1 kunda 3 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ochildi — CHIROQCHI TUMANI
Chiroqchi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i F. Jumanov:
— Chiroqchi tumani "Olmazor" mahallasida bir kunda bir emas ikkita yangi oilaviy bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Tadbirkor Sojida Ne’matova tomonidan tashkil etilgan 50 o‘rinli hamda Shohista Yaxshiboyeva tashabbusi bilan 25 o‘ringa mo‘ljallangan yangi oilaviy bog‘chalarning ochilish marosimida Chiroqchi tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Hozirda tumanda ONMTTlar soni 281 taga yetdi. Shuningdek, 22 ta Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 7 ta DXSH nafar 17 mingga yaqin bolarani qamrab olgan. 2023 yil yakunida qamrov darajasi 54.5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilning may holatida 60 foizga oshdi. Shu kunning o‘zida tumanning "Dodiq" mahallasida ham tadbirkor Mavjuda Toshtemirova rahbarligida 50 o‘rinli yangi ONMTT ish boshladi. ONMTT xonalari o‘ziga xos tarzda bezatilgan. Ziyo maskanlarida bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar mujassam.
🎥
Qashqadaryoda “Kasblar festivali” o'tkazilmoqda — Muborak tumani
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bilan hamkorligida tuman, shaharlarda "Kasblar festivali" ni o'tkazish yuzasidan grafik jadval shakllantirilgan bo'lib, hozirda barcha hududlarda mazkur festival bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.
|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "O‘qituvchilarning bir siqimgina maoshiga yopishishni qachon bas qilishadi" nomli murojaat bo'yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabati:
Murojaatda keltirilishicha, Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunovni shanbalik uchun bir kunlik ish haqini o'tkazish hamda byudet tushumlari, soliq bo'yicha to'lovni amalga oshirish mazmunida berilgan topshiriq yuzasidan ta'lim tashkilotlariga yo'naltirilganligi aks etgan.
Holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma mas’ullari ishtirokida atroflicha o'rganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyat hokimi tegishli qarori imzolangan.
Unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlari xodimlarini bir kunlik ish haqidan majburiy o'tkazish bo'yicha biror-bir topshiriq berilmagan.
Bundan tashqari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan ham bir kunlik ish haqidan majburiy to'latish bo'yicha ko'rsatma yoki topshiriq berilmagan.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i U.Oripov hamda Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunov va mas'ul xodimlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, A. T. ni g'ayriqonuniy holatlarga aralashmasligi yuzasidan qat'iy tartibda ogohlantirildi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Germaniya delegatsiyasini navbatdagi tashrifi Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo'ldi
📷Jarayondan foto lavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
Klett Group kompaniyasi vakillari xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
Nemis kompaniya vakillari Qarshi tumanida joylashgan "Dreams of Kids" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv dasturlari, tarbiyachilar faoliyati, ta'lim-tarbiya sifati bilan tanishtirildi.
Tashrif davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda seminar tashkil etildi
Qashqadaryodagi barcha tumanlar(shahar)da "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminarning birinchi kuni o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
TANQIDIY
Qarshi shahar 29-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Sen nurli kelajaksan” deb nomlangan seminar o'tkazildi.
@Qashqadaryo_vxtb
BOSHQARMA BOSHLIG'I TA'LIM TIZIMIGA OID MUROJAATLARNI TINGLADI
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripovning navbatdagi "fuqarolar qabuli" o'tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolar murojaati balki ularni taklif, tavsiyalari ham eshitilib, o'rnatilgan tartib asosida mas'ullar nazoratiga olindi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
/channel/qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik o'quvchi xalqaro olimpiadada 3-o'rinni egalladi
◼️Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyatidan 2 nafar o'quvchilar O’zbekiston terma jamoasi tarkibida Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga jo‘nab ketgan edi.
◼️Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Bolgariya, Kipr, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Shveytsariya, Turkiya mamlakatlaridan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etgan.
◾️Terma jamoa a’zolari safida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Suyunova Madina 3-o'rin ya'ni bronza medaliga sazovor bo'ldi.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Kasbi tumanida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30-dekabrdagi 2023-2025 yillarda O’zekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infuratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-465-sonli qaroriga asosan qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tizimida bola qamrovini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 7,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga Kasbi tumani "Oqjangal" mahalla fuqarolar yig'inida 180 o'rinli zamonaviy tipda jihozlangan 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.
📃Ochilish marosimda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov, mahalla nuroniylari, soha mas'ullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun:
Mazkur muassasaning faoliyati boshlanishi bilan tumanda Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 203 taga yetdi.
Shuningdek, hozirgi kunda Kasbi tumanida 33 ta davlat hamda 15 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo'lib, tumandagi 3-7 yoshdagi bolalarning 66,7 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
Ta'lim tashkilotlarida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Yuridik xizmat ko'rsatish sho'basi Bosh yuriskonsulti A.Boymatov, soha mas'ullari ishtirokida Qarshi shahrida joylashgan 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida voyaga yetmagan yoshlarning jinoyatchiligini oldini olish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori, o'quvchi va o'qituvchilari hamda Milliy gvardiya, Ichki ishlar organi xodimlari ham ishtirok etishdi.
@Qashqadaryo_vxtb
Zamonaviy metod— ta'lim poydevori
➡️Batafsil
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik o'quvchilar O’zbekiston terma jamoasi tarkibida Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga jo‘nab ketdi
➖Joriy yilning 27-aprel, 2-may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Bolgariya, Kipr, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Shveytsariya, Turkiya mamlakatlaridan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
📃O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.
🔔Terma jamoa a’zolari safida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Suyunova Madina, Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi Jaylovov To‘lqin ham bor.
🟥Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi o'quvchilarni yuqori natijalarga erishishida omad va zafarlar tilaydi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Shahrisabzlik o‘qituvchi malaka toifa sinovlarida 94 ball natijaga erishdi
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Jo‘rayeva Vazira malaka toifa sinovlarida 94 ball bilan yuqori natiga erishib, oliy toifani qo‘lga kiritdi. Ustoz test jarayonlari haqida shunday deydi:
—Men bugun malaka toifa sinovida ishtirok etib yuqori natija bilan oliy toifani oldim. Savollar ham qiyinchilik tug‘dirmadi. Fikrlab, o‘ylab savollarga qiynalmasdan javob berish mumkin ammo biz pedagog xodimlar o‘z ustimizga ishlashimiz kerak, o‘shandagina shunday natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Meno‘z ustimda ishlab buni isbotladim! Inson omilisiz o‘tkazilayotgan yangi tizim joriy qilindi. Biz pedagoglar albatta bizga yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak va bundan mamnunmiz.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Sektor rahbari otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi — MIRISHKOR TUMANI
Huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etilgach, Mirishkor tumani IIBga 11 ta mahalladagi 2807 nafar yoshlar biriktirildi.
Shunga muvofiq, IIB – 3-sektor rahbari G’ayrat Haydarov sektor hududida joylashgan maktablarning 9-10-11-sinflari o’quvchilari davomadini va muammolari hamda ularning qiziqishlarini tegishli masʼullar bilan o’rgandi.
Shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, kelgusida oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettirishlari, chet tillarini o’rganishlari xususida suhbatlashildi.
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlariga start berildi
Qashqadaryo viloyatidandagi tanlab olingan 4 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari boshlandi.
➖ Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli oʻsmirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, bir soʻz bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.
🟢Tajriba-sinov jarayonlari Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 7-may kuniga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun: PISA 2025 tadqiqotida dunyo boʻylab 91 ta mamlakat ishtirok etmoqda.
Foto: Hududlarda oʻtkazilayotgan PISA 2025 jarayonlaridan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Delegatsiya safari davom etmoqda— QASHQADARYO
Avval xabar berilganidek, Germaniya delegatsiyasi Qarshi shahridagi Prezident maktabi hamda A.Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati, pedagog xodimlar, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi bilan yaqindan tanishdi.
📷Jarayondan foto lavhalar
@Qashqadaryo_vxtb
Germaniya delegatsiyasi maktab faoliyati bilan tanishdi — QASHQADARYO.
Avval xabar berilganidek, Nemis kompaniya vakillari Qarshi tumanida joylashgan "Dreams of Kids" xususiy maktabgacha ta'lim muassasasi hamda 71-umumiy o'rta ta'lim maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ular maktabda tashkil etilgan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va 2 ta xorijiy tillarni o'rganishi, IT sohasi, zamoniy sharoitlarga ega maktab laborotoriyasi va o'qituvchilar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davom etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
🟢|RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘qituvchilarning bir siqimgina maoshiga yopishishni qachon bas qilishadi" nomli murojaat bo'yicha dastlabki rasmiy munosabat:
Unda Koson tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i A. Tursunovni shanbalik uchun bir kunlik ish haqini o'tkazish hamda byudet tushumlari, soliq bo'yicha to'lovni amalga oshirish mazmunida berilgan topshiriq yuzasidan ta'lim tashkilotlariga yo'naltirilgan holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma mas’ullari nazoratiga olingan. O'rganishlar yakuni yuzasidan rasmiy munosabat berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda “Kasblar festivali” o'tkazilmoqda
Mirishkor tumani hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida “Avvona” mahallasi hududidagi 20-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni tuman hokimi o’rinbosari Ulash Cho’liyev va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Bektosh Shodiyevlar kirish so’zi bilan ochib berishdi.
Mazkur tadbirga tumandagi barcha umumta’lim va kasb-hunar maktablaring 1,4 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlari uchun jalb etilib, kelgusida o’qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishlari uchun malakali mutaxassislarning hayoti va ijodi xususidagi ma’lumotlar hamda Xalqaro innovatsion universiteti, Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, Qarshi innovatsion ta’lim universiteti, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti va Beshkent qishloq xo’jaligi texnikumi, Qarsh davlat universiteti huzuridagi G’uzor sanoat texnikumlarining turli xil ko‘rgazmalari namoyish etildi.
🎥 Оммавий ахборот воситалар биз ҳақимизда...
🟢 "BU KUN"
✅ Қашқадарё вилоятида "КИТОБХОНЛИК ФЕСТИВАЛИ" ўтказилди.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti soni yana bittaga ko'paydi
Bugun "Uymovut" mahallasida "Yulduzcha" bolalar maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riyеv, shahar prokurori, 2-sеktor rahbari Ravshan Xurramov va mahalla faollari ishtirok etishdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Ta'lim tashkilotida sеminar o'tkazilib o'quvchilarga stipendiya sovrinlari topshirildi
"Tabiiy fanlarni o'qitishda mantiqiylik va krеativ yondoshuv" mavzuida Shahrisabz shahridagi 24-umumiy o'rta ta'lim maktabida sеminar trеning bo'lib o'tdi. Viloyat miqyosida o'tkazilgan sеminar trеningda tabiiy fanlar bo'yicha 7-10 sinflarda ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdеk tabiiy fanlarning o'qitilishi bo'yicha trеning mashg'ulotlari o'tkazildi.
Tadbirda viloyatdagi maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ullari hamda shahar va tumanlardan anjumanga aloqador tajribali tabiiy fanlar bo'yicha mеtod birlashma rahbarlari ishtirok etishdi. Sеminar anjumanda Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv ishtirok etib, a'lochi o'quvchilarga stipеndiyalarni tantanali ravishda topshirdi.
@Qashqadaryo_vxtb
QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!
TAQIQLANADI
➡️Maktab, sinf ta'miri uchun ota-onalar(pedagog) dan pul yig'imi tashkil etish;
➡️So'nggi qo'ng'iroq tadbirlari, yakuniy imtihonlar uchun ota-onalardan pul yig'imi tashkil etish qat'iyan taqiqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling.
Shuningdek, fuqaro taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "boshqarma boshligi' murojaat" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)
Boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘ini fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @QashVMMTBbot ishlab turibdi.
Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!
Ishonch telefonlari (75)-221-33-14 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.Sizni taklif va murojaatingiz biz uchun muhim!
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli xatiga asosan maktablardagi turli xil tadbirlar uchun ota-onalar yoki o'quvchilardan pul yig'imi tashkil etish qonunan taqiqlanganligini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryo viloyati umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida "Yosh gvardiyachilar" harbiy sport musobaqasi viloyat bosqichi g'oliblari taqdirlandi
Yakuniy natijalarga ko'ra:
✅1-o'rin Qarshi shahar 45-maktab jamoasi;
✅2-o'rin Shahrisabz shahar 23-maktab jamoasi;
✅3-o'rin Kitob tumani 44-maktab jamoalariga nasib etdi.
Qashqadaryoda Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga asosan:
Kitob tumani 96-maktab 1-o'rin;
Qarshi shahar 9-maktab 2-o'rin;
Koson tumani 9-maktab 3-o'ringa munosib ko'rildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi erishilgan natija bo'yicha hududlardagi maktab jamoasini chin dildan muborakbod etadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida "viloyat hokimi olimpiadasi" o'tkaziladi— QASHQADARYO
Olimpiada 11-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilib, 2 ta bosqichda yakunlanadi. Olimpiadani birinchi ya'ni maktab bosqichi matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari(ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) dan fanlaridan joriy yilning 29-apreldan 3-may kunlariga qadar o'tkaziladi.
Olimpiadani tuman(shahar) bosqichlari (matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va axborot texnologiya, tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy tillari(ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) 6-, 7-, 8-may kunlarida viloyat bosqichi esa 14-may kuni o'tkaziladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoda malaka toifa sinovlari davom etmoqda
Pedagoglar joriy yilning 26-29 aprel kunlari matematika fanlaridan malaka toifa sinovlarida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.
Toifa sinovlari, adolatli shaffof o'tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryolik o'qituvchini dars ishlanmalari xorijdagi maktablarda joriy qilinmoqda
👔O‘qituvchilik azaldan e’tiborli kasb hamda ulug‘ martaba sanalgan.Ya'ni har qaysi shaxs o‘qituvchidan ta’lim-tarbiya oladi. Jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimiz, Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qilishimizda ustozlarning hissasi kattadir. Shuningdek, mamlakatimizda o‘qituvchilar, ta'limga qaratilayotgan e’tibor o'zini ijobiy natijasini bermoqda desam mubolag'a bo'lmaydi👔.
➡️🗂️BATAFSIL
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb