабимиз 400 ўринга мўлжалланган бўлиб, дарслар тажрибали педагоглар томонидан берилади. Бизни асосий мақсадимиз ғузорлик ёшларни пухта билим олиши ва олий ўқув юртига киришларида амалий ёрдам кўрсатишдан иборат”, — дейди хусусий мактаб раҳбари Элёр Бозоров.
Шунингдек, туманнинг “Хумдон” маҳалласида “Ўзбекнефтгаз” АЖ ҳомийлигида 12 млрд. сўм эвазига 240 ўринли янги замонавий мактаб қуриб битказилди ва фойдаланишга топширилди.
Ушбу маҳаллада 11,5 млрд. сўм маблағ эвазига қад ростлаган 150 ўринга эга мактабгача таълим ташкилотининг фойдаланишга топширилиши мустақиллик арафасида хумдонликларга давлатимиз раҳбари томонидан берилган юксак мукофот десак, муболаға бўлмайди.
Мазкур объектларнинг очилиш маросимида Муротжон Азимов бошчилигидаги вилоят сектор раҳбарлари ҳам иштирок этди.
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
Ular birgalikda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiya markazida joylashgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab”ga tashrif buyurishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Кўкдала туманидаги 87-мактабда Сингапур тажрибасини жорий этиш юзасидан бўлиб ўтган ўқув семинар тақдирлаш маросимидан фото лавҳалар.
@Kukdala_uz
#Kaskad
Qashqadaryoda uchinchi "Ustozlar milliy forumi" o'tkazilmoqda — QARSHI SHAHAR
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
#MMT_JARAYON
#QARSHI_SHAHAR
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.
Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.
Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:
1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,
2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,
3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.
Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.
Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
Viloyat hokimi kubogi uchun turnirga start berildi —QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyati hokimining 2024-yil 24-favgustdagi "Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalari va professor oʻqituvchilari oʻrtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Shaxmat turniri”ni tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq viloyatimizning barcha umumta'lim maktablarida 3 bosqichli "Shaxmat turniri"ning maktab bosqichiga start berildi.
Ma'lumot uchun: Unda umumta'lim maktablarining 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'zaro bellashadilar. G'oliblar esa tuman, shahar hamda viloyat bosqichiga yo'l oladilar.
#Barkamol_avlod_bolalari
📍NAVBATDAGI MANZIL — TOSHKENT VILOYATI!
📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etilmoqda.
📍Mazkur festivalning navbatdagi manzili TOSHKENT VILOYATI!
⚡️Festival quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅“Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
✅“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
✅“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
✅“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Milliy kashtachilik);
✅“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Landshaft);
✅“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
✅“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).
⚠️ ESLATIB O‘TAMIZ!
Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!
🎁Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
"Янги Ўзбекистон" боғида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, халқимизни табриклади.
—
В парке "Янги Узбекистон" состоялись праздничные торжества, посвященные 33-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#iqtibos
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Qadrli ustozlar, aziz vohadoshlar!
Mamkakalatimizda har bir islohotning bosh mezoni “inson qadri uchun” tamoyili asosida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Vatanga obodlik, taraqqiyot va jamiyatga qadr bergan mustaqilligimizning 33 yilligini nishonlamoqdamiz. Mustaqillik - mamlakatni, millatni birlashtiradigan yagona kuch, ko‘p millatli xalqimizning irodasidir.
Yaqin yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan pedagog kadrlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida qator hujjatlar qabul qilindi va pedagog o‘qituvchilarga ko‘pgina imtiyozlar berildi, ularning ish haqlari oshirildi. Bu kabi rag‘bat va o‘qituvchiga e'tiborni oshirilishi ularning faoliyatidagi ko‘nikma, malaka, bilimlarini oshirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish barobarida ta’lim mazmuni, sifatini boyitishga ham xizmat qilmoqda.
Qashqadaryolik pedagoglar "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni
mukofotiga loyiq ko‘rildi
Mustaqillik ayyomi munosabati bilan Qarshi shahridagi 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Beknazarova Luiza Ergashevna, G'uzor tumanidagi 68-umumiy o'rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Fayziyeva Durdona Hamrayevnalar "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Mukofotni egalariga Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov tantanali ravishda taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur mukofot egalari ta'lim tizimida uzoq yillar jonkuyarlik bilan faoliyat yuritib kelmoqda hamda o'quvchilari bir qancha yutuqlarga erishgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Болажонларга байрам туҳфаси
Мустақиллик шодиёналарида Қамаши туманида бир қатор ижтимоий соҳа объектлари фойдаланишга топширилмоқда. Бугун Чим маҳалласи ҳудудида 100 ўринга мўлжалланган Давлат хусусий шерикчилик асосидаги мактабгача таълим ташкилотини фойдаланишга топширилиши болажонлар учун байрам туҳфаси бўлди.
Шу вақтга қадар маҳалла ҳудудида 3-6 ёшли болалар сони 523 нафарни ташкил қилиб, 320 нафари 1 та давлат мактабгача таълим ташкилотига, 120 нафари 5 та оилавий боғчаларга жалб қилиниб, болаларнинг 84 фоизини қамраб олган эди. Янги мактабгача таълим муассасаси ишга тушиши билан маҳалладаги қамров кўрсаткичи 100 фоизга етмоқда. Ушбу Давлат хусусий шерикчилик асосидаги мактабгача таълим ташкилоти тадбиркор Очилова Нодира томонидан 1 миллиард 670 миллион сўм миқдордаги маблағ эвазига қурилди.
Тантанали фойдаланишга топшириш тадбирида туман ҳокими Хуршид Усмонов, нуронийлар, маҳалла аҳли иштирок этди.
@Qashqadaryo_MMTB
Косонлик ёшлар ўртасида спорт мусобақалари ташкил этилди
Хабарингиз бор, вилоят ҳокими Муротжон Азимов Косон туманида бўлиб, бир нечта ижтимоий объектлар очилиш маросимида иштирок этган эди.
Туманнинг “Лолазор” маҳалласида жойлашган 5-умумий ўрта таълим мактабининг қўшимча 700 ўринли биносининг очилиш маросими шулар жумласидан.
Шу жойнинг ўзида тумандаги барча маҳаллаларда яшовчи оталиққа олинган ёшлар ўртасида арқон тортиш, тош кўтариш, волейбол, шахмат ва шашка мусобақалари ташкил этилди.
Шунингдек, Ички ишлар бошқарма тезкор вазифаларни бажарувчи сафарбар отряди ходимлари томонидан ташкил этилган жанговар ҳаракатлар, ҳарбий чиқишлар ва спорт курашлари ёшларнинг Ватанпарварлик руҳи ва шижоатини оширди.
Кинология бўлинмаси ходимларининг хизмат итлари билан биргаликда турли хил машғулотларни амалга оширгани ҳам ёшларда катта қизиқиш уйғотди.
Якунда қизғин ва муросасиз кечган спорт мусобақаларида ғолибликни қўлга киритган ёшлар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланди.
#Эътироф
✅O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Ular orasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati hamda ustoz va tarbiyachilarimiz ham bor:
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan
:
"Do‘stlik" ordeni bilan
:
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
#2
Кўкдала туманидаги 87-мактабда Сингапур тажрибасини жорий этиш юзасидан бўлиб ўтган ўқув семинар тақдирлаш маросимидан фото лавҳалар.
@Kukdala_uz
Аввалроқ маълум қилгaнимиздек Кўкдала туманидаги 87-мактабда тумандаги мактабларда Сингапур тажрибасини жорий этиш юзасидан мактаб директорлари ҳамда ўқитувчилар учун 4 кунлик ўқув семинар ташкил этилган эди, ушбу семинар бугун якунига етди.
Семинарда фаол иштирок этган тренинг устозлар ҳамда фаол мактаб директорлари тадбир якунида эсдалик совғалари ҳамда ташаккурнома билан тақдирландилар.
@Kukdala_uz
Yakkabog' tumanida "Ustozlar milliy forumi"ga start berildi....
Xabaringiz bor, har yili avgust oyida Yakkabog' tumanida "Ustozlar milliy forumi" yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi talab va tashabbusli forumda tuman hokimi o'rinbosari F.Xidirov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Eshquvvatov ishtirok etib, pedagoglarning ta'lim sifatini oshirishda ta'lim metodikasini yangi zamonaviy usullarini tashkil etish hamda xorijiy davlatlarni ilg'or tajribasiga tayanib, ta'lim samaradorligini sifatli shakllantirish shartligini ta'kidlab o'tdilar.
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan sinf, maktab va jamiyatda sog‘lom inklyuziv muhitni yaratish masalalarida o‘qituvchilarning kasbiy darajasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari va amaliy trening o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi maktablardan o‘qituvchilar, psixologlar, metodistlar, direktorlar, MMTV va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Finlyandiya ta’lim tizimining eng yaxshi amaliyotlarini muhokama qilish va inklyuziv ta’lim sohasida o‘z samaradorligini isbotlagan samarali texnologiyalar va usullarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
—
В рамках проекта «Инклюзивное образование» международные эксперты провели образовательный семинар и практический тренинг по повышению профессионального уровня учителей в вопросах создания здоровой инклюзивной среды в классе, школе и обществе.
Мероприятие собрало учителей из школ Андижанской, Джизакской и Кашкадарьинской областей, а также города Ташкента, школьных психологов, методистов, директоров школ, сотрудников МДШО и Национального агентства социальной защиты.
Участники получили возможность обсудить лучшие практики образовательной системы Финляндии и освоить действенные технологии и методы, доказавшие свою эффективность в сфере инклюзивного образования.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Kaskad
Hududlarda ilg'or xorij tajribasi ijrosi yuzasidan pedagoglar ishtirokida seminarlar tashkil etilmoqda — QASHQADARYO
▶️(+video)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB