O'ZBEKISTON QAHRAMONI TASHABBUS BILAN CHIQDI
Ta'limdagi og'ir burilishlar, ustozlik mashaqqati, maoshsiz ishlagan davrlar, ilgari o'qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilgan jarayonlar haqida.....
(+VIDEO)
—O'zbekiston Qahramoni, Muhabbat Sharapova ta'lim xodimlarini "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol ishtirok etishga chorladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
Qarshi shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yangi O'zbekistonni yashil makonga aylantiraylik!" shiori ostida kuzgi ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Adham Oripov tomonidan o‘zi o‘qigan maktabga maktab jamoasi bilan birgalikda рavloniya daraxti ko'chatlari ekdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Педагоглар сўраган эди...
Кеча Қарши шаҳридаги бир ўқитувчи(шахсини сир тутишни хоҳлаган) инспектор-психолог ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишга қанчалик ҳақли?-деб мурожаат қилган эди.
❗️Энди қонуний асосларни фикрим билан ифода этаман.
—Таълим масканларида инспектор-психолог педагоглар дарсига алоқадор маълумотлар бўйича уларни сўроқ қилиши ўринлими?
—Уларда бундай қилишга ваколати борми?
—Инспектор-психолог давомат билан шуғулланадими ёки педагог ходимлар фаолиятини ўрганадими?
Ҳурматли устоз мураббийлар!
Билишингиз лозимки, педагог ходимининг касбий фаолиятига ноқонуний тарзда аралашишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ. Бу бўйича алоҳида жавобгарлик белгиланган.
❗️Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 197-5-моддасига кўра, таълим ташкилоти педагог ходимининг касбий фаолиятига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки ўз хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:
➖фуқароларга 2 млн 310 минг сўмдан — 3 млн 300 минг сўмгача, мансабдор шахсларга еса 3 млн 300 минг сўмдан — 4 млн 950 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади;
➖худди шундай ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин бир йил давомида такрор содир етилган бўлса, фуқароларга 3 млн 300 минг сўмдан — 4 млн 950 минг сўмгача, мансабдор шахсларга еса — 4 млн 950 минг сўмдан — 6 млн 600 минг сўмгача миқдорда жарима солишга ёки ўн беш суткагача маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.
❗️Бундан ташқари инспектор-психологлар ҳам ўқитувчининг иш фаолиятига аралашишига йўл қўйилмайди. Уларга ўқитувчилар фаолиятини текшириш ваколати берилмаган.
❗️❗️❗️Эслатма, Ички ишлар вазирлигининг тегишли буйруғи билан инспектор-психологлар зиммасига ҳар бир ўқувчи кесимида умумий ўрта таълим муассасаларида психологик муҳитни яхшилаш, муаммоли ўқувчилар билан уларнинг яшаш жойларида ота-оналари иштирокида манзилли ишлаш бўйича вазифалар юклатилган.
Яъни, улар(и.п) дарсларга мунтазам равишда қатнашмаётган вояга етмаганларни аниқлайди, дарсларга қатнашмаслик сабабларини ўрганади ҳамда ўқувчиларнинг микромуҳитини ўрганиш борасида оилаларга ташриф буюриб, ўсмир ва ота-оналар билан индивидуал суҳбатлар уюштиради.
❗️Бу дегани инспектор-психологларнинг вазифаси умуман бошқа. Улар фақат муаммоли ўқувчилар билангина ишлаши лозим. Бу борада ҳуқуқлари бузилган педагог ходимлар тегишли органларга шикоят қилиши мумкин.
———
|Рустамов_БЛОГ
RASMIY MUNOSABAT
«ELTUZ» NI NAVBATDAGI YOLG'ONI TASDIG'INI TOPMADI...
Telegram tarmog'idagi "ELTUZ"da
"Qarshi tumanidagi 12-maktab o'qituvchilaridan soliq yig'imi undirilmoqda" nomli murojaatga rasmiy munosabat:
Ma'lumki, soliq yig'imlarini majburiy tartibda yig'ish, o'qituvchilarni ish faoliyatiga g'ayriqonuniy usullarda aralashishga ruxsat etilmaydi.
❗️Agar, murojaatdagi farazlar rost bo'lsa, soliq to'lash majburiyat emas, bu madaniyat bo'lishi lozim.
Chunki soliqlarni o'z vaqtida to'lash qonunchilikda o'rnatilgan tartib asosida belgilab qo'yilgan.
Hurmatli ustozlar!
Bundan tashqari soliq yig'imiga majburiy jalb etish doirasida boshqarma, bo'lim va maktab ma'muriyati tomonidan biror-bir topshiriq berilmaganligini ma'lum qilamiz.
❗️Ustoz va murabbiylarni kamsitishga, boshqa manfaatlar yoʻlida ularni huquqlarini poymol etishga hech bir tizim haqli emas deb hisoblaydi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
"Zamin" fondi, MMTV va Sog‘liqni saqlash vazirligining "Eshitishni xohlayman!" qo‘shma loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘qituvchilari uchun onlayn seminar tashkil etildi.
Xalqaro ekspert eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun korreksion pedagogikani joriy qilish va o‘quv materiallarini moslashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminarda ushbu mavzuga chinakam qiziqish bildirgan, o‘qitish sifatini yaxshilashga yordam beradigan yangi metodika va yondashuvlarni o‘zlashtirishga intilayotgan 399 nafar odam ishtirok etdi.
—
В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО и Минздрава «Хочу слышать!» был организован онлайн семинар для преподавателей специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха.
Международный эксперт поделился опытом работы по внедрению коррекционной педагогики и адаптации учебного материала для образовательных учреждений.
В семинаре приняло участие 399 человек, проявившие неподдельный интерес к данной теме и желание узнать новые методики и подходы, помогающие улучшить качество обучения.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Xorijiy davlatlarning chet tili fani o‘qituvchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi
✅ Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️ Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, YUNESKO, YUNISEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari hamda xorijiy davlatlardan jalb etilgan chet tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
❗️ “Ta’limga sarmoya — kelajakka sarmoya” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy hamkorlar va chet tili fani o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
➖ Tadbirda ta’kidlaganidek, hozirga vaqtda yurtimizdagi mavjud umumta’lim maktablarining:
9 924 tasida ingliz tili (6 mln 98 ming 862 nafar o‘quvchi);
901 tasida nemis tili (2 mln 661 nafar o‘quvchi);
581 tasida fransuz tili (133 ming 475 nafar o‘quvchi) chet tili fanlari sifatida o‘qitiladi.
✔️ Ayni vaqtda yurtimizdagi ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilingan. Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tmoqda.
🎗️ Shuningdek, mahalliy o‘qituvchilar uchun “Mahorat darslari” va turli seminarlar tashkil etib kelmoqda.
Uchrashuv doirasida soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada kengaytirish va o‘quvchilarni dunyo tan olgan tillarni o‘rganishga yanada kengroq jalb etishga doir bildirilgan fikr va mulohazalar, qator takliflar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama etildi.
Qarshi tumanida bolajonlar iste’dodini namoyish qilishlari uchun yana bir keng maydon
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivaliga #ANKETALAR qabul qilish allaqachon boshlab yuborilgan.
ANKETALAR QABUL MUDDATI 2023-yil 20-NOYABRGACHA
Anketalaringizni topshirish uchun Yoshlar ishlari Qarshi tumani bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабнинг собиқ битирувчилари мактаб боғига дарахт ниҳолларини қадаб, кутубхона учун 60 та бадиий китоблар совға қилишди.
Қашқадарё вилояти суди судъяси Ҳамид Бобоқулов, Нишон тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари Эркин Бобоқулов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Чироқчи туман Кенгаши раиси Расул Бобоқуловлар ўзлари таҳсил олган туманидаги 40- сонли умумий ўрта таълим мактаби боғига 200 туп дарахт кўчатларини экиш орқали Президентимиз ташаббуслари билан старт олган кузги "Яшил макон" умуммиллий лойиҳасига ҳисса қўшди. Шунингдек, собиқ битирувчилар мактаб кутубхонаси учун 60 дона бадиий китоблар совға қилишди. Тадбирда Мактабгача ва мактаб таълими туман бўлими бошлиғи Фарҳод Жуманов ҳам иштирок этди.
Маълумот учун, Муротжон Азимов раҳбарлигида ўтказилган йиғилишда вилоятдаги корхона ва ташкилотлар раҳбарлари ташаббус билан чиқиб, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида ўзлари таҳсил олган мактаб ва боғчаларга 100 донадан 500 донагача дарахт кўчатлари экишини айтганди.
@CHIROQCHIOVOZI
Oʻzbekiston Qahramoni o'zi o'qigan maktab bog'iga daraxt ekdi
Mamlakatimizda aholi hayoti sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar zamirida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni o'rni kattadir.
—Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri o'qituvchi farovonligini oshirishdan iboratdir.
Bugun men ham tashabbusim orqali o'zim o'qigan Qarshi shahridagi 5-sonli hamda 29-umumiy o'rta ta'lim maktablariga 200 dan ortiq mevali, manzaralari daraxtlar va 50 tup gul ko'chatlari ekdim.
————
Daraxtzorlar tabiatni bir bo'lagi. Tabiat esa tiriklik demakdir. Bugun o'zim ta'lim bergan sobiq maktab o'quvchilarim bilan birga ko'chat ekdim. "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida barcha pedagoglarni faollikka chorlayman,
-deydi Oʻzbekiston Qahramoni—Muhabbat SHARAPOVA.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#Yashil_makon
Boshqarma boshlig'i o'rinbosari ta'lim olgan maktabiga daraxtga ekdi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Orif Umirov o'zi ta'lim olgan Koson tumanidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktab bog'iga 50 tup daraxt ekdi. Ushbu ta'lim maskanida kuzgi ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari borasida bir qator amaliy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Boshqarma boshlig'i o'zi o'qigan maktabga daraxtga ekdi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida kuzgi ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol davom ettirilmoqda.
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Anvar Qobilov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov Koson tumanidagi 90-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 300 tup mevali va manzarali daraxtlar ekdi.
—Qashqadaryodagi ta'lim maskanlarida shu kungaqa qadar "Yashil makon" loyiha doirasida 101 mingga yaqin mevali manzarali ko'chatlar ekilmoqda. Umummilliy loyiha barcha pedagoglarni tashabbusiga aylanib ulgurdi. Kecha aynan shu maktabga 400 tup daraxt ekildi. Bugun esa 300 tup ekilmoqda. Albatta, ushbu tashabbus barcha ta'lim muassasalarida uyushqoqlik bilan davom ettiriladi,
-dedi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига
—
Работникам сферы здравоохранения Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Раҳбарлар ўзи таҳсил олган мактабларга дарахт кўчатларини ўтказишмоқда
«Яшилмакон» умуммиллий лойиҳаси доирасида Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси Қашқадарё вилояти бошқармаси бошлиғи Султонмурод Донаев ўзи таҳсил олган Косон туманидаги 31-сонли умумтаълим мактабига 300 туп мевали ва манзарали дарахт кўчатларини ўтказди. Шунингдек, мактаб ҳудудидаги ер ободонлаштирилди.
/channel/qarshiliklar
KOSONDAGI MAKTABDAN 7 TA IJOBIY NATIJA
Yurtimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish, maktabgacha va maktab ta'limi sohasida bir qator amaliy hamda tizimli ishlar qilinmoqda.
👉BATAFSIL👈
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Javohir RUSTAMOV.
#Yashil_makon
Hududlar ko'kalamzorlashtirilmoqda
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 50 tup mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Jarayon
"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi ta'lim maskanlarida davom etmoqda
Koson tumanidagi 41-umumta’lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida "Maktabimizni yashil maskanga aylantiramiz!" aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida maktab hududiga mahalladagi nuroniylar, ko’ngilli yoshlar hamda ittifoq sardorlari ishtirokida 200 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#Jarayon
❗️CHIROQCHIDAGI 6 NAFAR DIREKTOR O'Z LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI
Qashqadaryoda ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlari doirasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Anvar Qobilov, Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, tuman sektor rahbarlari ishtirokida Chiroqchi tumanida tanqidiy yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida ta'lim-tarbiya jarayonlari va uning sifat natijalarga e'tibor bermagan hamda o'z kasbiy lavozim majburiyatiga sovuqqonlik bilan qaragan 6 ta umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari lavozimidan ozod etildi va 3 nafar direktorga navbatdagi hayfsan intizomiy jazo chorasi qo'llanildi. Bundan tashqari Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Farxod Jumanov esa soha mas'ullari tomonidan qat'iy ogohlantirilgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#OAVDA
Qarshi shahar 23-maktabning 9-V sinf o'quvchisi Haydarniyozova Jasminaning maqolasi xalqaro nufuzli OAVda yoritildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.
Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.
Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
#Yashil_makon
Viloyat hokimi o'rinbosari o'zi o'qigan maktabga ko'chat ekdi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi barcha soha vakillari o'z tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Komila Karomova o'zi o'qigan Qarshi shahridagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab bog'iga daraxt ekdi va maktab o'quvchilariga tabiatni asrash, ko'kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish borasida bir qator tavsiyalarini berib o'tdi.
— O'zim ta'lim olgan maktabga 200 tup daraxt ekdim. O'quvchilar ishtirokidagi bu tashabbus menga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi. Ushbu bog'ga o'quvchilar bilan birgalikda "a'lochilar bog'i" deb nom qo'yildi. Albatta, umummilliy loyiha doirasida bir qator ijobiy tashabbuslarni muntazam davom ettiramiz,
-deydi viloyat hokimi o'rinbosari Komila KAROMOVA.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Yashil_makon
Boshqarma boshlig'i o'rinbosari o'zi o'qigan maktabiga daraxtga ekdi
Avval xabar berilganidek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ta'lim muassasalarida bir qator amaliy ishlar, jamoatchilik tashabbuslari davom etmoqda.
Bugun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Maqsud Panjiyev o'zi o'qigan Kasbi tumanidagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktab bog'iga 50 tup daraxt ekdi.
Qayd etish lozimki, Qashqadaryo viloyatida maktab bog'larini boyitish va u yerga ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari borasida bir qator ishlar qilinmoqda.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Viloyat hokimi o'rinbosari ta'lim muassasalaridagi kuz-qish mavsumi bilan tanishdi
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida kuzgi ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari Anvar Qobilov, boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripovlar Koson tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirdi.
—Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka befarqlik bilan qarashga haqqimiz yo'q.Nafaqat ta'lim muassasi balki ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir bilan ta’minlash va isitish tizimini barqaror ishlashi uchun barchamiz mas'ul bo'lishimiz kerak,
-deydi viloyat hokimi o'rinbosari Anvar QOBILOV.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлигида қайси ҳудуд раҳбари фаол ҳаракат қилиб, ёшларнинг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган ва таълим тизимини тўғри йўлга қўйган
«Энг фаол ишлаган ҳудудий раҳбарни» аниқланг!
Сўровнома 20- Ноябрь 23:59гача давом этади
👉 ОВОЗ БЕРИШ
⚡️Қашқадарё вилоят ҳокимининг ўринбосари Қарши шаҳридаги 1-сонли умумий ўрта таълим мактаби ҳудудида дарахт кўчатларини ўтказди
Президентимиз ташаббуслари билан бошланган, кузги дарахт экиш мавсуми, «Яшилмакон» умуммиллий ҳаракати доирасида, Қашқадарё вилоят ҳокимининг ўринбосари – вилоят инвестициялар, саноат ва савдо бошқармаси бошлиғи Рустамов Олимхон Бакиевич бошчилигида Қарши шаҳридаги 1-сонли умумий ўрта таълим мактаби ҳудудида 200 туп мевали ва манзарали дарахт кўчатлари ўтказилди.
/channel/qarshiliklar
#яшил_макон
Савдо-саноат палатаси Қашқадарё вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи Сухроб Амирқулов томонидан “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида ўзи ўқиган Қарши шахридаги 14-сонли мактаб ҳовлисига мевали ҳамда манзарали дарахт кўчатлари экилди.
Бу борадаги ишлар палата томонидан тизимли равишда давом эттирилмоқда.
/channel/qarshiliklar
#Jarayon
Inspektor-psixologlarga o'quv-uslubiy yig'ilish tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati MMTB, viloyat IIB mas'ullari ishtirokida o'quv-uslubiy yig'ilish tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev va soha mas'ullari tomonidan hududiy inspektor-psixologlarga O'zbekiston Respublikasi "Ta’lim to'g'risida" gi Qonun ijrosi, sohadagi asosiy prinsiplar, ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi, ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi,
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi hamda ta'lim maskanlarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi, ota-onalarni ta'lim sifatini oshirishda mas'uliyatli o'rni haqida to'xtalib o'tildi.
❗️O'quv-uslubiy jarayon savol-javob tartibida o'tkazildi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb