U uddaladi!
Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.
U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.
U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.
Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.
Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.
@hilola_umarova
Mintaqaviy olimpiadalar: umumiy 78 ta medal, ustozlarga qariyb 1 milliard soʻm mukofot
✅ Joriy yilda oʻtkazilgan 11 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar umumiy hisobda 78 ta medal (9 ta oltin, 20 ta kumush, 49 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.
Bugungi taqdirlash marosimida:
➖ oltin medalni qoʻlga kiritgan 9 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 40 million 500 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 168 million 750 ming soʻm;
➖ kumush medalni qoʻlga kiritgan 20 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 60 million soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 262 million 500 ming soʻm;
➖ bronza medalini qoʻlga kiritgan 49 nafar oʻquvchi umumiy hisobda — 110 million 250 ming soʻm va ularning ustozlari umumiy hisobda — 551 million 250 ming soʻm pul mukofotiga ega boʻldi.
👏 Quvonarlisi, mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari ustozlarining umumiy mukofot jamgʻarmasi qariyb 1 milliard soʻmni tashkil etmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📣 9 milliard soʻm: mukofot jamgʻarmasi 5 yilda 11,5 barobarga koʻpaydi
🔹 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlari hamda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi.
👉 Bu koʻrsatkich 2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 11,5 barobarga koʻpdir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Jarayon
#Tashviqot_MMTB_BOSHQARMA
"Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo'lim boshlig'i F. Muhammadiyev, O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining viloyat hududiy boshqarmasi mas'ul xodimi M.Ravshanovalar hamda soha mutasaddilari ishtirokida targ'ibot tadbir o'tkazildi.
📃Profilaktik tadbir davomida ta'lim tashkilotlarida kuzatilayotgan tanqidiy jarayonlar va ularning salbiy oqibati, din niqobi ostida mafkuraviy harakatlarni kuchayib borishini kamaytirish, axborot xavfsizligi, ma'lumotlarni saqlash,tarqatish, har xil tandiy ahamiyat(taqiqlangan) ga ega internet tarmog'idan foydalanmaslik, yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib qilish masalalari va boshqa galdagi vazifalar muhokama etildi.
Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Chiroqchi tumani Madaniyat markazi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig'i Farxod Jumanov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari bilan bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Tanqidiy yig'ilishni kun tartibidagi: pedagog xodimlar malaka oshirishga o‘z vaqtida borishini ta‘minlash, 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun shahodatnomaga buyurtmalarni shakllantirish, xorijiy til o‘qituvchilarning milliy va xalqaro sertifikatlarini ERP bazasiga kiritib borilishini nazorat qilish, ta‘lim muassasalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, isitish qozonlarini yoqib sinovdan o‘tkazish, emaktab.uz elektron saytga o‘quvchlarni kunlik baholab borilishini nazorat qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.Читать полностью…
@Qashqadaryo_MMTB
MAHORAT MASHG’ULOTI
Shahrisabz tuman
"Barkamol avlod” bolalar maktabining “Turizm va ekologiya" yo’nalishidagi “Yosh ekolog va tabiatshunos“ to’garagida
mahorat mashg‘uloti oʻtkazildi.
☝Mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullardan foydalanildi.
To’garak rahbari: Zamira Shodmonova.
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryoda maktablar ligasi sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda
Ayni damda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat sporti turi bo‘yicha maktablar ligasi sport musobaqasini viloyat bosqichi o'tkazilmoqda.
Yakuniy natijalar bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.
#Live
#Matbuot_anjumani
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari tafsilotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.
👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Natijalar_gapirsin
Qashqadaryolik o'quvchi yuqori natijaga erishdi
Qarshi shahar 10-o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Qahramonov Alisher IELTS dan 7.0 natijani qo'lga kiritdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
SIFATLI TA'LIM - SAMARALI NATIJA...
Muborak tuman “Barkamol avlod" bolalar maktabi “Xorijiy tillar” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida.
Xususan, Muborak tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu yo‘nalish bo'yicha tashkil etilgan "Rus tili" to'garagida 44 nafar o‘quvchi-yoshlar yoʻnalish sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.
Maktabimizda "Xorijiy tillar" yo'nalishida faoliyat olib borayotgan "Rus tili" to'garak rahbari Xalimova Zarnigor tomonidan jadval asosida to'garak mashg‘ulotlari o‘tib kelinmoqda va mashg'ulot jarayoni uslubchilar Fayziyeva Shohista va Ibragimova Mohidil tomonidan tahlil qilindi.
@Qashqadaryo_MMTB
#Live
#Attestatsiya
Qashqadaryoda malaka (test) sinovlariga start berildi
Avval xabar berilganidek, Pedagog mahorat markazida test sinovlari o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov soha mas'ullari bilan suhbatlashib, mazkur sinov jarayonlarining shaffof va sifatli o‘tkazilishi maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur sinovlarda 577 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
PEDAGOGLAR TAYYORMISIZ!
ERTAGA BOSHLANADI....
#Видеойўриқнома
#Attestatsiya
✅ Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma
❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya
Maktabgacha ta'lim mas'ul xodimlari xorijda malaka oshirmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarma boshliqlari o’rinbosarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlaridan iborat delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.
Bunda maktabgacha taʼlim sohasida Koreya ilgʻor tajribasi, Koreya amaliyotida bog’cha ta’limi, boshqaruv tizimi, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligi, pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarni joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsad qilingan.
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
#8nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal
🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:
➖ Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);
➖ Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);
➖ Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);
➖ Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;
➖ Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;
➖ Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);
➖ Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);
➖ Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);
➖ Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;
➖ Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;
➖ Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Natija
Qashqadaryolik o'quvchidan xalqaro darajadagi TOP natija...
Qarshi shahar 1-o'rta ta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi Alimova E’zoza IELTS dan 7.0 natijani qo'lga kiritdi.
Нишон туманида болажонлар учун қулай шароитларга эга боғча фаолиятини бошлаганидан хабардормисиз?
Мазкур таълим ташкилотида болажонларингиз учун энг сўнги методик ўқув жараёнлар, ментал арифметика, логопед, хорограф хизматлари ва қулай тўгарак(спорт, мусиқа ва ҳ. к) лар интерфаол усулларда олиб борилади.
❗️Барча Нишон туманилик ота-оналар диққатига!
Фарзандларингизни Стар Кидс(Нуристон олмосчалари) мактабгача таълим ташкилотида тарбияланиши учун қулай вақтни қўлдан бой берманг!
—Зеро, «фарзанд тарбияси — келажак мевасидир».
📃Мурожаат учун:
📞+998(97)-291-9199
🔍телеграм: @Samadova_Maxbuba
#Live
#Attestatsiya
Qashqadaryoda malaka (test) sinovlariga start berildi
(+video)
Eslatib o'tamiz, mazkur sinovlarda 14 mingga yaqin pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
✅ Qashqadarvo viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.
✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.
❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!
👉 https://forms.gle/QhbaSeUor2VKv3xg9
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida "Davlat ramzlari mening nigohimda" mavzusida rasmlar tanlovi e’lon qilinadi.
🔰Ishtirok etish mezonlari: Tanlovda 7-18 yoshdagi barcha imkoniyati cheklangan bolalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari:
✅Rasmda davlatimiz mustaqilligi, davlat ramzlari, baxtli bolalik tasvirlanishi lozim.
✅Rasmlar muallif tomonidan ushlab turgan holda suratga olinib, ism, familiya, ota ismi, tuman, maktab soni va telefon raqamini yozgan holda @adliya_onlayn_tanlov_bot orqali yuborilishi lozim.
#Survey
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.
✔️Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.
❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!
👉 https://forms.gle/UfkpBGXDxT1JNPCz6
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.
Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.
O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.
9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.
Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.
@hilola_umarova
✔️ “Jadidlar izidan” tanlovi!!!
🌀 Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida o‘quvchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” tanloviga start berilgan.
📝 Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilar jadidlarizidan.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o’tdi.
🟢 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 31-oktabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.
❗️ Ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larda tanlovning sektor bosqichi joriy yilning 28-30-oktabr kunlari o‘tkaziladi.
📣 Bizni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Видеоинструкция
#Аттестация
✅ Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori
To'garak mashg'ulotlaridan lavhalar
Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabining "Karving" toʻgarak mashgʻulotlari muntazam ravishda o‘tib borilmoqda.
"Karving" toʻgaragining maqsadi:
Oʻquvchi- yoshlarning
boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda foydali dam olishlarini tashkil etish, karving sanʼati tarixi, zamonaviy bezak turlarini oʻrgatishdan iboratdir.
Toʻgarak rahbari: Zilola Xurramova.
@Qashqadaryo_MMTB
QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM
Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Qarshi shahridagi 1-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda 21 - oktaybr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi beriganligining 35 - yilligi munosabati bilan "Ona tilim - qalbim quyoshi " mavzusida tadbir bo'lib oʻtdi.
Ona tilimizga bo‘lgan yuksak ehtirom, ajdodlarimizning unitilmas asarlariga va ijodiga e'zoz ruhidagi chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, she'r va vatanni madh etuvchi kuy qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassisi " Ona tilim qalbim quyoshii" mavzusida kitob ko'rgazmasi va ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.