Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1 mart 1915 yilda tug'ilgan. Joriy yilda shoiraning 109 yilligini keng nishonlanmoqda...
(Foto: Muborakdagi 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi)
@Qashqadaryo_vxtb
"O'zbekning Zulfiyasiman" nomli ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi — KOSON
Koson tumanidagi 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "O'zbekning Zulfiyasiman" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchilar sheʼriyat, pazandalik, Zulfiyaxonim hayotiga va ijodi boʻyicha tezkor savol javob shartlari boʻyicha bellashdilar.
@Qashqadaryo_vxtb
Vafo va sadoqat kuychisini tavallud ayyomi nishonlandi
Bahorning ilk kuni 1-mart o’zbek she’riyatining vakilasi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan Yakkabog‘ tuman 75-umumiy o‘rta ta'lim maktabining Oliy tofali ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, Milliy sertifikat sohibasi Matluba Eshmatova yuqori sinf ijodkor o'quvchilari bilan "Vafo va sadoqat kuychisi....." deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbirini tashkil etishdi.
Bayram tadbirida Xalq deputatlari Yakkabog' tuman kengashi deputati F.Sattorova, RMMM Yakkabog' tuman bo'linmasi rahbari L.Beknazarova, bo'linma mutaxassisi Z.Shukurova, tuman Axborot kutubxona mas'ullari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Ҳарбийлар ва ёшлар учрашуви ўтказилди
Бугун Қамаши туманидаги 6-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактабида ҳарбий соҳа ходимлари ва тумандаги мактабларнинг юқори синф ўқувчилари иштирокида “Халқ ва армия - бир тану бир жондир” шиори остида учрашув ўтказилди.
Унда ёшларга ҳарбий касб тўғрисида, юртимизда ҳарбий йўналиш бўйича таълим олиш тартиби, у ердаги шароитлар ҳамда номзодларни саралаш босқичлари тўғрисида маълумот берилди.
@Qashqadaryo_vxtb
#Shoshiling
📣 Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish bugun yakunlanadi!
➖ Eslatib o'tamiz, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
❗️Sinov materiallari bilan vazirlik saytida batafsil tanishing: https://uzedu.uz/uz/announces/1470
@Qashqadaryo_vxtb
Бугун Имом Бухорий халқаро илмий-тадқиқот маркази, Ислом цивилизацияси маркази, Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази ва Имом Термизий халқаро илмий-тадқиқот маркази ходимларидан иборат тарғибот гуруҳи Қамаши туманида маърифий учрашув ўтказди.
Унда Қамаши ва Ғузор туманларининг ижтимоий соҳа вакиллари, давлат ташкилотларининг жойлардаги бўлимлари мутасаддилари, нуронийлар, маҳалла фаоллари, мактабгача таълим муассасалари мудирлари, умумтаълим мактаб директорларининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок этди.
Учрашувда Қамаши тумани ҳокими Хуршид Усмонов иштирок этиб, бу каби тадбирлар халқимиз маънавий дунёқарашини янада оширишда алоҳида ўрин тутишини таъкидлади.
Тарғиботчилар “Буюк алломаларимиз илмий меросида юксак инсонпарварлик ғоялари тараннуми”, “Ёшларимизни ёт оқимларнинг бузғунчи ғояларидан ҳимоя қилиш” мавзуларида маърузалар қилди.
Шунингдек, марказлар томонидан нашр этилган янги китоб ва рисолалар тақдимоти ташкил этилди.
@Qashqadaryo_vxtb
#Olimpiada_saralash
Qashqadaryoda Al-Хorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarining viloyat saralash bosqichi yakunlandi
Mazkur olimpiada jarayoni 2 kun davomida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari(Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan) dan jami 250 nafar o'quvchilar ishtirok etdi.
Olimpiada jarayonlarini shaffof o‘tkazish maqsadida onlayn translatsiya tashkil etilgan, Qarshi shahridagi 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida olimpiadani ochilishiga boshqarma boshlig'i o'rinbosari M. Panjiyev ishtirok etib, o'quvchilarga omad tiladi.
@Qashqadaryo_vxtb
Mironshoh kitob o'qib, otasiga Cobalt avtomashinasini sovg'a qildi
Qashqadaryolik o'quvchi sport turi bo'yicha terma jamoaga qabul qilindi
Qarshi shahar 11-umumiy urta ta’lim maktabining 9-A sinf o'quvchisi Said Xolbekov o'z jamoasi bilan sportning "Voleybol" turi bo'yicha 17 yoshlilar o'rtasida O'zbekiston kubogida faxrli 2-o'rinni egallashdi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan o'quvchi Said Xolbekov O'zbekiston Yoshlar terma jamoasiga qabul qilindi.
@Qashqadaryo_vxtb
⚡️Bolalarni sog'lom ovqatlantirish davr talabi
Shahrisabz shahridagi 2-musiqa va san'at maktabida - Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining "Sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish" sho'basi tomonidan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mеhnat qilayotgan hamshiralar va oilaviy bog'cha tadbirkorlari uchun o'quv sеminari tashkil etildi.
📜 Unda ta'lim dargohlarida to'g'ri ovqatlanishni tashkil etish, bolalar va xodimlar salomatligini muntazam nazorat qilib borish bo'yicha mas'ullar tomonidan zarur tavsiyalar bеrildi. Mazkur o'quv sеminari davlatimiz rahbarining 2024 yil 9 fеvraldagi «Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog'liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida» gi va Qashqadaryo viloyati hokimining 2024 yil 14 fеvraldagi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Бугун фарзандингизга берилган таълим, келажакда сизга берилган баҳо!
@Qashqadaryo_vxtb
Президент Шавкат Мирзиёевга Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилишида берилган топшириқлар ижроси юзасидан ахборот берилди.
—
Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе исполнения поручений, данных на расширенном заседании Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан.
#Mirziyoyev #hisobot #xavfsizlik #mudofaa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⏺🟩🟩🟩
Kitob tumanida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichiga start berildi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi qarori bilan Prezident sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Nizomga ko‘ra, Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
📝Shu munosabat bilan bugun Kitob tumanidagi 91-umumta`lim maktabida mazkur tanlovning tuman bosqichiga start berildi. Bu yilgi tanlovda tumanimizdan jami 38 ta maktab jamoalari va ularning 190 nafar o`quvchilari ishtirok etishmoqda. Test sinovlarining shaffof tarzda o`tishini ta`minlash maqsadida jarayonlar Youtube platformasi orqali jonli translatsiya qilib borildi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yakkabog‘ tuman bosqichiga start berildi
Bugun Respublikamizning barcha hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
@Qashqadaryo_vxtb
#SIFAT
Qashqadaryolik o'quvchi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda
Qarshi tumanidagi 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabning 11-sinf o'quvchisi Yulduzxon Roziqova xalqaro "Arxitektura loyihasi, dunyo dasturlari" yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Алишер Навоий:
"Китоб – беминнат устоз, билим ва маънавий юксалишга эришишнинг энг асосий манбаи"
Ta'lim maskanida qizlar olimpiadasi o'tkazilmoqda —QASHQADARYO
Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident,ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internalarining o'quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
✔️Ushbu olimpiadada viloyat bosqichida 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflardan 1-2-3-o'rinlarni olib, g'olib bo'gan jami 9 nafar o'quvchi qizlar ishtirok etmoqda.
❗️Yakuniy natijalarga ko'ra 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida yuqori natijalar ko'rsatgan 10 nafardan jami 30 nafar Agentlikning qizlar terma jamoasi shakllantiriladi.
@Qashqadaryo_vxtb
"TURKISTON JADIDLARI "
Qarshi tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabida Jadidchilik harakatining yirik namoyondalari xotirasiga bag'ishlab "TURKISTON JADIDLARI" mavzusida adabiy -badiiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan jadidlarning hayot yo'llari, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sahna ko'rinishlari nаmoyish etildi.
@Qashqadaryo_vxtb
#Mental
#DMTT
Qarshi tumaniga qarashli 10-DMTT tarbiyalanuvchilari Salohiddinov Islombek, Jabborov Shoxruz, Eshonqulova Imonaxonalar mental arifmetikadan o‘tkazilagan musobaqada ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladi.
"Jarayon" Ta’lim tizimidagi izchil islohotlar haqida
#28feb #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sinfxona sovuq, qorong‘i. Маktab ta’mirlansa yaxshi bo‘lardi—Dehqonobod” mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Dehqonobod tumanidagi 77-umumiy o‘rta taʼlim maktab binosi 1973 yilda qurilgan. Quvvati 420 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 815 nafar o‘quvchilar taʼlim-tarbiya olmoqda, maktab binosining navbatlilik koeffitsienti 1,9 ni tashkil etadi. Murojaat muallifining qizi 4—"a" sinf o‘quvchisi X. A. aynan videoda ko‘rsatilgan sinfda tahsil oladi.
Murojaatchi G.R. maktabning eski va ta’mirtalab ekanligidan norozi bo‘lgan. Holat yuzasidan 2024-yil 28-fevral maktabga tuman hokimligi vakillari va bo‘lim mas’ul xodimlari maktabning qo‘shimcha binosidagi ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘rganildi.
✔️Maktabning qo‘shimcha binosida 2 ta qozonxona mavjudligi va ushbu binoda 2 navbatda 11 ta sinf tahsil olayotganligi ma’lum bo‘ldi. Maktab kuzgi qishki mavsumni betalofat o‘tkazishi uchun 50 tonna ko‘mir zaxirasi olingan bo‘lib, mas’ul ishchi xodimlar tomonidan muntazam ravishda isitish qozonlarining barqaror ishlashlari ta’minlanib kelinmoqda.
✔️Maktabga qo‘shimcha bino qurish va mavjud binoni mukammal taʼmirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 241-sonli qarorining 1-ilovasida “2022-2026 yillarda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari” belgilangan.
"QASHQADARYO AXBOROTI" "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi o'tkazilmoqda.
#27feb #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "Shahrisabz shahridagi 10-sinf o'quvchisi, o'qituvchisini kaltakladi" mazmunidagi murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rganishlarga asosan dastlabki hamda rasmiy munosabat berilgan edi.
Shundan so'ng, telegram messenjeridagi Keshnews ijtimoiy tarmoq kanalida «... Nega 20, 22-23 fevral kunlari shifoxonaga yotqizilgan o'quvchiga baho qo'yilgan? Shahrisabz shahar hokimligi 1-maktabda yuz bergan voqea bo'yicha bergan munosabatida o'quvchi ham o'qituvchi ham kasalxonaga yotqizilgani haqida aytilgan. Biroq kundalik.com dasturiga o'quvchi faqat 21-fevral kuni dars qoldirgani to'g'risida ma'lumot kiritilgan. Bundan quyidagicha 2 ta xulosa qilish mumkin: birinchidan, o'quvchi kasalxonaga yotqizilmagan, ikkinchidan, o'quvchi kasalxonaga yotqizilgan bo'lsada uni maktabga kelgan deb fan o'qituvchilari hatto baho qo'yishgan.Bu kabi holatni tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vakolatiga kiradi...»(matn qisman tahrirlangan) deb murojaat qilingan.
———————————————
Qayd etish lozimki, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari Shahrisabz shahridagi 1-maktab faoliyati(ta'lim sifati, ma'naviy muhit va boshqa jarayonlar) ni qat'iy nazorat ostida o'rganish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
❗️HURMATLI PEDAGOGLAR E'TIBORLI BO'LING!
2024-yil 1-fevralda imzolangan O'RQ-901-sonli O'zbekiston Respublikasi "Pedagogning maqomi to'g'risida" gi qonunining 6-moddasi(10-xatboshi), 7-modda(7-xatboshi), 8-moddasi(1, 3-4 xatboshi) va boshqa qonunchilikdagi tegishli normalarga asosan tas'ir chorasi qo'llanilishi mumkin.
Shuningdek, holatni Shahrisabz shahar IIB nazoratiga olingan bo'lib, surishtiruv yakuniga asosan qo'shimcha axborot beriladi
❗️(Boshqarma vakolati doirasida ta'lim maskanida o'rnatilgan tartib asosida kompleks o'rganish ishlarini amalga oshiradi).
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
📹 Kosonliklar "Yosh kitobxon"da ikkinchi bor avtomobil yutdi
Ko‘pchilikka ma'lum, yaqinda Koson tumani 19-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Mironshoh Nurmatov “Yosh kitobxon” tanlovning respublika final bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobiliga ega chiqdi.
Bu g‘alaba nufuzli tanlovda kosonliklarning birinchi g‘alabasi emas.
2019-yilda ham 20-30 yosh toifasida tumanning 15-maktab o‘qituvchisi Surayyo Shodiyeva birinchi o‘rinni egallab, "Spark" yutib olgandi.
"Milliy" telekanali orqali "Cobalt" avtomashinasi yutib olgan Mironshoh haqida lavha namoyish etildi. Oddiy oilada, chekka bir qishloqda kitob o‘qib, katta natijaga ega chiqqan qahrаmоnimiz haqida tayyorlangan reportajni tomosha qiling.
Videoni ko‘rish: https://youtu.be/ZxP-Isew8Bo
🟢LIVE
#Olimpiada_saralash
Qashqadaryoda Al-Хorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarining viloyat saralash bosqichi o'tkazilmoqda
Mazkur olimpiada jarayoni 2 kun davomida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari(Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan) dan jami 250 nafar o'quvchilar ishtirok etadi.
Olimpiada jarayonlarini shaffof o‘tkazish maqsadida onlayn translatsiya tashkil etilgan bo'lib, Qarshi shahridagi 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida olimpiadani ochilishiga start berilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#uchrashuv
🔸Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A. V. Shin hamda International Koreya global stipendiya jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
📌Batafsil :https://info@mpe.uz/post-detail/posts/news/2787
______
✅Состоялась встреча с Первым заместителем министра дошкольного и школьного образования – директором Агентства дошкольного образования А. В. Шин и руководством Международного Корейского глобального стипендиального фонда.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Mirishkor tuman bosqichi o'tkazildi
Bugun Respublikamizning barcha hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
❗️Boshqarma o'rinbosari M. Panjiyev hududdagi jarayonlar bilan tanishdi
@Qashqadaryo_vxtb
Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev shahardagi 1-, 3-o‘rta maktablarda bo‘lib, maktablardagi sharoit, o‘quvchilarning darslarga qatnashishi, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi hamda o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.
@Qashqadaryo_vxtb
ЧИРОҚЧИДА ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ ЎҚИТИШ БЎЙИЧА ЭНГ ЯХШИ МАКТАБ ТАНЛОВИНИНГ ТУМАН БОСҚИЧИ НАТИЖАЛАРИ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб танлови” нинг туман босқичи натижаларига кўра,
1️⃣-ўрин 124-мактаб ўқувчилари жамоаси.
2️⃣-ўрин 24-мактаб ўқувчилари жамоаси
3️⃣-ўрин 7-мактаб ўқувчилари жамоасига насиб этди.
Президент соврини учун “Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танловининг туман босқичи ғолибига айланган 124-мактаб жамоаси танловнинг вилоят босқичида иштирок этади.
Маълумот ўрнида, 2022- йилда танловнинг туман босқичида I ўринни қўлга киритган 124-мактаб жамоаси нафақат туманда, балки вилоятда ҳам биринчи ўринни қўлга киритиб, республика босқичи йўлланмасига эга чиқиб, Буюк Британияга 10 кунлик таълим саёҳатига боришган эди. 2023 йилда ҳам туманда биринчи бўлган мактаб жамоаси ўқувчилари 2024 йилда ҳам биринчиликни ҳеч кимга бермади.
@Qashqadaryo_vxtb