Қарши шаҳрида бир куннинг ўзида 2 та боғча очилди
Бугун Қарши шаҳридаги "Хўжахиёл" ва "Шодлик" маҳаллаларида болажонлар учун 2 та янги ва барча қулайликларга эга бўлган замонавий давлат мактабгача таълим ташкилотлари фойдаланишга топширилди.
Мос равишда "Хўжахиёл"да жойлашган 1956 йилда қурилган 23 сонли ДМТТ биноси бузилиб, ўрнига замонавий 3 қаватли 120 ўринга мўлжалланган янги бино қурилган бўлса, "Шодлик" маҳалласида эса 1974 йилда қурилган 28 сонли ДМТТ инвестиция дастури асосида қайта таъмирдан чиқарилган ва қуввати 360 ўринга эга ҳисобланади.
Боғчаларнинг очилиш тадбирида вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳамда фаоллар иштирок этди.
Бир сўз билан айтганда боғчаларда яратилган шароитларни кўриб "болаликни яна бир соғинади одам".
📸 М.Комилов, Н.Сайнабиев.
Аъзолик👉/channel/+duNfCy5Aibk3ZGY6
9 - fevral Buyuk bobokalonimiz mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag'ishlab ,Chiroqchi tumani 57-maktab o'quvchisi Ibragimova Oyshabibi ijodidan tinglaymiz.
📃RASMIY MUNOSABAT
✅MUROJAAT YOLG'ONMI YOKI SSENARIYLASHTIRILGANMI — KOSON MAKTABLARI?
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 55-umumta’lim maktabidagi o'quvchilar harakati bo'yicha qo'shimcha rasmiy munosabat:
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 55-umumta’lim maktabida 2024-yil 9-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali "Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan murojaat qilyapmiz. 3-fevral kuni 55-maktab o‘quvchilari maktab isitish tizimiga shox-shabba tashiyotganligiga guvoh bo‘ldik. Maktabning isitish pechi yaxshi ishlamaydi. Bolalar sovuq qotib o‘tirishadi. Isitish tizimiga ajratilgan mablag‘ boshqa yo‘nalishga ketganmi? Maktab direktori va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatdan xabardormi?" mazmunidagi murojaatda maktabni issiqlik tizimi ishlamasligi to‘g‘risida video murojaat tarqalgan.
❓E'tibor qarating:
Koson tumani 55-umumta’lim maktabi 1992-yilda qurilgan bo‘lib, quvvati 120 o‘rinli. Maktabda 226 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Maktab 2023-yil kuz-qish mavsumiga qadar burjuyka pechlar yordamida isitilgan.
Ushbu maktabning issiqlik tizimi 2023-yil kuz-qish mavsumida Davlat xususiy sherikchiligi asosida "Eksklyuziv media farm" MCHJ tomonidan 4 dona isitish qozonlari o‘rnatilib to‘lik ta’mirlangan va sinovdan o‘tkazilgan.
Maktabni kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 30 tonna ko‘mir manbasi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 30 tonna ko‘mir DXSH "Eksklyuziv media farm" MCHJ tomonidan ushbu maktabga to‘liq yetkazib berilgan.
✔️Aniqlanishicha, ko‘mir saqlash omborida zaxira ko‘mir yoqilg‘isi 2023-2024-yil kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir yoqilg‘isi yetarli ekanligi aniqlangan.
Koson tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari va "Eksklyuziv media farm" MCHJ xodimlari tomonidan o‘rganilganda, sinfxonalarni isitish tizimi ishlayotganligi va sinfxonalar xona haroratida ekanligi aniqlangan.
"... Murojaatda isitish tizimi talabga javob bermasligi iddao qilingan holat haqiqatga yaqin emas, o'quvchilar harakati esa mas'ullar ishtirokida o'rnatilgan tartib asosida o'rganilib, keng jamoatchilikka axborot beramiz. Biroq o'quvchilarni isitish tizimga ko'maklashishi bo'yicha boshqarma yoki bo'lim tomonidan biror topshiriq berilmagan ", — deb izoh bergan Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. TURSUNOV.
❗️Biroq o'quvchilarini "o'tin ko'tarib" maktab ma'muriy binosiga kiritilishi, voyaga yetmagan o'quvchilarni video tasvirga olish jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilishi qonuniy yoki noqonuniy ekanligi Koson tuman IIB boshlig'i I. Qutlimuratov nazoratiga olingan.
🟢Kelgusida ta'lim tizimini qasddan obro'sizlantirish, o'z shaxsiy manfaati yo'lida maktab o'quvchilaridan foydalanish masalalari esa hududiy voyaga yetmaganlar mas'ullar nazoratiga olinib, ushbu harakat yuzasidan huquqiy to'xtamga kelinishini ma'lum qilamiz.
❗️Bundan tashqari Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatiga qarshilik qilishga harakat qilinayotgan shaxslarga qonunchilik doirasida ta'sir choralari qo'llanilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahrida ta'mirtalab maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy qiyofaga keltirildi
DMTT ochilish marosimida Qarshi shahar hokimi N. Xolboyev ishtirok etib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Eslatib o'tamiz, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Shodlik” MFYda joylashgan 360 o‘ringa mo‘ljallangan 12 guruhlik 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 28-sonli DMTT binosi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi sababli DMTT faoliyati 2022-yilda tashkilot faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Болажонлар, кенг жамоатчилик ва ҳоким мадҳияга жўр бўлишди
Вилоят ҳокими Муротжон Азимов болажонларнинг ҳаракатларини алоҳида эътироф этди.
Navoiy ijodini o‘rganamiz — KITOB
Gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kitob tumanidagi 4-maktabda o‘tgan tadbir “Elimsan, dilimsan, tilimsan – Navoiy” deb nomlandi.
Unda o‘quvchi yoshlar buyuk mutafakkir ijodidan parchalar o‘qishdi. Sahna ko‘rinishlarida u zotga hurmat-ehtirom aks etdi.
Shoir ijodida davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim masalalari tiyrak nigoh bilan qalamga olingani, undagi fikrlar makon va zamon tanlamasligi bilan e’tiborga molik ekani ta’kidlandi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik o'quvchi bilan san'at olamiga qisqa sayohat
➡️(+VIDEO)
Kecha, qashqadaryolik 2-sinf o'quvchisi 3 xil turdagi musiqa asbobidan foydalanishi haqida axborot bergan edik.
✅Ushbu lavhada Qarshi shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini musiqa va san’atga bo'lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida tashkil etilgan musiqa to'garaklari aks etgan.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢NATIJALAR BILAN TANISHING
Muborak tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 4 nafar o‘quvchisi ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi Multilevel imtihonidan B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi.
To‘xtayev Ramziddin Iskandar o‘g‘li (9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi);
Norqulov Fayozbek Yangiboy o‘g‘li (9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi);
Ziyodullayeva Muxlisa Umidullo qizi (9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi);
Yuldosheva Elmira Akmal qizi (9-maktabning 11-sinfida tahsil olmoqda).
🟢Hurmatli pedagoglar!
❗️Joriy yilda o‘tkaziladigan malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tez orada boshqarmaning rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy sahifalarini kuzating.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik 2-sinf o'quvchisi 3 xil turdagi musiqa asbobidan foydalanadi
Qarshi shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini musiqa va san’atga bo'lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bir qator musiqa to'garaklari tashkil etilgan.
👉BATAFSIL👈
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Таълим тизимидаги ислоҳотлар самараси
#6feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Йиғилишда рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида вазирлик ва идоралар олдида турган вазифалар белгилаб олинди.
Ҳудудлар ва тармоқлар раҳбарлари рақамлаштиришда кескин ўзгариш қилиши шартлиги кўрсатиб ўтилди.
Масалан, ҳудудларда 53 минг нафар ёшларимиз IT билан мустақил шуғулланиб, дастурий маҳсулот яратаяпти.
Уларнинг фаолиятини кенгайтиришга туртки берадиган яхлит тизим яратиш зарурлиги таъкидланди.
IT парк давлат берган имтиёзни резидентларга тақдим қилиш билангина чекланмай, маҳаллий дастурчиларимизни хорижий компанияларга таништириш, уларга катта-катта буюртмалар олиб бериши шартлиги кўрсатиб ўтилди.
Ҳокимларга жорий йилда 30 минг ёшларни инглиз ва немис тилига ўргатиб, ITга йўналтириш бўйича амалий ишларни тезроқ бошлашга кўрсатма берилди.
Facebook|Instagram|X
Йиғилишда 50 минг коллеж-техникум ўқувчисини дуал таълим билан қамраб олишни ташкил қилиш топширилди.
Бу ишлар, аввало, тўқимачилик, қурилиш ва қурилиш материаллари, элтехсаноат, машинасозлик йўналишларида бошланади.
Бундан буён билим ва малакани баҳолаш жараёнлари босқичма-босқич нодавлат ташкилотларга ўтказилади.
Олий таълим вазирлигига бакалавр йўналишларини йириклаштириш ҳисобига уларнинг сонини 40 фоизга қисқартириш, ушбу йўналишлардаги таълим дастурларини ТОП-300 га кирган олийгоҳлар дастури асосида янгилаш топширилди.
Аниқ ва фундаментал фанлар бўйича илғор дарсликларни хорижий тиллардан босқичма-босқич таржима қилиш кераклиги кўрсатиб ўтилди.
Facebook|Instagram|X
Мутасаддиларга 1 майгача талаб юқори 100 та касбни танлаб, Германия, Швейцария ва Буюк Британия тажрибаси асосида касб стандартларини ишлаб чиқиш топширилди.
Бунда касбга талаб иш берувчи эҳтиёжига мослашади. Иш берувчиларнинг вакиллари таълим муассасасида жойлашиши учун жуда катта имкониятлар яратилади.
Улар билан ҳар бир олийгоҳ, техникум
ва коллежда технопарк, лаборатория ва амалий мономарказлар ташкил этиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.
Талабалар амалиётни ташкил этилаётган янги корхоналарда кўпроқ ўтказиши лозимлиги таъкидланди.
Facebook|Instagram|X
Шу каби камчиликлар олий таълимда ҳам мавжуд. Масалан, бакалавриатда ўнлаб йўналишлар меҳнат бозори талабларига жавоб бермайди.
Кўп олийгоҳлар кредит-модулга ўтди, лекин талабанинг қобилиятини юзага чиқарадиган тизим яратиш зарур.
Жорий йилда 122 та янги йирик лойиҳалар бошланади. Бу – яқин йилларда мураккаб технологияда ишлай оладиган 10 минг муҳандис ва технологлар керак, дегани.
Лекин, олийгоҳларда бундай мутахассисларни тайёрлаш 20 фоиздан ошмаяпти.
Бу борада “Эл-юрт умиди” жамғармаси фаолиятини ҳам фаоллаштириш лозим. Хорижга кетган талабаларнинг бор-йўғи 9 фоизи муҳандислик ёки технологиялар йўналишида экани қайд этилди.
Facebook|Instagram|X
G'azal mulki sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida lavha tayyorladi
(+VIDEO)
@Qashqadaryo_vxtb
❗️Бугун Қарши шаҳрида 2 та янги, замонавий ва барча қулайликларга эга бўлган боғчалар фойдаланишга топширилди.
▪️Биринчиси, «Хўжахиёл» маҳалласида жойлашган 1956 йилда қурилган 23-сонли ДМТТ биноси бузилиб, ўрнига замонавий 3 қаватли 120 ўринга мўлжалланган янги бино қурилиб, болажонларнинг бир олам қувончига cабаб бўлди.
▪️Иккинчиси, «Шодлик» маҳалласидаги 1974 йилда қурилган 28-сонли ДМТТ инвестиция дастури асосида қайта таъмирдан чиқарилди. Муассасанинг қуввати 360 ўринли бўлиб, таъмирдан сўнг барча замонавий ва қулай шароитларни ўз ичига олади.
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
RASMIY MUNOSABAT
Qashqadaryoda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov 23-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini ochilish marosimida ishtirok etdi va soha mas'ullari yaratilgan sharoit bilan tanishildi.
Ma'lumot uchun, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarufidagi “Xo‘jaxiyol” MFYda joylashgan 110 o‘ringa mo‘ljallangan 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1956-yilda qurilgan bo‘lib, 2021-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi asosida mavjud binosi buzilib, yangi zamonaviy 3 qavatli 120 o‘ringa mo‘ljallangan 4 guruhlik davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi.
Qarshi shahar 23-sonli DMTT 2021-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanib, qurilish-ta’mirlash ishlari qiymati 4.7 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bugun, Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni,
Tilarman bir yo’li buzmak buzulg’on ro’zgorimni
Falak bedodidan garchi manim xoki g’ubor o’ldum,
Tilarman, topmag’aylar to’tiyolikka g’uborimni.
Demang, qay sori azm etding, menga yo’q ixtiyor, oxir
Qazo ilkiga bermishman inoni ixtiyorimni.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Ахборот 24 | Қашқадарёда давлатимиз раҳбари томонидан таълим соҳасида белгиланган вазифалар ижроси
#8feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Yashil_makondan_natija
Xalqimizda "To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan" deyishadi. Negaki, ekinlarni kuzda ekib, qor ostida qoldirish usuliga to‘qsonbosti deb aytiladi. Bunday ekinlarning urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi.
🔴Videoselektor ijrosi
Тумандаги барча мактаб ва мактабгача таълим раҳбарлари билан учрашув ўтказилди
Зоир Алиқулов тумандаги барча мактаб ва мактабгача таълим ташкилотлари раҳбарлари иштирокида учрашув ўтказди. Ушбу учрашувда Президентимиз бошчилигида ўтказилган "Таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт йўналишлари бўйича Вазирлар Маҳкамаси ҳамда вазирлик ва идораларнинг 2024 йилги устувор вазифалари"га бағишланган селектор мажлисидан келиб чиқиб, мактабларда тарбия ва маънавият масалаларига алоҳида эътибор қаратиш масалалари кўриб чиқилди.
- Муҳтарам Президентимиз мактаблардаги мавжуд муаммоларнинг ечимини кўрсатиб бердилар. Асосий эътиборни мактабларга маҳалла, кенг жамоатчилик бирга кириб боришга қаратмасак натижа бўлмайди, - деди Зоир Алиқулов. - Масъулиятни янада ошириб, ҳар бир ўқувчининг ота-онаси билан янада яқин бўлиб ишлашимиз керак. Мен ҳам энди борган мактабимдаги тарбияси ва ўқишида муаммо бўлган ўқувчиларнинг ота-оналари билан учрашаман.
Шу куни Зоир Алиқулов таълим-тарбия жараёнларини яхшилаш юзасидан мактаб ва мактабгача таълим ташкилотлари раҳбарларига бир қатор вазифаларни белгилаб берди. Хусусан, давомат, мактаблардаги бўш турган биноларда ўқув марказлари, "фахрли ўқувчилар ва уларнинг ота-оналари бурчаклари"ни ташкил этиш, ҳар ҳафтанинг шанба куни спортчилар, фахрийлар, жамиятда обрўга эга инсонлар иштирокида учрашувлар ўтказиш, қўшимча тўгараклар очиш, ҳафтада бир маротаба 5 000 қадам юриш марафонини ўтказиб бориш, ҳар куни туман мактабларида 16:00-23:00 га қадар доимий спорт тўгараклари фаолиятини янада жонлантириш ҳамда “Мактаблар лигаси” спорт мусобақаларини юқори савияда ташкил этиш ва ўтказиш, мактабгача таълим ташкилотларига болалар қамровини ошириш, боғчалардаги овқатлар сифатини доимий ўрганиб бориш каби вазифалар белгилаб олинди.
Telegram| Facebook| You tube | rasmiy veb-sayt
❗️DIREKTOR O'RINBOSARLARI OGOHLANTIRILDI —QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i rahbarligida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yurtimizda ta‘lim sohasini isloh qilish, yetishib chiqayotgan yosh avlodga ta‘lim-tarbiya, ma'rifat hamda ularning dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripov boshchiligida Qarshi shahridagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas'ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Давлатимиз раҳбари мактабларда тарбия ва маънавият масалаларига эътиборни кучайтириш муҳимлигини таъкидлади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига 116 та олийгоҳни ўрганиб, уларни йириклаштириш дастурини ишлаб чиқиш, уларга “миллий”, “давлат” университети, академия ёки институт мақомини беришнинг аниқ мезонларини белгилаш топширилди.
“Эл-юрт умиди” жамғармаси Президент Администрацияси ҳузурига ўтказилиши ва хорижда ўқитиш бўйича янги тизим жорий этилиши белгиланди.
Энди жамғарма ҳисобидан ёшларни чет элга ўқишга юборишда малакали ва сифатли инженер ҳамда технологлар тайёрлашга устуворлик берилади.
Facebook|Instagram|X
Янги ўқув йилидан бошлаб техникумларда ўқитиш “Академик” ва “Ишчи касб” таълим компонентларининг узвийлигини таъминлайдиган янги тизим асосида йўлга қўйилади. Бунда:
- коллеж-техникумнинг 1-2 курсидаги таълим дастурлари, дарсликлари, билимни баҳолаш мезонлари ва муаллимларга талаблар олийгоҳлар билан бир хил бўлади;
- техникумларда ҳам “кредит тизими” жорий қилиниб, фанни ўзлаштириш бўйича тўпланган “кредитлар” олийгоҳларда тан олинадиган тизим бўлади.
Яъни, коллеж-техникумда икки йил давомида етарли “кредит” тўплаган ўқувчилар “2+2” ёки “2+3” дастурлари асосида олийгоҳларнинг иккинчи ёки учинчи курсларида таълимни давом эттириш имкониятига эга бўлади.
Коллеж-техникумда ўқиб, фаолиятини ишлаб чиқаришда давом эттирмоқчи бўлганларни соҳадаги мавқеини ошириш бўйича ҳам янги тизим йўлга қўйилади. Энди, коллеж-техникумда “ишчи касб” йўналишида ўқиганлар икки ёки уч йил ишлаб, тажриба орттирганидан кейин, имтиҳон топшириб, “бакалавр”га тенг малака даражасини олиши мумкин.
Facebook|Instagram|X
Ўтган йили Давлат тест маркази Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги сифатида қайта ташкил этилди. Лекин, агентлик ҳалигача абитуриентларни имтиҳон қилиш билан чекланмоқда.
Шу боис, профессионал ва олий таълимда касбий кўникмаларни белгилаш ва уларни баҳолаш бўйича янги тизим жорий қилинади.
Умуман, иш берувчиларда катта эҳтиёж, талабаларда салоҳият ва хоҳиш бор. Шунинг учун коллеж-техникумлар ва олийгоҳларни иш берувчилар билан узвий боғлайдиган тизим яратилади.
Эндиликда Лойиҳа офиси раҳбари бир вақтнинг ўзида Касбий билим ва малакаларни ривожлантириш республика кенгашига раҳбар бўлади. Бандлик вазирлиги тизимидаги Меҳнат тадқиқотлари институти ҳам Лойиҳа офисига бириктирилади.
Улар Олий таълим вазирлиги билан биргаликда 2024 йилда ўзимизда замонавий конструктор, технолог, архитектор, муҳандис, энергетик каби эҳтиёж юқори касблар бўйича мутахассислар тайёрлайдиган муҳит олиб киришга масъул бўлади.
Facebook|Instagram|X
Йиғилишда профессионал ва олий таълимдаги масалалар ҳам муҳокама қилинди.
Ўтган йилги 380 минг мактаб битирувчисидан 180 минги таълимни коллеж, техникум ёки олийгоҳда давом эттирмоқда. Қолган 200 минг нафари меҳнат бозорига кириб келмоқда.
Дуал таълим билан 234 та профтаълим муассасасида барча ўқувчилар ҳам қамраб олинмаган. Вазирликлар ўзларига тегишли коллеж ва техникумларда ўрта бўғин кадрларини тайёрлаш тизимли ишга қўйилиши, улардаги қувватлар 100 фоизга ишлатилиши керак.
Қурилиш вазирлигида 13 та, Сув хўжалиги вазирлигида 9 та, Ветеринария қўмитасидаги 5 та коллеж ва техникумда малакали амалиётчи усталарни кўпайтириш, иш берувчилар билан ҳамкорликни йўлга қўйиш зарур.
Facebook|Instagram|X