Муротжон Азимов Қашқадарё вилояти шахмат федерацияси раҳбари этиб сайланди
Шунингдек, Ёшлар ишлари агентлигининг вилоят бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи Аброр Аҳмедов бир вақтнинг ўзида федерация раҳбарининг биринчи ўринбосари, вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулла Орипов эса вилоят шахмат федерацияси раҳбари ўринбосари этиб сайланди.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
RADDIYA
O'z lavozimiga sovuqqonlik bilan qaragan o'qituvchi lavozimidan ozod etildi va ijtimoiy tarmoqlarda "bo'rttirib" tanqidiy yoritishga uringan shaxslarga huquq tartibot organlari tomonidan o'rganishlar yakuniga ko'ra ta'sir chorasi qo'llaniladi
Didaktik materiallarni qo'llanilishi yuzasidan o'quv seminar tashkil etildi — QARSHI SHAHAR
Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 50-DMTT da reja grafik asosida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligining 2024-yil 24-maydagi "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarga va maktabgacha ta'limning boshqa muqobil shakllarini o'quv metodik vositalar, didaktik qo'llanmalar, ko'rgazmali materiallar va o'yinchoqlar bolan ta'minlash to'g'risida"gi 51-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida didaktik materiallarni qo'llanilishi yuzasidan o'quv seminar trening tashkil etildi.
"Language learing" koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "Language learing" koʻrik-tanlovi e'lon qilingan edi.
Ushbu ko‘rik tanlovning tuman bosqichi Dehqonobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tkazildi.
Ko'rik tanlov 4- shart bo'yicha hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, iqtidorli bolalar aniqlandi va ushbu ko'rik tanlovda 1- o'rinni egallagan Shukurov Navruzbek viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
@Qashqadaryo_MMTB
Qarshi shahrida 2024-yil 2- oktabr kuni Tabiiy fanlar "Kasbiy rivojlantirish kuni" tadbirlari boshlandi
Qarshi shahridagi tayanch maktabi sifatida belgilangan 1-sonli maktab, ushbu maktabga biriktirilgan 25 nafar tabiiy fanlar bo'yicha yetakchi o'qituvchilar 3 ta guruhda mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etmoqdalar.
@Qashqadaryo_MMTB
Kasbiy rivojlanish kuni tadbirlarining 3-bosqich jarayonlari o'tkazilmoqda
Joriy yilning 3-oktabr sanasidan boshlab tuman (shahar)lardagi belgilangan tayanch maktablarda aniq fanlar boʻyicha yetakchi oʻqituvchilar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” o'quv-tadbirlari boshlandi.
Ayni damda offlayn shaklda davom etayotgan kasbiy rivojlanishga oid o'quvlarda 48-nafar mentor o'qituvchilar hududlardagi ma'sul bo'lgan yetakchi o'qituvchilarga o'z bilimlarini yetkazishmoqda.
O'quv jarayonlarini borishi bilan tanishish maqsadida viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tayanch maktablarda bo'lib tinglovchilar bilan muloqot qildi.
📍Fotolavhalarda Shahrisabz, Kasbi, Kitob, Qarshi, Koson va Qarshi tumanlaridagi jarayonlar aks ettirilgan.
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va «Sfera educational center» o'quv markazi hamkorligida «Zamonaviy ustozlar» ko'rik tanlovi o'tkazilmoqda.
Tanlov jarayonlari haqida qo'shimcha axborot beriladi.
🖐 Maktab o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining hududiy bosqichi o’tkazildi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi”ning "Zakovat" intelektual o'yinining Qashqadaryo viloyat bosqichi o'tkazildi.
🟢Tuman (shahar) bosqichlarida g'oliblikni qo'lgan kiritgan 48 ta jamoa viloyat bosqichi g'olibligi uchun murosasiz kurash olib bordi. Mazkur o'yining tuman (shahar) bosqichlarida 1 229 ta maktabning 8 603 nafar o'quvchilari ishtirok etishdi.
👦
Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi
:
1-o'rin 25-maktab (Shahrisabz shahar)
2-o'rin 47-maktab (Ko'kdala tumani)
3-o'rin 20-maktab (Mirishkor tumani)
1-oktyabr "Ustozlar va Murabbiylar kuni" munosabati bilan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va Global Education o'quv markazi hamkorligida 🇬🇧 ingliz tili va 🇩🇪 nemis tili ustozlari uchun 🏆 "1-oktyabr olimpiadasi" 🏆 bugun soat 09:00 da @olimpiadalaruzbot platformasida boshlanadi. Ustozlar bugun 20:00 ga qadar, platformaga kirib, Olimpiadalar bo'limidan Olimpiadaga qatnashishlari mumkin!
Barcha ustozlarga omad tilab qolamiz!
@Qashqadaryo_MMTB
♾ Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqich ishtirokchilari diqqatiga!
📆 23-sentabr, dushanba kuni barcha hududda turnirning hududiy bosqichi o‘tkaziladi
3️⃣0️⃣ Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi
🆙 Hududiy bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 3tadan jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oladi
Viloyatimizdan quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:
Muborak tumani:
1. 30-maktab
2. 9-maktab
3. 34-maktab
Shahrisabz shahri:
1. 25-maktab
2. 24-maktab
3. 11-maktab
Nishon tumani:
1. 21-maktab
2. 20-maktab
3. 4-maktab
Qamashi tumani:
1. 7-maktab
2. 32-maktab
3. 21-maktab
Qarshi shahri
1. 4-maktab
2. 28-maktab
3. 5-maktab
Kasbi tumani:
1. 14-maktab
2. 43-maktab
3. 26-maktab
Qarshi tumani:
1. 26-maktab
2. 25-maktab
3. 42-maktab
Mirishkor tumani:
1. 21-maktab
2. 20-maktab
3. 1-maktab
G'uzor tumani:
1. 14-maktab
2. 50-maktab
3. 37-maktab
Koson tumani:
1. 20-maktab
2. 32-maktab
3. 54-maktab
Shahrisabz tumani:
1. 48-maktab
2. 21-maktab
3. 30-maktab
Kitob tumani:
1. 19-maktab
2. 26-maktab
3. 3-maktab
Dehqonobod tumani:
1. 70-maktab
2. 2-maktab
3. 89-maktab
Chiroqchi tumani:
1. 29-maktab
2. 23-maktab
3. 110-maktab
Ko'kdala tumani:
1. 47-maktab
2. 70-maktab
3. 6-maktab
Yakkabog' tumani:
1. 67-maktab
2. 13-IDUMI
3. 50-maktab
🗓 Turnirning viloyat bosqichi 23-sentabr kuni soat 09:00 da boshlanadi. Unda turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmalar o‘ynaladi.
↖️Manzil: Qarsh shahar "Yoshlar markazi"
⚓️38.8614086,65.7990307,15z/data=!4m2!3m1!1s0x3f4ea637038f9d7f:0xa3d3214c3725c514">Lokatsiya
❗️Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda bir vaqtda - 23-sentabr kuni, soat 9:00 da boshlanadi. Ishtirokchi jamoalardan kechikmasdan manzilda hozir bo‘lishlari so‘raladi
zakovatharakati">@Qashqadaryo_ZakovatNNT
Ta'lim muassasalari ham bosqichma-bosqich "yashil energiya"ga o'tmoqda
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi bugungi kundagi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Shu sababli qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish kun sayin muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Bu borada Kitob tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda tumanning 96-sonli umumta'lim maktabida 50 kVt•soat elektr energiyani yetkazib berishga mo‘ljallangan quyosh fotoelektrik panellari o'rnatilib, to'liq quvvatda ishga tushirildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar faoliyatining taqsimoti va kun tartibini samarali tashkil etish usullariga oid seminar-trening tashkil etildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) MMT bo‘limi xodimlari va bir guruh malakali Maktabgacha ta'lim muassasalari metodistlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev ochib berib, seminar-treningning ahamiyati hamda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o'tdi.
🔻Seminar-trening maqsadi,
- kun tartibini rejalashtirish
- Pedagoglar tomonidan o‘quv faoliyatini tashkil etish bo'yicha o'zlarining algoritmlarini yaratish
- Taxminiy 6-7 yoshli bolalar faoliyatining taqsimoti
- Ilk qadam dasturi mazmuni
- didaktik materiallardan foydalanish uslublari kabi masalalar yuzasidan
tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga didaktik qo‘llanmalar taqdimoti o'tkazilib, qiziqtirilgan savollarga javoblar berildi.
Qashqadaryolik o'quvchidan xalqaro natija...
Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Ibrohimov Xumoyun Xalqaro SAT imtihonidan 1530 ballni qo’lga kiritdi. SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
Oʻquvchining kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad, ulkan zafarlar tilaymiz!
❗️Hurmatli maktab o’quvchilari!
Sizlar uchun ajoyib loyiha!
Respublikamizdagi barcha maktablarda 23 sentabrdan 28 sentabrgacha “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasida sport musobaqalari o’tkaziladi.
Sizlarni sport haftaligida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
#Natijalar_gapirsin
Qashqadaryo viloyati Koson tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Ingliz tili" to‘garak a'zolari Oʻzbekiston televideniyasi Bolajon ko‘rsatuvining HAPPY ALPHABET (ingliz tili musobaqa)sida faol ishtirok etib g'oliblikni qo‘lga kiritdi.
Toʻgarak rahbari: Yulduz Jo‘rayeva.
@Qashqadaryo_MMTB
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Maktab direktori mukofot pulidan "dolya" oldi — Qarshi tuman 45-maktab " mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi dastlabki rasmiy munosabati:❗️O'rganishlar yakuni yuzasidan rasmiy munosabat berilishini ma'lum qilamiz.
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan o'rnatilgan tartib asosida o'rganilmoqda.
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda xalqaro hamkorlik
✅ Joriy yilning 2-3-oktabr kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda GIZ (Germaniya) hamkorligidagi TexVET Karyera loyihasi doirasida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
➖ Tadbirda loyiha ishtirokchilari boʻlgan umumtaʼlim hamda professional taʼlim muassasalari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
➖ Seminarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ishlab chiqilgan onlayn yoʻriqnomalar taqdimoti oʻtkazildi.
👉 Jumladan, ota-onalar va oʻquvchilarga moʻljallangan "Farzandim uchun eng yaxshisini xohlayman", "Keling, ishga hujjat topshiramiz", "Germaniyada karyera imkoniyatlari" kabi onlayn qoʻllanmalar taqdim etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati oid ko'rgazmali seminar tashkil etildi
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 9-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida reja grafik asosida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligining 2024-yil 24-maydagi "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarga va maktabgacha ta'limning boshqa muqobil shakllarini o'quv metodik vositalar, didaktik qo'llanmalar, ko'rgazmali materiallar va o'yinchoqlar bolan ta'minlash to'g'risida"gi 51-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida didaktik materiallarni qo'llanilishi yuzasidan o'quv seminar trening tashkil etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
“Qashqadaryo” TRK | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doimiy nazoratda.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
#Faoliyat
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!
✅Bugungi kunda ushbu maktabda 68 ta toʻgaraklar tashkil etilgan bo‘lib bu toʻgaraklarda 1740 ta toʻgarak a’zolari shugʻullanib kelmoqdalar.
Bundan,
🔵"Kashtachilik”,
🔵“Nemis tili”,
🔵“Mental arifmetika”,
🔵“Kompyuter dizayn va grafikasi”,
🔵“Milliy kurash”,
🔵“Tasviriy san'at”,
🔵"Tarix"
🔵“Folklor”
🔵"Karving"
🔵"Munchoqli bezak"
🔵"Matematika"
🔵"Yosh ekolog va tabiatshunos"
🔵"Bichish-tikish"
🔵"Stol tennisi"
yoʻnalishlarida doimiy tarzda toʻgarak mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.
📚Maktabimizda to‘garak rahbarlari tomonidan o‘quvchilarga oʻz bilimlarini va qobilyatlarini namoyon etishga keng yordam berib kelinmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
Didaktik materiallarni qo‘llanilishi yuzasidan seminar o'tkazildi —MUBORAK TUMANI
Muborak tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tassarufidagi 1-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 24-maydagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’limning boshqa muqobil shakllarini o‘quv -metodik vositalar, didaktik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 51-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida didaktik materiallarni qo‘llanilishi yuzasidan o'quv seminar trening tashkil etildi.
#Live
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va «Sfera educational center» o'quv markazi hamkorligida «Zamonaviy ustozlar» ko'rik tanlovi o'tkazilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi — maktab informatika o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish, IT texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini kengaytirish va mintaqaviy miqyosda IT ta’limini rivojlantirishdir. Ushbu tadbir doirasida o‘qituvchilar IT sohasidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalarini oshirib, zamonaviy startap loyihalarini ishlab chiqish va ularni tadbiq etish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.Tanlov jarayonlari haqida qo'shimcha axborot beriladi.
Shuningdek, o‘qituvchilarni zamonaviy IT texnologiyalari bo‘yicha yangilangan bilimlar bilan tanishtirish;
▪️O‘qituvchilarning jamoaviy ishlash va startap g‘oyalarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
▪️Informatika ta’limini mintaqaviy va milliy miqyosda joriy qilishga ko‘maklashishdan iborat.
Maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar — QASHQADARYO
(+video)
1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va Global Education o'quv markazi hamkorligida 🇬🇧 ingliz tili va 🇩🇪 nemis tili ustozlari uchun "1-oktyabr olimpiadasi" 🏆 tashkillashtirilmoqda.
Olimpiada 2 bosqichda tashkil etilgan. 1-bosqich 23-sentyabr kuni onlayn tarzda tashkillashtirilib, ingliz tilidan top 50 nafar va nemis tilidan top 25 nafar ustozlar keyingi bosqich, oflayn olimpiadada ishtirok etadilar. 2-bosqich 26-sentyabr kuni o'tkaziladi.
Olimpiadada qatnashish uchun olimpiadalar.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, 23-sentyabr kuni 08:00dan 20:00 gacha bo'lgan vaqtda olimpiadaga onlayn tarzda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Natijalarni olimpiada tugaganda bilishingiz mumkin.
So'ngra top 50 talikka va top 25 talikka kirgan ustozlar oflayn olimpiadaga chaqiriladi va eshitib tushinish, o’qib tushunish va so’zlashuv bo'yicha bellashadilar.
Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahar hokimliklari vakillari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan "ICTWEEK- 2024" haftaligi doirasida Xitoy, Janubiy Koreya, Qatar, Latviya va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan delegatsiya vakillari hamda mahalliy IT sohasida faoliyat yuritayotgan rezident korxonalar bilan uchrashdi.
#Islohotlar_samarasi
#Ishchi_guruh_faoliyati
Respublika ishchi guruhi ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o'qituvchi, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlarni o'rganmoqda — QASHQADARYO
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshiriq xatiga asosan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi ta'lim tashkilotlaridagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon, o'quvchi yoshlar tarbiyasi va ularni kasb-hunarga yo'naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta'lim tizimidagi islohotlar уо'nalishlarda olib borilayotgan jarayonlar holati о'rganilayotgan edi.
📃Mavzuga doir: Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
Қамаши туманидаги 1-мактабда шахмат спорт туридан "Вилоят ҳокими кубоги"нинг Қамаши тумани босқичи ўтказилмоқда
@Qashqadaryo_MMTB
Nishon tumani MMTB tasarrufidagi DMTT va Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2023 yil 28 - avgustdagi 99-sonli buyrugʻini ijrosini taʼminlash maqsadida MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINI ISH HUJJATLARI Ni yuritilishi, ushbu hujjatlar asosida ish olib borish,
hududlardagi bolalarni toʻliq maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish hamda ularga sifatli taʼlim berishni yaʼnada oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
@Qashqadaryo_MMTB
Yangi o‘quv yilida to‘garak mashg‘ulotlari boshlanib ketdi
Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishi "Do‘ppido‘zlik" to‘garak mashg‘uloti yangi o‘quv yilida faoliyatini boshladi.
Do‘ppido‘zlik to‘garagi 3 yildan buyon faoliyat olib borib hozirgacha yuzdan ortiq o‘quvchilar hunar sirlarini o‘rganishgan. O‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan qo‘l mehnati ishlari shahrimizga kelgan sayyohlarni ham e'tiborini tortmoqda. Qo‘l mehnati bilan yaratiladigan ishlar ustoz va shogirt an'analariga tayangan holda olib boriladi.
@Qashqadaryo_MMTB