Konstitutsiya – islohotlar va imkoniyatlar asosi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va uning 31 yilligi munosabati bilan Mirishkor tumani 1-sonli maktabida “Konstitutsiya – islohotlar va imkoniyatlar asosi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Davlat madhiyasi yangrab, tadbirni tuman prokurori o‘rinbosari Botir Mo‘minov konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va eʼtiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi islohotlar va yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risidagi maʼruzasi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, maktab o‘quvchilari tomonidan huquqiy viktorinalar, Konstitutsiyaga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!
👍 Nasafnews расмий саҳифаси
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xusnora To’raqulova tashabusi bilan 2-E sinf o’quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasida "Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qarshi shahar 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari faol qatnashdilar hamda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Bugun 19-sonli DMTT da O'zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya 31 yoshda" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirdan fotolavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
Shahrisabz shahar 9- sonli maktabda Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdan lavhalar.
@Qashqadaryo_vxtb
O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbirlaridan lavha.
Jarayon: Qarshi shahar 46-DMTT.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
⭕️LIVE
Qarshi shahridagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 8 — dekabr O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazilmoqda.
❗️Bayram tadbirida boshqarma, bo'lim mas'ul xodimlari, bloger, OAV vakillari ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Қашқадарё вилоят Кенгаши раиси ўзи таҳсил олган Косон туманидаги 9-мактаб ҳудудига 100 дона манзарали, мевали кўчатларни ўқувчи ёшлар билан экишди.
Шунингдек, ушбу мактабда ва уйда таълим олаётган 20 нафар ижтимоий ҳимояга муҳтож оила фарзандларига Ёшлар иттифоқи томонидан қишки кийимбошлар берилди.
Ўқувчи ёшларга берилган кийимбошлар Қашқадарёнинг ёш тадбиркорлари томонидан ишлаб чиқарилади.
O'QUVCHI ZAMONAVIY TIKUV MASHINASI BILAN TA'MINLANDI
Avval xabar berilganidek, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ko'rgazmasi tashkil etilgan edi.
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan Qarshi shahar 17-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasa o'quvchisi Qudratillayeva Isedoraga
zamonaviy turdagi tikuv mashinasi yetkazib berildi.
Maxsus maktab-internat o'quvchisi dizaynerlik faoliyatiga juda qiziqadi.O'z dizayni asosida zamonaviy turdagi kiyimlar tikadi.
————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Taʼmirdan so‘ng yangi qiyofaga kirib, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan bo‘g‘cha binosi foydalanishga topshirildi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov, prokuror Sardor Nazarov, hokim o‘rinbosari Ulash Cho‘liyev, MMTB boshlig‘i Bektosh Shodiyev va keng jamoatchilik ishtirokida “Guliston” mahallasidagi 2-sonli DMTT binosi foydalanishga topshirildi.
Taʼmirga qadar 140 o‘ringa moslashgan bino, 6,2 mlrd so‘mlik taʼmirlash ishlaridan so‘ng 180 nafar tarbiyalanuvchiga moslashtirildi. Isitish tizimlari iqlimning turli sharoitlarida turli manbalardan quvvat olib, ishlaydigan bo‘ldi. Xonalar zamonaviy jihozlanib, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘ldi.
Tadbir keksalar duosi bilan boshlanib, hokim tabrigi, quruvchiga to‘n kiydirib, kichkintoylarning musiqiy chiqishlari bilan davom etdi.
“Bularning barchasi muhtaram Prezidentimizning xalqimizga mehri, inson qadrini ulug‘lashdek ezgu go‘yalari sabab bo‘lmoqda”, dedi tuman rahbari.
Telegram | Facebook mirishkortumanhokimligi634">| Youtube
Instagram | X | Web-site
KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG'ISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI O'TKAZILMOQDA
Eng sara qonunlardan
Qomusim - oftobroʻyo
Yozilgan tilla harfdan
Bizning konstitutsiya
Bering bir ahamiyat
Jamdir davlat, jamiyat
Har modda yuksak niyat
Bizning konstitutsiya
Qarshi shahar 49-DMTT tarbiyalanuvchilarining 2023-yil 6-dekabr kuni "Bizning Konstitutsiya" nomli tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat Faxriylar kengashi raisi zaxiradagi podpolkovnik Umirqulov Gʻayrat, Harbiy qism harbiy xizmatchilari podpolkovnik Berdiyev Elyor, Qashqadaryo viloyat jamoatchilik kengashi yetakchi mutaxassis mayor O'ktam Shaymardonovlar tashrif buyurishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Абдулла Орипов номидаги ижод мактабининг медиа хонасини бориб кўрдик. Бу ерда имконияти чекланган ўқувчиларга компютер саводхонлиги бўйича таълим берилади.
Эшитиш қобилиятида нуқсони бор ўқувчи, қандай қилиб видеога махсус музика танлаб қўйиши қизиқми?
Унда видеони кўринг.
3-декабр — “Халқаро ногиронлиги бўлган шахслар куни”. Мазкур сана ҳар йили юртимизда кенг кўламда нишонланиб, бу борадаги эзгу ишларимиз яна бир бор сараланади.
Айниқса, шу куни ҳаста ва беморлар, боқувчисини йўқотган, ёлғиз кишилар, меҳрга муҳтожлар ҳолидан хабар олинади.
Бугун тумандаги "Шоҳсарой" кошонасида имконияти чекланган, кўнгли ўксик тумандошларимиз учун байрам дастурхони ёзилди. Тадбирда туман ҳокими Файзулла Юсупов бошчилигида сектор раҳбарлари, нуроний отахонлар ҳам иштирок этишди. Тадбирни туман ҳокими очиб бериб, сана муносабати билан йиғилганларни табриклади.
Сўнгра, санъат усталари томонидан ижро этилган шўх куй ва қўшиқлар янгради. Байрам тадбири кўтаринки руҳда ташкил этилиб, кўнгли ўксик инсонларга юксак эҳтиром кўрсатилди.
Каналга уланиш👇👇👇
t.me/chiroqchi_tuman_mmtb
USLUBIY KO’MAK KARVONI LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi ma’sullari tomonidan Qarshi tumani va shahrining umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun o’quv seminar tashkil etildi va sardorlar tizimidagi amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha rejalar tuzib olindi.
Shuningdek ishchi guruh tumandagi maktabda bo’lib, sardorlarning faoliyati takliflari yuzasidan o'zaro suhbatlar olib borishdi hamda kerakli zaruriy uslubiy ko’mak berishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim muassasalarida 8—dekabr O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlari-QASHQADARYO.
🎞(+VIDEO)
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
BIZ ZO'RAVONLIKKA QARSHIMIZ!
Qarshi shahri "Eskianhor" MFY yoshlar yetakchisi Dilnoza Fayziyeva tomonidan Qarshi shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirida yoshlar bilan "Pozitiv fikrlash", "Samarali va faol muloqotga kirishish", "To‘siqlarni yengib o‘tish", "Haqiqiy kuch zo‘ravonlikda emas, oliyjanoblikda" mavzularida muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan tushunchalar berildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tayyorlagan maktab MMIBDO' N. Turdiyeva 8-V sinfda namunali ochiq dars tashkil etdi.
@Qashqadaryo_vxtb
BAYRAM TABRIGI
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Qadrli pedagoglar va hurmatli ustozlar!
Butun yurtdoshlarimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.
Konstitutsiyamiz asosida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi va barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir. Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir.
Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt hamda muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat ila, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla ORIPOV.
Qarshi shahridagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"b' sinf o'quvchisi To'lqinova Parizodaning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ijod jarayonlarida lavha.
@Qashqadaryo_vxtb
Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️ "Munozara" intellektual turnirining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo'lib o'tdi!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda Qashqadaryo viloyati MMTB tomonidan bolalarda notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tahliliy-tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida turnirning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan "Kelajak bunyodkorlari" jamoasiga Respublika bosqichida ishtirok etish yo'llanmasi taqdim etildi.
@QashqadaryoSardorlari
❗️Жазо муқаррар!
Қарши тумани 12-сонли умумий ўрта таълим мактаби бўйича алоҳида пост қўймоқчиман.
Маълумки, сўнги пайтларда Қашқадарё вилоятида ҳар бир соҳада очиқлик сиёсати қўлланилиб келмоқда. Яъни, бирон бир тизим юзасидан маълумот олмоқчи бўлаётган журналист ёки блогер тўсиқларга дуч келаётгани йўқ.
Бу каби ислоҳотлар негизида соҳалар бўйича матбуот хизматлари ташкил этилди. Эндиликда сиз бирон корхона ёки ташкилот ёки давлат органи фаолияти ҳақида қизиқаётган бўлсангиз, марҳамат ўша ташкилотларнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига ташриф буюринг, матбуот хизмати вакиллари истаганингизча янгилик ва хабарларни тақдим этиб боришмоқда.
Бироқ таълим тизимида қилинаётган ижобий ишларни кўролмасдан. "Тирноқ остидан кир қидираётган" ғаламислар ҳам йўқ эмас. Албатта, бу ҳолат таълим тизимига ўзининг салбий таъсирини кўрсатмай қолмайди.
Қарши туманида ҳам маъмурий ислоҳотлар доирасида бир қатор амалий ишлар қилинмоқда. Янги туман ҳокими тайинланди. Ижтимоий комплекс доирасида бир қатор янги атмосфера пайдо бўлди.
Шунингдек, Қарши туман мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли 12-сонли мактаб “Бунёдкор” МФЙда жойлашган. Мактаб биноси 1968 йилда қурилган, қуввати 844 ўқувчи ўринли. Ҳозирги кунда мактабда 1372 нафар ўқувчилар таҳсил олмоқда. Мактабнинг навбатлилик коэффциенти 1.6 ни ташкил этади.
Мактаб биноси 2022-йилда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 22 январдаги “2022-2024 йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-98-сон Қарорга асосан мукаммал таъмирланган.
Мактабда таъмирлаш ишларини вилоят ҳокимлиги “Ягона буюртмачи хизмати” инжиринг компанияси буюртмачилигида ХХТК "Хўжалик ҳисобидаги таъмирлаш корхонаси" томонидан олиб борилган.
Объектнинг шартнома қиймати 6 млрд 6 млн. сўмни ташкил этади. Мактабда таъмирлаш ишлари якунланиб, фойдаланишга топширилган.
Мактабга 2022 йилда 10 очколи янги ҳожатхона қурилган. Мактабнинг 1968 йилда қурилган эски ҳожатхонаси бузилиб, 12 очколи янги ҳожатхона қурилмоқда.
Савол туғилади: Нега сифатли таълим бериш ўрнига муассасадаги жараёнлар танқидий ОАВларга йўналтирилмоқда? Ёки манфаатлар тўқнашуви борми?
—Яқинда тизимли ўрганиш ишлари амалга оширилади. Ўз лавозим мажбуриятини бажармай, мактаб таълимини танқидий(етарли асосларсиз) ОАВ ёритаётган шахсларга таъсир чоралари қўлланилишига аминман. Қонун бор, жазо муқаррар!
———
|Рустамов_БЛОГ
|RASMIY MUNOSABAT
MAKTABLAR MODDIY TEXNIK BAZASI YANGILANADI...
Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab ta'miri va jihozlanishi o'lda jo'lda qoldi-QARSHI TUMANI 12-MAKTAB" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganildi.
👉Batafsil👈
ESLATMA!
Pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish javobgarlikka sabab boʻladi...
Taʼlim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilish javobgarlikka sabab boʻladi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
👋 😉 Hammaga salom!
Qanday qilib eko-faol bo‘lish mumkin, degan savol ko‘p-ko‘p berilmoqda. Maktabni bitirgan bo‘lsangiz yoki maktabingiz "Eco-schools" loyihasi ishtirokchisi bo‘lmasa, qanday qilib eko-harakatga qo‘shilish mumkin? Tadbirlarimizda qanday qatnashsa bo‘ladi?
Bajonidil javob beramiz: zamineducation.uz platformasida, "Eco-schools" sahifasida siz uchun kichik so‘rovnoma tayyorladik. Marhamat, kiring.
Ro‘yxatdan o‘ting va biz sizlarni barcha tadbirlarga taklif qilamiz!
So‘rovnomani shu yerda to‘ldirish mumkin.
__
👋 😉 Всем привет!
Вы часто нас спрашиваете, как стать эко-активистом? Как присоединиться к эко-движению, если вы уже окончили школу или ваша школа — не является участником проекта Eco-schools? Как посещать наши мероприятия?
С радостью отвечаем: на платформе zamineducation.uz на страничке Eco-schools мы подготовили для вас одну небольшую анкету. Заходите.
Регистрируйтесь, и мы будем вас приглашать на все совместные мероприятия!
Заполнить анкету можно здесь.
Zamin | Facebook | Instagram
YANGI TIZIMNI TAJRIBA-SINOVI O'TKAZILMOQDA
Qarshi shahrida pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovidan o'tkazish va muvofiqlashtirish bo'yicha malaka sinovlari bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi "Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-79-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu sinovda Chiroqchi, Qamashi tumanlaridagi o'qituvchilar barcha fanlardan onlayn tarzda malaka (test) sinovlarini topshirishmoqda.
Pedagoglarni tajriba-sinovida qatnashishi ularning lavozimga loyiqligi masalasini ko'rib chiqishga ta'sir qilmaydi. Natijalar test topshiriqlari va tajriba-sinov jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.
Eslatib o'tamiz, Qashqadaryo viloyatidan 500 nafarga yaqin pedagog xodimlar ishtirok etmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi tumani 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasining Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 9-"A" sinfning "Akatsuki" va 9-"B" sinfning "Femida" guruhlari o'rtasida Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
O'yin 3:4 hisobida "Femida" guruhi g'alabasi bilan yakunlandi.
Maktabning zakovat kordinatori B.Azamatova
@Qashqadaryo_vxtb
Миллийликни акс этган ўйинчоқларни тайёрлаб, даромад кўраётган ДМТТ ходимига вилоят ҳокими Муротжон Азимов 3-декабрь Халқаро ногиронлар куни муносабати билан совға юборибди.
Совғани вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулло Орипов топширган.
⚡️Viloyat hokimi M. Azimov tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o'z kasbi orqali daromad topayotgan DMTT xodimiga zamonaviy turdagi tikuv mashinasi sovg'a qilindi.
Boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov DMTT xodimi uyiga sovg'ani yetkazdi.
🎞(+Video)
@Qashqadaryo_vxtb