QASHQADARYODA ILK BORA START BERILGAN "MAKTABLAR LIGASI" SPORT MUSOBAQASINI 2-BOSQICHIGA START BERILDI
Avvalroq, Qashqadaryo viloyat hokimi M. Azimovning 2024-yil 10-yanvardagi 8-4-0Q/24-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bora Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqasini o‘tkazishga start berilgan edi. Shunga asosan joriy yilning fevral oyidan boshlab hududlarda "maktablar ligasi" birinchi bosqichi o'tkazilgan edi.
Besh blokli test natijalari tahlil qilindi
G‘uzor tumanidagi 1-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tumanning bitiruvchi-o'quvchilar uchun o'tkazilgan oliygohlarga kirish davlat imtihonlari formatida besh blokli test sinovlarining natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tomonidan sinovlarda past natija qayd etgan maktab direktorlariga qat'iy ko'rsatma va tanbehlar berildi. Test natijalariga ko'ra fanlar kesimida tayyorgarlikni kuchaytirish, malakali o'qituvchilarga o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilarni biriktirish hamda muntazam tartibda repetitsion testlarni tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Qashqadaryo
Koson tumanidagi 38-maktab o'quvchilari sport va musiqa yo'nalishlarida katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishmoqda. Maskan hududidagi "Yashil makon" loyihasi doirasidagi ishlarga esa havas qilsa arziydi
MUXBIR: Akbarali XUDOYBERDIYEV
#Attestatsiya
#Bayonot_2
✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.
17-apreldan boshlab Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchilari attestatsiyadan oʻtkaziladi va mazkur fan pedagoglarini malaka test sinovlaridan oʻtkazish joriy yilning 22-apreliga qadar davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.
Unda ta'lim muassasalarida tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida baholash jarayonlari, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlardagi mexanizmi, kasbi orqali qo'shimcha daromad topayotgan pedagoglar faoliyati ham o'rganilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Fransuz tili bo‘yicha treninglar o'z ishini boshladi
🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan fransuz tili o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy trening tashkil etildi.
Trening kun tartibidan fransuz tilini o‘qitishning ommabop dastur va metodikalaridan samarali foydalanish, til ko‘nikmalarini qiziqarli mashqlar asosida ustirish, qolaversa fransuz tiliga oid xalqaro imtihonlar va grant dasturlari haqida ma‘lumotlarni yetkazish kabi mavzular o‘rin oldi. Trening davomida o‘qituvchilar tomonidan o'zaro savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazildi.
Ushbu o‘quvni mentori sifatida Qarshi davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi F.Yarmanov olib bordi.
📍Treningda Qamashi, Qarshi, G‘uzor, Dehqonobod, Ko‘kdala Chiroqchi va Qarshi shaharlarida faoliyat yurituvchi o'qituvchilar ishtirok etmoqda.
@Qashqadaryo_vxtb
Hududlarda AKTga oid ilg'or o'qitish metodikalarini ommalashtirish bo‘yicha o'quv-amaliy treninglar o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy IT markazlari hamkorligida AKT savodxonligining o'qitish metodikalarini ommalashtirishga oid treninglar o'tkazilayotgan edi.
Foto: Ko'kdala tumani
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Hududlarda AKTga oid ilg'or o'qitish metodikalarini ommalashtirish bo‘yicha o'quv-amaliy treninglar o'tkazilmoqda — QASHQADARYO
📃Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududiy IT markazlari hamkorligida AKT savodxonligining o'qitish metodikalarini ommalashtirishga oid treninglari start berilgan edi.
✔️Trening rejasiga muvofiq har bir hudduddan kamida 16 nafar informatika fani o'qituvchisi jalb qilinishi va o‘z bilim-ko‘nikmalarini metodik jihatdan rivojlantirilishi maqsad qilingan.
✔️Treninglar barcha tumanlar (shahar) da 15-apreldan 20-aprel kunlariga qadar o'tkazilishi belgilangan.
Foto: Koson tumanidan
@Qashqadaryo_vxtb
Pedagoglar uchun attestatsiya sinovlari boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli qaroriga asosan, 15-apreldan respublikamizning barcha hududlarida pedagog kadrlar attestatsiyasi boshlanadi.
Attestatsiya sinovlarini adolatli o‘tishini yoritish istagida bo'lgan jurnalist, blogerlarni hamkorlikka chaqiramiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Убайдулло Орипов Кўкдала туманидаги 4 нафар ёшларга ўзини-ўзи банд қилиши, иш жараёнларида фойдаланиши учун асбоб-ускуналар топширибди
2024-йилда ёшларни оталиққа олиш, улар билан манзилли ишлаш, “оғир“ тоифадаги ёшларга кўмакашиш, ишсиз ёшларга ер ажратиш орқали уларнинг даромадларини ошириш ва бандлигини таъминлаш юзасидан Қашқадарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулла Ориповга Кўкдала тумани Хўжаобод МФЙдан 15 нафар ёшлар бириктирилган.
Бугун У.Орипов маҳалла ёшлари билан учрашиб, уларни 4 нафарига ўзини-ўзи банд қилиши, иш жараёнларида фойдаланиши учун турли меҳнат қуроллари (электр ўт ўриш ўроғи, пайвандлаш аппарати, электр арра ва бошқа) топширилди.
/channel/qarshiliklar
#Видеоинструкция
✅ Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров
@Qashqadaryo_vxtb
Sifatli ta'lim, ijobiy natija...
Qarshi tuman 71-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Choriyev Azamat 7 ballik (C1) IELTS til bilish sertifikatini qo'lga kiritdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Boshqarma boshlig'i tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlov g'oliblari taqdirlandi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan o‘quvchilarda Jadidchilik harakati namoyondalarining milliy istiqlol, millat va davlat huquqi, milliy davlatchilikka oid g‘oyalarni chuqur o‘rganishga rag‘bat uyg‘otish orqali xalqparvar avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish, ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirish maqsadida "Hur fikrli Jadidlar” nomli videoroliklar va rasmlar tanlovi, “Ma’rifat sarbonlari” nomli ko‘rik tanlovini e’lon qilgan edi.
❗️Yakuniy natijalariga ko’ra:
"HUR FIKRLI JADIDLAR" nomli rasmlar tanlovining yakuniy natijalari:
1-oʻrin Qarshi shahar 5-maktab Ergashev Ogʻabek;
1-oʻrin Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab Dilmurod Bekmurod;
2-oʻrin Qarshi shahri 30-maktab Botirova Goʻzal;
2-oʻrin Chiroqchi tumani 2-maktab Ulugʻmurodov Saidamin;
3-oʻrin Qarshi shahar 18-maktab Xushmurodov Aziz;
3-oʻrin Koson tumani 89-maktab Diyorova Rayhona.
1-oʻrin Qarshi shahar 23-maktab "Jadid izdoshlari " jamoasi;
1-oʻrin Qarshi tumani 71 -maktab "Ziyo" jamoasi;
2-oʻrin Qarshi shahar 1-maktab "Mahmudxoʻja Behbudiy" nomli jamoa;
2-oʻrin Qarshi shahar 41 -maktab "Moʻjiza" jamoasi;
3-oʻrin Qarshi shahar 39-maktab "Oʻzbegim yoshlari" jamoasi;
3-oʻrin Qarshi shahar 28-maktab "28- maktab " jamoasi;
3-oʻrin Gʻuzor tumani 61-maktab "Ziyo" jamoasi.
1- oʻrin Qarshi shahar 41-maktab teatr jamoasi;
1- oʻrin Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi;
2- oʻrin Qarshi shahar 39-maktab teatr jamoasi;
2- oʻrin Qarshi shahar 6-maktab teatr jamoasi;
3- oʻrin Qarshi shahar 4-maktab teatr jamoasi.
Qashqadaryoda “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o’tkazildi
Viloyatimizning chegara oldi hududlarida joylashgan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchi yoshlari o‘rtasida "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o‘rinni Kitob tumani 45-umumta’lim maktabining “Sarhad lochinlari” jamoasi;
2-o‘rinni Nishon tumani 34-umumta’lim maktabining “Sohibqironning” jamoasi
3-o‘rinni Mirishkor tumani 16-umumta’lim maktabining “Tezkorlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
G’olib bo’lgan va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Malaka_toifa_sinovlari
Kosonlik o'qituvchilardan biri 94 ball hamda ikkinchisi 90 ball natijaga erishdi— MALAKA TOIFA SINOVLARI
Avval xabar berilganidek, boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyatida ham o‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari Qarshi shahridagi Pedagoglar markazida o'tkazilmoqda.
Koson tumanidagi 9-maktab o'qituvchisi Aziza Qo'shmurodova va 90-maktab o'qituvchisi Maqsuda Amirovalar:
— Malaka (test) sinovlari o'tkazilayotgan bino zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan iborat ekan. Kompyuter stollarini atrofi o‘ralganligi, kuzatuv kameralari mavjudligi va onlayn translatsiya yo‘lga qo‘yilganligi, ishtirokchilar va ularning yaqinlariga kutish joylari hamda buyum, kiyimlarini saqlash, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlanganligi barcha pedagoglarga ma'qul kelmoqda. Albatta, natijalardan hayajondamiz. Erishilgan natija orqali o'quvchilarga zamonaviy ta'lim berishga tayyormiz!
https://daryo.uz/2024/04/18/qashqadaryoda-19-ming-nafarga-yaqin-oqituvchi-attestatsiyadan-otadi
Читать полностью…Qarshi shahrida “Yoshlar sayli” tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar hamkorligida yoshlarni vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Vatanparvarlar” bog’ida “Yoshlar sayli” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati hamda amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, respublikamizdan tashrif buyurgan aktyor va xonandalar ishtirokidagi gala-konsert dasturlari 3000 nafardan ortiq yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qildi.
Qashqadaryo viloyatidagi yosh rahbarlar TOP-30 reytingi
Bugungi kunda yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e’tibor qaratilib, mas’uliyatli lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlanmoqda.
“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘limi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan hamkorlikda viloyatning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbarlari TOP-30 reytingini shakllantirdi.
Ular yosh bo‘lishsada salmoqli tajriba orttirib, ko‘plab sohalarda o‘z salohiyatlarini namoyon etishga, ilg‘or g‘oya va nuqtai nazarlarini ilgari surib kelishmoqda.
Reytingga kiritilganlarning 4 nafari hokimlikda, 15 nafari idora va tashkilotlarda, 4 nafari nodavlat sektorda, 4 nafari bank sohasida hamda 3 nafari ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritadi.
Reytingni shakllantirishda rahbarlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi.
"ENG KITOBXON MAKTAB" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2024-yil 6-fevraldagi 21-sonli buyrug'iga asosan Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumta'lim maktablari o'rtasida "Eng kitobxon maktab" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra
Kasbi tumani 13-maktab jamoasi I-o'rinni, Qarshi shahri 36-maktab jamoasi II-o'rinni,
Koson tumani 15-maktab jamoasi III-o'rinni egalladi.
Qashqadaryoda o'tkazilayotgan malaka toifa sinovlaridan lavhalar
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik maktab rahbarlari AQSHda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Bugun Qarshi shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va xalqaro ta‘lim bo'yicha Amerika Kengashlari tashkiloti hamkorligida "The Educational Leadership Development Program" (ta'limda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi) doirasida taqdimot namoyish etildi.
ELDP - AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va AQSHning George Mason universiteti hamkorligida xalqaro ta‘lim bo'yicha Amerika Kengashlari tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur dasturning maqsadi Oʻzbekistondagi maktablarni boshqarish sohasidagi rahbarlik islohotlarini ilgari surishni maqsad qiladi. Ikki yillik dastur maqsadli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlar va ta'lim xodimlarining kasbiy salohiyatini, jumladan, ta'lim sohasida yetakchilik ko'nikmalarini oshirishga qaratiladi.
Taqdimot davomida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev tomonidan barcha dastur ishtirokchilariga ta'limni isloh qilish bevosita maktab direktorlariga bog'liqligi, ularning o'z ustilarida ishlashi va zamonaviy boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘zlarida mujassam etishlari davr talabi ekanligi alohida ta'kidlandi.
O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o'tkazilmoqda —QASHQADARYO
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli qaroriga asosan, 15-apreldan respublikamizning barcha hududlarida pedagog kadrlar attestatsiyasi o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Bugun Qarshi shahridagi Pedagoglar markazida malaka toifa sinovlari o'tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy yil 15-16 aprel kunlari informatika fanidan ishtirok etadi. Qolgan fanlardan esa reja grafigiga asosan o'tkazilishi belgilangan.
JARAYON DAVOM ETMOQDA...
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Boshqarma boshlig'ini alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan uchrashuvi o'tkazildi
Ma'lumki, alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirish amaliyoti joriy qilingan edi.
Shunga ko‘ra, 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish, ular bilan manzilli ishlash, "og‘ir" toifadagi yoshlarga ko‘makashish, ishsiz yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripovga Ko‘kdala tumani “Xo‘jaobod” MFYdan 15 nafar yoshlar biriktirilgan.
Bugun U.Oripov mahalla yoshlari bilan uchrashib, ularni 4 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi, ish jarayonlarida foydalanishi uchun turli mehnat qurollari (elektr o‘t o‘rish o‘rog‘i, payvandlash apparati, elektr arra va boshqa) topshirildi.
Yoshlar bilan uchrashuv jarayonida ularni qiynab turgan muammo hamda takliflari ham tinglanib, zaruriy sharoitlar yaratish choralari ko'rilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq berildi.
Boshqarma axborot xizmati.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Boshqarma boshlig'ini alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan uchrashuvi o'tkazildi
Ma'lumki, alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirish amaliyoti joriy qilingan edi.
Shunga ko‘ra, 2024-yilda yoshlarni otaliqqa olish, ular bilan manzilli ishlash, "og‘ir" toifadagi yoshlarga ko‘makashish, ishsiz yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripovga Ko‘kdala tumani Xo‘jaobod MFYdan 15 nafar yoshlar biriktirilgan.
Bugun U.Oripov mahalla yoshlari bilan uchrashib, ularni 4 nafariga o‘zini-o‘zi band qilishi, ish jarayonlarida foydalanishi uchun turli mehnat qurollari (elektr o‘t o‘rish o‘rog‘i, payvandlash apparati, elektr arra va boshqa) topshirildi.
Yoshlar bilan uchrashuv jarayonida ularni qiynab turgan muammo hamda takliflari ham tinglanib, zaruriy sharoitlar yaratish choralari ko'rilishi yuzasidan mas'ullarga topshiriq berildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
#Йўриқнома
✅ Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.
❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
@Qashqadaryo_vxtb
🇯🇵 Matematika orqali Yaponiyaga sayohat qilishni xohlaysizmi?
🪪 Milliy sertifikat olish uchun imtihonda qanday qatnashsa boʻladi?
📱Buning uchun sizga my.gov.uz yordam beradi. Bosh sahifadan “Taʼlim” boʻlimiga oʻtib, “Umumtaʼlim fanlari darajasini aniqlash” xizmatini tanlang va imtihonda qatnashish uchun ariza topshiring.
▶️Barcha fanlardan bilish darajasini aniqlash hamda milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga onlayn ariza topshirish tartibi bilan quyidagi videoda tanishing.
📺https://youtu.be/PGQNLwj3Tlk
@Qashqadaryo_vxtb